Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Shuro surasi

سورة الشورى

Shuro surasi

Kengash · Шуро сураси

42-sura53 oyatMakkiy25-pora

Shuro surasi — Qurʼoni Karimning 42-surasi. U 53 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Kengash» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 42:1Mushafda oʻqish ↗

    حمٓ﴿١﴾

    Haa. Miym.

  2. 42:2Mushafda oʻqish ↗

    عٓسٓقٓ﴿٢﴾

    Ayn. Siyn. Qoof.

  3. 42:3Mushafda oʻqish ↗

    كَذَٰلِكَ يُوحِيٓ إِلَيۡكَ وَ إِلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِكَ ٱللَّهُ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٣﴾

    Aziyzu oʻta hikmatli boʻlmish Alloh senga va sendan avvalgilarga mana shunday vahiy qilur.

  4. 42:4Mushafda oʻqish ↗

    لَهُۥ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۖ وَ هُوَ ٱلۡعَلِيُّ ٱلۡعَظِيمُ﴿٤﴾

    Osmondagi narsalar va yerdagi narsalar unikidir. U zot yuksak va ulugʻdir.

  5. 42:5Mushafda oʻqish ↗

    تَكَادُ ٱلسَّمَٰوَٰتُ يَتَفَطَّرۡنَ مِن فَوۡقِهِنَّ ۚ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ يُسَبِّحُونَ بِحَمۡدِ رَبِّهِمۡ وَ يَسۡتَغۡفِرُونَ لِمَن فِي ٱلۡأَرۡضِ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلۡغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ﴿٥﴾

    Osmonlar ust tomonlaridan yorilib ketay deydi. Farishtalar esa, Robbilari hamdi ila tasbih ayturlar va yer yuzidagi kimsalarga istigʻfor soʻrarlar. Ogoh boʻlingkim, albatta, Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli Zotdir.

  6. 42:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ أَوۡلِيَآءَ ٱللَّهُ حَفِيظٌ عَلَيۡهِمۡ وَ مَآ أَنتَ عَلَيۡهِم بِوَكِيلࣲ﴿٦﴾

    Undan oʻzga «doʻstlar» tutganlarga Alloh kuzatguvchidir. Sen ularga vakil emassan.

  7. 42:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَذَٰلِكَ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡكَ قُرۡءَانًا عَرَبِيࣰّا لِّتُنذِرَ أُمَّ ٱلۡقُرَىٰ وَ مَنۡ حَوۡلَهَا وَ تُنذِرَ يَوۡمَ ٱلۡجَمۡعِ لَا رَيۡبَ فِيهِ ۚ فَرِيقࣱ فِي ٱلۡجَنَّةِ وَ فَرِيقࣱ فِي ٱلسَّعِيرِ﴿٧﴾

    Ana shunday qilib, Biz senga shaharlarning onasini va uning atrofini ogohlantirishing uchun, boʻlishida hech shubha yoʻq jamlash kunidan ogohlantirishing uchun arabiy Qurʼonni yubordik. Bir guruh jannatda, bir guruh doʻzaxda.

  8. 42:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَهُمۡ أُمَّةࣰ وَٰحِدَةࣰ وَ لَٰكِن يُدۡخِلُ مَن يَشَآءُ فِي رَحۡمَتِهِۦ ۚ وَ ٱلظَّٰلِمُونَ مَا لَهُم مِّن وَلِيࣲّ وَ لَا نَصِيرٍ﴿٨﴾

    Agar Alloh xohlaganida, albatta, ularni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kishini Oʻz rahmatiga kiritur. Zolimlarga esa, hech bir doʻst ham, yordam beruvchi ham yoʻqdir.

  9. 42:9Mushafda oʻqish ↗

    أَمِ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ أَوۡلِيَآءَ ۖ فَٱللَّهُ هُوَ ٱلۡوَلِيُّ وَ هُوَ يُحۡيِ ٱلۡمَوۡتَىٰ وَ هُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٩﴾

    Yoki ular undan boshqa «doʻstlar» tutdilarmi?! Bas, Allohning Oʻzigina doʻstdir. U zot oʻliklarni tiriltirur. U zot har bir narsaga qodirdir.

