سورة الطور
Tur surasi
Tur tog‘i · Тур сураси
Tur surasi — Qurʼoni Karimning 52-surasi. U 49 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Tur tog‘i» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَ ٱلطُّورِ﴿١﴾
Tur bilan qasam...
وَ كِتَٰبࣲ مَّسۡطُورࣲ﴿٢﴾
Satrlarga bitilgan kitob bilan qasam...
فِي رَقࣲّ مَّنشُورࣲ﴿٣﴾
Yozishga tayyorlangan teriga.
وَ ٱلۡبَيۡتِ ٱلۡمَعۡمُورِ﴿٤﴾
Va obod uy bilan qasam...
وَ ٱلسَّقۡفِ ٱلۡمَرۡفُوعِ﴿٥﴾
Va koʻtarilgan shift bilan qasam...
وَ ٱلۡبَحۡرِ ٱلۡمَسۡجُورِ﴿٦﴾
Va toʻlgan dengiz bilan qasam.
إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ لَوَٰقِعࣱ﴿٧﴾
Albatta, Robbingning azobi roʻy berajak.
مَّا لَهُۥ مِن دَافِعࣲ﴿٨﴾
Uni qaytaruvchi yoʻqdir.
يَوۡمَ تَمُورُ ٱلسَّمَآءُ مَوۡرࣰا﴿٩﴾
U kunda osmon larzaga kelib chayqalur.
وَ تَسِيرُ ٱلۡجِبَالُ سَيۡرࣰا﴿١٠﴾
Va togʻlar sayr etib yurur.
فَوَيۡلࣱ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُكَذِّبِينَ﴿١١﴾
Bas, oʻsha kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!
ٱلَّذِينَ هُمۡ فِي خَوۡضࣲ يَلۡعَبُونَ﴿١٢﴾
(Botilga) shoʻngʻib oʻynashadiganlarga.
يَوۡمَ يُدَعُّونَ إِلَىٰ نَارِ جَهَنَّمَ دَعًّا﴿١٣﴾
U kunda jahannam oʻtiga kuchlab itarilurlar.
هَٰذِهِ ٱلنَّارُ ٱلَّتِي كُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ﴿١٤﴾
Mana bu, sizlar yolgʻonga chiqargan oʻt boʻladi!
أَفَسِحۡرٌ هَٰذَآ أَمۡ أَنتُمۡ لَا تُبۡصِرُونَ﴿١٥﴾
Bu sehrmi?! Yoki sizlar koʻrmayapsizlarmi?!
ٱصۡلَوۡهَا فَٱصۡبِرُوٓاْ أَوۡ لَا تَصۡبِرُواْ سَوَآءٌ عَلَيۡكُمۡ ۖ إِنَّمَا تُجۡزَوۡنَ مَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿١٦﴾
Kiringlar unga! Chidaysizlarmi, chidamaysizlarmi — bari bir. Qilib yurgan amallaringizning jazosini olasizlar, xolos.
إِنَّ ٱلۡمُتَّقِينَ فِي جَنَّٰتࣲ وَ نَعِيمࣲ﴿١٧﴾
Albatta, taqvodorlar jannatlar va nozu neʼmatlar ichidadirlar.
فَٰكِهِينَ بِمَآ ءَاتَىٰهُمۡ رَبُّهُمۡ وَ وَقَىٰهُمۡ رَبُّهُمۡ عَذَابَ ٱلۡجَحِيمِ﴿١٨﴾
Robbilari ularga bergan narsalardan lazzatdadirlar. Robbilari ularni jahannam azobidan saqlar.
كُلُواْ وَ ٱشۡرَبُواْ هَنِيٓـَٔۢا بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿١٩﴾
Yenglar, ichinglar, osh boʻlsin. (Bular) qilgan amallaringiz uchundir.
مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ سُرُرࣲ مَّصۡفُوفَةࣲ ۖ وَ زَوَّجۡنَٰهُم بِحُورٍ عِينࣲ﴿٢٠﴾
Ular qator tizilgan soʻrilarga yonboshlagan holdalar. Va ularni goʻzal koʻzli hurlarga uylab qoʻyganmiz.
وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ ٱتَّبَعَتۡهُمۡ ذُرِّيَّتُهُم بِإِيمَٰنٍ أَلۡحَقۡنَا بِهِمۡ ذُرِّيَّتَهُمۡ وَ مَآ أَلَتۡنَٰهُم مِّنۡ عَمَلِهِم مِّن شَيۡءࣲ ۚ كُلُّ ٱمۡرِيِٕۭ بِمَا كَسَبَ رَهِينࣱ﴿٢١﴾
Oʻzlari iymon keltirib, zurriyotlari ularga iymon bilan ergashganlarning zurriyotini ularga qoʻshdik va ularning amallaridan hech narsani kamaytirmadik. Har bir kishi oʻz kasbi garovidir.
