سورة الفتح
Fath surasi
G‘alaba · Фатҳ сураси
Fath surasi — Qurʼoni Karimning 48-surasi. U 29 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «G‘alaba» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
إِنَّا فَتَحۡنَا لَكَ فَتۡحࣰا مُّبِينࣰا﴿١﴾
Albatta Biz senga ravshan fathni berdik.
لِّيَغۡفِرَ لَكَ ٱللَّهُ مَا تَقَدَّمَ مِن ذَنۢبِكَ وَ مَا تَأَخَّرَ وَ يُتِمَّ نِعۡمَتَهُۥ عَلَيۡكَ وَ يَهۡدِيَكَ صِرَٰطࣰا مُّسۡتَقِيمࣰا﴿٢﴾
Alloh sening avval oʻtgan gunohlaringni va keyingilarini magʻfirat etish, neʼmatini batamom qilish va seni toʻgʻri yoʻlga boshlash uchun...
وَ يَنصُرَكَ ٱللَّهُ نَصۡرًا عَزِيزًا﴿٣﴾
Va Alloh senga izzatli nusrat berishi uchun.
هُوَ ٱلَّذِيٓ أَنزَلَ ٱلسَّكِينَةَ فِي قُلُوبِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ لِيَزۡدَادُوٓاْ إِيمَٰنࣰا مَّعَ إِيمَٰنِهِمۡ ۗ وَ لِلَّهِ جُنُودُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمࣰا﴿٤﴾
U, iymonlariga iymon ziyoda boʻlishi uchun moʻminlar qalbiga sokinlikni nozil etgan Zotdir. Va osmonlaru yerning lashkari Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
لِّيُدۡخِلَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا وَ يُكَفِّرَ عَنۡهُمۡ سَيِّـَٔاتِهِمۡ ۚ وَ كَانَ ذَٰلِكَ عِندَ ٱللَّهِ فَوۡزًا عَظِيمࣰا﴿٥﴾
Moʻminlar va moʻminalarni taglaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga mangu kiritish uchun va ularning gunohlarini yuvish uchun. Va bu, Allohning huzurida katta yutuqdir.
وَ يُعَذِّبَ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ وَ ٱلۡمُنَٰفِقَٰتِ وَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ وَ ٱلۡمُشۡرِكَٰتِ ٱلظَّآنِّينَ بِٱللَّهِ ظَنَّ ٱلسَّوۡءِ ۚ عَلَيۡهِمۡ دَآئِرَةُ ٱلسَّوۡءِ ۖ وَ غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِمۡ وَ لَعَنَهُمۡ وَ أَعَدَّ لَهُمۡ جَهَنَّمَ ۖ وَ سَآءَتۡ مَصِيرࣰا﴿٦﴾
Alloh toʻgʻrisida yomon gumon qiluvchi munofiq va munofiqalar, mushrik va mushrikalarni azoblash uchun... Ularni yomonlik oʻrab olsin. Ularga Alloh gʻazab qildi, ularni laʼnatladi va ularga jahannamni tayyorlab qoʻydi. Va naqadar yomon joy u!
وَ لِلَّهِ جُنُودُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا﴿٧﴾
Osmonlaru yerning lashkarlari Allohnikidir. Va, Alloh izzatli va hikmatli Zotdir.
إِنَّآ أَرۡسَلۡنَٰكَ شَٰهِدࣰا وَ مُبَشِّرࣰا وَ نَذِيرࣰا﴿٨﴾
Albatta, Biz seni guvohlik beruvchi, xushxabar eltuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik.