  10. 42:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا ٱخۡتَلَفۡتُمۡ فِيهِ مِن شَيۡءࣲ فَحُكۡمُهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبِّي عَلَيۡهِ تَوَكَّلۡتُ وَ إِلَيۡهِ أُنِيبُ﴿١٠﴾

    «Biror narsada ixtilof qilsangiz, uning hukmi Allohdadir. Ana oʻsha Alloh Robbimdir. Ungagina tavakkal qildim va ungagina qayturman.»

  11. 42:11Mushafda oʻqish ↗

    فَاطِرُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ جَعَلَ لَكُم مِّنۡ أَنفُسِكُمۡ أَزۡوَٰجࣰا وَ مِنَ ٱلۡأَنۡعَٰمِ أَزۡوَٰجࣰا يَذۡرَؤُكُمۡ فِيهِ ۚ لَيۡسَ كَمِثۡلِهِۦ شَيۡءࣱ ۖ وَ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡبَصِيرُ﴿١١﴾

    U, osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilguvchi Zotdir. U, sizlarga oʻz jinsingizdan juftlar yaratdi. Chorva hayvonlarini ham juft qilib yaratdi. U zot sizni oʻsha (juftlik) asosida koʻpaytirur. U zotga oʻxshash hech narsa yoʻqdir. U zot oʻta eshitguvchi, oʻta koʻrguvchi Zotdir.

  12. 42:12Mushafda oʻqish ↗

    لَهُۥ مَقَالِيدُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ يَبۡسُطُ ٱلرِّزۡقَ لِمَن يَشَآءُ وَ يَقۡدِرُ ۚ إِنَّهُۥ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣱ﴿١٢﴾

    Osmonlaru yer (xaziynalari) kalitlari Unikidir. U, xohlagan odamiga rizqni keng yoki tor qilur. Zotan, U barcha narsani oʻta bilguvchi Zotdir.

  13. 42:13Mushafda oʻqish ↗

    شَرَعَ لَكُم مِّنَ ٱلدِّينِ مَا وَصَّىٰ بِهِۦ نُوحࣰا وَ ٱلَّذِيٓ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡكَ وَ مَا وَصَّيۡنَا بِهِۦٓ إِبۡرَٰهِيمَ وَ مُوسَىٰ وَ عِيسَىٰٓ ۖ أَنۡ أَقِيمُواْ ٱلدِّينَ وَ لَا تَتَفَرَّقُواْ فِيهِ ۚ كَبُرَ عَلَى ٱلۡمُشۡرِكِينَ مَا تَدۡعُوهُمۡ إِلَيۡهِ ۚ ٱللَّهُ يَجۡتَبِيٓ إِلَيۡهِ مَن يَشَآءُ وَ يَهۡدِيٓ إِلَيۡهِ مَن يُنِيبُ﴿١٣﴾

    U zot sizlarga din etib Oʻzi Nuhga vasiyat qilgan va senga (ey Muhammad) vahiy qilgan narsamizni hamda Ibrohim, Muso va Iysoga vasiyat qilgan narsamizni bayon qildi. «Dinni barpo qilingiz va unda tafriqaga tushmangiz», dedi. Mushriklarga sen ularni daʼvat qilgan narsa ogʻir keldi. Alloh Oʻzi xohlagan kishisini (Paygʻambarlikka) tanlab olur va U Oʻzigagina iltijo etguvchi kishini hidoyat qilur.

  14. 42:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا تَفَرَّقُوٓاْ إِلَّا مِنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلۡعِلۡمُ بَغۡيَۢا بَيۡنَهُمۡ ۚ وَ لَوۡلَا كَلِمَةࣱ سَبَقَتۡ مِن رَّبِّكَ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ مُّسَمࣰّى لَّقُضِيَ بَيۡنَهُمۡ ۚ وَ إِنَّ ٱلَّذِينَ أُورِثُواْ ٱلۡكِتَٰبَ مِنۢ بَعۡدِهِمۡ لَفِي شَكࣲّ مِّنۡهُ مُرِيبࣲ﴿١٤﴾

    Ular faqat oʻzlariga ilm kelgandan keyingina, oʻzaro hasad-adovat qilishib tafriqaga tushdilar. Agar Robbingdan (azoblashni) maʼlum muddatgacha (qoldirish) haqida soʻz oʻtgan boʻlmaganida, ular orasida albatta hukm chiqarilgan boʻlur edi. Albatta, ulardan keyin kitobga voris qilinganlar u haqida shak-shubhadadirlar.

