Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Zuxruf surasi

سورة الزخرف

Zuxruf surasi

Oltin bezaklar · Зухруф сураси

43-sura89 oyatMakkiy25-pora

Zuxruf surasi — Qurʼoni Karimning 43-surasi. U 89 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Oltin bezaklar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 43:1Mushafda oʻqish ↗

    حمٓ﴿١﴾

    Haa. Miym.

  2. 43:2Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡكِتَٰبِ ٱلۡمُبِينِ﴿٢﴾

    Ochiq-oydin kitob ila qasam.

  3. 43:3Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّا جَعَلۡنَٰهُ قُرۡءَٰنًا عَرَبِيࣰّا لَّعَلَّكُمۡ تَعۡقِلُونَ﴿٣﴾

    Albatta, Biz uni arabcha Qurʼon qildik. Shoyadki, aql yuritsangiz.

  4. 43:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهُۥ فِيٓ أُمِّ ٱلۡكِتَٰبِ لَدَيۡنَا لَعَلِيٌّ حَكِيمٌ﴿٤﴾

    Albatta, u huzurimizdagi ona kitobdadir, u oliydir, hikmatlidir.

  5. 43:5Mushafda oʻqish ↗

    أَفَنَضۡرِبُ عَنكُمُ ٱلذِّكۡرَ صَفۡحًا أَن كُنتُمۡ قَوۡمࣰا مُّسۡرِفِينَ﴿٥﴾

    Nahotki, siz isrofchi qavm boʻlganingiz uchun sizdan yuz oʻgirib, zikr(eslatma)ni burib yuborsak?!

  6. 43:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَمۡ أَرۡسَلۡنَا مِن نَّبِيࣲّ فِي ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٦﴾

    Avvalgilarga qanchadan-qancha Paygʻambarlar yubordik.

  7. 43:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا يَأۡتِيهِم مِّن نَّبِيٍّ إِلَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسۡتَهۡزِءُونَ﴿٧﴾

    Ular oʻzlariga kelgan har bir Paygʻambarni albatta istehzo qilganlar.

  8. 43:8Mushafda oʻqish ↗

    فَأَهۡلَكۡنَآ أَشَدَّ مِنۡهُم بَطۡشࣰا وَ مَضَىٰ مَثَلُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٨﴾

    Bas, Biz ulardan koʻra kuchliroqlarni halok qilganmiz. Avvalgilarning misoli (zikr boʻlib) oʻtdi.

  9. 43:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَئِن سَأَلۡتَهُم مَّنۡ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ لَيَقُولُنَّ خَلَقَهُنَّ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٩﴾

    Ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan!» – deb soʻrasang, albatta: «Ularni aziyz va oʻta ilmli zot yaratgan», derlar.

  10. 43:10Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِي جَعَلَ لَكُمُ ٱلۡأَرۡضَ مَهۡدࣰا وَ جَعَلَ لَكُمۡ فِيهَا سُبُلࣰا لَّعَلَّكُمۡ تَهۡتَدُونَ﴿١٠﴾

    U zot sizga yerni beshik qilib berdi va sizga unda yoʻllar qilib qoʻydi. Shoyadki, hidoyat topsangiz.

  11. 43:11Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِي نَزَّلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءَۢ بِقَدَرࣲ فَأَنشَرۡنَا بِهِۦ بَلۡدَةࣰ مَّيۡتࣰا ۚ كَذَٰلِكَ تُخۡرَجُونَ﴿١١﴾

    U zot osmondan oʻlchov ila suv tushirdi. Bas, biz u(suv) ila oʻlik yurtni tiriltirdik. Siz ham shunga oʻxshash chiqarilursiz.

  12. 43:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلۡأَزۡوَٰجَ كُلَّهَا وَ جَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلۡفُلۡكِ وَ ٱلۡأَنۡعَٰمِ مَا تَرۡكَبُونَ﴿١٢﴾

    U zot barcha juftlarni yaratgan va sizga kemalar hamda chorva hayvonlaridan minadigan narsalaringizni qildi.

  13. 43:13Mushafda oʻqish ↗

    لِتَسۡتَوُۥاْ عَلَىٰ ظُهُورِهِۦ ثُمَّ تَذۡكُرُواْ نِعۡمَةَ رَبِّكُمۡ إِذَا ٱسۡتَوَيۡتُمۡ عَلَيۡهِ وَ تَقُولُواْ سُبۡحَٰنَ ٱلَّذِي سَخَّرَ لَنَا هَٰذَا وَ مَا كُنَّا لَهُۥ مُقۡرِنِينَ﴿١٣﴾

    Toki, siz ularning ustiga oʻrnashgaysizlar, soʻngra, ularning ustiga oʻrnashib olgach, Robbingiz neʼmatini eslab: «Bizga buni boʻysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik.

