سورة الجاثية
Josiya surasi
Cho‘kkalagan · Жосия сураси
Josiya surasi — Qurʼoni Karimning 45-surasi. U 37 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Cho‘kkalagan» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
حمٓ﴿١﴾
Haa. Miym.
تَنزِيلُ ٱلۡكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡحَكِيمِ﴿٢﴾
Bu kitobning nozil qilinishi Aziyz va oʻta hikmatli Allohdandir.
إِنَّ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ لَأٓيَٰتࣲ لِّلۡمُؤۡمِنِينَ﴿٣﴾
Albatta, osmonlaru yerda moʻminlar uchun oyat(belgi)lar bordir.
وَ فِي خَلۡقِكُمۡ وَ مَا يَبُثُّ مِن دَآبَّةٍ ءَايَٰتࣱ لِّقَوۡمࣲ يُوقِنُونَ﴿٤﴾
Va sizlarning yaratilishingizda va taratib qoʻyilgan jonivorlarda aniq ishonadigan qavm uchun oyat(belgi)lar bor.
وَ ٱخۡتِلَٰفِ ٱلَّيۡلِ وَ ٱلنَّهَارِ وَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن رِّزۡقࣲ فَأَحۡيَا بِهِ ٱلۡأَرۡضَ بَعۡدَ مَوۡتِهَا وَ تَصۡرِيفِ ٱلرِّيَٰحِ ءَايَٰتࣱ لِّقَوۡمࣲ يَعۡقِلُونَ﴿٥﴾
Kechayu kunduzning almashib turishida, Alloh osmondan rizq nozil qilib, uning ila yerni oʻlimidan keyin tiriltirishida va shamollarning yoʻnalishida aql yuritadigan qavm uchun oyat(belgi)lar bor.
تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ نَتۡلُوهَا عَلَيۡكَ بِٱلۡحَقِّ ۖ فَبِأَيِّ حَدِيثِۭ بَعۡدَ ٱللَّهِ وَ ءَايَٰتِهِۦ يُؤۡمِنُونَ﴿٦﴾
Bular Allohning oyatlaridir. Biz ularni senga haq ila tilovat qilurmiz. Ular Allohni va Uning oyatlarini qoʻyib, qaysi gapga iymon keltirurlar?!
وَيۡلࣱ لِّكُلِّ أَفَّاكٍ أَثِيمࣲ﴿٧﴾
Har bir yolgʻonchi gunohkorga halokat boʻlsin!
يَسۡمَعُ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ تُتۡلَىٰ عَلَيۡهِ ثُمَّ يُصِرُّ مُسۡتَكۡبِرࣰا كَأَن لَّمۡ يَسۡمَعۡهَا ۖ فَبَشِّرۡهُ بِعَذَابٍ أَلِيمࣲ﴿٨﴾
U oʻziga tilovat qilingan Allohning oyatlarini eshitadi-yu, soʻngra, xuddi eshitmagandek, mutakabbirlik qilib turib olur. Bas, unga alamli azob xushxabarini ber.
وَ إِذَا عَلِمَ مِنۡ ءَايَٰتِنَا شَيۡـًٔا ٱتَّخَذَهَا هُزُوًا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ عَذَابࣱ مُّهِينࣱ﴿٩﴾
Qachonki Bizning oyatlarimizdan biror narsa bilsa, uni istehzo qilur. Ana oʻshalarga xorlovchi azob bordir.
مِّن وَرَآئِهِمۡ جَهَنَّمُ ۖ وَ لَا يُغۡنِي عَنۡهُم مَّا كَسَبُواْ شَيۡـࣰٔا وَ لَا مَا ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوۡلِيَآءَ ۖ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ عَظِيمٌ﴿١٠﴾
Va ortlarida jahannam bor. Ularga kasb qilgan narsalari ham, Allohni qoʻyib tutgan «doʻstlari» ham hech bir narsada asqotmas. Ularga ulkan azob bordir.
هَٰذَا هُدࣰى ۖ وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمۡ لَهُمۡ عَذَابࣱ مِّن رِّجۡزٍ أَلِيمٌ﴿١١﴾
Bu (Qurʼon) hidoyatdir. Robbilari oyatlariga kufr keltirganlarga alamli azobning ashaddiysi bordir.