  15. 42:15Mushafda oʻqish ↗

    فَلِذَٰلِكَ فَٱدۡعُ ۖ وَ ٱسۡتَقِمۡ كَمَآ أُمِرۡتَ ۖ وَ لَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَهُمۡ ۖ وَ قُلۡ ءَامَنتُ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِن كِتَٰبࣲ ۖ وَ أُمِرۡتُ لِأَعۡدِلَ بَيۡنَكُمُ ۖ ٱللَّهُ رَبُّنَا وَ رَبُّكُمۡ ۖ لَنَآ أَعۡمَٰلُنَا وَ لَكُمۡ أَعۡمَٰلُكُمۡ ۖ لَا حُجَّةَ بَيۡنَنَا وَ بَيۡنَكُمُ ۖ ٱللَّهُ يَجۡمَعُ بَيۡنَنَا ۖ وَ إِلَيۡهِ ٱلۡمَصِيرُ﴿١٥﴾

    Bas, shuning uchun ham, oʻzingga amr qilinganidek daʼvat qil va mustaqiym tur va ularning havoyi nafslariga ergashma hamda: «Men Alloh nozil qilgan har bir kitobga iymon keltirdim va orangizda adolat oʻrnatishga amr qilindim. Alloh bizning Robbimiz, sizning ham Robbingiz. Bizning amallarimiz oʻzimiz uchun, sizning amallaringiz oʻzingiz uchun. Biz bilan sizning oramizda janjal(ga oʻrin) yoʻq. Alloh bizlarni jamlaydi va qaytish yolgʻiz Uning Oʻzigadir», deb ayt.

  16. 42:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ يُحَآجُّونَ فِي ٱللَّهِ مِنۢ بَعۡدِ مَا ٱسۡتُجِيبَ لَهُۥ حُجَّتُهُمۡ دَاحِضَةٌ عِندَ رَبِّهِمۡ وَ عَلَيۡهِمۡ غَضَبࣱ وَ لَهُمۡ عَذَابࣱ شَدِيدٌ﴿١٦﴾

    Alloh haqida unga ijobat qilinganidan keyin ham talashib-tortishadiganlarning hujjatlari Robbilari huzurida botildir, ularga gʻazab bordir va ularga shiddatli azob bordir.

  17. 42:17Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ ٱلَّذِيٓ أَنزَلَ ٱلۡكِتَٰبَ بِٱلۡحَقِّ وَ ٱلۡمِيزَانَ ۗ وَ مَا يُدۡرِيكَ لَعَلَّ ٱلسَّاعَةَ قَرِيبࣱ﴿١٧﴾

    Alloh haq ila kitobni va (adolat) tarozuni nozil qilgan Zotdir. Qayerdan bilursan, ehtimol soat(qiyomat) yaqindir!

  18. 42:18Mushafda oʻqish ↗

    يَسۡتَعۡجِلُ بِهَا ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بِهَا ۖ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مُشۡفِقُونَ مِنۡهَا وَ يَعۡلَمُونَ أَنَّهَا ٱلۡحَقُّ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱلَّذِينَ يُمَارُونَ فِي ٱلسَّاعَةِ لَفِي ضَلَٰلِۭ بَعِيدٍ﴿١٨﴾

    U(qiyomat)ga iymon keltirmaydiganlar uning tezlashini istaydilar, iymon keltirganlar esa, undan qoʻrquvchidirlar, zotan, uning shubhasiz haq ekanini bilurlar. Ogoh boʻling! Albatta, soat(qiyomat) haqida shubha qilguvchilar yiroq zalolatdadirlar.