  14. 43:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا لَمُنقَلِبُونَ﴿١٤﴾

    Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz», degaysiz.

  15. 43:15Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلُواْ لَهُۥ مِنۡ عِبَادِهِۦ جُزۡءًا ۚ إِنَّ ٱلۡإِنسَٰنَ لَكَفُورࣱ مُّبِينٌ﴿١٥﴾

    Ular bandalaridan Unga boʻlak (hukm) qildilar. Albatta, inson ochiq-oydin noshukrdir.

  16. 43:16Mushafda oʻqish ↗

    أَمِ ٱتَّخَذَ مِمَّا يَخۡلُقُ بَنَاتࣲ وَ أَصۡفَىٰكُم بِٱلۡبَنِينَ﴿١٦﴾

    Yoki U zot Oʻzi yaratadigan narsadan qizlar tutib, sizlarni oʻgʻillar ila siyladimi?

  17. 43:17Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا بُشِّرَ أَحَدُهُم بِمَا ضَرَبَ لِلرَّحۡمَٰنِ مَثَلࣰا ظَلَّ وَجۡهُهُۥ مُسۡوَدࣰّا وَ هُوَ كَظِيمٌ﴿١٧﴾

    Qachonki ulardan birortasiga, Rohmanga misol keltirgan narsaning xushxabari berilsa, gʻazabga toʻlib, yuzi qorayib ketur.

  18. 43:18Mushafda oʻqish ↗

    أَوَمَن يُنَشَّؤُاْ فِي ٱلۡحِلۡيَةِ وَ هُوَ فِي ٱلۡخِصَامِ غَيۡرُ مُبِينࣲ﴿١٨﴾

    Zebu ziynat ichida oʻstiriladigan va xusumat paytida ochiq-oydin boʻla olmaydigan kimsanimi?!

  19. 43:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلُواْ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةَ ٱلَّذِينَ هُمۡ عِبَٰدُ ٱلرَّحۡمَٰنِ إِنَٰثًا ۚ أَشَهِدُواْ خَلۡقَهُمۡ ۚ سَتُكۡتَبُ شَهَٰدَتُهُمۡ وَ يُسۡـَٔلُونَ﴿١٩﴾

    Ular Rohmanning bandalari boʻlmish farishtalarni ayollar hisobladilar. Yoki ularning yaratilishiga guvoh boʻldilarmi?! Albatta, bu guvohliklari yozilur va soʻroqqa tutilurlar!

  20. 43:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالُواْ لَوۡ شَآءَ ٱلرَّحۡمَٰنُ مَا عَبَدۡنَٰهُم ۗ مَّا لَهُم بِذَٰلِكَ مِنۡ عِلۡمٍ ۖ إِنۡ هُمۡ إِلَّا يَخۡرُصُونَ﴿٢٠﴾

    Ular: «Agar Rohman xohlaganida, biz ularga ibodat qilmas edik», dedilar. Ularda bu haqda hech bir ilm yoʻq. Ular faqat aljiramoqdalar, xolos.

  21. 43:21Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ ءَاتَيۡنَٰهُمۡ كِتَٰبࣰا مِّن قَبۡلِهِۦ فَهُم بِهِۦ مُسۡتَمۡسِكُونَ﴿٢١﴾

    Yoki Biz ularga u(Qurʼon)dan oldin bir kitob berganmiz-u, ular uni mahkam tutuvchilarmi?!

  22. 43:22Mushafda oʻqish ↗

    بَلۡ قَالُوٓاْ إِنَّا وَجَدۡنَآ ءَابَآءَنَا عَلَىٰٓ أُمَّةࣲ وَ إِنَّا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم مُّهۡتَدُونَ﴿٢٢﴾

    Yoʻq! Ular: «Biz ota-bobolarimizni bir dinda topdikki, albatta, biz ularning izlaridan (ergashib) hidoyat topguvchidirmiz», dedilar.

  23. 43:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَذَٰلِكَ مَآ أَرۡسَلۡنَا مِن قَبۡلِكَ فِي قَرۡيَةࣲ مِّن نَّذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتۡرَفُوهَآ إِنَّا وَجَدۡنَآ ءَابَآءَنَا عَلَىٰٓ أُمَّةࣲ وَ إِنَّا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم مُّقۡتَدُونَ﴿٢٣﴾

    Xuddi shuningdek, Biz sendan ilgari ham qaysi bir qishloq-shaharga ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning zodagonlari: «Taʼkidki, biz ota-bobolarimizni bir dinda topdik va, albatta, biz ularning izlaridan ergashguvchilardirmiz», dedilar.

