سورة الأحقاف
Ahqof surasi
Qum tepalari · Аҳқоф сураси
Ahqof surasi — Qurʼoni Karimning 46-surasi. U 35 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Qum tepalari» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
حمٓ﴿١﴾
Haa. Miym.
تَنزِيلُ ٱلۡكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡحَكِيمِ﴿٢﴾
Kitob tushirilishi Folib va hikmatli Alloh tarafidandir.
مَا خَلَقۡنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ مَا بَيۡنَهُمَآ إِلَّا بِٱلۡحَقِّ وَ أَجَلࣲ مُّسَمࣰّى ۚ وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ عَمَّآ أُنذِرُواْ مُعۡرِضُونَ﴿٣﴾
Osmonlaru yerni hamda ular oʻrtasidagi narsalarni faqat haq va belgilangan muddat ila yaratdik. Kofirlar boʻlsa, oʻzlari ogohlantirilgan narsadan yuz oʻgiruvchilardir.
قُلۡ أَرَءَيۡتُم مَّا تَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَرُونِي مَاذَا خَلَقُواْ مِنَ ٱلۡأَرۡضِ أَمۡ لَهُمۡ شِرۡكࣱ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ ۖ ٱئۡتُونِي بِكِتَٰبࣲ مِّن قَبۡلِ هَٰذَآ أَوۡ أَثَٰرَةࣲ مِّنۡ عِلۡمٍ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٤﴾
Sen: «Allohdan oʻzga sigʻinayotgan narsalaringizning xabarini bering-chi, menga koʻrsating-chi, ular yerdan nimani yaratdilar? Yoki osmonlarni (yaratishda) ishtiroklari bormi? Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, menga bu(Qurʼon)dan oldingi kitobni yoki ilmiy bir belgini (dalilni) keltiring», deb ayt.
وَ مَنۡ أَضَلُّ مِمَّن يَدۡعُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَن لَّا يَسۡتَجِيبُ لَهُۥٓ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ وَ هُمۡ عَن دُعَآئِهِمۡ غَٰفِلُونَ﴿٥﴾
Allohni qoʻyib, qiyomat kunigacha duosini mustajob qilolmaydiganlarga iltijo etadiganlardan ham adashganroqlar bormi?! Holbuki, u(but)lar ularning duosidan gʻofildirlar.
وَ إِذَا حُشِرَ ٱلنَّاسُ كَانُواْ لَهُمۡ أَعۡدَآءࣰ وَ كَانُواْ بِعِبَادَتِهِمۡ كَٰفِرِينَ﴿٦﴾
Odamlar mahsharga toʻplanganda, oʻsha(but)lar ularga dushman boʻlurlar va ibodatlariga ham munkir boʻlurlar.
وَ إِذَا تُتۡلَىٰ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتࣲ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلۡحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمۡ هَٰذَا سِحۡرࣱ مُّبِينٌ﴿٧﴾
Qachonki ularga ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar Haq (Qurʼon) ularga kelgandayoq, bu ochiq-oydin sehrdir, derlar.
أَمۡ يَقُولُونَ ٱفۡتَرَىٰهُ ۖ قُلۡ إِنِ ٱفۡتَرَيۡتُهُۥ فَلَا تَمۡلِكُونَ لِي مِنَ ٱللَّهِ شَيۡـًٔا ۖ هُوَ أَعۡلَمُ بِمَا تُفِيضُونَ فِيهِ ۚ كَفَىٰ بِهِۦ شَهِيدَۢا بَيۡنِي وَ بَيۡنَكُمۡ ۖ وَ هُوَ ٱلۡغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ﴿٨﴾
Balki, u(Qurʼon)ni oʻzi toʻqib olgan, ham derlar. Sen: «Agar uni toʻqib olgan boʻlsam, Allohdan (keladigan) biror narsani mendan qaytarishga qodir emassiz. U zotning Oʻzi u(kitob) haqida siz shoʻngʻiyotgan narsalarni yaxshi biluvchidir. Men bilan sizning oʻrtangizda guvohlikka Uning Oʻzi kifoyadir. Va U kechiruvchi ham rahimli Zotdir», deb ayt.
قُلۡ مَا كُنتُ بِدۡعࣰا مِّنَ ٱلرُّسُلِ وَ مَآ أَدۡرِي مَا يُفۡعَلُ بِي وَ لَا بِكُمۡ ۖ إِنۡ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَيَّ وَ مَآ أَنَا۠ إِلَّا نَذِيرࣱ مُّبِينࣱ﴿٩﴾
Sen: «Men birinchi Paygʻambar emasman, menga va sizlarga nima qilinishini bilmasman. Faqat, oʻzimga vahiy qilinayotgan narsagagina ergashurman. Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos», deb ayt.
