سورة الممتحنة
Mumtahana surasi
Imtihon qilinuvchi ayol · Мумтаҳана сураси
Mumtahana surasi — Qurʼoni Karimning 60-surasi. U 13 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Imtihon qilinuvchi ayol» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ عَدُوِّي وَ عَدُوَّكُمۡ أَوۡلِيَآءَ تُلۡقُونَ إِلَيۡهِم بِٱلۡمَوَدَّةِ وَ قَدۡ كَفَرُواْ بِمَا جَآءَكُم مِّنَ ٱلۡحَقِّ يُخۡرِجُونَ ٱلرَّسُولَ وَ إِيَّاكُمۡ أَن تُؤۡمِنُواْ بِٱللَّهِ رَبِّكُمۡ إِن كُنتُمۡ خَرَجۡتُمۡ جِهَٰدࣰا فِي سَبِيلِي وَ ٱبۡتِغَآءَ مَرۡضَاتِي ۚ تُسِرُّونَ إِلَيۡهِم بِٱلۡمَوَدَّةِ وَ أَنَا۠ أَعۡلَمُ بِمَآ أَخۡفَيۡتُمۡ وَ مَآ أَعۡلَنتُمۡ ۚ وَ مَن يَفۡعَلۡهُ مِنكُمۡ فَقَدۡ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ﴿١﴾
Ey, iymon keltirganlar! Agar Mening yoʻlimda jihod qilib va roziligimni soʻrab chiqqan boʻlsangiz, Mening dushmanlarimni va oʻzingizning dushmanlaringizni doʻst tutmanglar. Sizlar ularga doʻstlik qilasizlar, ular boʻlsa, sizlarga kelgan haqqa kufr keltirurlar. Robbingiz boʻlmish Allohga iymon keltirganingiz uchun, Paygʻambarni va sizni haydab chiqarurlar. Siz ularga doʻstlik qilib sir aytursiz. Holbuki, Men nimani maxfiy tutganingizniyu nimani oshkor qilganingizni juda yaxshi bilurman. Oralaringizda kim oʻsha ishni qilsa, toʻgʻri yoʻldan adashgan boʻlur.
إِن يَثۡقَفُوكُمۡ يَكُونُواْ لَكُمۡ أَعۡدَآءࣰ وَ يَبۡسُطُوٓاْ إِلَيۡكُمۡ أَيۡدِيَهُمۡ وَ أَلۡسِنَتَهُم بِٱلسُّوٓءِ وَ وَدُّواْ لَوۡ تَكۡفُرُونَ﴿٢﴾
Agar ular sizdan ustun kelsalar, sizga dushman boʻlurlar va sizlarga qoʻllariyu tillari bilan yomonlik yetkazishga intilurlar. Va sizlarning kofir boʻlishlaringizni xohlarlar.
لَن تَنفَعَكُمۡ أَرۡحَامُكُمۡ وَ لَآ أَوۡلَٰدُكُمۡ ۚ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ يَفۡصِلُ بَيۡنَكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرࣱ﴿٣﴾
Qarindoshlaringiz va farzandlaringiz sizga hech manfaat bera olmaslar. Qiyomat kuni U zot oralaringizni boʻladir. Alloh nima qilayotganingizni koʻrib turguvchidir.
قَدۡ كَانَتۡ لَكُمۡ أُسۡوَةٌ حَسَنَةࣱ فِيٓ إِبۡرَٰهِيمَ وَ ٱلَّذِينَ مَعَهُۥٓ إِذۡ قَالُواْ لِقَوۡمِهِمۡ إِنَّا بُرَءَٰٓؤُاْ مِنكُمۡ وَ مِمَّا تَعۡبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ كَفَرۡنَا بِكُمۡ وَ بَدَا بَيۡنَنَا وَ بَيۡنَكُمُ ٱلۡعَدَٰوَةُ وَ ٱلۡبَغۡضَآءُ أَبَدًا حَتَّىٰ تُؤۡمِنُواْ بِٱللَّهِ وَحۡدَهُۥٓ إِلَّا قَوۡلَ إِبۡرَٰهِيمَ لِأَبِيهِ لَأَسۡتَغۡفِرَنَّ لَكَ وَ مَآ أَمۡلِكُ لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن شَيۡءࣲ ۖ رَّبَّنَا عَلَيۡكَ تَوَكَّلۡنَا وَ إِلَيۡكَ أَنَبۡنَا وَ إِلَيۡكَ ٱلۡمَصِيرُ﴿٤﴾
Haqiqatan, sizlarga Ibrohim va u bilan birga boʻlganlarda yaxshi oʻrnak bor. Ular: «Biz sizdan va siz ibodat qilayotgan narsadan bezormiz, sizga kufr keltirdik, endi, toki yagona Allohga iymon keltirmagunlaringizcha, oramizda doimiy adovat va kuchli nafrat paydo boʻldi», dedilar. Ammo, Ibrohimning otasiga qarata: «Albatta, sen uchun istigʻfor aytaman. Sendan Alloh(azobi)dan biror narsa qaytarishga molik emasman», degan soʻzida (oʻrnak yoʻq). «Ey Robbimiz, faqat Senga tavakkal qildik, faqat Sengagina qaytdik va qaytib boradigan joy ham faqat Sengaginadir».