  24. 43:24Mushafda oʻqish ↗

    قَٰلَ أَوَلَوۡ جِئۡتُكُم بِأَهۡدَىٰ مِمَّا وَجَدتُّمۡ عَلَيۡهِ ءَابَآءَكُمۡ ۖ قَالُوٓاْ إِنَّا بِمَآ أُرۡسِلۡتُم بِهِۦ كَٰفِرُونَ﴿٢٤﴾

    U (ogohlantiruvchi): «Agar men sizga siz ota-bobongizni ustida topgan narsangizdan ham hidoyatliroqni keltirgan boʻlsam ham-a?!» – dedi. Ular: «Biz sen ila yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar.

  25. 43:25Mushafda oʻqish ↗

    فَٱنتَقَمۡنَا مِنۡهُمۡ ۖ فَٱنظُرۡ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلۡمُكَذِّبِينَ﴿٢٥﴾

    Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Endi nazar sol. (Paygʻambarlarni) yolgʻonchi qilguvchilarning oqibati qanday boʻldi?!

  26. 43:26Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ قَالَ إِبۡرَٰهِيمُ لِأَبِيهِ وَ قَوۡمِهِۦٓ إِنَّنِي بَرَآءࣱ مِّمَّا تَعۡبُدُونَ﴿٢٦﴾

    Esla, Ibrohim otasiga va qavmiga: «Men, albatta, siz ibodat qilayotgan narsadan voz kechguvchiman.

  27. 43:27Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا ٱلَّذِي فَطَرَنِي فَإِنَّهُۥ سَيَهۡدِينِ﴿٢٧﴾

    Magar meni yaratgan Zotdangina (voz kechmasman). Albatta, U zot meni hidoyat qilur», degan edi.

  28. 43:28Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلَهَا كَلِمَةَۢ بَاقِيَةࣰ فِي عَقِبِهِۦ لَعَلَّهُمۡ يَرۡجِعُونَ﴿٢٨﴾

    Va bu (soʻz)ni u oʻz ortidan zurriyotiga boqiy qolguvchi qildi. Shoyadki (iymonga) qaytsalar.

  29. 43:29Mushafda oʻqish ↗

    بَلۡ مَتَّعۡتُ هَٰٓؤُلَآءِ وَ ءَابَآءَهُمۡ حَتَّىٰ جَآءَهُمُ ٱلۡحَقُّ وَ رَسُولࣱ مُّبِينࣱ﴿٢٩﴾

    Men esa, anavilarni va ularning ota-bobolarini, to ularga haq hamda ochiq-oydin Paygʻambar kelguncha foydalantirdim.

  30. 43:30Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا جَآءَهُمُ ٱلۡحَقُّ قَالُواْ هَٰذَا سِحۡرࣱ وَ إِنَّا بِهِۦ كَٰفِرُونَ﴿٣٠﴾

    Qachonki ularga haq kelganida, ular: «Bu sehrdir va, albatta, biz bunga kofirdirmiz», dedilar.

  31. 43:31Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالُواْ لَوۡلَا نُزِّلَ هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانُ عَلَىٰ رَجُلࣲ مِّنَ ٱلۡقَرۡيَتَيۡنِ عَظِيمٍ﴿٣١﴾

    Ular: «Ushbu Qurʼon ikki shahardan (birida) boʻlgan ulugʻ kishiga nozil qilinganida edi», dedilar.

  32. 43:32Mushafda oʻqish ↗

    أَهُمۡ يَقۡسِمُونَ رَحۡمَتَ رَبِّكَ ۚ نَحۡنُ قَسَمۡنَا بَيۡنَهُم مَّعِيشَتَهُمۡ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۚ وَ رَفَعۡنَا بَعۡضَهُمۡ فَوۡقَ بَعۡضࣲ دَرَجَٰتࣲ لِّيَتَّخِذَ بَعۡضُهُم بَعۡضࣰا سُخۡرِيࣰّا ۗ وَ رَحۡمَتُ رَبِّكَ خَيۡرࣱ مِّمَّا يَجۡمَعُونَ﴿٣٢﴾

    Yoki ular Robbingning rahmatini taqsimlaydilarmi? Biz hayoti dunyoda ularning oralarida maishatlarini taqsimladik va baʼzilari baʼzilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qoʻyganmiz. Robbingning rahmati ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.

  33. 43:33Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡلَآ أَن يَكُونَ ٱلنَّاسُ أُمَّةࣰ وَٰحِدَةࣰ لَّجَعَلۡنَا لِمَن يَكۡفُرُ بِٱلرَّحۡمَٰنِ لِبُيُوتِهِمۡ سُقُفࣰا مِّن فِضَّةࣲ وَ مَعَارِجَ عَلَيۡهَا يَظۡهَرُونَ﴿٣٣﴾

    Agar odamlar bir millat boʻlib qolishlari (xavfi) boʻlmaganda, albatta, Biz Rohmanga kufr keltiradiganlarning uylari shiftini va unga chiqadigan narvonlarini kumushdan qilib qoʻyar edik.