لِّتُؤۡمِنُواْ بِٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ وَ تُعَزِّرُوهُ وَ تُوَقِّرُوهُ ۚ وَ تُسَبِّحُوهُ بُكۡرَةࣰ وَ أَصِيلًا﴿٩﴾
Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz, Uni (dinni) qoʻllab-quvvatlashingiz, ulugʻlashingiz hamda Unga ertayu kech tasbih aytishingiz uchundir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُبَايِعُونَكَ إِنَّمَا يُبَايِعُونَ ٱللَّهَ يَدُ ٱللَّهِ فَوۡقَ أَيۡدِيهِمۡ ۚ فَمَن نَّكَثَ فَإِنَّمَا يَنكُثُ عَلَىٰ نَفۡسِهِۦ ۖ وَ مَنۡ أَوۡفَىٰ بِمَا عَٰهَدَ عَلَيۡهُ ٱللَّهَ فَسَيُؤۡتِيهِ أَجۡرًا عَظِيمࣰا﴿١٠﴾
Albatta, senga bayʼat qilayotganlar faqat Allohning Oʻziga bayʼat qilmoqdalar. Allohning qoʻli ularning qoʻllari ustidadir. Kim (bayʼatni) buzsa, oʻziga qarshi buzadi, xolos va kim Allohga qilgan ahdiga vafo qilsa, unga tezda ulkan ajr berilur.
سَيَقُولُ لَكَ ٱلۡمُخَلَّفُونَ مِنَ ٱلۡأَعۡرَابِ شَغَلَتۡنَآ أَمۡوَٰلُنَا وَ أَهۡلُونَا فَٱسۡتَغۡفِرۡ لَنَا ۚ يَقُولُونَ بِأَلۡسِنَتِهِم مَّا لَيۡسَ فِي قُلُوبِهِمۡ ۚ قُلۡ فَمَن يَمۡلِكُ لَكُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيۡـًٔا إِنۡ أَرَادَ بِكُمۡ ضَرًّا أَوۡ أَرَادَ بِكُمۡ نَفۡعَۢا ۚ بَلۡ كَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرَۢا﴿١١﴾
Ortda qolgan aʼrobiylar senga: «Molimiz va ahlimiz bizni mashgʻul qildi, bizga istigʻfor ayt», deyishar. Ular qalblarida yoʻq narsani tillari ila ayturlar. Sen: «Agar Alloh sizga zararni iroda qilsa yoki sizga manfaatni iroda qilsa, kim sizlarni Allohdan (keladigan) biror narsadan (toʻsishga) molik boʻladir? Taʼkidki, Alloh qilgan amallaringizdan xabardordir», deb ayt.
بَلۡ ظَنَنتُمۡ أَن لَّن يَنقَلِبَ ٱلرَّسُولُ وَ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ إِلَىٰٓ أَهۡلِيهِمۡ أَبَدࣰا وَ زُيِّنَ ذَٰلِكَ فِي قُلُوبِكُمۡ وَ ظَنَنتُمۡ ظَنَّ ٱلسَّوۡءِ وَ كُنتُمۡ قَوۡمَۢا بُورࣰا﴿١٢﴾
Balki sizlar, Rasul va moʻminlar abadiy oʻz ahllariga qaytib kelmaslar, deb gumon qildingiz va bu narsa qalbingizda ziynatlandi, yomon gumon qildingiz va yomon qavm boʻldingiz.
وَ مَن لَّمۡ يُؤۡمِنۢ بِٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ فَإِنَّآ أَعۡتَدۡنَا لِلۡكَٰفِرِينَ سَعِيرࣰا﴿١٣﴾
Va kim Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirmasa, albatta, Biz kofirlarga doʻzaxni tayyorlaganmiz.
وَ لِلَّهِ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ يَغۡفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَ يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ غَفُورࣰا رَّحِيمࣰا﴿١٤﴾
Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Kimni xohlasa, magʻfirat qilar va kimni xohlasa, azoblar. Va Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir.
سَيَقُولُ ٱلۡمُخَلَّفُونَ إِذَا ٱنطَلَقۡتُمۡ إِلَىٰ مَغَانِمَ لِتَأۡخُذُوهَا ذَرُونَا نَتَّبِعۡكُمۡ ۖ يُرِيدُونَ أَن يُبَدِّلُواْ كَلَٰمَ ٱللَّهِ ۚ قُل لَّن تَتَّبِعُونَا كَذَٰلِكُمۡ قَالَ ٱللَّهُ مِن قَبۡلُ ۖ فَسَيَقُولُونَ بَلۡ تَحۡسُدُونَنَا ۚ بَلۡ كَانُواْ لَا يَفۡقَهُونَ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿١٥﴾
Oʻljalar tomon, ularni olish uchun yurganingizda ortda qolganlar: «Qoʻyib bering, biz ham sizga ergashurmiz», deyishar. Allohning kalomini oʻzgartirmoqchi boʻlishar. Ayt: «Hech-hech bizga ergashmaysiz, ushbuni Alloh avval aytgan». Ular: «Balki, hasad qilayotgandirsizlar», deyishar. Yoʻq, ular ozgina narsadan boshqa narsani anglamaslar.
