سورة الدخان
Duxon surasi
Tutun · Духон сураси
Duxon surasi — Qurʼoni Karimning 44-surasi. U 59 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Tutun» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
حمٓ﴿١﴾
Haa. Miym.
وَ ٱلۡكِتَٰبِ ٱلۡمُبِينِ﴿٢﴾
Ochiq-oydin Kitobga qasam.
إِنَّآ أَنزَلۡنَٰهُ فِي لَيۡلَةࣲ مُّبَٰرَكَةٍ ۚ إِنَّا كُنَّا مُنذِرِينَ﴿٣﴾
Albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Albatta, Biz ogohlantirguvchi boʻldik.
فِيهَا يُفۡرَقُ كُلُّ أَمۡرٍ حَكِيمٍ﴿٤﴾
Oʻsha(kecha)da har bir hikmatli ish ajratilib, hal qilinur.
أَمۡرࣰا مِّنۡ عِندِنَآ ۚ إِنَّا كُنَّا مُرۡسِلِينَ﴿٥﴾
Biz tomonimizdan boʻlgan amrga binoan. Albatta, Biz Paygʻambar yuborguvchi boʻldik.
رَحۡمَةࣰ مِّن رَّبِّكَ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٦﴾
Bu, Robbing tomonidan (koʻrsatilgan) rahmatdir. Albatta, Uning Oʻzi oʻta eshitguvchi, oʻta bilguvchi Zotdir.
رَبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا بَيۡنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُم مُّوقِنِينَ﴿٧﴾
U — osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbidir. Gar ishonguvchi boʻlsangiz.
لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ يُحۡيِۦ وَ يُمِيتُ ۖ رَبُّكُمۡ وَ رَبُّ ءَابَآئِكُمُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٨﴾
Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. U tiriltirur va oʻldirur. U sizning Robbingiz va ota-bobolaringizning Robbidir.
بَلۡ هُمۡ فِي شَكࣲّ يَلۡعَبُونَ﴿٩﴾
Yoʻq! Ular shak-shubhada oʻynamoqdalar.
فَٱرۡتَقِبۡ يَوۡمَ تَأۡتِي ٱلسَّمَآءُ بِدُخَانࣲ مُّبِينࣲ﴿١٠﴾
Bas, osmon aniq tutunni keltiradigan kunni kut.
يَغۡشَى ٱلنَّاسَ ۖ هَٰذَا عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿١١﴾
U, odamlarni oʻrab olur. Bu, alamli azobdir.
رَّبَّنَا ٱكۡشِفۡ عَنَّا ٱلۡعَذَابَ إِنَّا مُؤۡمِنُونَ﴿١٢﴾
Ey Robbimiz! Bizdan azobni kushoyish qil! Albatta, biz iymon keltirguvchidirmiz.
أَنَّىٰ لَهُمُ ٱلذِّكۡرَىٰ وَ قَدۡ جَآءَهُمۡ رَسُولࣱ مُّبِينࣱ﴿١٣﴾
Ularga qayoqdan ham eslatma boʻlsin. Holbuki, ularga ochiq-oydin Paygʻambar kelgan edi.
ثُمَّ تَوَلَّوۡاْ عَنۡهُ وَ قَالُواْ مُعَلَّمࣱ مَّجۡنُونٌ﴿١٤﴾
Soʻngra undan yuz oʻgirdilar va: «Bu — oʻrgatilgan majnun», dedilar.
إِنَّا كَاشِفُواْ ٱلۡعَذَابِ قَلِيلًا ۚ إِنَّكُمۡ عَآئِدُونَ﴿١٥﴾
Albatta, Biz azobni ozgina kushoyish qilguvchimiz. Albatta, sizlar qaytguvchisizlar.
يَوۡمَ نَبۡطِشُ ٱلۡبَطۡشَةَ ٱلۡكُبۡرَىٰٓ إِنَّا مُنتَقِمُونَ﴿١٦﴾
Katta ushlash ila ushlaganimiz kuni, albatta, Biz intiqom olguvchimiz.
وَ لَقَدۡ فَتَنَّا قَبۡلَهُمۡ قَوۡمَ فِرۡعَوۡنَ وَ جَآءَهُمۡ رَسُولࣱ كَرِيمٌ﴿١٧﴾
Batahqiq, ulardan oldin Firʼavn qavmini sinadik. Ularga karamli Paygʻambar keldi.
أَنۡ أَدُّوٓاْ إِلَيَّ عِبَادَ ٱللَّهِ ۖ إِنِّي لَكُمۡ رَسُولٌ أَمِينࣱ﴿١٨﴾
«Sizlar menga Allohning bandalarini beringlar. Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.
وَ أَن لَّا تَعۡلُواْ عَلَى ٱللَّهِ ۖ إِنِّيٓ ءَاتِيكُم بِسُلۡطَٰنࣲ مُّبِينࣲ﴿١٩﴾
Va Allohga mutakabbirlik qilmang. Albatta, men sizga ochiq-oydin hujjat keltirurman.
