Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Hashr surasi

سورة الحشر

Hashr surasi

Surgun · Ҳашр сураси

59-sura24 oyatMadaniy28-pora

Hashr surasi — Qurʼoni Karimning 59-surasi. U 24 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Surgun» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 59:1Mushafda oʻqish ↗

    سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۖ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿١﴾

    Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohni poklab yod etdi. U zot aziyz va hikmatli Zotdir.

  2. 59:2Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱلَّذِيٓ أَخۡرَجَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ مِن دِيَٰرِهِمۡ لِأَوَّلِ ٱلۡحَشۡرِ ۚ مَا ظَنَنتُمۡ أَن يَخۡرُجُواْ ۖ وَ ظَنُّوٓاْ أَنَّهُم مَّانِعَتُهُمۡ حُصُونُهُم مِّنَ ٱللَّهِ فَأَتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِنۡ حَيۡثُ لَمۡ يَحۡتَسِبُواْ ۖ وَ قَذَفَ فِي قُلُوبِهِمُ ٱلرُّعۡبَ ۚ يُخۡرِبُونَ بُيُوتَهُم بِأَيۡدِيهِمۡ وَ أَيۡدِي ٱلۡمُؤۡمِنِينَ فَٱعۡتَبِرُواْ يَٰٓأُوْلِي ٱلۡأَبۡصَٰرِ﴿٢﴾

    U zot ahli kitobdan boʻlgan kofirlarni oʻz diyorlaridan birinchi hashr uchun chiqargan Zotdir. Ularni chiqar deb oʻylamagan edingiz. Oʻzlari ham, qoʻrgʻonimiz bizni Alloh(azobi)dan saqlab qolur, deb oʻylashardi. Alloh ular oʻylamagan tarafdan oldi va ularning qalbiga qoʻrqinch soldi. Uylarini oʻz qoʻllari bilan va moʻminlarning qoʻllari bilan buza boshladilar. Ibrat oling, ey, aql egalari!

  3. 59:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَوۡلَآ أَن كَتَبَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِمُ ٱلۡجَلَآءَ لَعَذَّبَهُمۡ فِي ٱلدُّنۡيَا ۖ وَ لَهُمۡ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ عَذَابُ ٱلنَّارِ﴿٣﴾

    Mabodo, Alloh ularga koʻchishni yozmaganda ham, bu dunyoda ularni azoblar edi. Va ularga oxiratda doʻzax azobi bordur.

  4. 59:4Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ شَآقُّواْ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ ۖ وَ مَن يُشَآقِّ ٱللَّهَ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴿٤﴾

    Unday boʻlishi ular Allohga va Uning Rasuliga xilof qilganlari uchundir. Kimki Allohga xilof qilsa (unutmasinki), bas, albatta, Alloh azobi shiddatli Zotdir.

  5. 59:5Mushafda oʻqish ↗

    مَا قَطَعۡتُم مِّن لِّينَةٍ أَوۡ تَرَكۡتُمُوهَا قَآئِمَةً عَلَىٰٓ أُصُولِهَا فَبِإِذۡنِ ٱللَّهِ وَ لِيُخۡزِيَ ٱلۡفَٰسِقِينَ﴿٥﴾

    Sizning xurmoni kesganingiz yoki aslida tik qoldirganingiz, faqat, Allohning izni bilan va buzgʻunchilarni xorlashi uchun boʻldi.

  6. 59:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ مِنۡهُمۡ فَمَآ أَوۡجَفۡتُمۡ عَلَيۡهِ مِنۡ خَيۡلࣲ وَ لَا رِكَابࣲ وَ لَٰكِنَّ ٱللَّهَ يُسَلِّطُ رُسُلَهُۥ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٦﴾

    Alloh Oʻz Rasuliga ulardan qaytarib bergan narsaga sizlar ot yoki tuya choptirib bormadingiz. Lekin Alloh Oʻz Paygʻambarini, kimning ustidan xohlasa, gʻolib qiladi. Alloh har bir narsaga qodirdir.