  19. 42:19Mushafda oʻqish ↗

    ٱللَّهُ لَطِيفُۢ بِعِبَادِهِۦ يَرۡزُقُ مَن يَشَآءُ ۖ وَ هُوَ ٱلۡقَوِيُّ ٱلۡعَزِيزُ﴿١٩﴾

    Alloh bandalariga lutflidir. U xohlagan kishiga rizq berur. U zot kuchligu aziyzdir.

  20. 42:20Mushafda oʻqish ↗

    مَن كَانَ يُرِيدُ حَرۡثَ ٱلۡأٓخِرَةِ نَزِدۡ لَهُۥ فِي حَرۡثِهِۦ ۖ وَ مَن كَانَ يُرِيدُ حَرۡثَ ٱلدُّنۡيَا نُؤۡتِهِۦ مِنۡهَا وَ مَا لَهُۥ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ مِن نَّصِيبٍ﴿٢٠﴾

    Kim oxirat hosilini istasa, biz unga hosilini ziyoda qilib berurmiz. Kim dunyo hosilini istasa, biz unga oʻshandan berurmiz va unga oxiratda biron nasiba boʻlmas.

  21. 42:21Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ لَهُمۡ شُرَكَٰٓؤُاْ شَرَعُواْ لَهُم مِّنَ ٱلدِّينِ مَا لَمۡ يَأۡذَنۢ بِهِ ٱللَّهُ ۚ وَ لَوۡلَا كَلِمَةُ ٱلۡفَصۡلِ لَقُضِيَ بَيۡنَهُمۡ ۗ وَ إِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٢١﴾

    Yoki ularning dindan Alloh izn bermagan narsalarni shariat qilib bergan sherik(xudo)lari bormi?! Agar ajrim kalimasi boʻlmaganida, albatta, ular oʻrtasida hukm qilingan boʻlar edi. Albatta, zolim kimsalar uchun alamli azob bordir.

  22. 42:22Mushafda oʻqish ↗

    تَرَى ٱلظَّٰلِمِينَ مُشۡفِقِينَ مِمَّا كَسَبُواْ وَ هُوَ وَاقِعُۢ بِهِمۡ ۗ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فِي رَوۡضَاتِ ٱلۡجَنَّاتِ ۖ لَهُم مَّا يَشَآءُونَ عِندَ رَبِّهِمۡ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡفَضۡلُ ٱلۡكَبِيرُ﴿٢٢﴾

    Zolimlarni oʻzlari kasb qilgan narsalari(azobi)dan qoʻrquvchi oʻlaroq koʻrasan. Holbuki, u ularga tushguvchidir. Iymon keltirib, solih amallarni qiluvchilar esa, jannat bogʻlaridadir. Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shuning oʻzi katta fazldir.

  23. 42:23Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ ٱلَّذِي يُبَشِّرُ ٱللَّهُ عِبَادَهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ ۗ قُل لَّآ أَسۡـَٔلُكُمۡ عَلَيۡهِ أَجۡرًا إِلَّا ٱلۡمَوَدَّةَ فِي ٱلۡقُرۡبَىٰ ۗ وَ مَن يَقۡتَرِفۡ حَسَنَةࣰ نَّزِدۡ لَهُۥ فِيهَا حُسۡنًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ شَكُورٌ﴿٢٣﴾

    Ana oʻsha, iymon keltirib, solih amallarni qilgan bandalariga Alloh berayotgan xushxabardir. (Ey Muhammad): «Men sizdan bu uchun ajr emas, faqat qarindoshlik mehrinigina soʻrayman», deb ayt. Kim yaxshilik qilsa, Biz unga oʻsha ishida yaxshilikni ziyoda qilurmiz. Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli, Shakurdir.