وَ إِنِّي عُذۡتُ بِرَبِّي وَ رَبِّكُمۡ أَن تَرۡجُمُونِ﴿٢٠﴾
Va, albatta, men oʻzimning Robbim va sizning Robbingizdan meni toshboʻron qilishingizdan panoh soʻradim.
وَ إِن لَّمۡ تُؤۡمِنُواْ لِي فَٱعۡتَزِلُونِ﴿٢١﴾
Va agar menga iymon keltirmasangiz, mendan chetlaning».
فَدَعَا رَبَّهُۥٓ أَنَّ هَٰٓؤُلَآءِ قَوۡمࣱ مُّجۡرِمُونَ﴿٢٢﴾
U Robbiga: «Albatta, anavilar jinoyatchi qavmdir», deb duo qildi.
فَأَسۡرِ بِعِبَادِي لَيۡلًا إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ﴿٢٣﴾
Bas, bandalarim ila kechasi yurib ket. Albatta, siz izingizdan quvilursiz.
وَ ٱتۡرُكِ ٱلۡبَحۡرَ رَهۡوًا ۖ إِنَّهُمۡ جُندࣱ مُّغۡرَقُونَ﴿٢٤﴾
Va dengizni sokin holida qoʻy, albatta, ular gʻarq qilinadigan qoʻshindir.
كَمۡ تَرَكُواْ مِن جَنَّٰتࣲ وَ عُيُونࣲ﴿٢٥﴾
Ular ortlaridan qanchadan-qancha bogʻu rogʻlarni va buloqlarni,
وَ زُرُوعࣲ وَ مَقَامࣲ كَرِيمࣲ﴿٢٦﴾
Ekinzorlarni va yaxshi joylarni.
وَ نَعۡمَةࣲ كَانُواْ فِيهَا فَٰكِهِينَ﴿٢٧﴾
Va oʻzlari ichida maza qilayotgan nozu neʼmatlarni qoldirdilar.
كَذَٰلِكَ ۖ وَ أَوۡرَثۡنَٰهَا قَوۡمًا ءَاخَرِينَ﴿٢٨﴾
Mana shunday! Biz u(narsa)larni boshqa qavmlarga meros qilib berdik.
فَمَا بَكَتۡ عَلَيۡهِمُ ٱلسَّمَآءُ وَ ٱلۡأَرۡضُ وَ مَا كَانُواْ مُنظَرِينَ﴿٢٩﴾
Bas, ularga osmon ham, yer ham yigʻlamadi va ular muhlat berilganlardan ham boʻlmadilar.
وَ لَقَدۡ نَجَّيۡنَا بَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ مِنَ ٱلۡعَذَابِ ٱلۡمُهِينِ﴿٣٠﴾
Batahqiq, Bani Isroilga xorlovchi azobdan...
مِن فِرۡعَوۡنَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَالِيࣰا مِّنَ ٱلۡمُسۡرِفِينَ﴿٣١﴾
Firʼavndan najot berdik. Albatta, u mutakabbir va haddidan oshganlardan edi.
وَ لَقَدِ ٱخۡتَرۡنَٰهُمۡ عَلَىٰ عِلۡمٍ عَلَى ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٣٢﴾
Batahqiq, Biz ularni bilib turib, olamlar ichidan tanlab oldik.
وَ ءَاتَيۡنَٰهُم مِّنَ ٱلۡأٓيَٰتِ مَا فِيهِ بَلَٰٓؤࣱاْ مُّبِينٌ﴿٣٣﴾
Va ularga oyat(moʻʼjiza)lardan ichida ochiq-oydin sinov bor narsalarni berdik.
إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ لَيَقُولُونَ﴿٣٤﴾
Albatta, anavilar derlar:
إِنۡ هِيَ إِلَّا مَوۡتَتُنَا ٱلۡأُولَىٰ وَ مَا نَحۡنُ بِمُنشَرِينَ﴿٣٥﴾
«Birinchi oʻlimimizdan boshqa hech qanday oʻlim yoʻq va biz qayta tiriltiriluvchi emasmiz.
فَأۡتُواْ بِـَٔابَآئِنَآ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٣٦﴾
Agar rostgoʻy boʻlsangiz, ota-bobolarimizni keltiringlar».
أَهُمۡ خَيۡرٌ أَمۡ قَوۡمُ تُبَّعࣲ وَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ أَهۡلَكۡنَٰهُمۡ ۚ إِنَّهُمۡ كَانُواْ مُجۡرِمِينَ﴿٣٧﴾
Ular yaxshiroqmi yoki Tubbaʼ qavmiyu ulardan oldin oʻtganlarmi?! Biz ularni halok qildik. Albatta, ular jinoyatchi boʻlgan edilar.
وَ مَا خَلَقۡنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ وَ مَا بَيۡنَهُمَا لَٰعِبِينَ﴿٣٨﴾
Osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni oʻynab yaratganimiz yoʻq!