ٱللَّهُ ٱلَّذِي سَخَّرَ لَكُمُ ٱلۡبَحۡرَ لِتَجۡرِيَ ٱلۡفُلۡكُ فِيهِ بِأَمۡرِهِۦ وَ لِتَبۡتَغُواْ مِن فَضۡلِهِۦ وَ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ﴿١٢﴾
Alloh sizga dengizni unda Oʻz amri bilan kemalar yurishi uchun va siz Uning fazlidan istashingiz uchun boʻysundirib qoʻydi. Shoyadki, shukr keltirsangiz.
وَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ جَمِيعࣰا مِّنۡهُ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ يَتَفَكَّرُونَ﴿١٣﴾
Va sizga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni — hammasini Oʻz tomonidan boʻysundirib qoʻydi. Albatta, ana shunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat(belgi)lar bordir.
قُل لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ يَغۡفِرُواْ لِلَّذِينَ لَا يَرۡجُونَ أَيَّامَ ٱللَّهِ لِيَجۡزِيَ قَوۡمَۢا بِمَا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴿١٤﴾
Sen iymon keltirganlarga ayt. Allohning kunlaridan umidvor boʻlmaydiganlarni kechirsinlar. Toki, U zot bu qavmni kasb qilib yurgan narsalari uchun mukofotlasin.
مَنۡ عَمِلَ صَٰلِحࣰا فَلِنَفۡسِهِۦ ۖ وَ مَنۡ أَسَآءَ فَعَلَيۡهَا ۖ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمۡ تُرۡجَعُونَ﴿١٥﴾
Kim solih amal qilsa, oʻziga foyda. Kim yomonlik qilsa, oʻziga zarar. Soʻngra Robbingizga qaytarilursiz.
وَ لَقَدۡ ءَاتَيۡنَا بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡحُكۡمَ وَ ٱلنُّبُوَّةَ وَ رَزَقۡنَٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَ فَضَّلۡنَٰهُمۡ عَلَى ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٦﴾
Batahqiq, Biz Bani Isroilga kitobni, hukmni va Paygʻambarlikni berdik, ularga pok narsalarni rizq qilib berdik va ularni olamlar ichida afzal qildik.
وَ ءَاتَيۡنَٰهُم بَيِّنَٰتࣲ مِّنَ ٱلۡأَمۡرِ ۖ فَمَا ٱخۡتَلَفُوٓاْ إِلَّا مِنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلۡعِلۡمُ بَغۡيَۢا بَيۡنَهُمۡ ۚ إِنَّ رَبَّكَ يَقۡضِي بَيۡنَهُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُواْ فِيهِ يَخۡتَلِفُونَ﴿١٧﴾
Va Biz ularga (din) ishi haqida ochiq-oydin bayonotlar berdik. Bas, ular oʻzlariga ilm kelganidan soʻng oʻzaro hasad-adovat qilibgina ixtilofga tushdilar. Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqarur.
ثُمَّ جَعَلۡنَٰكَ عَلَىٰ شَرِيعَةࣲ مِّنَ ٱلۡأَمۡرِ فَٱتَّبِعۡهَا وَ لَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَ ٱلَّذِينَ لَا يَعۡلَمُونَ﴿١٨﴾
Soʻngra Biz seni (din) ishida bir shariatga yoʻlladik. Bas, unga ergash, bilmaydiganlarning havoyi nafslariga ergashma.
إِنَّهُمۡ لَن يُغۡنُواْ عَنكَ مِنَ ٱللَّهِ شَيۡـࣰٔا ۚ وَ إِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلِيَآءُ بَعۡضࣲ ۖ وَ ٱللَّهُ وَلِيُّ ٱلۡمُتَّقِينَ﴿١٩﴾
Albatta, ular sendan Alloh tomonidan boʻladigan hech bir narsani arita olmaslar. Va, albatta, zolimlar bir-birlariga doʻstdirlar. Alloh taqvodorlarning doʻstidir.
هَٰذَا بَصَٰٓئِرُ لِلنَّاسِ وَ هُدࣰى وَ رَحۡمَةࣱ لِّقَوۡمࣲ يُوقِنُونَ﴿٢٠﴾
Bu (Qurʼon) odamlar uchun qalb koʻzlari, aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmatdir.