رَبَّنَا لَا تَجۡعَلۡنَا فِتۡنَةࣰ لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ ٱغۡفِرۡ لَنَا رَبَّنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٥﴾
«Ey Robbimiz, bizni kofirlarga fitna qilib qoʻymagin va bizni kechirgin. Ey Robbimiz, albatta Sen, Oʻzing oʻolibsan va Hakiymsan».
لَقَدۡ كَانَ لَكُمۡ فِيهِمۡ أُسۡوَةٌ حَسَنَةࣱ لِّمَن كَانَ يَرۡجُواْ ٱللَّهَ وَ ٱلۡيَوۡمَ ٱلۡأٓخِرَ ۚ وَ مَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلۡغَنِيُّ ٱلۡحَمِيدُ﴿٦﴾
Albatta, kimning Allohdan va qiyomat kunidan umidi boʻlsa, shular uchun ularda yaxshi oʻrnak bor edi. Lekin kim yuz oʻgirsa (bilib qoʻysinki), Alloh behojat, maqtalgan Zotdir.
عَسَى ٱللَّهُ أَن يَجۡعَلَ بَيۡنَكُمۡ وَ بَيۡنَ ٱلَّذِينَ عَادَيۡتُم مِّنۡهُم مَّوَدَّةࣰ ۚ وَ ٱللَّهُ قَدِيرࣱ ۚ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿٧﴾
Shoyadki, Alloh sizlar bilan ular ichidagi dushmanlaringiz oʻrtasida doʻstlik paydo qilsa, Alloh bunga qodirdir. Alloh kechiruvchi va rahiymlidir.
لَّا يَنۡهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ لَمۡ يُقَٰتِلُوكُمۡ فِي ٱلدِّينِ وَ لَمۡ يُخۡرِجُوكُم مِّن دِيَٰرِكُمۡ أَن تَبَرُّوهُمۡ وَ تُقۡسِطُوٓاْ إِلَيۡهِمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُقۡسِطِينَ﴿٨﴾
Alloh sizlarni diniy urush qilmagan va diyorlaringizdan quvib chiqarmaganlarga yaxshilik va adolat qilishdan qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi koʻradir.
إِنَّمَا يَنۡهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ قَٰتَلُوكُمۡ فِي ٱلدِّينِ وَ أَخۡرَجُوكُم مِّن دِيَٰرِكُمۡ وَ ظَٰهَرُواْ عَلَىٰٓ إِخۡرَاجِكُمۡ أَن تَوَلَّوۡهُمۡ ۚ وَ مَن يَتَوَلَّهُمۡ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ﴿٩﴾
Albatta, Alloh sizlarni diniy urush qiluvchilar, diyoringizdan chiqaruvchilar va chiqarilishingizga yordam berganlarga doʻstlik qilishdan qaytaradir. Ularni doʻst tutganlar zolim kishilardir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا جَآءَكُمُ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتُ مُهَٰجِرَٰتࣲ فَٱمۡتَحِنُوهُنَّ ۖ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِإِيمَٰنِهِنَّ ۖ فَإِنۡ عَلِمۡتُمُوهُنَّ مُؤۡمِنَٰتࣲ فَلَا تَرۡجِعُوهُنَّ إِلَى ٱلۡكُفَّارِ ۖ لَا هُنَّ حِلࣱّ لَّهُمۡ وَ لَا هُمۡ يَحِلُّونَ لَهُنَّ ۖ وَ ءَاتُوهُم مَّآ أَنفَقُواْ ۚ وَ لَا جُنَاحَ عَلَيۡكُمۡ أَن تَنكِحُوهُنَّ إِذَآ ءَاتَيۡتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۚ وَ لَا تُمۡسِكُواْ بِعِصَمِ ٱلۡكَوَافِرِ وَ سۡـَٔلُواْ مَآ أَنفَقۡتُمۡ وَ لۡيَسۡـَٔلُواْ مَآ أَنفَقُواْ ۚ ذَٰلِكُمۡ حُكۡمُ ٱللَّهِ يَحۡكُمُ بَيۡنَكُمۡ ۖ وَ ٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمࣱ﴿١٠﴾
Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga moʻminalar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilib koʻringlar. Alloh ularning iymonini bilguvchidir. Bas, moʻminaliklarini bilsangiz, ularni kofirlarga qaytarib yubormang. Bu(ayol)lar ularga halol emas va ular ham bularga halol boʻlmaslar. Va u(kofir)larga nafaqa qilgan narsalarini beringlar. Va agar u(ayol)larni mahrlarini berib, nikohlab olsangizlar, sizlarga gunoh boʻlmas. Kofir xotinlaringizni nikohlaringizda ushlab turmanglar. Nafaqa qilgan narsalaringizni soʻranglar, ular ham nafaqa qilgan narsalarini soʻrasinlar. Bu, sizlarga Allohning hukmidir. U, orangizda hukm qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatlidir.