قُلۡ أَرَءَيۡتُمۡ إِن كَانَ مِنۡ عِندِ ٱللَّهِ وَ كَفَرۡتُم بِهِۦ وَ شَهِدَ شَاهِدࣱ مِّنۢ بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ عَلَىٰ مِثۡلِهِۦ فَـَٔامَنَ وَ ٱسۡتَكۡبَرۡتُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٠﴾
Sen: «Ayting-chi, agar u (Qurʼon) Allohdan boʻlsa-yu, siz unga kufr keltirsangiz va holbuki, Bani Isroildan bir guvoh u(Qurʼon)ga oʻxshash narsaga guvohlik berib, iymon keltirib turibdi, siz esa, kibru havo qilyapsiz. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas», deb ayt.
وَ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَوۡ كَانَ خَيۡرࣰا مَّا سَبَقُونَآ إِلَيۡهِ ۚ وَ إِذۡ لَمۡ يَهۡتَدُواْ بِهِۦ فَسَيَقُولُونَ هَٰذَآ إِفۡكࣱ قَدِيمࣱ﴿١١﴾
Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Agar u (Qurʼon) yaxshilik boʻlganida, unga bizdan avval bormasdilar», dedilar. U(Qurʼon)dan hidoyat topishmagach, bu — qadimgi uydirmadir, derlar.
وَ مِن قَبۡلِهِۦ كِتَٰبُ مُوسَىٰٓ إِمَامࣰا وَ رَحۡمَةࣰ ۚ وَ هَٰذَا كِتَٰبࣱ مُّصَدِّقࣱ لِّسَانًا عَرَبِيࣰّا لِّيُنذِرَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ وَ بُشۡرَىٰ لِلۡمُحۡسِنِينَ﴿١٢﴾
U(Qurʼon)dan oldin Musoning kitobi yoʻl boshlovchi va rahmat edi. Bu (Qurʼon) esa, arab tilidagi, tasdiqlovchi, zulm qiluvchilarni ogohlantirish uchun va yaxshilarga bashorat kitobidir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ قَالُواْ رَبُّنَا ٱللَّهُ ثُمَّ ٱسۡتَقَٰمُواْ فَلَا خَوۡفٌ عَلَيۡهِمۡ وَ لَا هُمۡ يَحۡزَنُونَ﴿١٣﴾
Albatta «Robbimiz Allohdir» degan, soʻngra bunda mustaqiym turganlarga xavf yoʻqdir va ular xafa ham boʻlmaslar.
أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَنَّةِ خَٰلِدِينَ فِيهَا جَزَآءَۢ بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿١٤﴾
Ana oʻshalar jannat egalaridir, qilgan amallari mukofotiga unda abadiy qolurlar.
وَ وَصَّيۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ بِوَٰلِدَيۡهِ إِحۡسَٰنًا ۖ حَمَلَتۡهُ أُمُّهُۥ كُرۡهࣰا وَ وَضَعَتۡهُ كُرۡهࣰا ۖ وَ حَمۡلُهُۥ وَ فِصَٰلُهُۥ ثَلَٰثُونَ شَهۡرًا ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ أَشُدَّهُۥ وَ بَلَغَ أَرۡبَعِينَ سَنَةࣰ قَالَ رَبِّ أَوۡزِعۡنِيٓ أَنۡ أَشۡكُرَ نِعۡمَتَكَ ٱلَّتِيٓ أَنۡعَمۡتَ عَلَيَّ وَ عَلَىٰ وَٰلِدَيَّ وَ أَنۡ أَعۡمَلَ صَٰلِحࣰا تَرۡضَىٰهُ وَ أَصۡلِحۡ لِي فِي ذُرِّيَّتِيٓ ۖ إِنِّي تُبۡتُ إِلَيۡكَ وَ إِنِّي مِنَ ٱلۡمُسۡلِمِينَ﴿١٥﴾
Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador boʻldi va uni qiynalib tugʻdi. Va uning homilasi va koʻkrakdan ajratishi oʻttiz oydir. Toki, u kamolga yetib, qirq yoshga kirganida: «Robbim, Oʻzing menga va ota-onamga bergan neʼmatlaringga shukr qilishimga va Sen rozi boʻlgan solih(ish)ni qilishimga ilhom bergin. Va mening zurriyotlarimni ham solihlardan qilgin. Albatta, men tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman», dedi.
