سورة الجن
Jin surasi
Jinlar · Жин сураси
Jin surasi — Qurʼoni Karimning 72-surasi. U 28 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Jinlar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
قُلۡ أُوحِيَ إِلَيَّ أَنَّهُ ٱسۡتَمَعَ نَفَرࣱ مِّنَ ٱلۡجِنِّ فَقَالُوٓاْ إِنَّا سَمِعۡنَا قُرۡءَانًا عَجَبࣰا﴿١﴾
Sen ayt: «Menga vahiy qilindiki, albatta jinlardan (bir necha) nafari quloq osdilar va dedilar: «Biz ajoyib Qurʼonni eshitdik.
يَهۡدِيٓ إِلَى ٱلرُّشۡدِ فَـَٔامَنَّا بِهِۦ ۖ وَ لَن نُّشۡرِكَ بِرَبِّنَآ أَحَدࣰا﴿٢﴾
U toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladir. Bas, biz unga iymon keltirdik va oʻz Robbimizga birovni shirk keltirmasmiz,
وَ أَنَّهُۥ تَعَٰلَىٰ جَدُّ رَبِّنَا مَا ٱتَّخَذَ صَٰحِبَةࣰ وَ لَا وَلَدࣰا﴿٣﴾
Va albatta, Robbimizning azamati yuksak boʻldi. U oʻziga xotin va farzand tutgani yoʻq.
وَ أَنَّهُۥ كَانَ يَقُولُ سَفِيهُنَا عَلَى ٱللَّهِ شَطَطࣰا﴿٤﴾
Va albatta, esi pastimiz Allohga nohaq gaplarni aytardi.
وَ أَنَّا ظَنَنَّآ أَن لَّن تَقُولَ ٱلۡإِنسُ وَ ٱلۡجِنُّ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبࣰا﴿٥﴾
Va albatta, biz ins ham, jin ham Allohga (nisbatan) yolgʻon gapirmas, deb oʻylardik.
وَ أَنَّهُۥ كَانَ رِجَالࣱ مِّنَ ٱلۡإِنسِ يَعُوذُونَ بِرِجَالࣲ مِّنَ ٱلۡجِنِّ فَزَادُوهُمۡ رَهَقࣰا﴿٦﴾
Va albatta, insdan baʼzi kishilar jinlarning baʼzi kishilaridan panoh soʻrardilar. Bas, bu(jin)lar u(inson)larning gunoh va xorligini ziyoda qildilar.
وَ أَنَّهُمۡ ظَنُّواْ كَمَا ظَنَنتُمۡ أَن لَّن يَبۡعَثَ ٱللَّهُ أَحَدࣰا﴿٧﴾
Va albatta, u(inson)lar xuddi sizlar gumon qilganingizdek, Alloh biror kishini oʻlgandan soʻng tiriltirmas, deb gumon qilardilar.
وَ أَنَّا لَمَسۡنَا ٱلسَّمَآءَ فَوَجَدۡنَٰهَا مُلِئَتۡ حَرَسࣰا شَدِيدࣰا وَ شُهُبࣰا﴿٨﴾
Va albatta, biz osmon(ga yetish)ni talab qildik. Bas, uni kuchli qoʻriqchilarga va uchqunlarga toʻlgan holda koʻrdik.
وَ أَنَّا كُنَّا نَقۡعُدُ مِنۡهَا مَقَٰعِدَ لِلسَّمۡعِ ۖ فَمَن يَسۡتَمِعِ ٱلۡأٓنَ يَجِدۡ لَهُۥ شِهَابࣰا رَّصَدࣰا﴿٩﴾
Va albatta, biz u(osmon)da tinglashga qulay joylarga joylashib olar edik. Endi esa, kim quloq solsa, oʻzini poylab turgan uchqunga duchor boʻladir.
وَ أَنَّا لَا نَدۡرِيٓ أَشَرٌّ أُرِيدَ بِمَن فِي ٱلۡأَرۡضِ أَمۡ أَرَادَ بِهِمۡ رَبُّهُمۡ رَشَدࣰا﴿١٠﴾
Va albatta, biz, yer yuzidagilarga yomonlik iroda qilindimi yoki Robbilari ularga rushdni iroda qildimi, bilmasmiz.