  7. 59:7Mushafda oʻqish ↗

    مَّآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ مِنۡ أَهۡلِ ٱلۡقُرَىٰ فَلِلَّهِ وَ لِلرَّسُولِ وَ لِذِي ٱلۡقُرۡبَىٰ وَ ٱلۡيَتَٰمَىٰ وَ ٱلۡمَسَٰكِينِ وَ ٱبۡنِ ٱلسَّبِيلِ كَيۡ لَا يَكُونَ دُولَةَۢ بَيۡنَ ٱلۡأَغۡنِيَآءِ مِنكُمۡ ۚ وَ مَآ ءَاتَىٰكُمُ ٱلرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَ مَا نَهَىٰكُمۡ عَنۡهُ فَٱنتَهُواْ ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴿٧﴾

    Alloh Oʻz Rasuliga shahar-qishloq ahlidan qaytarib bergan narsa... Allohgadir va Uning Rasuliga va yaqin qarindoshlariga, yetimlarga va miskinlarga va koʻcha oʻgʻillarigadir. Sizlardan boylaringiz orasida aylanadigan narsa boʻlib qolmasligi uchun. Paygʻambar sizga nimani bersa, oʻshani olinglar va nimadan qaytarsa, oʻshandan qaytinglar. Allohdan qoʻrqinglar. Albatta, Alloh azobi zoʻr Zotdir.

  8. 59:8Mushafda oʻqish ↗

    لِلۡفُقَرَآءِ ٱلۡمُهَٰجِرِينَ ٱلَّذِينَ أُخۡرِجُواْ مِن دِيَٰرِهِمۡ وَ أَمۡوَٰلِهِمۡ يَبۡتَغُونَ فَضۡلࣰا مِّنَ ٱللَّهِ وَ رِضۡوَٰنࣰا وَ يَنصُرُونَ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥٓ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلصَّٰدِقُونَ﴿٨﴾

    Oʻz diyorlaridan va mol-mulklaridan judo qilingan faqir muhojirlargadir. Ular Allohdan fazl va Uning roziligini umid qiladilar. Allohga va Uning Rasuliga yordam beradilar. Oʻshandoq kishilar sodiqdirlar.

  9. 59:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ تَبَوَّءُو ٱلدَّارَ وَ ٱلۡإِيمَٰنَ مِن قَبۡلِهِمۡ يُحِبُّونَ مَنۡ هَاجَرَ إِلَيۡهِمۡ وَ لَا يَجِدُونَ فِي صُدُورِهِمۡ حَاجَةࣰ مِّمَّآ أُوتُواْ وَ يُؤۡثِرُونَ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمۡ وَ لَوۡ كَانَ بِهِمۡ خَصَاصَةࣱ ۚ وَ مَن يُوقَ شُحَّ نَفۡسِهِۦ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴿٩﴾

    U(muhojir)lardan avval bu joy(Madina)da yashagan va iymonga (ixlos qilganlar). Ular yurtlariga hijrat qilib kelganlarni sevarlar va ularga berilgan narsalarga qalblarida hasad qilmaslar. Va gar oʻzlarining hojatlari boʻlsa ham, ularni oʻzlaridan ustun qoʻyarlar. Kim oʻz nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, oʻshalar yutuvchilardir.

  10. 59:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِينَ جَآءُو مِنۢ بَعۡدِهِمۡ يَقُولُونَ رَبَّنَا ٱغۡفِرۡ لَنَا وَ لِإِخۡوَٰنِنَا ٱلَّذِينَ سَبَقُونَا بِٱلۡإِيمَٰنِ وَ لَا تَجۡعَلۡ فِي قُلُوبِنَا غِلࣰّا لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ رَبَّنَآ إِنَّكَ رَءُوفࣱ رَّحِيمٌ﴿١٠﴾

    Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan oʻtgan birodarlarimizni magʻfirat qilgin, iymon keltirganlarga qalbimizda nafrat (paydo) qilmagin. Ey Robbimiz, albatta, Sen shafqatli va mehribonsan», derlar.