  34. 43:34Mushafda oʻqish ↗

    وَ لِبُيُوتِهِمۡ أَبۡوَٰبࣰا وَ سُرُرًا عَلَيۡهَا يَتَّكِـُٔونَ﴿٣٤﴾

    Va uylarining eshiklarini ham, ustida yonboshlab yotadigan soʻrilarini ham.

  35. 43:35Mushafda oʻqish ↗

    وَ زُخۡرُفࣰا ۚ وَ إِن كُلُّ ذَٰلِكَ لَمَّا مَتَٰعُ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۚ وَ ٱلۡأٓخِرَةُ عِندَ رَبِّكَ لِلۡمُتَّقِينَ﴿٣٥﴾

    Va zebu ziynatu bezaklarni ham. Bularning hammasi hayoti dunyoning matohidan boshqa narsa emas. Oxirat esa, Robbing nazdida taqvodorlar uchundir.

  36. 43:36Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يَعۡشُ عَن ذِكۡرِ ٱلرَّحۡمَٰنِ نُقَيِّضۡ لَهُۥ شَيۡطَٰنࣰا فَهُوَ لَهُۥ قَرِينࣱ﴿٣٦﴾

    Kim Rohmanning eslatmasidan shabkoʻr boʻlib olsa, Biz unga shaytonni yaqin qilib qoʻyurmiz, bas, u unga doimiy hamroh boʻlur.

  37. 43:37Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهُمۡ لَيَصُدُّونَهُمۡ عَنِ ٱلسَّبِيلِ وَ يَحۡسَبُونَ أَنَّهُم مُّهۡتَدُونَ﴿٣٧﴾

    Albatta, u(shayton)lar yoʻldan toʻsurlar va ular oʻzlarini shak-shubhasiz hidoyat topguvchilardek hisoblaydilar.

  38. 43:38Mushafda oʻqish ↗

    حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَنَا قَالَ يَٰلَيۡتَ بَيۡنِي وَ بَيۡنَكَ بُعۡدَ ٱلۡمَشۡرِقَيۡنِ فَبِئۡسَ ٱلۡقَرِينُ﴿٣٨﴾

    Toki, huzurimizga kelganda: «Qani endi men bilan sening orang magʻrib ila mashriqchalik uzoq boʻlsa edi. Bas, sen naqadar yomon hamrohsan», der.

  39. 43:39Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَن يَنفَعَكُمُ ٱلۡيَوۡمَ إِذ ظَّلَمۡتُمۡ أَنَّكُمۡ فِي ٱلۡعَذَابِ مُشۡتَرِكُونَ﴿٣٩﴾

    Zulm qilganingiz uchun bugungi kunda azobga sherik boʻlishingiz ham hech foyda bermas.

  40. 43:40Mushafda oʻqish ↗

    أَفَأَنتَ تُسۡمِعُ ٱلصُّمَّ أَوۡ تَهۡدِي ٱلۡعُمۡيَ وَ مَن كَانَ فِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينࣲ﴿٤٠﴾

    Sen karlarga eshittira olarmiding yoki koʻrlarni va ochiq-oydin zalolatda boʻlgan kimsalarni hidoyatga sola olarmiding?!

  41. 43:41Mushafda oʻqish ↗

    فَإِمَّا نَذۡهَبَنَّ بِكَ فَإِنَّا مِنۡهُم مُّنتَقِمُونَ﴿٤١﴾

    Agar seni ketkazsak ham, albatta, Biz ulardan intiqom olurmiz.

  42. 43:42Mushafda oʻqish ↗

    أَوۡ نُرِيَنَّكَ ٱلَّذِي وَعَدۡنَٰهُمۡ فَإِنَّا عَلَيۡهِم مُّقۡتَدِرُونَ﴿٤٢﴾

    Yoki Biz ularga vaʼda qilingan narsani senga koʻrsaturmiz. Bas, albatta, Biz ularga (azob berishga) qodirmiz.

  43. 43:43Mushafda oʻqish ↗

    فَٱسۡتَمۡسِكۡ بِٱلَّذِيٓ أُوحِيَ إِلَيۡكَ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٤٣﴾

    Bas, oʻzingga vahiy qilingan narsani mahkam tut! Albatta, sen toʻgʻri yoʻldasan.

  44. 43:44Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهُۥ لَذِكۡرࣱ لَّكَ وَ لِقَوۡمِكَ ۖ وَ سَوۡفَ تُسۡـَٔلُونَ﴿٤٤﴾

    Albatta, u(Qurʼon) senga ham, qavmingga ham sharafdir. Va, albatta, soʻralursizlar.

