Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Zoriyot surasi

سورة الذاريات

Zoriyot surasi

Sochuvchi shamollar · Зориёт сураси

51-sura60 oyatMakkiy26-pora

Zoriyot surasi — Qurʼoni Karimning 51-surasi. U 60 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Sochuvchi shamollar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 51:1Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلذَّٰرِيَٰتِ ذَرۡوࣰا﴿١﴾

    Chang toʻzituvchi(shamol)lar bilan qasam.

  2. 51:2Mushafda oʻqish ↗

    فَٱلۡحَٰمِلَٰتِ وِقۡرࣰا﴿٢﴾

    Yuk koʻtaruvchi(bulut)lar bilan qasam.

  3. 51:3Mushafda oʻqish ↗

    فَٱلۡجَٰرِيَٰتِ يُسۡرࣰا﴿٣﴾

    Oson yuruvchi(kema)lar bilan qasam.

  4. 51:4Mushafda oʻqish ↗

    فَٱلۡمُقَسِّمَٰتِ أَمۡرًا﴿٤﴾

    Ish taqsimlovchi(farishta)lar bilan qasam.

  5. 51:5Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا تُوعَدُونَ لَصَادِقࣱ﴿٥﴾

    Albatta, sizga vaʼda qilingan narsa rostdir.

  6. 51:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ ٱلدِّينَ لَوَٰقِعࣱ﴿٦﴾

    Va, albatta, qiyomat voqeʼ boʻlguvchidir.

  7. 51:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلۡحُبُكِ﴿٧﴾

    Goʻzal, mustahkam osmon bilan qasam.

  8. 51:8Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّكُمۡ لَفِي قَوۡلࣲ مُّخۡتَلِفࣲ﴿٨﴾

    Albatta, sizlarning gaplaringiz ixtiloflidir.

  9. 51:9Mushafda oʻqish ↗

    يُؤۡفَكُ عَنۡهُ مَنۡ أُفِكَ﴿٩﴾

    U(Qurʼon)dan kim burilsa, (butunlay) burib qoʻyiladir.

  10. 51:10Mushafda oʻqish ↗

    قُتِلَ ٱلۡخَرَّٰصُونَ﴿١٠﴾

    Yolgʻonchilarga laʼnat boʻlsin!

  11. 51:11Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ هُمۡ فِي غَمۡرَةࣲ سَاهُونَ﴿١١﴾

    Ular jaholatdagi gʻofillardir.

  12. 51:12Mushafda oʻqish ↗

    يَسۡـَٔلُونَ أَيَّانَ يَوۡمُ ٱلدِّينِ﴿١٢﴾

    Ular: «Hisob-kitob kuni qachon», deb soʻrarlar.

  13. 51:13Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ هُمۡ عَلَى ٱلنَّارِ يُفۡتَنُونَ﴿١٣﴾

    Bu kunda ular olovda azoblanurlar.

  14. 51:14Mushafda oʻqish ↗

    ذُوقُواْ فِتۡنَتَكُمۡ هَٰذَا ٱلَّذِي كُنتُم بِهِۦ تَسۡتَعۡجِلُونَ﴿١٤﴾

    «Azobingizni tatib koʻring», siz «Qachon boʻladir», deb shoshilgan narsa — shu!» (deyilur).

  15. 51:15Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلۡمُتَّقِينَ فِي جَنَّٰتࣲ وَ عُيُونٍ﴿١٥﴾

    Albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlardadir.

  16. 51:16Mushafda oʻqish ↗

    ءَاخِذِينَ مَآ ءَاتَىٰهُمۡ رَبُّهُمۡ ۚ إِنَّهُمۡ كَانُواْ قَبۡلَ ذَٰلِكَ مُحۡسِنِينَ﴿١٦﴾

    Robbilari bergan narsalarni oluvchilardir. Chunki, ular bundan oldin ehson qiluvchilardan boʻlganlardir.

  17. 51:17Mushafda oʻqish ↗

    كَانُواْ قَلِيلࣰا مِّنَ ٱلَّيۡلِ مَا يَهۡجَعُونَ﴿١٧﴾

    Ular kechalari oz uxlar edilar.

  18. 51:18Mushafda oʻqish ↗

    وَ بِٱلۡأَسۡحَارِ هُمۡ يَسۡتَغۡفِرُونَ﴿١٨﴾

    Va ular saharlarda istigʻfor aytar edilar.

  19. 51:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ فِيٓ أَمۡوَٰلِهِمۡ حَقࣱّ لِّلسَّآئِلِ وَ ٱلۡمَحۡرُومِ﴿١٩﴾

    Va molu mulklarida soʻrovchi va bechoralarning haqqi bordir.