  24. 42:24Mushafda oʻqish ↗

    أَمۡ يَقُولُونَ ٱفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبࣰا ۖ فَإِن يَشَإِ ٱللَّهُ يَخۡتِمۡ عَلَىٰ قَلۡبِكَ ۗ وَ يَمۡحُ ٱللَّهُ ٱلۡبَٰطِلَ وَ يُحِقُّ ٱلۡحَقَّ بِكَلِمَٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ﴿٢٤﴾

    Yoki ular: «U (Muhammad) Allohga nisbatan yolgʻon toʻqidi», deydilarmi?! Bas, agar Alloh xohlasa, qalbingga muhr bosur va Alloh Oʻz soʻzlari ila botilni yoʻq qilib, haqni haq qilur. Albatta, U dillardagi narsani oʻta bilguvchidir.

  25. 42:25Mushafda oʻqish ↗

    وَ هُوَ ٱلَّذِي يَقۡبَلُ ٱلتَّوۡبَةَ عَنۡ عِبَادِهِۦ وَ يَعۡفُواْ عَنِ ٱلسَّيِّـَٔاتِ وَ يَعۡلَمُ مَا تَفۡعَلُونَ﴿٢٥﴾

    Uning Oʻzi bandalaridan tavbani qabul qilur, gunohlarini afv etur va nima qilayotganingizni bilur.

  26. 42:26Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَسۡتَجِيبُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَ يَزِيدُهُم مِّن فَضۡلِهِۦ ۚ وَ ٱلۡكَٰفِرُونَ لَهُمۡ عَذَابࣱ شَدِيدࣱ﴿٢٦﴾

    U zot iymon keltirib, solih amallar qilganlarning (duosini) ijobat qilur va ularga Oʻz fazlidan ziyoda qilur. Kofirlarga esa, ularga shiddatli azob bordir.

  27. 42:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡ بَسَطَ ٱللَّهُ ٱلرِّزۡقَ لِعِبَادِهِۦ لَبَغَوۡاْ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَٰكِن يُنَزِّلُ بِقَدَرࣲ مَّا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرُۢ بَصِيرࣱ﴿٢٧﴾

    Agar Alloh bandalariga rizqni keng qilib qoʻysa, albatta, ular yer yuzida haddan oshib keturlar, lekin U Oʻzi xohlaganiga oʻlchov bilan tushiradi. Albatta, u Oʻz bandalaridan oʻta xabardor va ularni oʻta koʻruvchidir.

  28. 42:28Mushafda oʻqish ↗

    وَ هُوَ ٱلَّذِي يُنَزِّلُ ٱلۡغَيۡثَ مِنۢ بَعۡدِ مَا قَنَطُواْ وَ يَنشُرُ رَحۡمَتَهُۥ ۚ وَ هُوَ ٱلۡوَلِيُّ ٱلۡحَمِيدُ﴿٢٨﴾

    U zot (odamlar) noumid boʻlganlaridan keyin yomgʻirni nozil qilur va Oʻz rahmatini taratur. U valiy va maqtalgan Zotdir.

  29. 42:29Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِنۡ ءَايَٰتِهِۦ خَلۡقُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا بَثَّ فِيهِمَا مِن دَآبَّةࣲ ۚ وَ هُوَ عَلَىٰ جَمۡعِهِمۡ إِذَا يَشَآءُ قَدِيرࣱ﴿٢٩﴾

    Uning (qudrati) oyat(belgi)laridan osmonlaru yerning yaratilishi va ularda turli jonivorlarning taratib qoʻyilishidir. Va U zot, agar xohlasa, ularni jamlashga qodirdir.

  30. 42:30Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَصَٰبَكُم مِّن مُّصِيبَةࣲ فَبِمَا كَسَبَتۡ أَيۡدِيكُمۡ وَ يَعۡفُواْ عَن كَثِيرࣲ﴿٣٠﴾

    Sizga qaysi bir musiybat yetsa, bas, oʻz qoʻlingiz qilgan kasbdandir va U zot koʻpini afv qilur.

  31. 42:31Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَنتُم بِمُعۡجِزِينَ فِي ٱلۡأَرۡضِ ۖ وَ مَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِيࣲّ وَ لَا نَصِيرࣲ﴿٣١﴾

    Va siz yer yuzida qochib qutula olmaysiz. Hamda siz uchun Allohdan oʻzga valiy ham, nusrat berguvchi ham yoʻq.