وَ أَمۡدَدۡنَٰهُم بِفَٰكِهَةࣲ وَ لَحۡمࣲ مِّمَّا يَشۡتَهُونَ﴿٢٢﴾
Va Biz ularga xohlagan mevalari va goʻshtlarini muhayyo qilib qoʻydik.
يَتَنَٰزَعُونَ فِيهَا كَأۡسࣰا لَّا لَغۡوࣱ فِيهَا وَ لَا تَأۡثِيمࣱ﴿٢٣﴾
Ular unda qadahlarni bir-birlariga uzaturlar. U yerda behuda sergaplik va gunoh yoʻq.
وَ يَطُوفُ عَلَيۡهِمۡ غِلۡمَانࣱ لَّهُمۡ كَأَنَّهُمۡ لُؤۡلُؤࣱ مَّكۡنُونࣱ﴿٢٤﴾
Va atroflarida xuddi sadafdagi durdek gʻulomlari aylanib, xizmatda yurishar.
وَ أَقۡبَلَ بَعۡضُهُمۡ عَلَىٰ بَعۡضࣲ يَتَسَآءَلُونَ﴿٢٥﴾
Baʼzilari boshqalaridan oʻgirilib soʻray boshladilar:
قَالُوٓاْ إِنَّا كُنَّا قَبۡلُ فِيٓ أَهۡلِنَا مُشۡفِقِينَ﴿٢٦﴾
«Albatta, biz ilgari oʻz ahlimiz davrasida U zotdan qoʻrquvchilardan edik.
فَمَنَّ ٱللَّهُ عَلَيۡنَا وَ وَقَىٰنَا عَذَابَ ٱلسَّمُومِ﴿٢٧﴾
Bas, Alloh bizga marhamat qildi va bizni doʻzax azobidan saqladi.
إِنَّا كُنَّا مِن قَبۡلُ نَدۡعُوهُ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلۡبَرُّ ٱلرَّحِيمُ﴿٢٨﴾
Albatta, biz ilgari Unga duo qilardik. Albatta, Uning Oʻzi yaxshilik qiluvchi va rahimlidur».
فَذَكِّرۡ فَمَآ أَنتَ بِنِعۡمَتِ رَبِّكَ بِكَاهِنࣲ وَ لَا مَجۡنُونٍ﴿٢٩﴾
Bas, eslatgin: sen Robbing neʼmati ila folbin ham emassan, majnun ham emassan.
أَمۡ يَقُولُونَ شَاعِرࣱ نَّتَرَبَّصُ بِهِۦ رَيۡبَ ٱلۡمَنُونِ﴿٣٠﴾
Balki: «U — shoir, biz unga oʻlim yetishini kutamiz», derlar?
قُلۡ تَرَبَّصُواْ فَإِنِّي مَعَكُم مِّنَ ٱلۡمُتَرَبِّصِينَ﴿٣١﴾
Aytgin: «Kutinglar, albatta, men ham sizlar bilan birga kutuvchidirman».
أَمۡ تَأۡمُرُهُمۡ أَحۡلَٰمُهُم بِهَٰذَآ ۚ أَمۡ هُمۡ قَوۡمࣱ طَاغُونَ﴿٣٢﴾
Yo aqllari shunga buyuradimi, yoki ular tugʻyonga ketgan qavmlarmi?
أَمۡ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُۥ ۚ بَل لَّا يُؤۡمِنُونَ﴿٣٣﴾
Balki, u(Qurʼon)ni oʻzi toʻqidi, derlar? Yoʻq, ular iymon keltirmaslar.
فَلۡيَأۡتُواْ بِحَدِيثࣲ مِّثۡلِهِۦٓ إِن كَانُواْ صَٰدِقِينَ﴿٣٤﴾
Agar ularning gapi rost boʻlsa, u(Qurʼon)ga oʻxshash soʻzni keltirsinlar.
أَمۡ خُلِقُواْ مِنۡ غَيۡرِ شَيۡءٍ أَمۡ هُمُ ٱلۡخَٰلِقُونَ﴿٣٥﴾
Balki, ular, hech narsadan hech narsa yoʻq, oʻzlari yaralgandirlar?! Yoki ular yaratuvchilarmi?