  45. 43:45Mushafda oʻqish ↗

    وَسۡـَٔلۡ مَنۡ أَرۡسَلۡنَا مِن قَبۡلِكَ مِن رُّسُلِنَآ أَجَعَلۡنَا مِن دُونِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ءَالِهَةࣰ يُعۡبَدُونَ﴿٤٥﴾

    Sendan oldin Biz yuborgan Paygʻambarlarimizdan soʻra: Rohmandan boshqa ibodat qilinadigan ilohlar qilgan ekanmizmi?!

  46. 43:46Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ وَ مَلَإِيْهِۦ فَقَالَ إِنِّي رَسُولُ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٤٦﴾

    Batahqiq, Biz Musoni Oʻz oyat(moʻʼjiza)larimiz ila Firʼavnga va uning aʼyonlariga yubordik. Bas, u: «Albatta, men olamlar Robbining Paygʻambaridirman», dedi.

  47. 43:47Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا جَآءَهُم بِـَٔايَٰتِنَآ إِذَا هُم مِّنۡهَا يَضۡحَكُونَ﴿٤٧﴾

    Bas, qachonki u ularga oyat (moʻʼjiza)larimizni keltirganda, ular banogoh u(moʻʼjiza)lardan kula boshladilar.

  48. 43:48Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا نُرِيهِم مِّنۡ ءَايَةٍ إِلَّا هِيَ أَكۡبَرُ مِنۡ أُخۡتِهَا ۖ وَ أَخَذۡنَٰهُم بِٱلۡعَذَابِ لَعَلَّهُمۡ يَرۡجِعُونَ﴿٤٨﴾

    Biz ularga qaysi bir oyat (moʻʼjiza)ni koʻrsatsak ham, albatta, u oʻz sherigidan kattaroq boʻlar edi. Shoyad, (xatolaridan) qaytsalar, deb ularni azob-la tutdik.

  49. 43:49Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالُواْ يَٰٓأَيُّهَ ٱلسَّاحِرُ ٱدۡعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِندَكَ إِنَّنَا لَمُهۡتَدُونَ﴿٤٩﴾

    Ular: «Ey sehrgar! Senga bergan ahdiga binoan, biz uchun Robbingga duo qil! Albatta, biz hidoyat topguvchilardan boʻlamiz», dedilar.

  50. 43:50Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّا كَشَفۡنَا عَنۡهُمُ ٱلۡعَذَابَ إِذَا هُمۡ يَنكُثُونَ﴿٥٠﴾

    Bas, qachonki ulardan azobni aritsang, toʻsatdan ular (ahdni) buzarlar.

  51. 43:51Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَادَىٰ فِرۡعَوۡنُ فِي قَوۡمِهِۦ قَالَ يَٰقَوۡمِ أَلَيۡسَ لِي مُلۡكُ مِصۡرَ وَ هَٰذِهِ ٱلۡأَنۡهَٰرُ تَجۡرِي مِن تَحۡتِيٓ ۚ أَفَلَا تُبۡصِرُونَ﴿٥١﴾

    Firʼavn oʻz qavmiga: «Ey qavmim! Misr mulki va mana bu ostimdan oqib turgan anhorlar meniki emasmi?! Koʻrmayapsizlarmi?!

  52. 43:52Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ أَنَا۠ خَيۡرࣱ مِّنۡ هَٰذَا ٱلَّذِي هُوَ مَهِينࣱ وَ لَا يَكَادُ يُبِينُ﴿٥٢﴾

    Men mana bu xor, gapini ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan yaxshi emasmanmi?

  53. 43:53Mushafda oʻqish ↗

    فَلَوۡلَآ أُلۡقِيَ عَلَيۡهِ أَسۡوِرَةࣱ مِّن ذَهَبٍ أَوۡ جَآءَ مَعَهُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ مُقۡتَرِنِينَ﴿٥٣﴾

    Unga tillodan boʻlgan bilakuzuklar tashlansa yoki u bilan birga farishtalar hamroh boʻlib kelsa boʻlmas edimi?!» – deb nido qildi.

  54. 43:54Mushafda oʻqish ↗

    فَٱسۡتَخَفَّ قَوۡمَهُۥ فَأَطَاعُوهُ ۚ إِنَّهُمۡ كَانُواْ قَوۡمࣰا فَٰسِقِينَ﴿٥٤﴾

    Bas, u qavmini laqillatdi va ular unga itoat qildilar. Chunki, ular fosiq qavm edilar.