قُل لِّلۡمُخَلَّفِينَ مِنَ ٱلۡأَعۡرَابِ سَتُدۡعَوۡنَ إِلَىٰ قَوۡمٍ أُوْلِي بَأۡسࣲ شَدِيدࣲ تُقَٰتِلُونَهُمۡ أَوۡ يُسۡلِمُونَ ۖ فَإِن تُطِيعُواْ يُؤۡتِكُمُ ٱللَّهُ أَجۡرًا حَسَنࣰا ۖ وَ إِن تَتَوَلَّوۡاْ كَمَا تَوَلَّيۡتُم مِّن قَبۡلُ يُعَذِّبۡكُمۡ عَذَابًا أَلِيمࣰا﴿١٦﴾
Ortda qolgan aʼrobiylarga: «Katta kuchga ega qavmga (qarshi) chaqirilursiz, ular musulmon boʻlgunlaricha urushasiz. Agar itoat qilsangiz, Alloh sizga yaxshi ajr berur. Va agar yana avval qochganingizdek, ortga qochsangiz, alamli azob ila azoblar», deb ayt.
لَّيۡسَ عَلَى ٱلۡأَعۡمَىٰ حَرَجࣱ وَ لَا عَلَى ٱلۡأَعۡرَجِ حَرَجࣱ وَ لَا عَلَى ٱلۡمَرِيضِ حَرَجࣱ ۗ وَ مَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ يُدۡخِلۡهُ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ ۖ وَ مَن يَتَوَلَّ يُعَذِّبۡهُ عَذَابًا أَلِيمࣰا﴿١٧﴾
Koʻrga qiyinchilik yoʻq, choʻloqqa ham qiyinchilik yoʻq. Xasta kishiga ham qiyinchilik yoʻq. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, uni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritiladi. Kim yuz oʻgirsa, alamli azob ila azoblar.
لَّقَدۡ رَضِيَ ٱللَّهُ عَنِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ إِذۡ يُبَايِعُونَكَ تَحۡتَ ٱلشَّجَرَةِ فَعَلِمَ مَا فِي قُلُوبِهِمۡ فَأَنزَلَ ٱلسَّكِينَةَ عَلَيۡهِمۡ وَ أَثَٰبَهُمۡ فَتۡحࣰا قَرِيبࣰا﴿١٨﴾
Batahqiq, Alloh moʻminlardan daraxt ostida senga bayʼat qilayotganlarida rozi boʻldi. Bas, ularning qalblaridagini bildi, ularga sokinlikni tushirdi va yaqin fath ila mukofotladi.
وَ مَغَانِمَ كَثِيرَةࣰ يَأۡخُذُونَهَا ۗ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمࣰا﴿١٩﴾
Va koʻpgina oʻljalarni ham olurlar. Va Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.
وَعَدَكُمُ ٱللَّهُ مَغَانِمَ كَثِيرَةࣰ تَأۡخُذُونَهَا فَعَجَّلَ لَكُمۡ هَٰذِهِۦ وَ كَفَّ أَيۡدِيَ ٱلنَّاسِ عَنكُمۡ وَ لِتَكُونَ ءَايَةࣰ لِّلۡمُؤۡمِنِينَ وَ يَهۡدِيَكُمۡ صِرَٰطࣰا مُّسۡتَقِيمࣰا﴿٢٠﴾
Alloh sizlarga koʻpgina oʻljalarni vaʼda qildi. Ularni olursizlar, bunisini sizga tezlatib berdi, (oʻtgan voqea) moʻminlarga ibrat boʻlishi uchun va sizlarni sirotul mustaqiymga boshlash uchun odamlarning qoʻlini sizdan toʻsdi.