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ نَتَقَبَّلُ عَنۡهُمۡ أَحۡسَنَ مَا عَمِلُواْ وَ نَتَجَاوَزُ عَن سَيِّـَٔاتِهِمۡ فِيٓ أَصۡحَٰبِ ٱلۡجَنَّةِ ۖ وَعۡدَ ٱلصِّدۡقِ ٱلَّذِي كَانُواْ يُوعَدُونَ﴿١٦﴾
Ana oʻshalarning eng yaxshi amallarini qabul qilib, yomonliklarini oʻtib yuborurmiz. Ular jannat egalaridandir. Ularga berilgan haq vaʼda shuldir.
وَ ٱلَّذِي قَالَ لِوَٰلِدَيۡهِ أُفࣲّ لَّكُمَآ أَتَعِدَانِنِيٓ أَنۡ أُخۡرَجَ وَ قَدۡ خَلَتِ ٱلۡقُرُونُ مِن قَبۡلِي وَ هُمَا يَسۡتَغِيثَانِ ٱللَّهَ وَيۡلَكَ ءَامِنۡ إِنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣱّ فَيَقُولُ مَا هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿١٧﴾
Ota-onasiga: «Uff sizlarga, (qabrdan) chiqarilishimning vaʼdasini berayapsizlarmi?! Mendan avval ham asrlar oʻtgan-ku!» – degan kishiga, Allohdan madad soʻragan holda, ular: «Holingga voy boʻlgur, iymon keltir, albatta, Allohning vaʼdasi haqdir», dedilar. U boʻlsa: «Bu oʻtganlarning afsonalari, xolos», der.
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ حَقَّ عَلَيۡهِمُ ٱلۡقَوۡلُ فِيٓ أُمَمࣲ قَدۡ خَلَتۡ مِن قَبۡلِهِم مِّنَ ٱلۡجِنِّ وَ ٱلۡإِنسِ ۖ إِنَّهُمۡ كَانُواْ خَٰسِرِينَ﴿١٨﴾
Ana oʻshalarga oʻzlaridan avval oʻtgan jin va ins ummatlari qatorida (azob) soʻzi haq boʻlgandir. Albatta, ular ziyon koʻruvchilardan boʻldilar.
وَ لِكُلࣲّ دَرَجَٰتࣱ مِّمَّا عَمِلُواْ ۖ وَ لِيُوَفِّيَهُمۡ أَعۡمَٰلَهُمۡ وَ هُمۡ لَا يُظۡلَمُونَ﴿١٩﴾
Har birlariga qilgan amallariga yarasha darajalar bordir. Va ularga amallarining (mukofot yoki jazosi) toʻliq berilur va ularga zulm qilinmas.
وَ يَوۡمَ يُعۡرَضُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ عَلَى ٱلنَّارِ أَذۡهَبۡتُمۡ طَيِّبَٰتِكُمۡ فِي حَيَاتِكُمُ ٱلدُّنۡيَا وَ ٱسۡتَمۡتَعۡتُم بِهَا فَٱلۡيَوۡمَ تُجۡزَوۡنَ عَذَابَ ٱلۡهُونِ بِمَا كُنتُمۡ تَسۡتَكۡبِرُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ بِغَيۡرِ ٱلۡحَقِّ وَ بِمَا كُنتُمۡ تَفۡسُقُونَ﴿٢٠﴾
Kufr keltirganlar doʻzaxga koʻndalang qilingan kunda (ularga): «Hayoti dunyodayoq huzur-halovatingizni ketkazib, mazasini tatib boʻlgansiz. Bugungi kunda yer yuzida nohaq kibru havo va fisqu fasod qilganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», deyilur.
وَ ٱذۡكُرۡ أَخَا عَادٍ إِذۡ أَنذَرَ قَوۡمَهُۥ بِٱلۡأَحۡقَافِ وَ قَدۡ خَلَتِ ٱلنُّذُرُ مِنۢ بَيۡنِ يَدَيۡهِ وَ مِنۡ خَلۡفِهِۦٓ أَلَّا تَعۡبُدُوٓاْ إِلَّا ٱللَّهَ إِنِّيٓ أَخَافُ عَلَيۡكُمۡ عَذَابَ يَوۡمٍ عَظِيمࣲ﴿٢١﴾
Oʻz qavmini qum tepaliklarda ogohlantirgan Odning birodarini esla! Va holbuki, undan avval ham, keyin ham ogohlantiruvchilar oʻtgan. «U zotdan oʻzgaga ibodat qilmanglar, albatta, men ulugʻ kunda boshingizga tushadigan azobdan qoʻrqurman, (dedi)».
قَالُوٓاْ أَجِئۡتَنَا لِتَأۡفِكَنَا عَنۡ ءَالِهَتِنَا فَأۡتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ﴿٢٢﴾
Ular: «Bizni xudolarimizdan ozdirishga keldingmi? Agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir», dedilar.