  20. 51:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ فِي ٱلۡأَرۡضِ ءَايَٰتࣱ لِّلۡمُوقِنِينَ﴿٢٠﴾

    Va yerda chuqur ishonuvchilar uchun belgilar bor.

  21. 51:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ فِيٓ أَنفُسِكُمۡ ۚ أَفَلَا تُبۡصِرُونَ﴿٢١﴾

    Va oʻzlaringizda ham (belgilar) bor. Yoki koʻrmayapsizlarmi?!

  22. 51:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ فِي ٱلسَّمَآءِ رِزۡقُكُمۡ وَ مَا تُوعَدُونَ﴿٢٢﴾

    Va osmonda rizqingiz hamda sizga vaʼda qilinayotgan narsa (bor).

  23. 51:23Mushafda oʻqish ↗

    فَوَرَبِّ ٱلسَّمَآءِ وَ ٱلۡأَرۡضِ إِنَّهُۥ لَحَقࣱّ مِّثۡلَ مَآ أَنَّكُمۡ تَنطِقُونَ﴿٢٣﴾

    Osmonu yerning Robbisi ila qasamki, albatta, u (vaʼda) misoli siz nutq qilayotganingizdek haqiqatdir.

  24. 51:24Mushafda oʻqish ↗

    هَلۡ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ضَيۡفِ إِبۡرَٰهِيمَ ٱلۡمُكۡرَمِينَ﴿٢٤﴾

    Senga Ibrohimning karamli mehmonlarining xabari kelmadimi?

  25. 51:25Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ دَخَلُواْ عَلَيۡهِ فَقَالُواْ سَلَٰمࣰا ۖ قَالَ سَلَٰمࣱ قَوۡمࣱ مُّنكَرُونَ﴿٢٥﴾

    Ular uning huzuriga kirib, «Salom» deganlarida, u «Salom, notanish qavmlar», dedi.

  26. 51:26Mushafda oʻqish ↗

    فَرَاغَ إِلَىٰٓ أَهۡلِهِۦ فَجَآءَ بِعِجۡلࣲ سَمِينࣲ﴿٢٦﴾

    Ahliga (maxfiy) borib, semiz buzoqni (pishirib) keltirdi.

  27. 51:27Mushafda oʻqish ↗

    فَقَرَّبَهُۥٓ إِلَيۡهِمۡ قَالَ أَلَا تَأۡكُلُونَ﴿٢٧﴾

    Uni ularga yaqin surdi va: «Emaysizlarmi?» – dedi.

  28. 51:28Mushafda oʻqish ↗

    فَأَوۡجَسَ مِنۡهُمۡ خِيفَةࣰ ۖ قَالُواْ لَا تَخَفۡ ۖ وَ بَشَّرُوهُ بِغُلَٰمٍ عَلِيمࣲ﴿٢٨﴾

    Ulardan xavfsiradi. Ular: «Qoʻrqma», dedilar va unga ilmli oʻgʻil bashoratini berdilar.

  29. 51:29Mushafda oʻqish ↗

    فَأَقۡبَلَتِ ٱمۡرَأَتُهُۥ فِي صَرَّةࣲ فَصَكَّتۡ وَجۡهَهَا وَ قَالَتۡ عَجُوزٌ عَقِيمࣱ﴿٢٩﴾

    Bas, xotini qichqirib keldi va oʻz yuziga shapaloq tushirib: «Qari, tugʻmas xotin-a?!» – dedi.

  30. 51:30Mushafda oʻqish ↗

    قَالُواْ كَذَٰلِكِ قَالَ رَبُّكِ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلۡحَكِيمُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٣٠﴾

    Ular: «Sening Robbing shunday dedi. Albatta, Uning Oʻzi Hakiym va Aliymdir», dedilar.

  31. 51:31Mushafda oʻqish ↗

    قَالَ فَمَا خَطۡبُكُمۡ أَيُّهَا ٱلۡمُرۡسَلُونَ﴿٣١﴾

    U: «Ey elchilar! Sizning ishingiz nedir?» – dedi.

  32. 51:32Mushafda oʻqish ↗

    قَالُوٓاْ إِنَّآ أُرۡسِلۡنَآ إِلَىٰ قَوۡمࣲ مُّجۡرِمِينَ﴿٣٢﴾

    Ular: «Albatta, biz jinoyatchi qavmga yuborilganmiz.

  33. 51:33Mushafda oʻqish ↗

    لِنُرۡسِلَ عَلَيۡهِمۡ حِجَارَةࣰ مِّن طِينࣲ﴿٣٣﴾

    Ularning ustidan loydan (pishirilgan) toshlarni tashlash uchun.

