سورة المدثر
Muddassir surasi
O‘ranib olgan · Муддассир сураси
Muddassir surasi — Qurʼoni Karimning 74-surasi. U 56 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «O‘ranib olgan» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡمُدَّثِّرُ﴿١﴾
Ey, burkanib yotgan!
قُمۡ فَأَنذِرۡ﴿٢﴾
Tur va ogohlantir!
وَ رَبَّكَ فَكَبِّرۡ﴿٣﴾
Va Robbingni ulugʻla!
وَ ثِيَابَكَ فَطَهِّرۡ﴿٤﴾
Va kiyimingni pokla!
وَ ٱلرُّجۡزَ فَٱهۡجُرۡ﴿٥﴾
Va azob(sababchisi)dan chetlan!
وَ لَا تَمۡنُن تَسۡتَكۡثِرُ﴿٦﴾
Va koʻp (ish) qilgan boʻlsang ham, minnat qilma.
وَ لِرَبِّكَ فَٱصۡبِرۡ﴿٧﴾
Va Robbing uchun sabr qil.
فَإِذَا نُقِرَ فِي ٱلنَّاقُورِ﴿٨﴾
Bas, vaqti kelib, dudga puflansa...
فَذَٰلِكَ يَوۡمَئِذࣲ يَوۡمٌ عَسِيرٌ﴿٩﴾
Bas, oʻsha, oʻshal kun qiyin kundir.
عَلَى ٱلۡكَٰفِرِينَ غَيۡرُ يَسِيرࣲ﴿١٠﴾
U kofirlarga oson emasdir.
ذَرۡنِي وَ مَنۡ خَلَقۡتُ وَحِيدࣰا﴿١١﴾
Meni Oʻzim yakka yaratgan kishi bilan qoʻyib qoʻy.
وَ جَعَلۡتُ لَهُۥ مَالࣰا مَّمۡدُودࣰا﴿١٢﴾
Va unga koʻplab molu dunyo berib qoʻydim.
وَ بَنِينَ شُهُودࣰا﴿١٣﴾
Va hoziru nozir farzandlar ham.
وَ مَهَّدتُّ لَهُۥ تَمۡهِيدࣰا﴿١٤﴾
Va unga (hamma narsani) osonlashtirib qoʻydim.
ثُمَّ يَطۡمَعُ أَنۡ أَزِيدَ﴿١٥﴾
Soʻngra, yana ziyoda qilishimni tamaʼ qilur.
كَلَّآ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ لِأٓيَٰتِنَا عَنِيدࣰا﴿١٦﴾
Yoʻq! Chunki, u Bizning oyatlarimizga sarkash edi.
سَأُرۡهِقُهُۥ صَعُودًا﴿١٧﴾
Tezda uni mashaqqatli chiqish-la horitaman.
إِنَّهُۥ فَكَّرَ وَ قَدَّرَ﴿١٨﴾
Albatta, u tafakkur qildi va chamalab koʻrdi.
فَقُتِلَ كَيۡفَ قَدَّرَ﴿١٩﴾
Laʼnat boʻlsin unga, qandoq ham chamaladi!
ثُمَّ قُتِلَ كَيۡفَ قَدَّرَ﴿٢٠﴾
Soʻngra yana laʼnat boʻlsin unga, qandoq ham chamaladi.
ثُمَّ نَظَرَ﴿٢١﴾
Soʻngra nazar soldi.
ثُمَّ عَبَسَ وَ بَسَرَ﴿٢٢﴾
Soʻngra yuzini burishtirdi va qavogʻini soldi.
ثُمَّ أَدۡبَرَ وَ ٱسۡتَكۡبَرَ﴿٢٣﴾
Soʻngra yuz oʻgirdi va takabburlik qildi.
فَقَالَ إِنۡ هَٰذَآ إِلَّا سِحۡرࣱ يُؤۡثَرُ﴿٢٤﴾
Bas, «Bu asar qolgan sehrdan oʻzga hech narsa emas.
