سورة ق
Qof surasi
Қоф сураси
Qof surasi — Qurʼoni Karimning 50-surasi. U 45 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
قٓ ۚ وَ ٱلۡقُرۡءَانِ ٱلۡمَجِيدِ﴿١﴾
Qoof. Ulugʻ Qurʼon ila qasam.
بَلۡ عَجِبُوٓاْ أَن جَآءَهُم مُّنذِرࣱ مِّنۡهُمۡ فَقَالَ ٱلۡكَٰفِرُونَ هَٰذَا شَيۡءٌ عَجِيبٌ﴿٢﴾
Balki, ularga oʻzlaridan ogohlantiruvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu ajib narsa-ku?» – dedilar.
أَءِذَا مِتۡنَا وَ كُنَّا تُرَابࣰا ۖ ذَٰلِكَ رَجۡعُۢ بَعِيدࣱ﴿٣﴾
Oʻlib, tuproq boʻlganimizdan keyin ham-a? Bu qaytish (aqldan) uzoq.
قَدۡ عَلِمۡنَا مَا تَنقُصُ ٱلۡأَرۡضُ مِنۡهُمۡ ۖ وَ عِندَنَا كِتَٰبٌ حَفِيظُۢ﴿٤﴾
Haqiqatan, Biz ularni yer kamaytirayotganini bildik va Bizning huzurimizda saqlovchi kitob bor.
بَلۡ كَذَّبُواْ بِٱلۡحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمۡ فَهُمۡ فِيٓ أَمۡرࣲ مَّرِيجٍ﴿٥﴾
Aniqki, ularga haq kelganda, uni yolgʻonga chiqardilar. Bas, ular iztirobli ishdadirlar.
أَفَلَمۡ يَنظُرُوٓاْ إِلَى ٱلسَّمَآءِ فَوۡقَهُمۡ كَيۡفَ بَنَيۡنَٰهَا وَ زَيَّنَّٰهَا وَ مَا لَهَا مِن فُرُوجࣲ﴿٦﴾
Ustilaridagi osmonga nazar solmaydilarmi? Uni qanday bino qilibmiz va ziynatlabmiz? Va (holbuki), uning teshiklari ham yoʻq?!
وَ ٱلۡأَرۡضَ مَدَدۡنَٰهَا وَ أَلۡقَيۡنَا فِيهَا رَوَٰسِيَ وَ أَنۢبَتۡنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوۡجِۭ بَهِيجࣲ﴿٧﴾
Va yerni choʻzib qoʻydik, unga togʻlarni tashladik va unda turli goʻzal juftlarni oʻstirdik.
تَبۡصِرَةࣰ وَ ذِكۡرَىٰ لِكُلِّ عَبۡدࣲ مُّنِيبࣲ﴿٨﴾
(Robbisiga) qaytuvchi har bir bandaga koʻrgazma va eslatma qilib...
وَ نَزَّلۡنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءࣰ مُّبَٰرَكࣰا فَأَنۢبَتۡنَا بِهِۦ جَنَّٰتࣲ وَ حَبَّ ٱلۡحَصِيدِ﴿٩﴾
Va osmondan baraka suvini tushirdik hamda u bilan bogʻ-rogʻlarni va don hosilini oʻstirdik.
وَ ٱلنَّخۡلَ بَاسِقَٰتࣲ لَّهَا طَلۡعࣱ نَّضِيدࣱ﴿١٠﴾
Va zich mevali shingillari bor xurmolarni ham.
رِّزۡقࣰا لِّلۡعِبَادِ ۖ وَ أَحۡيَيۡنَا بِهِۦ بَلۡدَةࣰ مَّيۡتࣰا ۚ كَذَٰلِكَ ٱلۡخُرُوجُ﴿١١﴾
Bandalarga rizq qilib. Va u (yomgʻir) bilan oʻlgan shaharni tiriltirdik. Shunday boʻladir (qabrdan) chiqish ham.
كَذَّبَتۡ قَبۡلَهُمۡ قَوۡمُ نُوحࣲ وَ أَصۡحَٰبُ ٱلرَّسِّ وَ ثَمُودُ﴿١٢﴾
Ulardan avval Nuh qavmi, quduq sohiblari va Samud yolgʻonga chiqarganlar.
وَ عَادࣱ وَ فِرۡعَوۡنُ وَ إِخۡوَٰنُ لُوطࣲ﴿١٣﴾
Va Od, Firʼavn, Lut birodarlari.
وَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡأَيۡكَةِ وَ قَوۡمُ تُبَّعࣲ ۚ كُلࣱّ كَذَّبَ ٱلرُّسُلَ فَحَقَّ وَعِيدِ﴿١٤﴾
Va daraxtzor egalari va Tubbaʼ qavmi — barchalari Paygʻambarlarni yolgʻonga chiqarganlar. Bas, (azob) vaʼdam haq boʻldi.
أَفَعَيِينَا بِٱلۡخَلۡقِ ٱلۡأَوَّلِ ۚ بَلۡ هُمۡ فِي لَبۡسࣲ مِّنۡ خَلۡقࣲ جَدِيدࣲ﴿١٥﴾
Avvalgi yaratishga ojiz boʻl-dikmi? Yoʻq! Ular yangidan yaratilishga shubhadadirlar.