  32. 42:32Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِنۡ ءَايَٰتِهِ ٱلۡجَوَارِ فِي ٱلۡبَحۡرِ كَٱلۡأَعۡلَٰمِ﴿٣٢﴾

    Dengizda togʻdek boʻlib suzib yurguvchi kemalar uning (qudrati) oyat(belgi)laridandir.

  33. 42:33Mushafda oʻqish ↗

    إِن يَشَأۡ يُسۡكِنِ ٱلرِّيحَ فَيَظۡلَلۡنَ رَوَاكِدَ عَلَىٰ ظَهۡرِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتࣲ لِّكُلِّ صَبَّارࣲ شَكُورٍ﴿٣٣﴾

    Agar U zot xohlasa, shamolni toʻxtatib qoʻyur. Bas, u (kema)lar u(dengiz)ning ustida turib qolurlar. Albatta, ana shunda har bir sabr qiluvchi va shukr qilguvchi uchun oyat(belgi)lar bordir.

  34. 42:34Mushafda oʻqish ↗

    أَوۡ يُوبِقۡهُنَّ بِمَا كَسَبُواْ وَ يَعۡفُ عَن كَثِيرࣲ﴿٣٤﴾

    Yoki u(kema)larni alarning kasbi tufayli halok qilur va U zot koʻpni afv qilur.

  35. 42:35Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَعۡلَمَ ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِيٓ ءَايَٰتِنَا مَا لَهُم مِّن مَّحِيصࣲ﴿٣٥﴾

    Va Bizning oyatlarimiz haqida tortishadiganlar bilsinlarki, ular uchun hech bir qochar joy yoʻqdir.

  36. 42:36Mushafda oʻqish ↗

    فَمَآ أُوتِيتُم مِّن شَيۡءࣲ فَمَتَٰعُ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا ۚ وَ مَا عِندَ ٱللَّهِ خَيۡرࣱ وَ أَبۡقَىٰ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَلَىٰ رَبِّهِمۡ يَتَوَكَّلُونَ﴿٣٦﴾

    Sizga berilgan narsalar dunyo hayotining matohi, xolos. Allohning huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar esa, iymon keltirgan va Robbilariga tavakkal qilganlar uchundir.

  37. 42:37Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ يَجۡتَنِبُونَ كَبَٰٓئِرَ ٱلۡإِثۡمِ وَ ٱلۡفَوَٰحِشَ وَ إِذَا مَا غَضِبُواْ هُمۡ يَغۡفِرُونَ﴿٣٧﴾

    Katta gunohlar va fohisha ishlardan chetda boʻladigan va gʻazablangan vaqtda kechirib yuboradiganlar uchundir.

  38. 42:38Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ ٱسۡتَجَابُواْ لِرَبِّهِمۡ وَ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ أَمۡرُهُمۡ شُورَىٰ بَيۡنَهُمۡ وَ مِمَّا رَزَقۡنَٰهُمۡ يُنفِقُونَ﴿٣٨﴾

    Robbilariga ijobat qilgan, namozni toʻkis ado etgan, ishlari oʻzaro shuuro ila boʻlgan va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qiladiganlar uchundir.

  39. 42:39Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ إِذَآ أَصَابَهُمُ ٱلۡبَغۡيُ هُمۡ يَنتَصِرُونَ﴿٣٩﴾

    Oʻzlariga tajovuzkorlik yetganda nusrat qozonadiganlar uchundir.

  40. 42:40Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَزَٰٓؤُاْ سَيِّئَةࣲ سَيِّئَةࣱ مِّثۡلُهَا ۖ فَمَنۡ عَفَا وَ أَصۡلَحَ فَأَجۡرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٤٠﴾

    Oʻmonlikning jazosi oʻz mislidek yomonlikdir. Kim afv etib isloh qilsa, uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta, U zot zolimlarni sevmas.

  41. 42:41Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَنِ ٱنتَصَرَ بَعۡدَ ظُلۡمِهِۦ فَأُوْلَٰٓئِكَ مَا عَلَيۡهِم مِّن سَبِيلٍ﴿٤١﴾

    Albatta, kim oʻziga boʻlgan zulmdan keyin nusrat qozonsa, bas, undaylarni (ayblashga) hech yoʻl yoʻq.

