Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Muhammad surasi

سورة محمد

Muhammad surasi

Muhammad · Муҳаммад сураси

47-sura38 oyatMadaniy26-pora

Muhammad surasi — Qurʼoni Karimning 47-surasi. U 38 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 47:1Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ صَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ أَضَلَّ أَعۡمَٰلَهُمۡ﴿١﴾

    Kufr keltirgan va Allohning yoʻlidan toʻsganlarning amallarini U zot botil qildi.

  2. 47:2Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَ ءَامَنُواْ بِمَا نُزِّلَ عَلَىٰ مُحَمَّدࣲ وَ هُوَ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّهِمۡ كَفَّرَ عَنۡهُمۡ سَيِّـَٔاتِهِمۡ وَ أَصۡلَحَ بَالَهُمۡ﴿٢﴾

    Iymon keltirgan, solih amallarni qilgan va Muhammadga nozil qilingan narsa(Qurʼon)ga — holbuki u (Qurʼon) Robbilaridan kelgan haqdir — iymon keltirganlarning ayblarini berkitar va ahvollarini yaxshilar.

  3. 47:3Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱتَّبَعُواْ ٱلۡبَٰطِلَ وَ أَنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّبَعُواْ ٱلۡحَقَّ مِن رَّبِّهِمۡ ۚ كَذَٰلِكَ يَضۡرِبُ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ أَمۡثَٰلَهُمۡ﴿٣﴾

    Undoq boʻlishiga, albatta, kufr keltirganlarning botilga ergashganlari va iymon keltirganlarning Robbilaridan boʻlgan haqqa ergashganliklari sababdir. Alloh kishilarga oʻzlarining misollarini shunday keltirar.

  4. 47:4Mushafda oʻqish ↗

    فَإِذَا لَقِيتُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَضَرۡبَ ٱلرِّقَابِ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَثۡخَنتُمُوهُمۡ فَشُدُّواْ ٱلۡوَثَاقَ فَإِمَّا مَنَّۢا بَعۡدُ وَ إِمَّا فِدَآءً حَتَّىٰ تَضَعَ ٱلۡحَرۡبُ أَوۡزَارَهَا ۚ ذَٰلِكَ ۖ وَ لَوۡ يَشَآءُ ٱللَّهُ لَٱنتَصَرَ مِنۡهُمۡ وَ لَٰكِن لِّيَبۡلُوَاْ بَعۡضَكُم بِبَعۡضࣲ ۗ وَ ٱلَّذِينَ قُتِلُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ فَلَن يُضِلَّ أَعۡمَٰلَهُمۡ﴿٤﴾

    Qachonki kufr keltirganlar bilan toʻqnashsangiz, bas, boʻyinlarga urmoq kerak. Vaqtiki, ularni tor-mor qilsangiz, bas, mahkam bogʻlang. Soʻngra yoki minnat, yoki tovon olishdir. Hattoki, urush oʻz anjomlarini qoʻyguncha. Ana shunday. Alloh xohlasa, ulardan Oʻzi gʻolib kelardi, lekin baʼzilaringizni baʼzilaringiz ila sinash uchun (qildi). Alloh yoʻlida qatl qilinganlarning amallarini U zot hech zoye qilmas.

  5. 47:5Mushafda oʻqish ↗

    سَيَهۡدِيهِمۡ وَ يُصۡلِحُ بَالَهُمۡ﴿٥﴾

    Albatta, ularni hidoyat qilar va ahvollarini yaxshilar.

  6. 47:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ يُدۡخِلُهُمُ ٱلۡجَنَّةَ عَرَّفَهَا لَهُمۡ﴿٦﴾

    Hamda Oʻzi ularga taʼriflab bergan jannatga kiritar.

  7. 47:7Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تَنصُرُواْ ٱللَّهَ يَنصُرۡكُمۡ وَ يُثَبِّتۡ أَقۡدَامَكُمۡ﴿٧﴾

    Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga yordam bersangiz, sizga ham yordam berur va qadamlaringizni sobit qilur.

  8. 47:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَتَعۡسࣰا لَّهُمۡ وَ أَضَلَّ أَعۡمَٰلَهُمۡ﴿٨﴾

    Va kufr keltirganlarga baxtsizlik va amallarini zoye qilish boʻlur.