مَا خَلَقۡنَٰهُمَآ إِلَّا بِٱلۡحَقِّ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٣٩﴾
Biz ularni faqat haq ila yaratdik, lekin koʻplari bilmaslar.
إِنَّ يَوۡمَ ٱلۡفَصۡلِ مِيقَٰتُهُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٤٠﴾
Albatta, ajratish kuni barchalari uchun belgilangan vaqtdir.
يَوۡمَ لَا يُغۡنِي مَوۡلًى عَن مَّوۡلࣰى شَيۡـࣰٔا وَ لَا هُمۡ يُنصَرُونَ﴿٤١﴾
U kunda doʻst doʻstga biron narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas.
إِلَّا مَن رَّحِمَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴿٤٢﴾
Magar, kimga Alloh rahim qilsagina (yordam berilur). Albatta, U aziyz va oʻta rahimli Zotdir.
إِنَّ شَجَرَتَ ٱلزَّقُّومِ﴿٤٣﴾
Albatta, Zaqqum daraxti...
طَعَامُ ٱلۡأَثِيمِ﴿٤٤﴾
Gunohkorning taomidir.
كَٱلۡمُهۡلِ يَغۡلِي فِي ٱلۡبُطُونِ﴿٤٥﴾
U, xuddi eritilgan maʼdandek, qorinlarda qaynar.
كَغَلۡيِ ٱلۡحَمِيمِ﴿٤٦﴾
Qaynoq suvning qaynashi kabi.
خُذُوهُ فَٱعۡتِلُوهُ إِلَىٰ سَوَآءِ ٱلۡجَحِيمِ﴿٤٧﴾
Uni tutib, jahiymning oʻrtasiga sudrab olib boringlar!
ثُمَّ صُبُّواْ فَوۡقَ رَأۡسِهِۦ مِنۡ عَذَابِ ٱلۡحَمِيمِ﴿٤٨﴾
Soʻngra boshi ustidan qaynoq suv azobini quyinglar!
ذُقۡ إِنَّكَ أَنتَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡكَرِيمُ﴿٤٩﴾
«Totib koʻr! Albatta, sen oʻzing «azizu mukarramsan!»
إِنَّ هَٰذَا مَا كُنتُم بِهِۦ تَمۡتَرُونَ﴿٥٠﴾
Albatta, bu siz (boʻlishida) shubha qilib yurgan narsadir!»
إِنَّ ٱلۡمُتَّقِينَ فِي مَقَامٍ أَمِينࣲ﴿٥١﴾
Albatta, taqvodorlar omonlik joyida...
فِي جَنَّٰتࣲ وَ عُيُونࣲ﴿٥٢﴾
Bogʻu rogʻlar va buloqlarda boʻlurlar.
يَلۡبَسُونَ مِن سُندُسࣲ وَ إِسۡتَبۡرَقࣲ مُّتَقَٰبِلِينَ﴿٥٣﴾
Ular shoyi ipak kiyurlar, bir-birlariga yuzma-yuz holda (oʻltirurlar).
كَذَٰلِكَ وَ زَوَّجۡنَٰهُم بِحُورٍ عِينࣲ﴿٥٤﴾
Ana shunday! Va Biz ularni huri iynlarga uylantirdik.
يَدۡعُونَ فِيهَا بِكُلِّ فَٰكِهَةٍ ءَامِنِينَ﴿٥٥﴾
Ular u yerda omonlik hollarida turli mevalarni chaqirurlar.
لَا يَذُوقُونَ فِيهَا ٱلۡمَوۡتَ إِلَّا ٱلۡمَوۡتَةَ ٱلۡأُولَىٰ ۖ وَ وَقَىٰهُمۡ عَذَابَ ٱلۡجَحِيمِ﴿٥٦﴾
Ular u yerda birinchi oʻlimdan boshqa oʻlimni totmaslar. U zot ularni jahiym azobidan saqlar.
فَضۡلࣰا مِّن رَّبِّكَ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴿٥٧﴾
Bu, Robbingdan boʻlgan fazldir. Ana shu ulkan yutuqdir.
فَإِنَّمَا يَسَّرۡنَٰهُ بِلِسَانِكَ لَعَلَّهُمۡ يَتَذَكَّرُونَ﴿٥٨﴾
Bas, albatta, Biz u(Qurʼon)ni sening tiling ila osonlashtirdik. Shoyadki, eslasalar.
فَٱرۡتَقِبۡ إِنَّهُم مُّرۡتَقِبُونَ﴿٥٩﴾
Bas, kutib tur. Ular ham kutguvchidirlar.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Duxon. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — tutun.
Mazmuni: Sura Qur’onning muborak kechada nozil qilinganini eslatib, vahiy ne’matini ulug‘laydi. Fir’avn qavmi va Muso alayhissalom voqeasi, oxiratdagi azob va taqvodorlarning ne’matlari orqali dunyo hayoti bilan abadiy oqibat o‘rtasidagi farq ko‘rsatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.