  42. 42:42Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّمَا ٱلسَّبِيلُ عَلَى ٱلَّذِينَ يَظۡلِمُونَ ٱلنَّاسَ وَ يَبۡغُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ بِغَيۡرِ ٱلۡحَقِّ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٤٢﴾

    Faqatgina, odamlarga zulm qiladigan va yer yuzida nohaq tajovuzkorlik qiladiganlarni (ayblashga) yoʻl bordir. Ana oʻshalarga alamli azob bordir.

  43. 42:43Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَمَن صَبَرَ وَ غَفَرَ إِنَّ ذَٰلِكَ لَمِنۡ عَزۡمِ ٱلۡأُمُورِ﴿٤٣﴾

    Shubhasiz, kim sabr qilib, kechirsa, albatta, bu mardlik ishlaridandir.

  44. 42:44Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَن يُضۡلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن وَلِيࣲّ مِّنۢ بَعۡدِهِۦ ۗ وَ تَرَى ٱلظَّٰلِمِينَ لَمَّا رَأَوُاْ ٱلۡعَذَابَ يَقُولُونَ هَلۡ إِلَىٰ مَرَدࣲّ مِّن سَبِيلࣲ﴿٤٤﴾

    Alloh kimni zalolatga ketkazsa, bas, unga U zotdan oʻzga hech bir valiy boʻlmas. Zolimlarni koʻrursanki, azobni koʻrgan chogʻlarida: «(Ortga) qaytishga hech bir yoʻl bormikan?» – derlar.

  45. 42:45Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَرَىٰهُمۡ يُعۡرَضُونَ عَلَيۡهَا خَٰشِعِينَ مِنَ ٱلذُّلِّ يَنظُرُونَ مِن طَرۡفٍ خَفِيࣲّ ۗ وَ قَالَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّ ٱلۡخَٰسِرِينَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ وَ أَهۡلِيهِمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ ۗ أَلَآ إِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ فِي عَذَابࣲ مُّقِيمࣲ﴿٤٥﴾

    Sen ularni u(doʻzax)ga koʻndalang qilinayotganlarida xoru zor va qoʻrqqan hollarida koʻz qiri bilan nazar solayotganlarini koʻrursan. Iymon keltirganlar: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni oʻzlariga va ahli ayollariga ziyon qilganlardir», derlar. Ogoh boʻlingkim, albatta, zolimlar doimiy azobdadirlar.

  46. 42:46Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ لَهُم مِّنۡ أَوۡلِيَآءَ يَنصُرُونَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ ۗ وَ مَن يُضۡلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن سَبِيلٍ﴿٤٦﴾

    Va ularga Allohdan oʻzga yordam beradigan hech qanday valiylar boʻlmadi. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, bas, unga hech bir (toʻgʻri) yoʻl yoʻqdir.

  47. 42:47Mushafda oʻqish ↗

    ٱسۡتَجِيبُواْ لِرَبِّكُم مِّن قَبۡلِ أَن يَأۡتِيَ يَوۡمࣱ لَّا مَرَدَّ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ۚ مَا لَكُم مِّن مَّلۡجَإࣲ يَوۡمَئِذࣲ وَ مَا لَكُم مِّن نَّكِيرࣲ﴿٤٧﴾

    Qaytarib boʻlmaydigan kun Alloh tomonidan kelmay turib, Robbingizga ijobat qiling! Oʻsha kuni sizga panohgoh topilmas va sizga (tushgan azobni) inkor qilguvchi topilmas.