  55. 43:55Mushafda oʻqish ↗

    فَلَمَّآ ءَاسَفُونَا ٱنتَقَمۡنَا مِنۡهُمۡ فَأَغۡرَقۡنَٰهُمۡ أَجۡمَعِينَ﴿٥٥﴾

    Bas, qachonki ular Bizni dargʻazab qilishgach, ulardan intiqom oldik — ularning barchalarini jamlab, gʻarq qildik.

  56. 43:56Mushafda oʻqish ↗

    فَجَعَلۡنَٰهُمۡ سَلَفࣰا وَ مَثَلࣰا لِّلۡأٓخِرِينَ﴿٥٦﴾

    Bas, ularni oʻtmishga aylantirdik va keyingilarga misol qilib qoʻydik.

  57. 43:57Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا ضُرِبَ ٱبۡنُ مَرۡيَمَ مَثَلًا إِذَا قَوۡمُكَ مِنۡهُ يَصِدُّونَ﴿٥٧﴾

    Ibn Maryam misol keltirilgan chogʻda sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar.

  58. 43:58Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَالُوٓاْ ءَأَٰلِهَتُنَا خَيۡرٌ أَمۡ هُوَ ۚ مَا ضَرَبُوهُ لَكَ إِلَّا جَدَلَۢا ۚ بَلۡ هُمۡ قَوۡمٌ خَصِمُونَ﴿٥٨﴾

    Ular: «Bizning olihalarimiz yaxshimi yoki umi?» – dedilar. Ular uni senga faqat talashib-tortishish uchungina misol keltirdilar. Zero, ular xusumatchi qavmdirlar.

  59. 43:59Mushafda oʻqish ↗

    إِنۡ هُوَ إِلَّا عَبۡدٌ أَنۡعَمۡنَا عَلَيۡهِ وَ جَعَلۡنَٰهُ مَثَلࣰا لِّبَنِيٓ إِسۡرَٰٓءِيلَ﴿٥٩﴾

    U faqat bir bandadir. Biz unga neʼmat berdik va uni Bani Isroilga misol qildik.

  60. 43:60Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ نَشَآءُ لَجَعَلۡنَا مِنكُم مَّلَٰٓئِكَةࣰ فِي ٱلۡأَرۡضِ يَخۡلُفُونَ﴿٦٠﴾

    Agar xohlasak, oʻrningizga yer yuzida xalifa boʻladigan farishtalar qilib qoʻyar edik.

  61. 43:61Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهُۥ لَعِلۡمࣱ لِّلسَّاعَةِ فَلَا تَمۡتَرُنَّ بِهَا وَ ٱتَّبِعُونِ ۚ هَٰذَا صِرَٰطࣱ مُّسۡتَقِيمࣱ﴿٦١﴾

    Albatta, u (Iyso) soat(qiyomat) ilmi(belgisi)dir. Bas, siz u (qiyomat) haqida hech shubha qilmang va menga ergashing. Mana shu toʻgʻri yoʻldir.

  62. 43:62Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَصُدَّنَّكُمُ ٱلشَّيۡطَٰنُ ۖ إِنَّهُۥ لَكُمۡ عَدُوࣱّ مُّبِينࣱ﴿٦٢﴾

    Shayton sizni hargiz (toʻgʻri yoʻldan) toʻsmasin. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.

  63. 43:63Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَّا جَآءَ عِيسَىٰ بِٱلۡبَيِّنَٰتِ قَالَ قَدۡ جِئۡتُكُم بِٱلۡحِكۡمَةِ وَ لِأُبَيِّنَ لَكُم بَعۡضَ ٱلَّذِي تَخۡتَلِفُونَ فِيهِ ۖ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُونِ﴿٦٣﴾

    Iyso ochiq-oydin hujjat (moʻʼjiza)lar bilan kelgan chogʻida: «Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim va siz ixtilof qilayotgan baʼzi narsalarni bayon qilish uchun keldim. Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar.

  64. 43:64Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ رَبِّي وَ رَبُّكُمۡ فَٱعۡبُدُوهُ ۚ هَٰذَا صِرَٰطࣱ مُّسۡتَقِيمࣱ﴿٦٤﴾

    Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu toʻgʻri yoʻldir», dedi.

  65. 43:65Mushafda oʻqish ↗

    فَٱخۡتَلَفَ ٱلۡأَحۡزَابُ مِنۢ بَيۡنِهِمۡ ۖ فَوَيۡلࣱ لِّلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنۡ عَذَابِ يَوۡمٍ أَلِيمٍ﴿٦٥﴾

    Bas, ularning orasidan firqalar ixtilof qildilar. Zulm qilganlar holiga alamli kun azobidan voy boʻlsin!

  66. 43:66Mushafda oʻqish ↗

    هَلۡ يَنظُرُونَ إِلَّا ٱلسَّاعَةَ أَن تَأۡتِيَهُم بَغۡتَةࣰ وَ هُمۡ لَا يَشۡعُرُونَ﴿٦٦﴾

    Ular faqat oʻzlari ham sezmay qolgan holda soat(qiyomat) kelib qolishini kutmoqdalar, xolos.