إِنۡ هَٰذَآ إِلَّا قَوۡلُ ٱلۡبَشَرِ﴿٢٥﴾
Bu bashar soʻzidan oʻzga hech narsa emas», dedi.
سَأُصۡلِيهِ سَقَرَ﴿٢٦﴾
Tezda uni saqar(doʻzaxi)ga kiriturman.
وَ مَآ أَدۡرَىٰكَ مَا سَقَرُ﴿٢٧﴾
Va saqar nimaligini senga nima bildirdi?
لَا تُبۡقِي وَ لَا تَذَرُ﴿٢٨﴾
U boqiy qoldirmas va tark ham qilmas.
لَوَّاحَةࣱ لِّلۡبَشَرِ﴿٢٩﴾
U terini koʻp kuydiruvchidir.
عَلَيۡهَا تِسۡعَةَ عَشَرَ﴿٣٠﴾
U(saqar)ning ustida oʻn toʻqqizta (farishta) bor.
وَ مَا جَعَلۡنَآ أَصۡحَٰبَ ٱلنَّارِ إِلَّا مَلَٰٓئِكَةࣰ ۖ وَ مَا جَعَلۡنَا عِدَّتَهُمۡ إِلَّا فِتۡنَةࣰ لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ لِيَسۡتَيۡقِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ وَ يَزۡدَادَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِيمَٰنࣰا وَ لَا يَرۡتَابَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ وَ لِيَقُولَ ٱلَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضࣱ وَ ٱلۡكَٰفِرُونَ مَاذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِهَٰذَا مَثَلࣰا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ مَن يَشَآءُ وَ يَهۡدِي مَن يَشَآءُ ۚ وَ مَا يَعۡلَمُ جُنُودَ رَبِّكَ إِلَّا هُوَ ۚ وَ مَا هِيَ إِلَّا ذِكۡرَىٰ لِلۡبَشَرِ﴿٣١﴾
Doʻzax sohiblarini farishtalardan qilganimiz va ularning adadi ham faqat kofirlarni sinash uchun. Kitob berilganlar ishonch hosil qilishlari uchun. Va iymonlilarning iymoni ziyoda boʻlishi uchun. Kitob berilganlar va moʻminlar shak-shubha qilmasliklari uchun va qalblarida kasali borlar (munofiqlar) va kofirlar, Alloh bu bilan nima misolni iroda qilmoqchi, deyishlari uchun. Shundoq qilib, Alloh xohlagan kimsani adashtirur va xohlagan kimsani hidoyatga solur. Robbingning askarlarini Oʻzidan boshqa hech kim bilmas. Va u (doʻzax) bashar uchun eslatmadan oʻzga hech narsa emas.
كَلَّا وَ ٱلۡقَمَرِ﴿٣٢﴾
Yoʻq! Oy bilan qasam.
وَ ٱلَّيۡلِ إِذۡ أَدۡبَرَ﴿٣٣﴾
Va chekinayotgan tun bilan qasam.
وَ ٱلصُّبۡحِ إِذَآ أَسۡفَرَ﴿٣٤﴾
Va yorishayotgan tong bilan qasam.
إِنَّهَا لَإِحۡدَى ٱلۡكُبَرِ﴿٣٥﴾
Albatta, u(doʻzax) ulkan(azob)larning biridir.
نَذِيرࣰا لِّلۡبَشَرِ﴿٣٦﴾
U bashariyat uchun ogohlantiruvchidir.
لِمَن شَآءَ مِنكُمۡ أَن يَتَقَدَّمَ أَوۡ يَتَأَخَّرَ﴿٣٧﴾
Sizlardan peshqadam boʻlishni yoki ortda qolishni xohlayotgan kimsalar uchundir.
كُلُّ نَفۡسِۭ بِمَا كَسَبَتۡ رَهِينَةٌ﴿٣٨﴾
Har bir shaxs oʻz kasbining garovidir.