  48. 42:48Mushafda oʻqish ↗

    فَإِنۡ أَعۡرَضُواْ فَمَآ أَرۡسَلۡنَٰكَ عَلَيۡهِمۡ حَفِيظًا ۖ إِنۡ عَلَيۡكَ إِلَّا ٱلۡبَلَٰغُ ۗ وَ إِنَّآ إِذَآ أَذَقۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ مِنَّا رَحۡمَةࣰ فَرِحَ بِهَا ۖ وَ إِن تُصِبۡهُمۡ سَيِّئَةُۢ بِمَا قَدَّمَتۡ أَيۡدِيهِمۡ فَإِنَّ ٱلۡإِنسَٰنَ كَفُورࣱ﴿٤٨﴾

    Agar ular yuz oʻgirsalar, bas, biz seni ularga qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq. Sening zimmangda faqat (vahiyni) yetkazish bor, xolos. Albatta, biz insonga Oʻzimizdan rahmat tottirgan chogʻimizda u undan quvonur va agar ularga oʻz qoʻllari taqdim etgan narsa tufayli yomonlik yetsa, bas, albatta, inson kufroni neʼmat qilur.

  49. 42:49Mushafda oʻqish ↗

    لِّلَّهِ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ يَخۡلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ يَهَبُ لِمَن يَشَآءُ إِنَٰثࣰا وَ يَهَبُ لِمَن يَشَآءُ ٱلذُّكُورَ﴿٤٩﴾

    Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U zot xohlagan narsasini yaratur. U zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga oʻgʻillar hadya etur.

  50. 42:50Mushafda oʻqish ↗

    أَوۡ يُزَوِّجُهُمۡ ذُكۡرَانࣰا وَ إِنَٰثࣰا ۖ وَ يَجۡعَلُ مَن يَشَآءُ عَقِيمًا ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمࣱ قَدِيرࣱ﴿٥٠﴾

    Yoki ularni juftlab — oʻgʻil-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tugʻmas qilur. Albatta, U zot oʻta bilguvchi va oʻta qodirdir.

  51. 42:51Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُكَلِّمَهُ ٱللَّهُ إِلَّا وَحۡيًا أَوۡ مِن وَرَآيِٕ حِجَابٍ أَوۡ يُرۡسِلَ رَسُولࣰا فَيُوحِيَ بِإِذۡنِهِۦ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيٌّ حَكِيمࣱ﴿٥١﴾

    Allohning bashar bilan gaplashmogʻi boʻlmagan, magar vahiy orqali, yoki parda ortidan yoxud elchi yuboradi va ul U zotning izni ila xohlagan narsasini vahiy qilur. Albatta, U zot oʻta oliy va oʻta hikmatlidir.

  52. 42:52Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَذَٰلِكَ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡكَ رُوحࣰا مِّنۡ أَمۡرِنَا ۚ مَا كُنتَ تَدۡرِي مَا ٱلۡكِتَٰبُ وَ لَا ٱلۡإِيمَٰنُ وَ لَٰكِن جَعَلۡنَٰهُ نُورࣰا نَّهۡدِي بِهِۦ مَن نَّشَآءُ مِنۡ عِبَادِنَا ۚ وَ إِنَّكَ لَتَهۡدِيٓ إِلَىٰ صِرَٰطࣲ مُّسۡتَقِيمࣲ﴿٥٢﴾

    Ana shunga oʻxshash, Biz senga Oʻz amrimizdan bir ruhni vahiy qildik. Sen kitob nimaligini ham, iymon nimaligini ham idrok qilmas eding. Lekin, Biz uni bir nur qildikki, u bilan bandalarimizdan kimni xohlasak hidoyat qilurmiz. Albatta, sen toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilursan.

  53. 42:53Mushafda oʻqish ↗

    صِرَٰطِ ٱللَّهِ ٱلَّذِي لَهُۥ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۗ أَلَآ إِلَى ٱللَّهِ تَصِيرُ ٱلۡأُمُورُ﴿٥٣﴾

    Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki boʻlgan Allohning yoʻliga (hidoyat qilursan). Ogoh boʻlingkim, barcha ishlar Allohgagina qaytur.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Shuro. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — maslahat.

Mazmuni: Sura vahiy va payg‘ambarlikning davomiyligini ko‘rsatib, musulmonlarga maslahatlashish, namoz, rizqdan ehson va zulmga javob berishda me’yorni saqlashni o‘rgatadi. Ahli Kitob o‘rtasidagi nizolar ham eslatilib, birlik va adolatga da’vat qilinadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraFussilat surasiKeyingi sura →Zuxruf surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026