سورة المزمل
Muzzammil surasi
Burkangan · Муззаммил сураси
Muzzammil surasi — Qurʼoni Karimning 73-surasi. U 20 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Burkangan» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡمُزَّمِّلُ﴿١﴾
Ey, oʻranib yotuvchi.
قُمِ ٱلَّيۡلَ إِلَّا قَلِيلࣰا﴿٢﴾
Kechaning ozginasidan boshqasini (ibodatda) tik turib oʻtkaz.
نِّصۡفَهُۥٓ أَوِ ٱنقُصۡ مِنۡهُ قَلِيلًا﴿٣﴾
Yarmida yoki undan bir oz qisqarogʻida (bedor boʻl).
أَوۡ زِدۡ عَلَيۡهِ وَ رَتِّلِ ٱلۡقُرۡءَانَ تَرۡتِيلًا﴿٤﴾
Yoki u(yarim)ga yana qoʻsh va Qurʼonni tartil bilan tilovat qil.
إِنَّا سَنُلۡقِي عَلَيۡكَ قَوۡلࣰا ثَقِيلًا﴿٥﴾
Albatta, Biz ustingga ogʻir soʻzni tashlarmiz.
إِنَّ نَاشِئَةَ ٱلَّيۡلِ هِيَ أَشَدُّ وَطۡـࣰٔا وَ أَقۡوَمُ قِيلًا﴿٦﴾
Albatta, kechki ibodat koʻproq muvofiq kelur va qiroati toʻgʻriroq boʻlur.
إِنَّ لَكَ فِي ٱلنَّهَارِ سَبۡحࣰا طَوِيلࣰا﴿٧﴾
Albatta, kunduzi sening uzoq ishlashing bor.
وَ ٱذۡكُرِ ٱسۡمَ رَبِّكَ وَ تَبَتَّلۡ إِلَيۡهِ تَبۡتِيلࣰا﴿٨﴾
Va Robbingning ismini zikr et va Uning ibodatiga butunlay ajralib chiq.
رَّبُّ ٱلۡمَشۡرِقِ وَ ٱلۡمَغۡرِبِ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ فَٱتَّخِذۡهُ وَكِيلࣰا﴿٩﴾
U mashriqu magʻribning Robbidir. Undan oʻzga ibodatga sazovor iloh yoʻq. Bas, Uni oʻzingga vakil qil.
وَ ٱصۡبِرۡ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَ ٱهۡجُرۡهُمۡ هَجۡرࣰا جَمِيلࣰا﴿١٠﴾
Va ularning gaplariga sabr qil va ulardan chiroyli chetlash-la chetlab tur.
وَ ذَرۡنِي وَ ٱلۡمُكَذِّبِينَ أُوْلِي ٱلنَّعۡمَةِ وَ مَهِّلۡهُمۡ قَلِيلًا﴿١١﴾
Ahli neʼmat boʻlgan yolgʻonga chiqaruvchilarni Oʻzimga qoʻyib qoʻy va ularga ozgina muhlat ber.
إِنَّ لَدَيۡنَآ أَنكَالࣰا وَ جَحِيمࣰا﴿١٢﴾
Albatta, Bizda ogʻir kishanlar va jahannam bor.
وَ طَعَامࣰا ذَا غُصَّةࣲ وَ عَذَابًا أَلِيمࣰا﴿١٣﴾
Va (tomoqqa) tiqiladigan taom va alamli azob bor.
يَوۡمَ تَرۡجُفُ ٱلۡأَرۡضُ وَ ٱلۡجِبَالُ وَ كَانَتِ ٱلۡجِبَالُ كَثِيبࣰا مَّهِيلًا﴿١٤﴾
Bir kundaki, unda yeru togʻlar larzaga keladi va togʻlar oquvchi qumtepalarga aylanadi.
إِنَّآ أَرۡسَلۡنَآ إِلَيۡكُمۡ رَسُولࣰا شَٰهِدًا عَلَيۡكُمۡ كَمَآ أَرۡسَلۡنَآ إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ رَسُولࣰا﴿١٥﴾
Albatta, Biz sizlarga, xuddi Firʼavnga Rasul yuborganimizdek, siz haqingizda guvohlik beruvchi Rasulni yubordik.