وَ أَنَّا مِنَّا ٱلصَّٰلِحُونَ وَ مِنَّا دُونَ ذَٰلِكَ ۖ كُنَّا طَرَآئِقَ قِدَدࣰا﴿١١﴾
Va albatta, bizdan solihlar ham va boshqalar ham bor. Turli guruhlar boʻlgan edik.
وَ أَنَّا ظَنَنَّآ أَن لَّن نُّعۡجِزَ ٱللَّهَ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ لَن نُّعۡجِزَهُۥ هَرَبࣰا﴿١٢﴾
Va albatta, biz Allohni yer yuzida ojiz qoldira olmasligimizga va Undan qochib qutula olmasligimizga ishondik.
وَ أَنَّا لَمَّا سَمِعۡنَا ٱلۡهُدَىٰٓ ءَامَنَّا بِهِۦ ۖ فَمَن يُؤۡمِنۢ بِرَبِّهِۦ فَلَا يَخَافُ بَخۡسࣰا وَ لَا رَهَقࣰا﴿١٣﴾
Va albatta, biz hidoyatni eshitgan paytimizda unga iymon keltirdik. Kimki oʻz Robbisiga iymon keltirsa, savobi ozayib qolishdan ham, unga ogʻir yuk yuklanishidan ham qoʻrqmaydi.
وَ أَنَّا مِنَّا ٱلۡمُسۡلِمُونَ وَ مِنَّا ٱلۡقَٰسِطُونَ ۖ فَمَنۡ أَسۡلَمَ فَأُوْلَٰٓئِكَ تَحَرَّوۡاْ رَشَدࣰا﴿١٤﴾
Va albatta, bizdan musulmonlar (bor) va bizdan adashganlar (bor). Kimlar Islomga kirsa, bas, ular haq yoʻlni tanlabdilar.
وَ أَمَّا ٱلۡقَٰسِطُونَ فَكَانُواْ لِجَهَنَّمَ حَطَبࣰا﴿١٥﴾
Va ammo, adashganlar, bas, jahannamga oʻtin boʻlibdilar.
وَ أَلَّوِ ٱسۡتَقَٰمُواْ عَلَى ٱلطَّرِيقَةِ لَأَسۡقَيۡنَٰهُم مَّآءً غَدَقࣰا﴿١٦﴾
Va agar ular toʻgʻri yoʻldan yursalar, albatta Biz ularni koʻp suv ila sugʻoramiz.
لِّنَفۡتِنَهُمۡ فِيهِ ۚ وَ مَن يُعۡرِضۡ عَن ذِكۡرِ رَبِّهِۦ يَسۡلُكۡهُ عَذَابࣰا صَعَدࣰا﴿١٧﴾
U ila ularni sinash uchun. Va kimki oʻz Robbisi zikridan yuz oʻgirsa, uni U zot qiyin azobga soladir.
وَ أَنَّ ٱلۡمَسَٰجِدَ لِلَّهِ فَلَا تَدۡعُواْ مَعَ ٱللَّهِ أَحَدࣰا﴿١٨﴾
Va albatta, masjidlar Allohnikidir. Bas, Allohdan boshqaga duo qilmang.
وَ أَنَّهُۥ لَمَّا قَامَ عَبۡدُ ٱللَّهِ يَدۡعُوهُ كَادُواْ يَكُونُونَ عَلَيۡهِ لِبَدࣰا﴿١٩﴾
Va albatta, Allohning bandasi Unga ibodat qilib turganda ular uning atrofida ot yolidek toʻplanib, bosib yuboray deyishdi.
قُلۡ إِنَّمَآ أَدۡعُواْ رَبِّي وَ لَآ أُشۡرِكُ بِهِۦٓ أَحَدࣰا﴿٢٠﴾
Sen: «Albatta, men faqat oʻz Robbimga ibodat qilurman va Unga hech kimni shirk keltirmasman», deb ayt.
