Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Hujurot surasi

سورة الحجرات

Hujurot surasi

Hujralar · Ҳужурот сураси

49-sura18 oyatMadaniy26-pora

Hujurot surasi — Qurʼoni Karimning 49-surasi. U 18 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Hujralar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 49:1Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تُقَدِّمُواْ بَيۡنَ يَدَيِ ٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ ۖ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمࣱ﴿١﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Allohdan va Uning Rasulidan oldin shoshilmanglar. Va Allohga taqvo qilinglar. Albatta Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.

  2. 49:2Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَرۡفَعُوٓاْ أَصۡوَٰتَكُمۡ فَوۡقَ صَوۡتِ ٱلنَّبِيِّ وَ لَا تَجۡهَرُواْ لَهُۥ بِٱلۡقَوۡلِ كَجَهۡرِ بَعۡضِكُمۡ لِبَعۡضٍ أَن تَحۡبَطَ أَعۡمَٰلُكُمۡ وَ أَنتُمۡ لَا تَشۡعُرُونَ﴿٢﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Ovozingizni Paygʻambar ovozidan yuqori koʻtarmang va unga bir-biringiz ila soʻzlashgandek dagʻal soʻz aytmang, oʻzingiz sezmagan holda amallaringiz habata boʻlib qolmasin.

  3. 49:3Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَغُضُّونَ أَصۡوَٰتَهُمۡ عِندَ رَسُولِ ٱللَّهِ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱمۡتَحَنَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُمۡ لِلتَّقۡوَىٰ ۚ لَهُم مَّغۡفِرَةࣱ وَ أَجۡرٌ عَظِيمٌ﴿٣﴾

    Albatta, Rasulullohning huzurida ovozlarini pastlatganlar, ana oʻshalar Alloh qalblarini taqvoga imtihon qilgan zotlardir. Ularga magʻfirat va ulkan ajr bor.

  4. 49:4Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يُنَادُونَكَ مِن وَرَآءِ ٱلۡحُجُرَٰتِ أَكۡثَرُهُمۡ لَا يَعۡقِلُونَ﴿٤﴾

    Albatta, seni hujralar ortidan chaqirayotganlarning koʻplari aql ishlatmaslar.

  5. 49:5Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ أَنَّهُمۡ صَبَرُواْ حَتَّىٰ تَخۡرُجَ إِلَيۡهِمۡ لَكَانَ خَيۡرࣰا لَّهُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٥﴾

    Agar ularning huzuriga chiqquningcha sabr qilsalar, oʻzlari uchun yaxshi boʻlardi. Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimlidir.

  6. 49:6Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن جَآءَكُمۡ فَاسِقُۢ بِنَبَإࣲ فَتَبَيَّنُوٓاْ أَن تُصِيبُواْ قَوۡمَۢا بِجَهَٰلَةࣲ فَتُصۡبِحُواْ عَلَىٰ مَا فَعَلۡتُمۡ نَٰدِمِينَ﴿٦﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab koʻringlar, bir qavmga bilmasdan musiybat yetkazib qoʻyib, qilganingizga nadomat chekuvchi boʻlmanglar.

  7. 49:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ فِيكُمۡ رَسُولَ ٱللَّهِ ۚ لَوۡ يُطِيعُكُمۡ فِي كَثِيرࣲ مِّنَ ٱلۡأَمۡرِ لَعَنِتُّمۡ وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ حَبَّبَ إِلَيۡكُمُ ٱلۡإِيمَٰنَ وَ زَيَّنَهُۥ فِي قُلُوبِكُمۡ وَ كَرَّهَ إِلَيۡكُمُ ٱلۡكُفۡرَ وَ ٱلۡفُسُوقَ وَ ٱلۡعِصۡيَانَ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلرَّٰشِدُونَ﴿٧﴾

    Va bilinglarki, albatta, ichlaringizda Rasululloh bordir. Agar u ishlardan koʻpida sizga itoat qilsa, albatta, qiyinchilikka duchor boʻlardingiz. Lekin, Alloh sizlarga iymonni mahbub qildi va uni qalblaringizda ziynatladi va sizlarga kufrni, fisqni va isyonni yomon koʻrsatdi. Ana oʻshalar toʻgʻrilikda yuruvchilardir.