  67. 43:67Mushafda oʻqish ↗

    ٱلۡأَخِلَّآءُ يَوۡمَئِذِۭ بَعۡضُهُمۡ لِبَعۡضٍ عَدُوٌّ إِلَّا ٱلۡمُتَّقِينَ﴿٦٧﴾

    Oʻsha kunda taqvodorlardan boshqa doʻstlar bir-birlariga dushmandir.

  68. 43:68Mushafda oʻqish ↗

    يَٰعِبَادِ لَا خَوۡفٌ عَلَيۡكُمُ ٱلۡيَوۡمَ وَ لَآ أَنتُمۡ تَحۡزَنُونَ﴿٦٨﴾

    Ey bandalarim! Bugungi kunda sizga xavf yoʻq va mahzun ham boʻlmassiz.

  69. 43:69Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَ كَانُواْ مُسۡلِمِينَ﴿٦٩﴾

    Oyatlarimizga iymon keltirganlar va musulmon boʻlganlar...

  70. 43:70Mushafda oʻqish ↗

    ٱدۡخُلُواْ ٱلۡجَنَّةَ أَنتُمۡ وَ أَزۡوَٰجُكُمۡ تُحۡبَرُونَ﴿٧٠﴾

    Jannatga kiringlar, sizlar va juftlaringiz shod boʻlursizlar.

  71. 43:71Mushafda oʻqish ↗

    يُطَافُ عَلَيۡهِم بِصِحَافࣲ مِّن ذَهَبࣲ وَ أَكۡوَابࣲ ۖ وَ فِيهَا مَا تَشۡتَهِيهِ ٱلۡأَنفُسُ وَ تَلَذُّ ٱلۡأَعۡيُنُ ۖ وَ أَنتُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ﴿٧١﴾

    Ularga tillodan boʻlgan tovoqlar va qadahlar aylantirilur. U yerda koʻngil ishtaha qiladigan va koʻzlar lazzatlanadigan narsalar bordir. Sizlar u yerda abadiy qolursizlar.

  72. 43:72Mushafda oʻqish ↗

    وَ تِلۡكَ ٱلۡجَنَّةُ ٱلَّتِيٓ أُورِثۡتُمُوهَا بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٧٢﴾

    Mana shu, qilib yurgan amallaringiz sababli sizga meros qilib berilgan jannatdir.

  73. 43:73Mushafda oʻqish ↗

    لَكُمۡ فِيهَا فَٰكِهَةࣱ كَثِيرَةࣱ مِّنۡهَا تَأۡكُلُونَ﴿٧٣﴾

    Sizga u yerda koʻplab mevalar bor, ulardan yersizlar.

  74. 43:74Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلۡمُجۡرِمِينَ فِي عَذَابِ جَهَنَّمَ خَٰلِدُونَ﴿٧٤﴾

    Albatta, jinoyatchilar jahannam azobida abadiy qolurlar.

  75. 43:75Mushafda oʻqish ↗

    لَا يُفَتَّرُ عَنۡهُمۡ وَ هُمۡ فِيهِ مُبۡلِسُونَ﴿٧٥﴾

    U ulardan yengillatilmas va ular u(azob)da noumid holda qolurlar.

  76. 43:76Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا ظَلَمۡنَٰهُمۡ وَ لَٰكِن كَانُواْ هُمُ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٧٦﴾

    Biz ularga zulm qilganimiz yoʻq. Lekin ular oʻzlari zolim boʻldilar.

  77. 43:77Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَادَوۡاْ يَٰمَٰلِكُ لِيَقۡضِ عَلَيۡنَا رَبُّكَ ۖ قَالَ إِنَّكُم مَّٰكِثُونَ﴿٧٧﴾

    Ular: «Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!» – deb nido qildilar. U: «Albatta, siz turib qolguvchisiz», dedi.

  78. 43:78Mushafda oʻqish ↗

    لَقَدۡ جِئۡنَٰكُم بِٱلۡحَقِّ وَ لَٰكِنَّ أَكۡثَرَكُمۡ لِلۡحَقِّ كَٰرِهُونَ﴿٧٨﴾

    Batahqiq, Biz sizga haqni keltirdik. Lekin koʻplaringiz haqni yomon koʻrguvchisiz.

  79. 43:79Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ أَبۡرَمُوٓاْ أَمۡرࣰا فَإِنَّا مُبۡرِمُونَ﴿٧٩﴾

    Yoki ular biron ishga qaror qildilarmi? Bas, Biz, albatta, qaror qilguvchimiz.