أَمۡ خَلَقُواْ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ ۚ بَل لَّا يُوقِنُونَ﴿٣٦﴾
Balki, ular osmonlaru yerni yaratgandirlar?! Yoʻq, ular ishonmaslar.
أَمۡ عِندَهُمۡ خَزَآئِنُ رَبِّكَ أَمۡ هُمُ ٱلۡمُصَۜيۡطِرُونَ﴿٣٧﴾
Balki, ularning huzurida Robbingning xaziynalari bordir?! Yoki ular boshqaruvchilarmi?
أَمۡ لَهُمۡ سُلَّمࣱ يَسۡتَمِعُونَ فِيهِ ۖ فَلۡيَأۡتِ مُسۡتَمِعُهُم بِسُلۡطَٰنࣲ مُّبِينٍ﴿٣٨﴾
Balki, ularning (xabarni) eshitadigan narvonlari bordir?! Undoq boʻlsa, eshituvchilari ravshan hujjat keltirsin.
أَمۡ لَهُ ٱلۡبَنَٰتُ وَ لَكُمُ ٱلۡبَنُونَ﴿٣٩﴾
Yoki U zotga qizlar-u, sizlarga oʻgʻillarmi?
أَمۡ تَسۡـَٔلُهُمۡ أَجۡرࣰا فَهُم مِّن مَّغۡرَمࣲ مُّثۡقَلُونَ﴿٤٠﴾
Yoki sen ulardan haq soʻrayapsan-u, ular toʻlovdan qiynalayaptilarmi?
أَمۡ عِندَهُمُ ٱلۡغَيۡبُ فَهُمۡ يَكۡتُبُونَ﴿٤١﴾
Balki, ularning ixtiyorida gʻayb (ilmi) boʻlib, ular yozib olayotgandirlar?!
أَمۡ يُرِيدُونَ كَيۡدࣰا ۖ فَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ هُمُ ٱلۡمَكِيدُونَ﴿٤٢﴾
Balki, hiyla koʻrsatishni xohlarlar?! Bas, kofirlar hiylalarining jazosini tortarlar.
أَمۡ لَهُمۡ إِلَٰهٌ غَيۡرُ ٱللَّهِ ۚ سُبۡحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿٤٣﴾
Balki, ularning Allohdan boshqa xudolari bordir?! Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok boʻldi.
وَ إِن يَرَوۡاْ كِسۡفࣰا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ سَاقِطࣰا يَقُولُواْ سَحَابࣱ مَّرۡكُومࣱ﴿٤٤﴾
Agar ular boshlariga tushayotgan parchani koʻrsalar ham, toʻplangan bulut, derlar.
فَذَرۡهُمۡ حَتَّىٰ يُلَٰقُواْ يَوۡمَهُمُ ٱلَّذِي فِيهِ يُصۡعَقُونَ﴿٤٥﴾
Ularni halokatga uchraydigan kunlariga yoʻliqqunlarigacha tek qoʻy.
يَوۡمَ لَا يُغۡنِي عَنۡهُمۡ كَيۡدُهُمۡ شَيۡـࣰٔا وَ لَا هُمۡ يُنصَرُونَ﴿٤٦﴾
U kunda hiylalari ularga hech qanday foyda bermas va ularga yordam ham berilmas.
وَ إِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُواْ عَذَابࣰا دُونَ ذَٰلِكَ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٤٧﴾
Va, albatta, zulm qilganlarga undan oʻzga azob ham bor, lekin koʻplari bilmaslar.
وَ ٱصۡبِرۡ لِحُكۡمِ رَبِّكَ فَإِنَّكَ بِأَعۡيُنِنَا ۖ وَ سَبِّحۡ بِحَمۡدِ رَبِّكَ حِينَ تَقُومُ﴿٤٨﴾
Bas, Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen koʻz oʻngimizdasan, oʻrningdan turganingda Robbingga tasbih ayt!
وَ مِنَ ٱلَّيۡلِ فَسَبِّحۡهُ وَ إِدۡبَٰرَ ٱلنُّجُومِ﴿٤٩﴾
Va kechasi ham. Bas, yulduzlar botgandan keyin ham tasbih ayt.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Tur. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — tur tog‘i.
Mazmuni: Sura Tur tog‘i va boshqa qasamlar bilan qiyomat haqiqatini kuchaytiradi. Rasulullohning vahiy olishi, mushriklarning bahonalari, jannat ne’matlari va mo‘minlarning oilalari bilan birga saodat topishi orqali oxirat hayotining haqqoniyligi ko‘rsatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.