أَمۡ حَسِبَ ٱلَّذِينَ ٱجۡتَرَحُواْ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن نَّجۡعَلَهُمۡ كَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَوَآءࣰ مَّحۡيَاهُمۡ وَ مَمَاتُهُمۡ ۚ سَآءَ مَا يَحۡكُمُونَ﴿٢١﴾
Nahotki, yomonliklarni qilganlar ularni iymon keltirib, solih amallar qilganlarga oʻxshash qilmogʻimizni, hayotlari ham, mamotlari ham barobar boʻlishini gumon qilsalar?! Ularning qilgan hukmi naqadar ham yomon!
وَ خَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ بِٱلۡحَقِّ وَ لِتُجۡزَىٰ كُلُّ نَفۡسِۭ بِمَا كَسَبَتۡ وَ هُمۡ لَا يُظۡلَمُونَ﴿٢٢﴾
Alloh osmonlaru yerni haq ila, har bir jon qilgan kasbiga yarasha, zulm qilinmagan holida jazosi (ajri)ni olishi uchun yaratgan.
أَفَرَءَيۡتَ مَنِ ٱتَّخَذَ إِلَٰهَهُۥ هَوَىٰهُ وَ أَضَلَّهُ ٱللَّهُ عَلَىٰ عِلۡمࣲ وَ خَتَمَ عَلَىٰ سَمۡعِهِۦ وَ قَلۡبِهِۦ وَ جَعَلَ عَلَىٰ بَصَرِهِۦ غِشَٰوَةࣰ فَمَن يَهۡدِيهِ مِنۢ بَعۡدِ ٱللَّهِ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ﴿٢٣﴾
Ayting-chi, havoyi nafsini iloh qilib olgan, Alloh uni bilib turib zalolatga solgan va qulogʻiga hamda qalbiga muhr bosib, koʻziga parda tortib qoʻygan kimsani Allohdan boshqa kim hidoyat qila oladir?! Eslamaysizlarmi?!
وَ قَالُواْ مَا هِيَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنۡيَا نَمُوتُ وَ نَحۡيَا وَ مَا يُهۡلِكُنَآ إِلَّا ٱلدَّهۡرُ ۚ وَ مَا لَهُم بِذَٰلِكَ مِنۡ عِلۡمٍ ۖ إِنۡ هُمۡ إِلَّا يَظُنُّونَ﴿٢٤﴾
Ular: «U (hayot) faqat bu dunyodagi hayotimizdir. Oʻlamiz, tirilamiz, bizni faqat zamon halok qiladi», derlar. Ularning bu haqda ilmlari yoʻq. Ular faqat gumon qiladilar, xolos.
وَ إِذَا تُتۡلَىٰ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتࣲ مَّا كَانَ حُجَّتَهُمۡ إِلَّآ أَن قَالُواْ ٱئۡتُواْ بِـَٔابَآئِنَآ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٢٥﴾
Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilingan chogʻda, ularning: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, ota-bobolarimizni keltiring-chi?!» – deyishdan boshqa hujjatlari boʻlmas.
قُلِ ٱللَّهُ يُحۡيِيكُمۡ ثُمَّ يُمِيتُكُمۡ ثُمَّ يَجۡمَعُكُمۡ إِلَىٰ يَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ لَا رَيۡبَ فِيهِ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٢٦﴾
Sen: «Alloh sizlarni tiriltirur, soʻngra oʻldirur, soʻngra sizlarni (boʻlishida) shubha yoʻq qiyomat kunida jamlar. Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar», deb ayt.
وَ لِلَّهِ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ يَوۡمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يَوۡمَئِذࣲ يَخۡسَرُ ٱلۡمُبۡطِلُونَ﴿٢٧﴾
Va osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Soat(qiyomat) qoim boʻladigan kunda, oʻsha kunda botilchilar ziyon torturlar.
وَ تَرَىٰ كُلَّ أُمَّةࣲ جَاثِيَةࣰ ۚ كُلُّ أُمَّةࣲ تُدۡعَىٰٓ إِلَىٰ كِتَٰبِهَا ٱلۡيَوۡمَ تُجۡزَوۡنَ مَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٢٨﴾
Har bir ummatni tiz choʻkkan holida koʻrursan. Har bir ummat oʻz nomai aʼmoliga chaqirilur: «Bugungi kunda qilib yurgan amallaringizning jazosi (ajri)ni olursiz».