  80. 43:80Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ يَحۡسَبُونَ أَنَّا لَا نَسۡمَعُ سِرَّهُمۡ وَ نَجۡوَىٰهُم ۚ بَلَىٰ وَ رُسُلُنَا لَدَيۡهِمۡ يَكۡتُبُونَ﴿٨٠﴾

    Yoki ular Bizni ularning sirlarini (bilmas) va pichirlashib qilgan maslahatlarini eshitmas, deb hisoblaydilarmi? Yoʻq! Holbuki, elchilarimiz ularning oldilarida yozmoqdalar.

  81. 43:81Mushafda oʻqish ↗

    قُلۡ إِن كَانَ لِلرَّحۡمَٰنِ وَلَدࣱ فَأَنَا۠ أَوَّلُ ٱلۡعَٰبِدِينَ﴿٨١﴾

    Sen: «Agar Rohmanning bolasi boʻlganida, men unga ibodat qilguvchilarning birinchisi boʻlar edim», deb ayt.

  82. 43:82Mushafda oʻqish ↗

    سُبۡحَٰنَ رَبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ رَبِّ ٱلۡعَرۡشِ عَمَّا يَصِفُونَ﴿٨٢﴾

    Osmonlaru yerning Robbi, Arshning Robbi ular qilayotgan vasfdan pokdir.

  83. 43:83Mushafda oʻqish ↗

    فَذَرۡهُمۡ يَخُوضُواْ وَ يَلۡعَبُواْ حَتَّىٰ يُلَٰقُواْ يَوۡمَهُمُ ٱلَّذِي يُوعَدُونَ﴿٨٣﴾

    Bas, ularni qoʻyib ber, oʻzlariga vaʼda qilinayotgan kunga roʻbaroʻ boʻlgunlaricha (yomonlikka) shoʻngʻiyversinlar, oʻynayversinlar.

  84. 43:84Mushafda oʻqish ↗

    وَ هُوَ ٱلَّذِي فِي ٱلسَّمَآءِ إِلَٰهࣱ وَ فِي ٱلۡأَرۡضِ إِلَٰهࣱ ۚ وَ هُوَ ٱلۡحَكِيمُ ٱلۡعَلِيمُ﴿٨٤﴾

    U zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir. U zot oʻta hikmatli, oʻta ilmlidir.

  85. 43:85Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَبَارَكَ ٱلَّذِي لَهُۥ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا بَيۡنَهُمَا وَ عِندَهُۥ عِلۡمُ ٱلسَّاعَةِ وَ إِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ﴿٨٥﴾

    Osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning mulkiga ega boʻlgan Zot barakotli(buyuk)dir. Soat (qiyomat) ilmi Uning huzuridadir. Ungagina qaytarilursizlar.

  86. 43:86Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَمۡلِكُ ٱلَّذِينَ يَدۡعُونَ مِن دُونِهِ ٱلشَّفَٰعَةَ إِلَّا مَن شَهِدَ بِٱلۡحَقِّ وَ هُمۡ يَعۡلَمُونَ﴿٨٦﴾

    Allohdan oʻzga iltijo qilayotgan narsalari shafoatga ega boʻlmaslar. Magar, bilgan hollarida haq shahodat berganlargina (ega boʻlurlar).

  87. 43:87Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَئِن سَأَلۡتَهُم مَّنۡ خَلَقَهُمۡ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ يُؤۡفَكُونَ﴿٨٧﴾

    Agar sen ulardan oʻzlarini kim yaratganini soʻrasang, albatta, «Alloh», derlar Bas, qayoqqa burilib ketmoqdalar?!

  88. 43:88Mushafda oʻqish ↗

    وَ قِيلِهِۦ يَٰرَبِّ إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ قَوۡمࣱ لَّا يُؤۡمِنُونَ﴿٨٨﴾

    U(Muhammad)ning: «Ey Robbim, albatta, anavilar iymon keltirmaydigan qavmlardir», degan gapini ham (bilur).

  89. 43:89Mushafda oʻqish ↗

    فَٱصۡفَحۡ عَنۡهُمۡ وَ قُلۡ سَلَٰمࣱ ۚ فَسَوۡفَ يَعۡلَمُونَ﴿٨٩﴾

    Bas, sen ulardan yuz oʻgir va: «Sizlarga salom boʻlsin», degin. Bas, ular tezda bilurlar.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Zuxruf. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — zeb-ziynat.

Mazmuni: Sura dunyo ziynati va mansabni haqiqat mezoni deb bilish xatosini fosh etadi. Muso alayhissalom va Fir’avn, Ibrohim alayhissalom va qavmi, Iso alayhissalom haqidagi masalalar orqali tavhidga zid e’tiqodlar tanqid qilinadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraShuro surasiKeyingi sura →Duxon surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026