فَعَصَىٰ فِرۡعَوۡنُ ٱلرَّسُولَ فَأَخَذۡنَٰهُ أَخۡذࣰا وَبِيلࣰا﴿١٦﴾
Bas, Firʼavn Rasulga osiy boʻldi va Biz uni shiddatli azob bilan tutdik.
فَكَيۡفَ تَتَّقُونَ إِن كَفَرۡتُمۡ يَوۡمࣰا يَجۡعَلُ ٱلۡوِلۡدَٰنَ شِيبًا﴿١٧﴾
Agar kofir boʻlsalaringiz, bolalarning sochini oqartirib yuboradigan kundan qanday saqlanursiz?!
ٱلسَّمَآءُ مُنفَطِرُۢ بِهِۦ ۚ كَانَ وَعۡدُهُۥ مَفۡعُولًا﴿١٨﴾
Unda osmon parchalanuvchidir, U zotning vaʼdasi amalga oshadir.
إِنَّ هَٰذِهِۦ تَذۡكِرَةࣱ ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًا﴿١٩﴾
Albatta, bular eslatmadir, Kim xohlasa, oʻz Robbi tomon yoʻl oladir.
إِنَّ رَبَّكَ يَعۡلَمُ أَنَّكَ تَقُومُ أَدۡنَىٰ مِن ثُلُثَيِ ٱلَّيۡلِ وَ نِصۡفَهُۥ وَ ثُلُثَهُۥ وَ طَآئِفَةࣱ مِّنَ ٱلَّذِينَ مَعَكَ ۚ وَ ٱللَّهُ يُقَدِّرُ ٱلَّيۡلَ وَ ٱلنَّهَارَ ۚ عَلِمَ أَن لَّن تُحۡصُوهُ فَتَابَ عَلَيۡكُمۡ ۖ فَٱقۡرَءُواْ مَا تَيَسَّرَ مِنَ ٱلۡقُرۡءَانِ ۚ عَلِمَ أَن سَيَكُونُ مِنكُم مَّرۡضَىٰ وَ ءَاخَرُونَ يَضۡرِبُونَ فِي ٱلۡأَرۡضِ يَبۡتَغُونَ مِن فَضۡلِ ٱللَّهِ وَ ءَاخَرُونَ يُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ فَٱقۡرَءُواْ مَا تَيَسَّرَ مِنۡهُ ۚ وَ أَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ ءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ وَ أَقۡرِضُواْ ٱللَّهَ قَرۡضًا حَسَنࣰا ۚ وَ مَا تُقَدِّمُواْ لِأَنفُسِكُم مِّنۡ خَيۡرࣲ تَجِدُوهُ عِندَ ٱللَّهِ هُوَ خَيۡرࣰا وَ أَعۡظَمَ أَجۡرࣰا ۚ وَ ٱسۡتَغۡفِرُواْ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمُۢ﴿٢٠﴾
Albatta, Robbing seni kechaning uchdan ikkisidan ozrogʻini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim boʻlib oʻtkazayotganingni va sen bilan birga boʻlganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladir. Va Alloh kechayu kunduzni Oʻzi oʻlchaydir. U sizlar hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga (engillikni) qaytardi. Bas (endi), Qurʼondan muyassar boʻlganicha oʻqinglar. Sizlardan kelajakda kasallar boʻlishini ham bildi. Boshqalar Yer yuzida yurib, Allohning fazlini axtarishini, yana boshqalar esa, Allohning yoʻlida jihod qilishlarini (ham bildi). Bas, undan muyassar boʻlganicha qiroat qilinglar. Va namozni qoim qilinglar, zakot beringlar va Allohga yaxshi qarz beringlar. Oʻzingiz uchun nima yaxshilik qilgan boʻlsangiz, Allohning huzurida undan yaxshirogʻini va ulkanroq ajrni toparsizlar. Allohga istigʻfor aytinglar. Albatta, Alloh magʻfirat qiluvchi va rahmdildir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Muzzammil. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — o‘ranib olgan.
Mazmuni: Sura tungi ibodat, Qur’onni tartib bilan o‘qish va sabr bilan da’vat qilishga chaqiradi. Makkadagi og‘ir sharoitda Rasulullohga ruhiy tayyorgarlik berilib, Fir’avnning oqibati va Alloh yo‘lida sarflangan amalning qiymati eslatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.