  8. 49:8Mushafda oʻqish ↗

    فَضۡلࣰا مِّنَ ٱللَّهِ وَ نِعۡمَةࣰ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمࣱ﴿٨﴾

    Bu, Alloh tomonidan fazl va neʼmatdir. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.

  9. 49:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِن طَآئِفَتَانِ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ٱقۡتَتَلُواْ فَأَصۡلِحُواْ بَيۡنَهُمَا ۖ فَإِنۢ بَغَتۡ إِحۡدَىٰهُمَا عَلَى ٱلۡأُخۡرَىٰ فَقَٰتِلُواْ ٱلَّتِي تَبۡغِي حَتَّىٰ تَفِيٓءَ إِلَىٰٓ أَمۡرِ ٱللَّهِ ۚ فَإِن فَآءَتۡ فَأَصۡلِحُواْ بَيۡنَهُمَا بِٱلۡعَدۡلِ وَ أَقۡسِطُوٓاْ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُقۡسِطِينَ﴿٩﴾

    Agar moʻminlardan ikki toifa urishib ketsalar, bas, oʻrtalarini isloh qiling. Agar ulardan biri ikkinchisiga tajovuz qilsa, siz tajovuz qilganiga qarshi, to u Allohning amriga qaytgunicha, urushing, agar qaytsa, bas, oʻrtalarini adolat bilan isloh qiling. Odil boʻling, albatta, Alloh adolat qilguvchilarni suyadir.

  10. 49:10Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا ٱلۡمُؤۡمِنُونَ إِخۡوَةࣱ فَأَصۡلِحُواْ بَيۡنَ أَخَوَيۡكُمۡ ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ﴿١٠﴾

    Albatta, moʻminlar birodardirlar, bas, ikki birodaringiz oʻrtasini isloh qiling, Allohga taqvo qiling, shoyadki, rahim qilinsangiz.

  11. 49:11Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا يَسۡخَرۡ قَوۡمࣱ مِّن قَوۡمٍ عَسَىٰٓ أَن يَكُونُواْ خَيۡرࣰا مِّنۡهُمۡ وَ لَا نِسَآءࣱ مِّن نِّسَآءٍ عَسَىٰٓ أَن يَكُنَّ خَيۡرࣰا مِّنۡهُنَّ ۖ وَ لَا تَلۡمِزُوٓاْ أَنفُسَكُمۡ وَ لَا تَنَابَزُواْ بِٱلۡأَلۡقَٰبِ ۖ بِئۡسَ ٱلِٱسۡمُ ٱلۡفُسُوقُ بَعۡدَ ٱلۡإِيمَٰنِ ۚ وَ مَن لَّمۡ يَتُبۡ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿١١﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Bir qavm boshqasini masxara qilmasin, ehtimol, ular bulardan yaxshiroqdir. Va ayollar ham boshqa ayollarni (masxara qilmasin), ehtimol, ular bulardan yaxshiroqdir. Va oʻzingizni oʻzingiz mazax qilmang, bir-biringizga laqab qoʻymang. Iymondan keyin fosiqlik ismi naqadar yomon! Va kim tavba qilmasa, bas, ana oʻshalar, oʻzlari zolimlardir.

  12. 49:12Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱجۡتَنِبُواْ كَثِيرࣰا مِّنَ ٱلظَّنِّ إِنَّ بَعۡضَ ٱلظَّنِّ إِثۡمࣱ ۖ وَ لَا تَجَسَّسُواْ وَ لَا يَغۡتَب بَّعۡضُكُم بَعۡضًا ۚ أَيُحِبُّ أَحَدُكُمۡ أَن يَأۡكُلَ لَحۡمَ أَخِيهِ مَيۡتࣰا فَكَرِهۡتُمُوهُ ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ تَوَّابࣱ رَّحِيمࣱ﴿١٢﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Koʻp gumonlardan chetda boʻlinglar, chunki baʼzi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Baʼzilaringiz baʼzilaringizni gʻiybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz oʻzining oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻrurmi? Ha, yomon koʻrasizlar. Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh tavbani koʻp qabul qiluvchi va rahimlidir.