  34. 51:34Mushafda oʻqish ↗

    مُّسَوَّمَةً عِندَ رَبِّكَ لِلۡمُسۡرِفِينَ﴿٣٤﴾

    Robbing huzurida isrofchilar uchun belgilab qoʻyilganlarni», dedilar.

  35. 51:35Mushafda oʻqish ↗

    فَأَخۡرَجۡنَا مَن كَانَ فِيهَا مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٣٥﴾

    Va Biz u joydan moʻminlarni chiqardik.

  36. 51:36Mushafda oʻqish ↗

    فَمَا وَجَدۡنَا فِيهَا غَيۡرَ بَيۡتࣲ مِّنَ ٱلۡمُسۡلِمِينَ﴿٣٦﴾

    U yerda bir xonadondan boshqa musulmonlarni topmadik.

  37. 51:37Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَرَكۡنَا فِيهَآ ءَايَةࣰ لِّلَّذِينَ يَخَافُونَ ٱلۡعَذَابَ ٱلۡأَلِيمَ﴿٣٧﴾

    Va u yerda alamli azobdan qoʻrqadiganlar uchun oyat(belgi) qoldirdik.

  38. 51:38Mushafda oʻqish ↗

    وَ فِي مُوسَىٰٓ إِذۡ أَرۡسَلۡنَٰهُ إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ بِسُلۡطَٰنࣲ مُّبِينࣲ﴿٣٨﴾

    Va Musoda ham (belgi) bor. Biz uni Firʼavnga ravshan hujjat ila yuborganimizda...

  39. 51:39Mushafda oʻqish ↗

    فَتَوَلَّىٰ بِرُكۡنِهِۦ وَ قَالَ سَٰحِرٌ أَوۡ مَجۡنُونࣱ﴿٣٩﴾

    U yuz oʻgirib, ishongani tomon yurdi va: «(Muso) sehrgar yoki majnundir», dedi.

  40. 51:40Mushafda oʻqish ↗

    فَأَخَذۡنَٰهُ وَ جُنُودَهُۥ فَنَبَذۡنَٰهُمۡ فِي ٱلۡيَمِّ وَ هُوَ مُلِيمࣱ﴿٤٠﴾

    Bas, Biz uni va askarlarini tutib dengizga tashladik va u malomatga loyiq ish qiluvchi edi.

  41. 51:41Mushafda oʻqish ↗

    وَ فِي عَادٍ إِذۡ أَرۡسَلۡنَا عَلَيۡهِمُ ٱلرِّيحَ ٱلۡعَقِيمَ﴿٤١﴾

    Va Odda ham (belgi) bor. Vaqtiki, Biz ularga tugʻmas shamolni yubordik.

  42. 51:42Mushafda oʻqish ↗

    مَا تَذَرُ مِن شَيۡءٍ أَتَتۡ عَلَيۡهِ إِلَّا جَعَلَتۡهُ كَٱلرَّمِيمِ﴿٤٢﴾

    U qaysi narsaga yetib borsa, titib tashlamasdan qoʻymas.

  43. 51:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ فِي ثَمُودَ إِذۡ قِيلَ لَهُمۡ تَمَتَّعُواْ حَتَّىٰ حِينࣲ﴿٤٣﴾

    Va Samudda ham (belgi) bor. Ularga: «Vaqtinchalik maza qilib turinglar», deyilgan vaqtda...

  44. 51:44Mushafda oʻqish ↗

    فَعَتَوۡاْ عَنۡ أَمۡرِ رَبِّهِمۡ فَأَخَذَتۡهُمُ ٱلصَّٰعِقَةُ وَ هُمۡ يَنظُرُونَ﴿٤٤﴾

    Allohning amridan bosh tortdilar, bas, qarab turgan hollarida ularni qattiq ovoz tutdi.

  45. 51:45Mushafda oʻqish ↗

    فَمَا ٱسۡتَطَٰعُواْ مِن قِيَامࣲ وَ مَا كَانُواْ مُنتَصِرِينَ﴿٤٥﴾

    Bas, ular oʻrinlaridan turolmadilar va yordam ham ololmadilar.

  46. 51:46Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَوۡمَ نُوحࣲ مِّن قَبۡلُ ۖ إِنَّهُمۡ كَانُواْ قَوۡمࣰا فَٰسِقِينَ﴿٤٦﴾

    Va bundan avval Nuh qavmini ham (halok etganmiz). Albatta, ular fosiq qavm edilar.