إِلَّآ أَصۡحَٰبَ ٱلۡيَمِينِ﴿٣٩﴾
(Bundan) oʻng taraf sohiblari mustasnodir.
فِي جَنَّٰتࣲ يَتَسَآءَلُونَ﴿٤٠﴾
Ular jannatlarda, soʻraydirlar.
عَنِ ٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿٤١﴾
Gunohkorlardan.
مَا سَلَكَكُمۡ فِي سَقَرَ﴿٤٢﴾
«Sizlarni doʻzaxga nima kiritdi?» (deb)
قَالُواْ لَمۡ نَكُ مِنَ ٱلۡمُصَلِّينَ﴿٤٣﴾
Alar: «Namoz oʻqiydiganlardan boʻlmagan edik.
وَ لَمۡ نَكُ نُطۡعِمُ ٱلۡمِسۡكِينَ﴿٤٤﴾
Va miskinlarga taom bermagan edik.
وَ كُنَّا نَخُوضُ مَعَ ٱلۡخَآئِضِينَ﴿٤٥﴾
Va botilga shoʻngʻuvchilar bilan birga shoʻngʻir edik.
وَ كُنَّا نُكَذِّبُ بِيَوۡمِ ٱلدِّينِ﴿٤٦﴾
Va qiyomat kunini yolgʻonga chiqarar edik.
حَتَّىٰٓ أَتَىٰنَا ٱلۡيَقِينُ﴿٤٧﴾
Toki bizga oʻlim kelgunicha», derlar.
فَمَا تَنفَعُهُمۡ شَفَٰعَةُ ٱلشَّٰفِعِينَ﴿٤٨﴾
Bas, ularga shafoatchilarning shafoati manfaat bermaydir.
فَمَا لَهُمۡ عَنِ ٱلتَّذۡكِرَةِ مُعۡرِضِينَ﴿٤٩﴾
Ularga nima boʻldiki, eslatmadan yuz oʻgirarlar.
كَأَنَّهُمۡ حُمُرࣱ مُّسۡتَنفِرَةࣱ﴿٥٠﴾
Xuddi qattiq qoʻrqqan eshaklar.
فَرَّتۡ مِن قَسۡوَرَةِۭ﴿٥١﴾
Arslondan qochgani kabi.
بَلۡ يُرِيدُ كُلُّ ٱمۡرِيࣲٕ مِّنۡهُمۡ أَن يُؤۡتَىٰ صُحُفࣰا مُّنَشَّرَةࣰ﴿٥٢﴾
Balki ulardan har biri oʻziga nashr qilingan sahifalar berilishini iroda qilar.
كَلَّا ۖ بَل لَّا يَخَافُونَ ٱلۡأٓخِرَةَ﴿٥٣﴾
Yoʻq! Balki ular oxiratdan qoʻrqmaslar.
كَلَّآ إِنَّهُۥ تَذۡكِرَةࣱ﴿٥٤﴾
Yoʻq! Albatta, u(Qurʼon) eslatmadur.
فَمَن شَآءَ ذَكَرَهُۥ﴿٥٥﴾
Bas, kim xohlasa, uni eslaydir.
وَ مَا يَذۡكُرُونَ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ هُوَ أَهۡلُ ٱلتَّقۡوَىٰ وَ أَهۡلُ ٱلۡمَغۡفِرَةِ﴿٥٦﴾
Va faqat Alloh xohlasagina, eslarlar. U zot taqvo ahlidir va magʻfirat ahlidir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Muddassir. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — choyshabga o‘ralgan.
Mazmuni: Sura Rasulullohni ogohlantirish vazifasiga turishga chaqiradi. Kiyim va qalbning pokligi, butlardan uzoqlik, sabr, riyo va inkor xavfi hamda qiyomat manzaralari orqali da’vatchining ichki tayyorgarligi va insonning javobgarligi yoritiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.