هَٰذَا كِتَٰبُنَا يَنطِقُ عَلَيۡكُم بِٱلۡحَقِّ ۚ إِنَّا كُنَّا نَسۡتَنسِخُ مَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٢٩﴾
«Mana bu kitobimiz sizga haqni nutq qilur. Albatta, Biz qilgan amalingizni yozib turgan edik» (deyilur).
فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَيُدۡخِلُهُمۡ رَبُّهُمۡ فِي رَحۡمَتِهِۦ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡمُبِينُ﴿٣٠﴾
Bas, iymon keltirib solih amallarni qilganlarni Robbilari Oʻz rahmatiga kiritur. Ana oʻshaning oʻzi ochiq-oydin yutuqdir.
وَ أَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَفَلَمۡ تَكُنۡ ءَايَٰتِي تُتۡلَىٰ عَلَيۡكُمۡ فَٱسۡتَكۡبَرۡتُمۡ وَ كُنتُمۡ قَوۡمࣰا مُّجۡرِمِينَ﴿٣١﴾
Ammo kufr keltirganlarga esa: «Axir, sizga Mening oyatlarim tilovat qilinmaganmidi?! Bas, siz mutakabbirlik qildingiz va jinoyatchi qavm boʻldingiz.
وَ إِذَا قِيلَ إِنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣱّ وَ ٱلسَّاعَةُ لَا رَيۡبَ فِيهَا قُلۡتُم مَّا نَدۡرِي مَا ٱلسَّاعَةُ إِن نَّظُنُّ إِلَّا ظَنࣰّا وَ مَا نَحۡنُ بِمُسۡتَيۡقِنِينَ﴿٣٢﴾
Vaqtiki: «Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir va soat (qiyomat)da shubha yoʻqdir», deyilsa, «Soat(qiyomat) nima ekanini bilmasmiz. Biz faqat gumon qilamiz, xolos. Biz aniq ishonguvchi emasmiz», dedingiz» (deyilur).
وَ بَدَا لَهُمۡ سَيِّـَٔاتُ مَا عَمِلُواْ وَ حَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿٣٣﴾
Va ularga qilgan amallarining yomonliklari ayon boʻldi va ularni oʻzlari istehzo qilib yurgan narsa oʻrab oldi.
وَ قِيلَ ٱلۡيَوۡمَ نَنسَىٰكُمۡ كَمَا نَسِيتُمۡ لِقَآءَ يَوۡمِكُمۡ هَٰذَا وَ مَأۡوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ وَ مَا لَكُم مِّن نَّٰصِرِينَ﴿٣٤﴾
«Bugungi kunda xuddi siz ushbu kuningizga roʻbaroʻ boʻlishni unutganingizdek, Biz ham sizni unuturmiz. Joyingiz jahannamdir va sizlarga hech yordamchilar yoʻq.
ذَٰلِكُم بِأَنَّكُمُ ٱتَّخَذۡتُمۡ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ هُزُوࣰا وَ غَرَّتۡكُمُ ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا ۚ فَٱلۡيَوۡمَ لَا يُخۡرَجُونَ مِنۡهَا وَ لَا هُمۡ يُسۡتَعۡتَبُونَ﴿٣٥﴾
Bunday boʻlishingiz, albatta, sizning Allohning oyatlarini masxara qilib olganingiz va sizni dunyo hayoti gʻururga ketkazgani uchundir», deyildi. Bas, bugungi kunda ular u(jahannam)dan chiqarilmaslar va ular itobga ham qaytarilmaslar.
فَلِلَّهِ ٱلۡحَمۡدُ رَبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ رَبِّ ٱلۡأَرۡضِ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٣٦﴾
Bas, barcha hamd osmonlarning Robbiga, yerning Robbiga va olamlarning Robbigadir.
وَ لَهُ ٱلۡكِبۡرِيَآءُ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٣٧﴾
Osmonlaru yerdagi ulugʻlik Unikidir. U zot Aziyzu Hakiymdir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Josiya. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — tiz cho‘kuvchi.
Mazmuni: Sura Allohning yaratishdagi oyatlarini ko‘rsatib, ularni inkor qiluvchilarning ruhiy holatini tasvirlaydi. Qiyomatda har bir ummat o‘z kitobiga chaqirilishi, nafs istagini iloh qilib olish xavfi va shariatga amal qilishning ahamiyati ta’kidlanadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.