وَ لَقَدۡ خَلَقۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ وَ نَعۡلَمُ مَا تُوَسۡوِسُ بِهِۦ نَفۡسُهُۥ ۖ وَ نَحۡنُ أَقۡرَبُ إِلَيۡهِ مِنۡ حَبۡلِ ٱلۡوَرِيدِ﴿١٦﴾
Albatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz. Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz.
إِذۡ يَتَلَقَّى ٱلۡمُتَلَقِّيَانِ عَنِ ٱلۡيَمِينِ وَ عَنِ ٱلشِّمَالِ قَعِيدࣱ﴿١٧﴾
Vaqtiki ikki kutib oluvchi oʻngda va chapda oʻtirgan hollarida kutib olurlar.
مَّا يَلۡفِظُ مِن قَوۡلٍ إِلَّا لَدَيۡهِ رَقِيبٌ عَتِيدࣱ﴿١٨﴾
Biror soʻz aytmas, magar huzurida hoziru nozir borlar.
وَ جَآءَتۡ سَكۡرَةُ ٱلۡمَوۡتِ بِٱلۡحَقِّ ۖ ذَٰلِكَ مَا كُنتَ مِنۡهُ تَحِيدُ﴿١٩﴾
Oʻlimning mastligi (talvasasi) haqiqat boʻlib keldi. Sen qochib yurgan narsa shuldir.
وَ نُفِخَ فِي ٱلصُّورِ ۚ ذَٰلِكَ يَوۡمُ ٱلۡوَعِيدِ﴿٢٠﴾
Va sur ham chalindi. Bu, qoʻrqitilgan kundir.
وَ جَآءَتۡ كُلُّ نَفۡسࣲ مَّعَهَا سَآئِقࣱ وَ شَهِيدࣱ﴿٢١﴾
Va har bir jon haydaguvchi va guvohlik beruvchi bilan keldi.
لَّقَدۡ كُنتَ فِي غَفۡلَةࣲ مِّنۡ هَٰذَا فَكَشَفۡنَا عَنكَ غِطَآءَكَ فَبَصَرُكَ ٱلۡيَوۡمَ حَدِيدࣱ﴿٢٢﴾
Albatta, sen bundan gʻaflatda eding. Bas, Biz sening pardangni ochdik va bugun koʻzing oʻtkirdir.
وَ قَالَ قَرِينُهُۥ هَٰذَا مَا لَدَيَّ عَتِيدٌ﴿٢٣﴾
Va uning «yaqini»: «Mana bu mendagi tayyor narsa», dedi.
أَلۡقِيَا فِي جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَنِيدࣲ﴿٢٤﴾
Har bir qaysarni, kofirni jahannamga tashlang!
مَّنَّاعࣲ لِّلۡخَيۡرِ مُعۡتَدࣲ مُّرِيبٍ﴿٢٥﴾
Yaxshilikni man qiluvchini, tajovuzkorni, shak keltiruvchini.
ٱلَّذِي جَعَلَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ فَأَلۡقِيَاهُ فِي ٱلۡعَذَابِ ٱلشَّدِيدِ﴿٢٦﴾
Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olganni shiddatli azobga tashlang!
قَالَ قَرِينُهُۥ رَبَّنَا مَآ أَطۡغَيۡتُهُۥ وَ لَٰكِن كَانَ فِي ضَلَٰلِۭ بَعِيدࣲ﴿٢٧﴾
Uning «yaqini»: «Robbimiz, uni men tugʻyonga ketkazganim yoʻq, lekin uning oʻzi uzoq zalolatda boʻldi», der.
قَالَ لَا تَخۡتَصِمُواْ لَدَيَّ وَ قَدۡ قَدَّمۡتُ إِلَيۡكُم بِٱلۡوَعِيدِ﴿٢٨﴾
U zot dedi: «Mening huzurimda tortishmanglar, sizlarga azob vaʼdasini taqdim qiluvdim.
مَا يُبَدَّلُ ٱلۡقَوۡلُ لَدَيَّ وَ مَآ أَنَا۠ بِظَلَّٰمࣲ لِّلۡعَبِيدِ﴿٢٩﴾
Mening huzurimda gap oʻzgarmas va Men bandalarga zulm qilguvchi emasman».
يَوۡمَ نَقُولُ لِجَهَنَّمَ هَلِ ٱمۡتَلَأۡتِ وَ تَقُولُ هَلۡ مِن مَّزِيدࣲ﴿٣٠﴾
Bugun jahannamga: «Toʻldingmi?» desak, u: «Yana qoʻshimcha bormi?» der.
وَ أُزۡلِفَتِ ٱلۡجَنَّةُ لِلۡمُتَّقِينَ غَيۡرَ بَعِيدٍ﴿٣١﴾
Va jannat taqvodorlarga uzoq boʻlmagan joyga yaqinlashtirildi.