وَ أُخۡرَىٰ لَمۡ تَقۡدِرُواْ عَلَيۡهَا قَدۡ أَحَاطَ ٱللَّهُ بِهَا ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣰا﴿٢١﴾
Va sizlar qodir boʻlmagan boshqasini ham (vaʼda qildi). Uni Alloh ihota qilgan va Alloh har bir narsaga qodir Zotdir.
وَ لَوۡ قَٰتَلَكُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوَلَّوُاْ ٱلۡأَدۡبَٰرَ ثُمَّ لَا يَجِدُونَ وَلِيࣰّا وَ لَا نَصِيرࣰا﴿٢٢﴾
Agar kofirlar sizlar bilan urushganlarida, orqaga qarab qochar edilar, soʻngra oʻzlariga valiy ham, nusrat berguvchi ham topmasdilar.
سُنَّةَ ٱللَّهِ ٱلَّتِي قَدۡ خَلَتۡ مِن قَبۡلُ ۖ وَ لَن تَجِدَ لِسُنَّةِ ٱللَّهِ تَبۡدِيلࣰا﴿٢٣﴾
Allohning avvaldan kelayotgan sunnatidir. Va Allohning sunnatini hech oʻzgartira olmassan.
وَ هُوَ ٱلَّذِي كَفَّ أَيۡدِيَهُمۡ عَنكُمۡ وَ أَيۡدِيَكُمۡ عَنۡهُم بِبَطۡنِ مَكَّةَ مِنۢ بَعۡدِ أَنۡ أَظۡفَرَكُمۡ عَلَيۡهِمۡ ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرًا﴿٢٤﴾
U zot Makka vodiysida sizlarni ularning ustidan zafar qozontirganidan soʻng ularning qoʻllarini sizdan, sizning qoʻlingizni ulardan toʻsgan Zotdir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir.
هُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ صَدُّوكُمۡ عَنِ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ وَ ٱلۡهَدۡيَ مَعۡكُوفًا أَن يَبۡلُغَ مَحِلَّهُۥ ۚ وَ لَوۡلَا رِجَالࣱ مُّؤۡمِنُونَ وَ نِسَآءࣱ مُّؤۡمِنَٰتࣱ لَّمۡ تَعۡلَمُوهُمۡ أَن تَطَـُٔوهُمۡ فَتُصِيبَكُم مِّنۡهُم مَّعَرَّةُۢ بِغَيۡرِ عِلۡمࣲ ۖ لِّيُدۡخِلَ ٱللَّهُ فِي رَحۡمَتِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ لَوۡ تَزَيَّلُواْ لَعَذَّبۡنَا ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡهُمۡ عَذَابًا أَلِيمًا﴿٢٥﴾
Ular kufr keltirgan, sizlarni Masjidul Haromdan, qurbonliklarni esa, ushlanib oʻz joyiga yetishidan toʻsgan kishilardir, agar siz bilmaydigan moʻmin erkaklar va moʻmina ayollar boʻlmaganida, sizga bilmasdan ularni halok qilganingiz tufayli gunoh yetishi boʻlmaganida edi, Alloh kimni xohlasa, Oʻz rahmatiga kiritishi uchun, agar ajrab turganlarida edi, ulardan kofirlarini alamli azob ila azoblar edik.
إِذۡ جَعَلَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فِي قُلُوبِهِمُ ٱلۡحَمِيَّةَ حَمِيَّةَ ٱلۡجَٰهِلِيَّةِ فَأَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَ أَلۡزَمَهُمۡ كَلِمَةَ ٱلتَّقۡوَىٰ وَ كَانُوٓاْ أَحَقَّ بِهَا وَ أَهۡلَهَا ۚ وَ كَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣰا﴿٢٦﴾
Esla! Kufr keltirganlar qalblarida «hamiyyat»ni, «johiliyat hamiyyati»ni joylaganlarida, Alloh Oʻz sokinligini Paygʻambariga va moʻminlarga tushirdi va ularga taqvo kalimasini lozim koʻrdi, ular ushbuga haqli va ahl edilar. Va Alloh har bir narsani biluvchidir.