  9. 47:9Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ كَرِهُواْ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأَحۡبَطَ أَعۡمَٰلَهُمۡ﴿٩﴾

    Bu, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush koʻrmaganlari sababidandir. Bas, U zot amallarini botil qildi.

  10. 47:10Mushafda oʻqish ↗

    أَفَلَمۡ يَسِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَيَنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ ۖ دَمَّرَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِمۡ ۖ وَ لِلۡكَٰفِرِينَ أَمۡثَٰلُهَا﴿١٠﴾

    Yer yuzida yurib, oʻzlaridan avvalgilarning oqibati qandoq boʻlganiga nazar solmaydilarmi? Alloh ularni vayron qildi-ku! Kofirlarga shunga oʻxshash boʻlur.

  11. 47:11Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ مَوۡلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ أَنَّ ٱلۡكَٰفِرِينَ لَا مَوۡلَىٰ لَهُمۡ﴿١١﴾

    Shundoq boʻlishi, albatta, Alloh iymon keltirganlarga doʻst ekanligidan va albatta, kofirlarga doʻst yoʻqligidandir.

  12. 47:12Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ يُدۡخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ ۖ وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يَتَمَتَّعُونَ وَ يَأۡكُلُونَ كَمَا تَأۡكُلُ ٱلۡأَنۡعَٰمُ وَ ٱلنَّارُ مَثۡوࣰى لَّهُمۡ﴿١٢﴾

    Albatta, Alloh iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlarni tagidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Kufr keltirganlar huzur qilurlar va xuddi chorva hayvonlari yegandek yerlar va doʻzax ularning joyidir.

  13. 47:13Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَأَيِّن مِّن قَرۡيَةٍ هِيَ أَشَدُّ قُوَّةࣰ مِّن قَرۡيَتِكَ ٱلَّتِيٓ أَخۡرَجَتۡكَ أَهۡلَكۡنَٰهُمۡ فَلَا نَاصِرَ لَهُمۡ﴿١٣﴾

    Koʻpgina shaharlar seni chiqargan shaharingdan koʻra quvvatliroq edi, ularni halok qildik. Bas, ularga nusrat beruvchi yoʻqdir.

  14. 47:14Mushafda oʻqish ↗

    أَفَمَن كَانَ عَلَىٰ بَيِّنَةࣲ مِّن رَّبِّهِۦ كَمَن زُيِّنَ لَهُۥ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ وَ ٱتَّبَعُوٓاْ أَهۡوَآءَهُم﴿١٤﴾

    Oʻz Robbisidan aniq hujjatga ega boʻlgan shaxs yomon amali oʻziga ziynatli koʻringan va havoyi nafsiga ergashganlarga oʻxshashi mumkinmi?!

  15. 47:15Mushafda oʻqish ↗

    مَّثَلُ ٱلۡجَنَّةِ ٱلَّتِي وُعِدَ ٱلۡمُتَّقُونَ ۖ فِيهَآ أَنۡهَٰرࣱ مِّن مَّآءٍ غَيۡرِ ءَاسِنࣲ وَ أَنۡهَٰرࣱ مِّن لَّبَنࣲ لَّمۡ يَتَغَيَّرۡ طَعۡمُهُۥ وَ أَنۡهَٰرࣱ مِّنۡ خَمۡرࣲ لَّذَّةࣲ لِّلشَّٰرِبِينَ وَ أَنۡهَٰرࣱ مِّنۡ عَسَلࣲ مُّصَفࣰّى ۖ وَ لَهُمۡ فِيهَا مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ وَ مَغۡفِرَةࣱ مِّن رَّبِّهِمۡ ۖ كَمَنۡ هُوَ خَٰلِدࣱ فِي ٱلنَّارِ وَ سُقُواْ مَآءً حَمِيمࣰا فَقَطَّعَ أَمۡعَآءَهُمۡ﴿١٥﴾

    Taqvodorlarga vaʼda qilingan jannatning misoli (shuki): ichida aynimagan suvli anhorlari, taʼmi oʻzgarmagan sutli anhorlari, ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr(sharob)li anhorlari, musaffo asalli anhorlari bor. Ular uchun unda barcha mevalar va oʻz Robbilaridan magʻfirat bor. (Oʻshalar) otashda mangu qoluvchi va oʻta qaynoq suv ila sugʻorilib, ichaklari titilib ketgan kimsaga oʻxsharmi?