  13. 49:13Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّا خَلَقۡنَٰكُم مِّن ذَكَرࣲ وَ أُنثَىٰ وَ جَعَلۡنَٰكُمۡ شُعُوبࣰا وَ قَبَآئِلَ لِتَعَارَفُوٓاْ ۚ إِنَّ أَكۡرَمَكُمۡ عِندَ ٱللَّهِ أَتۡقَىٰكُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرࣱ﴿١٣﴾

    Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni oʻzaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qoʻydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir.

  14. 49:14Mushafda oʻqish ↗

    قَالَتِ ٱلۡأَعۡرَابُ ءَامَنَّا ۖ قُل لَّمۡ تُؤۡمِنُواْ وَ لَٰكِن قُولُوٓاْ أَسۡلَمۡنَا وَ لَمَّا يَدۡخُلِ ٱلۡإِيمَٰنُ فِي قُلُوبِكُمۡ ۖ وَ إِن تُطِيعُواْ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ لَا يَلِتۡكُم مِّنۡ أَعۡمَٰلِكُمۡ شَيۡـًٔا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمٌ﴿١٤﴾

    Aʼrobiylar: «Iymon keltirdik», deyishdi. Sen: «Iymon keltirganingiz yoʻq, lekin, boʻyinsundik, denglar, hali iymon qalblaringizga kirgani yoʻq va agar Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsangiz, amallaringizdan hech narsa kamaymas. Albatta, Alloh kechiruvchi va rahimli Zotdir», deb ayt.

  15. 49:15Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا ٱلۡمُؤۡمِنُونَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ ثُمَّ لَمۡ يَرۡتَابُواْ وَ جَٰهَدُواْ بِأَمۡوَٰلِهِمۡ وَ أَنفُسِهِمۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلصَّٰدِقُونَ﴿١٥﴾

    Albatta, haqiqiy moʻminlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan, soʻngra shubha qilmagan va Allohning yoʻlida mollari va jonlari ila jihod qilganlardir. Ana oʻshalar, oʻshalargina (iymonida) sodiqlardir.

  16. 49:16Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ أَتُعَلِّمُونَ ٱللَّهَ بِدِينِكُمۡ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣱ﴿١٦﴾

    Sen: «Allohga diningizni bildirmoqchimisiz? Va holbuki, Alloh osmonlaru yerdagi narsani biluvchi Zotdir. Alloh har bir narsani biluvchidir», deb ayt.

  17. 49:17Mushafda oʻqish ↗

    يَمُنُّونَ عَلَيۡكَ أَنۡ أَسۡلَمُواْ ۖ قُل لَّا تَمُنُّواْ عَلَيَّ إِسۡلَٰمَكُم ۖ بَلِ ٱللَّهُ يَمُنُّ عَلَيۡكُمۡ أَنۡ هَدَىٰكُمۡ لِلۡإِيمَٰنِ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿١٧﴾

    Senga musulmon boʻlganlarini minnat qilurlar. Sen: «Menga Islomingizni minnat qilmang. Balki agar sodiq boʻlsangiz, Alloh sizni iymonga hidoyat qilganini minnat qilur», deb ayt.

  18. 49:18Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ غَيۡبَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ ٱللَّهُ بَصِيرُۢ بِمَا تَعۡمَلُونَ﴿١٨﴾

    Albatta, Alloh osmonlaru yerning gʻaybini biluvchi Zotdir. Va Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻruvchi Zotdir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Hujurot. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — hujralar.

Mazmuni: Sura musulmon jamiyatining muomala va axloq qoidalarini tartibga soladi. Rasulullohning ovozidan baland gapirmaslik, xabarni tekshirish, ikki guruh yarashuvini ta’minlash, masxara va yomon gumondan saqlanish, g‘iybatni tark etish hamda haqiqiy taqvo mezoni bayon qilinadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraFath surasiKeyingi sura →Qof surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026