لَّقَدۡ صَدَقَ ٱللَّهُ رَسُولَهُ ٱلرُّءۡيَا بِٱلۡحَقِّ ۖ لَتَدۡخُلُنَّ ٱلۡمَسۡجِدَ ٱلۡحَرَامَ إِن شَآءَ ٱللَّهُ ءَامِنِينَ مُحَلِّقِينَ رُءُوسَكُمۡ وَ مُقَصِّرِينَ لَا تَخَافُونَ ۖ فَعَلِمَ مَا لَمۡ تَعۡلَمُواْ فَجَعَلَ مِن دُونِ ذَٰلِكَ فَتۡحࣰا قَرِيبًا﴿٢٧﴾
Batahqiq, Alloh Rasulining tushini haq ila tasdiqladi, albatta, Masjidul Haromga, inshoalloh, omonlikda, sochlaringiz olingan, qisqartirilgan holda, qoʻrqmasdan kirasizlar. Bas, U siz bilmagan narsani biladi va sizlarga bundan boshqa yaqin fathni qildi.
هُوَ ٱلَّذِيٓ أَرۡسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلۡهُدَىٰ وَ دِينِ ٱلۡحَقِّ لِيُظۡهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ ۚ وَ كَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدࣰا﴿٢٨﴾
U Oʻz Rasulini hidoyat va haq din bilan, u(din)ni barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. Guvohlikka Allohning Oʻzi kifoyadir.
مُّحَمَّدࣱ رَّسُولُ ٱللَّهِ ۚ وَ ٱلَّذِينَ مَعَهُۥٓ أَشِدَّآءُ عَلَى ٱلۡكُفَّارِ رُحَمَآءُ بَيۡنَهُمۡ ۖ تَرَىٰهُمۡ رُكَّعࣰا سُجَّدࣰا يَبۡتَغُونَ فَضۡلࣰا مِّنَ ٱللَّهِ وَ رِضۡوَٰنࣰا ۖ سِيمَاهُمۡ فِي وُجُوهِهِم مِّنۡ أَثَرِ ٱلسُّجُودِ ۚ ذَٰلِكَ مَثَلُهُمۡ فِي ٱلتَّوۡرَىٰةِ ۚ وَ مَثَلُهُمۡ فِي ٱلۡإِنجِيلِ كَزَرۡعٍ أَخۡرَجَ شَطۡـَٔهُۥ فَـَٔازَرَهُۥ فَٱسۡتَغۡلَظَ فَٱسۡتَوَىٰ عَلَىٰ سُوقِهِۦ يُعۡجِبُ ٱلزُّرَّاعَ لِيَغِيظَ بِهِمُ ٱلۡكُفَّارَ ۗ وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِنۡهُم مَّغۡفِرَةࣰ وَ أَجۡرًا عَظِيمَۢا﴿٢٩﴾
Muhammad Allohning Rasulidir, u bilan birga boʻlganlar kofirlarga shiddatli, oʻzaro rahimdildirlar. Allohdan fazl va rozilik tilab rukuʼ va sajda qilgan hollarini koʻrasan. Ularning siymosi sajda asaridan yuzlarida (balqiydi). Ana oʻsha, ularning Tavrot va Injildagi misollaridir. Bu, xuddi, urugʻini yorib chiqib, quvvatlanib, yoʻgʻonlashib, poyasida tik turib, dehqonlarni ajablantirgan bir ekinga oʻxshar. Kofirlarning gʻazabini qoʻzitish uchun. Alloh ulardan iymon keltirib va solih amallarni qilganlariga magʻfirat va ulugʻ ajrni vaʼda qildi.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Fath. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — g‘alaba.
Mazmuni: Sura Hudaybiya ortidan kelgan katta g‘alabani Allohning rahmati bilan bog‘laydi. Rasulullohga sodiqlik, bay’at, munofiqlarning bahonalari, keyingi g‘alabalar va sahobalarning sifatlari orqali tashqi ko‘rinishda qiyin bo‘lgan voqeaning katta yaxshilikka aylanishi ko‘rsatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.