  16. 47:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِنۡهُم مَّن يَسۡتَمِعُ إِلَيۡكَ حَتَّىٰٓ إِذَا خَرَجُواْ مِنۡ عِندِكَ قَالُواْ لِلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡعِلۡمَ مَاذَا قَالَ ءَانِفًا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ وَ ٱتَّبَعُوٓاْ أَهۡوَآءَهُمۡ﴿١٦﴾

    Va ulardan senga quloq osadiganlari bor. Huzuringdan chiqqanlarida esa, ilm berilganlarga: «Hali nima dedi?» – derlar. Ana oʻshalar qalblariga Alloh tamgʻa bosganlar va havoyi nafslariga ergashganlardir.

  17. 47:17Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ ٱهۡتَدَوۡاْ زَادَهُمۡ هُدࣰى وَ ءَاتَىٰهُمۡ تَقۡوَىٰهُمۡ﴿١٧﴾

    Hidoyat topganlarning hidoyatini U zot ziyoda qildi va ularga taqvolarini berdi.

  18. 47:18Mushafda oʻqish ↗

    فَهَلۡ يَنظُرُونَ إِلَّا ٱلسَّاعَةَ أَن تَأۡتِيَهُم بَغۡتَةࣰ ۖ فَقَدۡ جَآءَ أَشۡرَاطُهَا ۚ فَأَنَّىٰ لَهُمۡ إِذَا جَآءَتۡهُمۡ ذِكۡرَىٰهُمۡ﴿١٨﴾

    Ular soat(qiyomat)ning birdan kelishidan boshqa narsaga intizor boʻlishayotgani yoʻq. Darvoqe, alomatlari kelib ham qoldi. U kelib qolsa, ular qayerdan eslatma olurlar?!

  19. 47:19Mushafda oʻqish ↗

    فَٱعۡلَمۡ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا ٱللَّهُ وَ ٱسۡتَغۡفِرۡ لِذَنۢبِكَ وَ لِلۡمُؤۡمِنِينَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ ۗ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ مُتَقَلَّبَكُمۡ وَ مَثۡوَىٰكُمۡ﴿١٩﴾

    Bas, bilgin: Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq, oʻzingning, moʻminlarning va moʻminalarning gunohlari magʻfirat qilinishini soʻra. Alloh sizlarning kezar joylaringizni ham, borar joylaringizni ham bilur.

  20. 47:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَوۡلَا نُزِّلَتۡ سُورَةࣱ ۖ فَإِذَآ أُنزِلَتۡ سُورَةࣱ مُّحۡكَمَةࣱ وَ ذُكِرَ فِيهَا ٱلۡقِتَالُ رَأَيۡتَ ٱلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضࣱ يَنظُرُونَ إِلَيۡكَ نَظَرَ ٱلۡمَغۡشِيِّ عَلَيۡهِ مِنَ ٱلۡمَوۡتِ ۖ فَأَوۡلَىٰ لَهُمۡ﴿٢٠﴾

    Va iymon keltirganlar: «Biron sura nozil qilinsa edi», derlar. Vaqtiki, muhkam sura nozil qilinib, unda urush zikr qilinsa, qalblarida kasali borlarning senga xuddi jon berayotganning qarashidek qarayotganini koʻrasan.

  21. 47:21Mushafda oʻqish ↗

    طَاعَةࣱ وَ قَوۡلࣱ مَّعۡرُوفࣱ ۚ فَإِذَا عَزَمَ ٱلۡأَمۡرُ فَلَوۡ صَدَقُواْ ٱللَّهَ لَكَانَ خَيۡرࣰا لَّهُمۡ﴿٢١﴾

    Ularga toat va yaxshi soʻz yaxshiroqdir, bas, ish jiddiylashganda, Allohga sodiq qolsalar, oʻzlariga yaxshi boʻlur edi.

  22. 47:22Mushafda oʻqish ↗

    فَهَلۡ عَسَيۡتُمۡ إِن تَوَلَّيۡتُمۡ أَن تُفۡسِدُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ تُقَطِّعُوٓاْ أَرۡحَامَكُمۡ﴿٢٢﴾

    Ehtimol, (iymondan) yuz oʻgirsangiz, yer yuzida fasod qilib, qardoshlik rishtalarini uzarsiz?!