قَالَ إِنَّمَا ٱلۡعِلۡمُ عِندَ ٱللَّهِ وَ أُبَلِّغُكُم مَّآ أُرۡسِلۡتُ بِهِۦ وَ لَٰكِنِّيٓ أَرَىٰكُمۡ قَوۡمࣰا تَجۡهَلُونَ﴿٢٣﴾
U: «Albatta, ilm Allohning huzuridadir. Men nima bilan yuborilgan boʻlsam, shuni yetkazmoqdaman. Lekin sizlarning johil qavmligingizni koʻrib turibman», dedi.
فَلَمَّا رَأَوۡهُ عَارِضࣰا مُّسۡتَقۡبِلَ أَوۡدِيَتِهِمۡ قَالُواْ هَٰذَا عَارِضࣱ مُّمۡطِرُنَا ۚ بَلۡ هُوَ مَا ٱسۡتَعۡجَلۡتُم بِهِۦ ۖ رِيحࣱ فِيهَا عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٢٤﴾
U(azob)ning vodiylari tomon koʻndalang boʻlib yurganini koʻrishganda, bu koʻndalang boʻluvchi bizga yomgʻir yogʻdirur, deyishdi. Yoʻq! Bu, oʻzingiz orziqib soʻragan narsa, alamli azobi bor boʻrondir.
تُدَمِّرُ كُلَّ شَيۡءِۭ بِأَمۡرِ رَبِّهَا فَأَصۡبَحُواْ لَا يُرَىٰٓ إِلَّا مَسَٰكِنُهُمۡ ۚ كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿٢٥﴾
U, Robbisining amri ila har bir narsani vayron qilur. Bas, maskanlaridan boshqa narsa koʻrinmay qoldi. Jinoyatchi qavmlarni shundoq jazolarmiz.
وَ لَقَدۡ مَكَّنَّٰهُمۡ فِيمَآ إِن مَّكَّنَّٰكُمۡ فِيهِ وَ جَعَلۡنَا لَهُمۡ سَمۡعࣰا وَ أَبۡصَٰرࣰا وَ أَفۡـِٔدَةࣰ فَمَآ أَغۡنَىٰ عَنۡهُمۡ سَمۡعُهُمۡ وَ لَآ أَبۡصَٰرُهُمۡ وَ لَآ أَفۡـِٔدَتُهُم مِّن شَيۡءٍ إِذۡ كَانُواْ يَجۡحَدُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَ حَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿٢٦﴾
Va, darhaqiqat, Biz ularga sizga bermagan imkonlarni bergan edik. Hamda quloq, koʻz va qalblar ato etdik. Bas, na quloqlari, na koʻzlari va na qalblari ularga hech bir foyda bermadi. Chunki, ular Allohning oyatlarini inkor qilgan edilar. Bas, ularni oʻzlari masxara qilgan narsa (azob) oʻrab oldi.
وَ لَقَدۡ أَهۡلَكۡنَا مَا حَوۡلَكُم مِّنَ ٱلۡقُرَىٰ وَ صَرَّفۡنَا ٱلۡأٓيَٰتِ لَعَلَّهُمۡ يَرۡجِعُونَ﴿٢٧﴾
Haqiqatan, atrofingizdagi shahar-qishloqlarni halokatga uchratdik va shoyadki, oʻzlariga qaytsalar, deb hujjat-dalillarni bayon qildik.
فَلَوۡلَا نَصَرَهُمُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ قُرۡبَانًا ءَالِهَةَۢ ۖ بَلۡ ضَلُّواْ عَنۡهُمۡ ۚ وَ ذَٰلِكَ إِفۡكُهُمۡ وَ مَا كَانُواْ يَفۡتَرُونَ﴿٢٨﴾
Qani endi, Allohni qoʻyib, U zotga yaqinlashtiruvchi deb tutingan «xudolari» ularga yordam bersalar edi. Yoʻq! Ular gʻoyib boʻldilar. Va bu ularning uydirma hamda toʻqigan boʻhtonlaridir.
وَ إِذۡ صَرَفۡنَآ إِلَيۡكَ نَفَرࣰا مِّنَ ٱلۡجِنِّ يَسۡتَمِعُونَ ٱلۡقُرۡءَانَ فَلَمَّا حَضَرُوهُ قَالُوٓاْ أَنصِتُواْ ۖ فَلَمَّا قُضِيَ وَلَّوۡاْ إِلَىٰ قَوۡمِهِم مُّنذِرِينَ﴿٢٩﴾
Va sen tomon bir guruh jinlarni Qurʼon eshitishga burganimizni esla. U(Qurʼon eshitish)ga hozir boʻlganlarida: «Jim, quloq osinglar!» – dedilar. Qachonki, qiroat oxirlaganda, oʻz qavmlariga ogohlantiruvchi boʻlib qaytdilar.