  11. 59:11Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ نَافَقُواْ يَقُولُونَ لِإِخۡوَٰنِهِمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ لَئِنۡ أُخۡرِجۡتُمۡ لَنَخۡرُجَنَّ مَعَكُمۡ وَ لَا نُطِيعُ فِيكُمۡ أَحَدًا أَبَدࣰا وَ إِن قُوتِلۡتُمۡ لَنَنصُرَنَّكُمۡ وَ ٱللَّهُ يَشۡهَدُ إِنَّهُمۡ لَكَٰذِبُونَ﴿١١﴾

    Nifoq qilganlarning ahli kitobdan boʻlgan oʻz birodarlariga: «Agar sizlar (diyorlaringizdan) quvilsangiz, biz ham sizlar bilan ketamiz, sizni qoʻyib hech qachon hech kimga itoat qilmasmiz va mabodo sizlarga urush qilinsa, albatta yordam berurmiz», deyishlarini koʻrmaysanmi?

  12. 59:12Mushafda oʻqish ↗

    لَئِنۡ أُخۡرِجُواْ لَا يَخۡرُجُونَ مَعَهُمۡ وَ لَئِن قُوتِلُواْ لَا يَنصُرُونَهُمۡ وَ لَئِن نَّصَرُوهُمۡ لَيُوَلُّنَّ ٱلۡأَدۡبَٰرَ ثُمَّ لَا يُنصَرُونَ﴿١٢﴾

    Albatta, agar u(yahudiy)lar chiqarilsalar, (munofiqlar) ular bilan birga chiqmaslar. Va, albatta, agar u(yahudiy)larga (qarshi) urush qilinsa, (munofiqlar) yordam bermaslar. Bordi-yu, yordam berganlarida ham, ortlariga qarab qocharlar va ular yordamsiz qolarlar.

  13. 59:13Mushafda oʻqish ↗

    لَأَنتُمۡ أَشَدُّ رَهۡبَةࣰ فِي صُدُورِهِم مِّنَ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ قَوۡمࣱ لَّا يَفۡقَهُونَ﴿١٣﴾

    Albatta, ularning qalblariga Allohdan koʻra sizlar koʻproq qoʻrqinchli tuyulasizlar. Chunki, ular yaxshi anglamaydigan qavmdir.

  14. 59:14Mushafda oʻqish ↗

    لَا يُقَٰتِلُونَكُمۡ جَمِيعًا إِلَّا فِي قُرࣰى مُّحَصَّنَةٍ أَوۡ مِن وَرَآءِ جُدُرِۭ ۚ بَأۡسُهُم بَيۡنَهُمۡ شَدِيدࣱ ۚ تَحۡسَبُهُمۡ جَمِيعࣰا وَ قُلُوبُهُمۡ شَتَّىٰ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ قَوۡمࣱ لَّا يَعۡقِلُونَ﴿١٤﴾

    Sizlarga qarshi uyushib, ochiq urush qila olmaslar, balki qoʻrgʻon bilan oʻralgan qishloqlarda yoki devorlar ortiga bekinib olib urush qilurlar. Oʻz oralarida adovatlari shiddatli. Ularni bir deb oʻylaysan. Holbuki, qalblari tarqoqdir. Bu hol ularning aql yuritmaydigan qavm ekanliklaridandir.

  15. 59:15Mushafda oʻqish ↗

    كَمَثَلِ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ قَرِيبࣰا ۖ ذَاقُواْ وَبَالَ أَمۡرِهِمۡ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿١٥﴾

    Bu, xuddi, yaqinda oʻz qilmishlarining oqibatini tatib koʻrganlarga oʻxshashdir. Va ularga (oxiratda) alamli azoblar bor.

  16. 59:16Mushafda oʻqish ↗

    كَمَثَلِ ٱلشَّيۡطَٰنِ إِذۡ قَالَ لِلۡإِنسَٰنِ ٱكۡفُرۡ فَلَمَّا كَفَرَ قَالَ إِنِّي بَرِيٓءࣱ مِّنكَ إِنِّيٓ أَخَافُ ٱللَّهَ رَبَّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿١٦﴾

    Bu, xuddi, shayton insonga, «kofir boʻl», degan paytga oʻxshaydir. U kufr keltirganda esa: «Sen bilan mening ishim yoʻq, men olamlar Robbi — Allohdan qoʻrqaman», dedi.