  23. 47:23Mushafda oʻqish ↗

    أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ فَأَصَمَّهُمۡ وَ أَعۡمَىٰٓ أَبۡصَٰرَهُمۡ﴿٢٣﴾

    Ana oʻshalarni Alloh laʼnatladi, ularni kar qildi va koʻzlarini koʻr qildi.

  24. 47:24Mushafda oʻqish ↗

    أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ ٱلۡقُرۡءَانَ أَمۡ عَلَىٰ قُلُوبٍ أَقۡفَالُهَآ﴿٢٤﴾

    Qurʼonni tadabbur ila oʻylab koʻrmaydilarmi? Yoki qalblarda qulflar bormi?

  25. 47:25Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱرۡتَدُّواْ عَلَىٰٓ أَدۡبَٰرِهِم مِّنۢ بَعۡدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلۡهُدَى ٱلشَّيۡطَٰنُ سَوَّلَ لَهُمۡ وَ أَمۡلَىٰ لَهُمۡ﴿٢٥﴾

    Albatta, hidoyat ravshan boʻlgandan soʻng ortlariga qaytganlarga shayton ziynatlab koʻrsatadi va ularni oʻsha yoʻlladi.

  26. 47:26Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ قَالُواْ لِلَّذِينَ كَرِهُواْ مَا نَزَّلَ ٱللَّهُ سَنُطِيعُكُمۡ فِي بَعۡضِ ٱلۡأَمۡرِ ۖ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ إِسۡرَارَهُمۡ﴿٢٦﴾

    Undoq boʻlishligi, albatta, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush koʻrmaganlarga: «Sizlarga baʼzi ishlarda itoat qilurmiz», deyishlari sababidandir. Va holbuki, Alloh sir-asrorlarini bilib turibdi.

  27. 47:27Mushafda oʻqish ↗

    فَكَيۡفَ إِذَا تَوَفَّتۡهُمُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ يَضۡرِبُونَ وُجُوهَهُمۡ وَ أَدۡبَٰرَهُمۡ﴿٢٧﴾

    Farishtalar yuzlariga va ortlariga urib jonlarini olayotganlarida qandoq boʻlarkin?!

  28. 47:28Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمُ ٱتَّبَعُواْ مَآ أَسۡخَطَ ٱللَّهَ وَ كَرِهُواْ رِضۡوَٰنَهُۥ فَأَحۡبَطَ أَعۡمَٰلَهُمۡ﴿٢٨﴾

    Bunday boʻlishi, albatta, ularning Allohni gʻazablantirgan narsaga ergashganlari va Uning roziligini xush koʻrmaganliklari sababidandir. Bas, U zot amallarini habata qildi.

  29. 47:29Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ حَسِبَ ٱلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَن لَّن يُخۡرِجَ ٱللَّهُ أَضۡغَٰنَهُمۡ﴿٢٩﴾

    Qalblarida kasal borlar, Alloh ularning qattiq hasadlarini oshkor qilmas, deb hisoblaydilarmi?!

  30. 47:30Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ نَشَآءُ لَأَرَيۡنَٰكَهُمۡ فَلَعَرَفۡتَهُم بِسِيمَٰهُمۡ ۚ وَ لَتَعۡرِفَنَّهُمۡ فِي لَحۡنِ ٱلۡقَوۡلِ ۚ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ أَعۡمَٰلَكُمۡ﴿٣٠﴾

    Agar xohlasak, Biz ularni senga koʻrsatamiz, taʼkidki, sen ularni siymolaridan taniysan, albatta, sen ularni gap ohanglaridan taniysan. Alloh amallaringizni bilib turur.

  31. 47:31Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَنَبۡلُوَنَّكُمۡ حَتَّىٰ نَعۡلَمَ ٱلۡمُجَٰهِدِينَ مِنكُمۡ وَ ٱلصَّٰبِرِينَ وَ نَبۡلُوَاْ أَخۡبَارَكُمۡ﴿٣١﴾

    Va taʼkidki, Biz sizlarni sinarmiz, toki, sizlardan mujohidlarni, sabrlilarni bilsak va xabarlaringizni imtihon etsak.