قَالُواْ يَٰقَوۡمَنَآ إِنَّا سَمِعۡنَا كِتَٰبًا أُنزِلَ مِنۢ بَعۡدِ مُوسَىٰ مُصَدِّقࣰا لِّمَا بَيۡنَ يَدَيۡهِ يَهۡدِيٓ إِلَى ٱلۡحَقِّ وَ إِلَىٰ طَرِيقࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٣٠﴾
Ular: «Ey qavmimiz! Biz Musodan keyin tushirilgan, oʻzidan avvalgi narsa(kitoblar)ni tasdiqlovchi, haq(din)ga va toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiluvchi kitobni eshitdik.
يَٰقَوۡمَنَآ أَجِيبُواْ دَاعِيَ ٱللَّهِ وَ ءَامِنُواْ بِهِۦ يَغۡفِرۡ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمۡ وَ يُجِرۡكُم مِّنۡ عَذَابٍ أَلِيمࣲ﴿٣١﴾
Ey qavmimiz, Allohning daʼvatchisiga javob bering va Unga iymon keltiring. U sizlarning gunohlaringizni magʻfirat qilar va alamli azobdan saqlar.
وَ مَن لَّا يُجِبۡ دَاعِيَ ٱللَّهِ فَلَيۡسَ بِمُعۡجِزࣲ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَيۡسَ لَهُۥ مِن دُونِهِۦٓ أَوۡلِيَآءُ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينٍ﴿٣٢﴾
Kimki, Allohning daʼvatchisini qabul qilmasa, bas, u yer yuzida qochib qutula oluvchi emasdir va unga U zotdan oʻzga valiylar ham yoʻqdir. Ana oʻshalar ochiq-oydin zalolatdadir», dedilar.
أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ لَمۡ يَعۡيَ بِخَلۡقِهِنَّ بِقَٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يُحۡـِۧيَ ٱلۡمَوۡتَىٰ ۚ بَلَىٰٓ ۚ إِنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٣٣﴾
Ular osmonlaru yerni yaratgan va ularni yaratishda behol boʻlmagan Alloh oʻliklarni ham tiriltirishga qodir ekanini anglab yetmadilarmi? Zero, U zot har bir narsaga qodirdir.
وَ يَوۡمَ يُعۡرَضُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ عَلَى ٱلنَّارِ أَلَيۡسَ هَٰذَا بِٱلۡحَقِّ ۖ قَالُواْ بَلَىٰ وَ رَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُواْ ٱلۡعَذَابَ بِمَا كُنتُمۡ تَكۡفُرُونَ﴿٣٤﴾
Kufr keltirganlar doʻzaxga koʻndalang qilingan kunda: «Bu, haq emasmi?!» (deyilur). Ular: «Robbimizga qasamki, xuddi shundoq», dedilar. «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobni tortinglar», dedi.
فَٱصۡبِرۡ كَمَا صَبَرَ أُوْلُواْ ٱلۡعَزۡمِ مِنَ ٱلرُّسُلِ وَ لَا تَسۡتَعۡجِل لَّهُمۡ ۚ كَأَنَّهُمۡ يَوۡمَ يَرَوۡنَ مَا يُوعَدُونَ لَمۡ يَلۡبَثُوٓاْ إِلَّا سَاعَةࣰ مِّن نَّهَارِۭ ۚ بَلَٰغࣱ ۚ فَهَلۡ يُهۡلَكُ إِلَّا ٱلۡقَوۡمُ ٱلۡفَٰسِقُونَ﴿٣٥﴾
Bas, azmu matonat sohibi boʻlgan Paygʻambarlar sabr qilgandek, sabr qil, ularga (azob yetishiga) shoshilma! Ular vaʼda qilingan narsani koʻrganlarida xuddi (bu dunyoda) kunduzdan bir lahzagina turganga oʻxsharlar. Bu yetkazishdir! Bas, faqat fosiq qavmlargina halok qilinur, xolos!
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Ahqof. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — qumli tepaliklar.
Mazmuni: Sura Od qavmining Ahqof hududidagi qissasi bilan inkorning oqibatini ko‘rsatadi. Ota-onaga yaxshilik, Qur’onni eshitgan jinlarning iymoni va qiyomatdagi javobgarlik eslatilib, kuchga suyanishning najot bermasligi bayon qilinadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.