  17. 59:17Mushafda oʻqish ↗

    فَكَانَ عَٰقِبَتَهُمَآ أَنَّهُمَا فِي ٱلنَّارِ خَٰلِدَيۡنِ فِيهَا ۚ وَ ذَٰلِكَ جَزَٰٓؤُاْ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١٧﴾

    Bas, ularning oqibatlari bir — albatta, ikkovlari ham doʻzaxda boʻlurlar, u yerda abadiy qolurlar. Va bu zolimlarning jazosidir.

  18. 59:18Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَ لۡتَنظُرۡ نَفۡسࣱ مَّا قَدَّمَتۡ لِغَدࣲ ۖ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرُۢ بِمَا تَعۡمَلُونَ﴿١٨﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar! Har kim ertalik kun uchun nima qilganiga nazar solsin. Allohga taqvo qilinglar! Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.

  19. 59:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ نَسُواْ ٱللَّهَ فَأَنسَىٰهُمۡ أَنفُسَهُمۡ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡفَٰسِقُونَ﴿١٩﴾

    Allohni unutganlarga oʻxshagan boʻlmanglar. U zot ularga oʻz shaxslarini unuttirdi. Undoq kishilar fosiqdirlar.

  20. 59:20Mushafda oʻqish ↗

    لَا يَسۡتَوِيٓ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ وَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَنَّةِ ۚ أَصۡحَٰبُ ٱلۡجَنَّةِ هُمُ ٱلۡفَآئِزُونَ﴿٢٠﴾

    Olov egalari va jannat egalari teng emaslar. Jannat egalari yutuqqa erishganlardir.

  21. 59:21Mushafda oʻqish ↗

    لَوۡ أَنزَلۡنَا هَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانَ عَلَىٰ جَبَلࣲ لَّرَأَيۡتَهُۥ خَٰشِعࣰا مُّتَصَدِّعࣰا مِّنۡ خَشۡيَةِ ٱللَّهِ ۚ وَ تِلۡكَ ٱلۡأَمۡثَٰلُ نَضۡرِبُهَا لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمۡ يَتَفَكَّرُونَ﴿٢١﴾

    Agar ushbu Qurʼonni toqqa tushirganimizda edi, uning Allohdan qoʻrqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini koʻrar eding. Ushbu misollarni odamlarga keltirurmiz, shoyadki, ular fikr yuritsalar.

  22. 59:22Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِي لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ عَٰلِمُ ٱلۡغَيۡبِ وَ ٱلشَّهَٰدَةِ ۖ هُوَ ٱلرَّحۡمَٰنُ ٱلرَّحِيمُ﴿٢٢﴾

    U — Alloh Undan oʻzga iloh yoʻq Zotdir. U gʻoyibni ham, oshkorni ham biluvchidir. U mehribon va rahimlidir.

  23. 59:23Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِي لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلۡمَلِكُ ٱلۡقُدُّوسُ ٱلسَّلَٰمُ ٱلۡمُؤۡمِنُ ٱلۡمُهَيۡمِنُ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡجَبَّارُ ٱلۡمُتَكَبِّرُ ۚ سُبۡحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يُشۡرِكُونَ﴿٢٣﴾

    U — Alloh Undan oʻzga iloh yoʻq Zotdir. U — Malik, U — Quddus, U — Salom, U — Muʼmin, U — Muhaymin, U — Aziyz, U — Jabbor, U — Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir.

  24. 59:24Mushafda oʻqish ↗

    هُوَ ٱللَّهُ ٱلۡخَٰلِقُ ٱلۡبَارِئُ ٱلۡمُصَوِّرُ ۖ لَهُ ٱلۡأَسۡمَآءُ ٱلۡحُسۡنَىٰ ۚ يُسَبِّحُ لَهُۥ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۖ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٢٤﴾

    U — Alloh — Xoliq, Boriʼ, Musovvirdur. Barcha goʻzal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Yana U — Aziyz va Hakiymdir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Hashr. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — to‘plash.

Mazmuni: Sura Bani Nazir voqeasi orqali Allohning yordami va qo‘rquvning qalblarga ta’sirini ko‘rsatadi. Fay’, jamoaviy mas’uliyat, munofiqlarning yolg‘oni va Allohning go‘zal ismlari bilan yakunlanib, iymon va taqvoni mustahkamlaydi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraMujodala surasiKeyingi sura →Mumtahana surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026