هَٰذَا مَا تُوعَدُونَ لِكُلِّ أَوَّابٍ حَفِيظࣲ﴿٣٢﴾
Bu — sizga vaʼda qilingan narsadir. Har bir sertavbaga va saqlovchiga.
مَّنۡ خَشِيَ ٱلرَّحۡمَٰنَ بِٱلۡغَيۡبِ وَ جَآءَ بِقَلۡبࣲ مُّنِيبٍ﴿٣٣﴾
Rohmandan gʻoyibona qoʻrqqan va salomat qalb ila kelgan kimsaga.
ٱدۡخُلُوهَا بِسَلَٰمࣲ ۖ ذَٰلِكَ يَوۡمُ ٱلۡخُلُودِ﴿٣٤﴾
«Unga salomat boʻlgan holda kiringiz. Bu — mangulik kunidir» (deyilur).
لَهُم مَّا يَشَآءُونَ فِيهَا وَ لَدَيۡنَا مَزِيدࣱ﴿٣٥﴾
U yerda nima xohlasalar, ularniki. Va huzurimizda ziyodasi bor.
وَ كَمۡ أَهۡلَكۡنَا قَبۡلَهُم مِّن قَرۡنٍ هُمۡ أَشَدُّ مِنۡهُم بَطۡشࣰا فَنَقَّبُواْ فِي ٱلۡبِلَٰدِ هَلۡ مِن مَّحِيصٍ﴿٣٦﴾
Ulardan avval, ulardan koʻra kuchliroq asr(avlod)lardan qanchasini halok qildik. «Qochadigan joy bormi?» deb yurtma-yurt kezib chiqdilar.
إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَذِكۡرَىٰ لِمَن كَانَ لَهُۥ قَلۡبٌ أَوۡ أَلۡقَى ٱلسَّمۡعَ وَ هُوَ شَهِيدࣱ﴿٣٧﴾
Albatta, bunda qalbi borlarga va zehn bilan quloq osganlarga eslatma bordir.
وَ لَقَدۡ خَلَقۡنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ مَا بَيۡنَهُمَا فِي سِتَّةِ أَيَّامࣲ وَ مَا مَسَّنَا مِن لُّغُوبࣲ﴿٣٨﴾
Albatta, osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratdik. Va Bizni charchoq tutmadi.
فَٱصۡبِرۡ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَ سَبِّحۡ بِحَمۡدِ رَبِّكَ قَبۡلَ طُلُوعِ ٱلشَّمۡسِ وَ قَبۡلَ ٱلۡغُرُوبِ﴿٣٩﴾
Ularning aytayotganlariga sabr qil va Robbingga quyosh chiqishi va botishidan avval hamdu tasbih ayt.
وَ مِنَ ٱلَّيۡلِ فَسَبِّحۡهُ وَ أَدۡبَٰرَ ٱلسُّجُودِ﴿٤٠﴾
Kechasida ham Unga tasbih ayt. Va sajdadan keyin ham.
وَ ٱسۡتَمِعۡ يَوۡمَ يُنَادِ ٱلۡمُنَادِ مِن مَّكَانࣲ قَرِيبࣲ﴿٤١﴾
Nido qiluvchi yaqin joydan nido qilgan kunda quloq os.
يَوۡمَ يَسۡمَعُونَ ٱلصَّيۡحَةَ بِٱلۡحَقِّ ۚ ذَٰلِكَ يَوۡمُ ٱلۡخُرُوجِ﴿٤٢﴾
U kunda qichqiriqni haq ila eshiturlar. Ana oʻsha, chiqish kunidir.
إِنَّا نَحۡنُ نُحۡيِۦ وَ نُمِيتُ وَ إِلَيۡنَا ٱلۡمَصِيرُ﴿٤٣﴾
Albatta, Biz tiriltirurmiz, oʻldirurmiz. Va qaytish ham Bizgadir.
يَوۡمَ تَشَقَّقُ ٱلۡأَرۡضُ عَنۡهُمۡ سِرَاعࣰا ۚ ذَٰلِكَ حَشۡرٌ عَلَيۡنَا يَسِيرࣱ﴿٤٤﴾
U kunda ustlaridagi yer yorilib, shoshib chiqurlar. Ana oʻsha, Biz uchun oson toʻplashdir.
نَّحۡنُ أَعۡلَمُ بِمَا يَقُولُونَ ۖ وَ مَآ أَنتَ عَلَيۡهِم بِجَبَّارࣲ ۖ فَذَكِّرۡ بِٱلۡقُرۡءَانِ مَن يَخَافُ وَعِيدِ﴿٤٥﴾
Ularning aytganlarini Biz biluvchimiz. Sen ularning ustidagi jabbor emassan. Bas, Qurʼon ila azob vaʼdamdan qoʻrqqanlarni ogohlantir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Qof. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — qof harfi.
Mazmuni: Sura qayta tirilish va hisob kunini inkor etuvchilarga kuchli dalillar keltiradi. Insonning yaratilishi, Allohning yaqinligi, o‘ng va chapdagi yozuvchilar, o‘lim oldidagi holat va jannat-do‘zax manzaralari orqali javobgarlik hissi uyg‘otiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.