وَ إِن فَاتَكُمۡ شَيۡءࣱ مِّنۡ أَزۡوَٰجِكُمۡ إِلَى ٱلۡكُفَّارِ فَعَاقَبۡتُمۡ فَـَٔاتُواْ ٱلَّذِينَ ذَهَبَتۡ أَزۡوَٰجُهُم مِّثۡلَ مَآ أَنفَقُواْ ۚ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ٱلَّذِيٓ أَنتُم بِهِۦ مُؤۡمِنُونَ﴿١١﴾
Agar ayollaringizdan birortasi kofirlarga oʻtib ketsa, urushda tushirilgan oʻljadan xotini ketib qolganga u nafaqa qilgan miqdorni beringiz. Oʻzingiz iymon keltirgan Allohdan qoʻrqing.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ إِذَا جَآءَكَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتُ يُبَايِعۡنَكَ عَلَىٰٓ أَن لَّا يُشۡرِكۡنَ بِٱللَّهِ شَيۡـࣰٔا وَ لَا يَسۡرِقۡنَ وَ لَا يَزۡنِينَ وَ لَا يَقۡتُلۡنَ أَوۡلَٰدَهُنَّ وَ لَا يَأۡتِينَ بِبُهۡتَٰنࣲ يَفۡتَرِينَهُۥ بَيۡنَ أَيۡدِيهِنَّ وَ أَرۡجُلِهِنَّ وَ لَا يَعۡصِينَكَ فِي مَعۡرُوفࣲ فَبَايِعۡهُنَّ وَ ٱسۡتَغۡفِرۡ لَهُنَّ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١٢﴾
Ey Nabiy! Agar moʻminalar senga Allohga hech narsani shirk keltirmaslik, oʻgʻrilik qilmaslik, zino qilmaslik, bolalarini oʻldirmaslik, qoʻllari va oyoqlari orasidan boʻhton toʻqib keltirmaslik va senga yaxshilik ishda isyon qilmaslikka bayʼat qilib kelsalar, ularning bayʼatini qabul qil. Va Allohdan ularning gunohini kechishni soʻra. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi va mehribondir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَوَلَّوۡاْ قَوۡمًا غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِمۡ قَدۡ يَئِسُواْ مِنَ ٱلۡأٓخِرَةِ كَمَا يَئِسَ ٱلۡكُفَّارُ مِنۡ أَصۡحَٰبِ ٱلۡقُبُورِ﴿١٣﴾
Ey, iymon keltirganlar! Allohning gʻazabiga uchragan qavmni doʻst tutmanglar. Kofirlar qabr egalaridan umid uzganlaridek, ular ham oxiratdan umid uzganlar.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Mumtahana. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — imtihon qilinuvchi ayol.
Mazmuni: Sura Islom e’tiqodini dushmanlik qilayotganlar bilan munosabatda muvozanatni o‘rgatadi. Ibrohim alayhissalomning qavmi bilan aloqasi, hijrat qilgan mo‘mina ayollarning holati va musulmonlarning bay’ati orqali e’tiqodiy sadoqat va adolat birga saqlanishi ko‘rsatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.