  32. 47:32Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ صَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَ شَآقُّواْ ٱلرَّسُولَ مِنۢ بَعۡدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلۡهُدَىٰ لَن يَضُرُّواْ ٱللَّهَ شَيۡـࣰٔا وَ سَيُحۡبِطُ أَعۡمَٰلَهُمۡ﴿٣٢﴾

    Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yoʻlidan toʻsganlar hamda hidoyat aniq boʻlgandan soʻng Paygʻambarga qarshi chiqqanlar Allohga hech zarar keltira olmaslar. Va ularning amallarini habata qilur.

  33. 47:33Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ وَ لَا تُبۡطِلُوٓاْ أَعۡمَٰلَكُمۡ﴿٣٣﴾

    Ey, iymon keltirganlar, Allohga itoat eting, Rasulga boʻyinsuning va amallaringizni botil qilmangiz.

  34. 47:34Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ صَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ مَاتُواْ وَ هُمۡ كُفَّارࣱ فَلَن يَغۡفِرَ ٱللَّهُ لَهُمۡ﴿٣٤﴾

    Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yoʻlidan toʻsgan, soʻngra kofir hollarida oʻlganlarni Alloh hech-hech magʻfirat qilmas.

  35. 47:35Mushafda oʻqish ↗

    فَلَا تَهِنُواْ وَ تَدۡعُوٓاْ إِلَى ٱلسَّلۡمِ وَ أَنتُمُ ٱلۡأَعۡلَوۡنَ وَ ٱللَّهُ مَعَكُمۡ وَ لَن يَتِرَكُمۡ أَعۡمَٰلَكُمۡ﴿٣٥﴾

    Bas, boʻsh kelmanglar va oʻzingiz ustun boʻlib turib, yarashga chaqirmanglar. Alloh siz bilan va amallaringizni hech-hech kamaytirmas.

  36. 47:36Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا لَعِبࣱ وَ لَهۡوࣱ ۚ وَ إِن تُؤۡمِنُواْ وَ تَتَّقُواْ يُؤۡتِكُمۡ أُجُورَكُمۡ وَ لَا يَسۡـَٔلۡكُمۡ أَمۡوَٰلَكُمۡ﴿٣٦﴾

    Albatta, bu dunyo hayoti oʻyin va koʻngil xushidir va gar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, U zot ajrlaringizni berur va molu dunyolaringizni soʻramas.

  37. 47:37Mushafda oʻqish ↗

    إِن يَسۡـَٔلۡكُمُوهَا فَيُحۡفِكُمۡ تَبۡخَلُواْ وَ يُخۡرِجۡ أَضۡغَٰنَكُمۡ﴿٣٧﴾

    Agar sizdan ularni soʻrasa, qiynasa, baxillik qilasizlar va Alloh kek-hiqdlaringizni chiqarur.

  38. 47:38Mushafda oʻqish ↗

    هَٰٓأَنتُمۡ هَٰٓؤُلَآءِ تُدۡعَوۡنَ لِتُنفِقُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ فَمِنكُم مَّن يَبۡخَلُ ۖ وَ مَن يَبۡخَلۡ فَإِنَّمَا يَبۡخَلُ عَن نَّفۡسِهِۦ ۚ وَ ٱللَّهُ ٱلۡغَنِيُّ وَ أَنتُمُ ٱلۡفُقَرَآءُ ۚ وَ إِن تَتَوَلَّوۡاْ يَسۡتَبۡدِلۡ قَوۡمًا غَيۡرَكُمۡ ثُمَّ لَا يَكُونُوٓاْ أَمۡثَٰلَكُم﴿٣٨﴾

    Hoy, sizlar. Anavilar. Allohning yoʻlida nafaqa qilishga chaqirilsangiz, bas, baʼzilaringiz baxillik qilursizlar. Va kim baxillik qilsa, albatta, oʻziga baxillik qilur. Va, holbuki, Alloh boy, sizlar kambagʻalsizlar. Va agar siz yuz oʻgirib ketsangiz, sizdan boshqa qavmni oʻrningizga keltirur, ular esa sizlarga oʻxshagan boʻlmaslar.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Muhammad. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — muhammad.

Mazmuni: Sura iymon bilan kufrning natijalarini qarama-qarshi qo‘yadi. Mo‘minlarning sabri, jang sharoitidagi mas’uliyat, munofiqlarning holati, dunyo hayotining vaqtinchaligi va Qur’on ustida tafakkur qilish orqali haq yo‘lning mezonlari belgilanadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraAhqof surasiKeyingi sura →Fath surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026