قُلۡ إِنِّي لَآ أَمۡلِكُ لَكُمۡ ضَرࣰّا وَ لَا رَشَدࣰا﴿٢١﴾
Sen: «Albatta, men sizlar uchun zararga ham, manfaatga ham molik emasman», deb ayt.
قُلۡ إِنِّي لَن يُجِيرَنِي مِنَ ٱللَّهِ أَحَدࣱ وَ لَنۡ أَجِدَ مِن دُونِهِۦ مُلۡتَحَدًا﴿٢٢﴾
Sen: «Albatta, meni hech kim Alloh(azobi)dan saqlab qola olmas va hargiz Allohdan oʻzga pushti panoh topa olmasman.
إِلَّا بَلَٰغࣰا مِّنَ ٱللَّهِ وَ رِسَٰلَٰتِهِۦ ۚ وَ مَن يَعۡصِ ٱللَّهَ وَ رَسُولَهُۥ فَإِنَّ لَهُۥ نَارَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا﴿٢٣﴾
Faqat, Allohdan U zotning topshiriqlarini yetkazishdir. Kimki Allohga va Uning Paygʻambariga boʻysunmasa, unga jahannam otashi bor, unda abadiy qolajaklar», deb ayt.
حَتَّىٰٓ إِذَا رَأَوۡاْ مَا يُوعَدُونَ فَسَيَعۡلَمُونَ مَنۡ أَضۡعَفُ نَاصِرࣰا وَ أَقَلُّ عَدَدࣰا﴿٢٤﴾
Toki ularga vaʼda qilingan narsani koʻrganlarida, kimning yordamchisi zaif-u, kimning soni ozligini ham bilurlar.
قُلۡ إِنۡ أَدۡرِيٓ أَقَرِيبࣱ مَّا تُوعَدُونَ أَمۡ يَجۡعَلُ لَهُۥ رَبِّيٓ أَمَدًا﴿٢٥﴾
Sen: «Sizlarga vaʼda qilingan narsa yaqinmi yoki Robbim unga uzoq muddat qilganmi, bilmasman», deb ayt.
عَٰلِمُ ٱلۡغَيۡبِ فَلَا يُظۡهِرُ عَلَىٰ غَيۡبِهِۦٓ أَحَدًا﴿٢٦﴾
U gʻaybni biluvchidir va hech kimni oʻz gʻaybidan xabardor qilmas.
إِلَّا مَنِ ٱرۡتَضَىٰ مِن رَّسُولࣲ فَإِنَّهُۥ يَسۡلُكُ مِنۢ بَيۡنِ يَدَيۡهِ وَ مِنۡ خَلۡفِهِۦ رَصَدࣰا﴿٢٧﴾
Illo, Oʻzi rozi boʻlgan Paygʻambarlar. Albatta, Alloh uning oldidan ham, ortidan ham kuzatib yuruvchi qoʻyib qoʻyadir.
لِّيَعۡلَمَ أَن قَدۡ أَبۡلَغُواْ رِسَٰلَٰتِ رَبِّهِمۡ وَ أَحَاطَ بِمَا لَدَيۡهِمۡ وَ أَحۡصَىٰ كُلَّ شَيۡءٍ عَدَدَۢا﴿٢٨﴾
(Paygʻambarlar) oʻz Robbilari risolatlarini haqiqatan yetkazganliklarini va Alloh u(banda)lar huzuridagi barcha narsani ihota qilib olganligini va hamma narsaning adadini hisob qilganligini bilish uchun.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Jin. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — jinlar.
Mazmuni: Sura bir guruh jinlarning Qur’onni eshitib, uning haq ekanini tan olganini bayon qiladi. Jinlarning shirk haqidagi fikri, Allohning g‘ayb ilmi va Rasulning vazifasi haqida so‘z yuritilib, ko‘rinmas olamga oid masalalarda vahiydan tashqari taxminlardan saqlanish o‘rgatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.