  47. 51:47Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلسَّمَآءَ بَنَيۡنَٰهَا بِأَيۡيْدࣲ وَ إِنَّا لَمُوسِعُونَ﴿٤٧﴾

    Osmonni Oʻz qoʻlimizda(qudratimiz) ila bino qildik. Albatta, Biz uni kengaytiruvchimiz.

  48. 51:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡأَرۡضَ فَرَشۡنَٰهَا فَنِعۡمَ ٱلۡمَٰهِدُونَ﴿٤٨﴾

    Va yerni toʻshab qoʻydik. Biz qandoq ham yaxshi tayyorlovchidirmiz!

  49. 51:49Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِن كُلِّ شَيۡءٍ خَلَقۡنَا زَوۡجَيۡنِ لَعَلَّكُمۡ تَذَكَّرُونَ﴿٤٩﴾

    Va Biz har bir narsani juft yaratdik. Shoyadki, eslasangizlar.

  50. 51:50Mushafda oʻqish ↗

    فَفِرُّوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ ۖ إِنِّي لَكُم مِّنۡهُ نَذِيرࣱ مُّبِينࣱ﴿٥٠﴾

    Bas, faqat Allohgagina qoching. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.

  51. 51:51Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَجۡعَلُواْ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ ۖ إِنِّي لَكُم مِّنۡهُ نَذِيرࣱ مُّبِينࣱ﴿٥١﴾

    Va Allohga boshqa maʼbudni sherik qilmanglar. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.

  52. 51:52Mushafda oʻqish ↗

    كَذَٰلِكَ مَآ أَتَى ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا قَالُواْ سَاحِرٌ أَوۡ مَجۡنُونٌ﴿٥٢﴾

    Xuddi shunday, bulardan avvalgilarga ham har bir Paygʻambar kelgan vaqt (uni) sehrgar yoki majnun deganlar.

  53. 51:53Mushafda oʻqish ↗

    أَتَوَاصَوۡاْ بِهِۦ ۚ بَلۡ هُمۡ قَوۡمࣱ طَاغُونَ﴿٥٣﴾

    Kelishib olganmilar?! Yoʻq, ular tugʻyonga ketgan qavmlardir!

  54. 51:54Mushafda oʻqish ↗

    فَتَوَلَّ عَنۡهُمۡ فَمَآ أَنتَ بِمَلُومࣲ﴿٥٤﴾

    Ulardan yuz oʻgir. Bas, sen malomatga qoluvchi emassan.

  55. 51:55Mushafda oʻqish ↗

    وَ ذَكِّرۡ فَإِنَّ ٱلذِّكۡرَىٰ تَنفَعُ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٥٥﴾

    Va eslatgin. Albatta, eslatish moʻminlarga manfaat berur.

  56. 51:56Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا خَلَقۡتُ ٱلۡجِنَّ وَ ٱلۡإِنسَ إِلَّا لِيَعۡبُدُونِ﴿٥٦﴾

    Jin va insonni faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.

  57. 51:57Mushafda oʻqish ↗

    مَآ أُرِيدُ مِنۡهُم مِّن رِّزۡقࣲ وَ مَآ أُرِيدُ أَن يُطۡعِمُونِ﴿٥٧﴾

    Men ulardan rizq xohlamayman va Meni ovqatlantirishlarini ham xohlamasman.

  58. 51:58Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلرَّزَّاقُ ذُو ٱلۡقُوَّةِ ٱلۡمَتِينُ﴿٥٨﴾

    Albatta, Alloh Oʻzi rizq beruvchi, quvvat egasi, shiddatlidir.

  59. 51:59Mushafda oʻqish ↗

    فَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُواْ ذَنُوبࣰا مِّثۡلَ ذَنُوبِ أَصۡحَٰبِهِمۡ فَلَا يَسۡتَعۡجِلُونِ﴿٥٩﴾

    Albatta, zulm qilganlarga oʻz birodarlari azobichalik azob bor, shoshilmasinlar.

  60. 51:60Mushafda oʻqish ↗

    فَوَيۡلࣱ لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن يَوۡمِهِمُ ٱلَّذِي يُوعَدُونَ﴿٦٠﴾

    Kofirlarga vaʼda qilinayotgan kunlarida halokat boʻlsin.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Zoriyot. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — sochib-yoyuvchilar.

Mazmuni: Sura qiyomat va Allohning va’dasi muqarrarligini ta’kidlaydi. Ibrohim alayhissalomning mehmonlari, Lut qavmi va Muso alayhissalomning voqealari bilan birga rizqning Allohdan ekani, inson va jinning yaratilish maqsadi ibodat ekani yodga olinadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraQof surasiKeyingi sura →Tur surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026