سورة القيامة
Qiyoma surasi
Qiyomat · Қиёма сураси
Qiyoma surasi — Qurʼoni Karimning 75-surasi. U 40 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Qiyomat» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
لَآ أُقۡسِمُ بِيَوۡمِ ٱلۡقِيَٰمَةِ﴿١﴾
Qiyomat kuni bilan qasam.
وَ لَآ أُقۡسِمُ بِٱلنَّفۡسِ ٱللَّوَّامَةِ﴿٢﴾
Va malomatchi nafs bilan qasam.
أَيَحۡسَبُ ٱلۡإِنسَٰنُ أَلَّن نَّجۡمَعَ عِظَامَهُۥ﴿٣﴾
(Kofir) Inson Bizni uning suyaklarini jamlab olmas, deb oʻylarmi?
بَلَىٰ قَٰدِرِينَ عَلَىٰٓ أَن نُّسَوِّيَ بَنَانَهُۥ﴿٤﴾
Albatta, Biz uning barmoq uchlarini ham asl holiga keltirishga qodirmiz.
بَلۡ يُرِيدُ ٱلۡإِنسَٰنُ لِيَفۡجُرَ أَمَامَهُۥ﴿٥﴾
Balki, inson kelajakda fisqu fujur qilishni xohlaydir.
يَسۡـَٔلُ أَيَّانَ يَوۡمُ ٱلۡقِيَٰمَةِ﴿٦﴾
Qiyomat kuni qachon? — deb soʻraydir.
فَإِذَا بَرِقَ ٱلۡبَصَرُ﴿٧﴾
Qachonki koʻz lol qolib qoʻrqinchga toʻlsa.
وَ خَسَفَ ٱلۡقَمَرُ﴿٨﴾
Va oy tutilsa.
وَ جُمِعَ ٱلشَّمۡسُ وَ ٱلۡقَمَرُ﴿٩﴾
Va quyosh bilan oy jamlansa.
يَقُولُ ٱلۡإِنسَٰنُ يَوۡمَئِذٍ أَيۡنَ ٱلۡمَفَرُّ﴿١٠﴾
Oʻshal kunda inson: «Qochar joy qayerda?» deb qoladir.
كَلَّا لَا وَزَرَ﴿١١﴾
Yoʻq! Qochar joy yoʻqdir!
إِلَىٰ رَبِّكَ يَوۡمَئِذٍ ٱلۡمُسۡتَقَرُّ﴿١٢﴾
U kunda joylashuv faqat Robbing huzurida boʻladir.
يُنَبَّؤُاْ ٱلۡإِنسَٰنُ يَوۡمَئِذِۭ بِمَا قَدَّمَ وَ أَخَّرَ﴿١٣﴾
U kunda insonga avvalu oxir qilgan ishlarining xabari beriladir.
بَلِ ٱلۡإِنسَٰنُ عَلَىٰ نَفۡسِهِۦ بَصِيرَةࣱ﴿١٤﴾
Ha, inson oʻz nafsiga qarshi oʻzi shohiddir.
وَ لَوۡ أَلۡقَىٰ مَعَاذِيرَهُۥ﴿١٥﴾
Va agar uzrlarini toʻkib solsa ham.
لَا تُحَرِّكۡ بِهِۦ لِسَانَكَ لِتَعۡجَلَ بِهِۦٓ﴿١٦﴾
Sen shoshilib u bilan tilingni qimirlatma.
إِنَّ عَلَيۡنَا جَمۡعَهُۥ وَ قُرۡءَانَهُۥ﴿١٧﴾
Albatta, u(Qurʼon)ni jamlash va oʻqib berish Bizning zimmamizda.
فَإِذَا قَرَأۡنَٰهُ فَٱتَّبِعۡ قُرۡءَانَهُۥ﴿١٨﴾
Bas, Biz uni oʻqisak, qiroatiga zehn solib tur.
ثُمَّ إِنَّ عَلَيۡنَا بَيَانَهُۥ﴿١٩﴾
Soʻngra u(Qurʼon)ni bayon qilib berish ham Bizning zimmamizda.
كَلَّا بَلۡ تُحِبُّونَ ٱلۡعَاجِلَةَ﴿٢٠﴾
Yoʻq! Balki sizlar shoshar dunyoni yaxshi koʻrasizlar.
وَ تَذَرُونَ ٱلۡأٓخِرَةَ﴿٢١﴾
Va oxiratni tark etasizlar.
وُجُوهࣱ يَوۡمَئِذࣲ نَّاضِرَةٌ﴿٢٢﴾
U kunda chiroyli yuzlar bor.
إِلَىٰ رَبِّهَا نَاظِرَةࣱ﴿٢٣﴾
Oʻz Robbisiga nazar soluvchilar.
وَ وُجُوهࣱ يَوۡمَئِذِۭ بَاسِرَةࣱ﴿٢٤﴾
Va u kunda tirishib-burishgan yuzlar ham bor.
تَظُنُّ أَن يُفۡعَلَ بِهَا فَاقِرَةࣱ﴿٢٥﴾
Oʻzlariga umurtqasini sindiradigan ish boʻlishiga ishonarlar.
كَلَّآ إِذَا بَلَغَتِ ٱلتَّرَاقِيَ﴿٢٦﴾
Yoʻq! Vaqtiki, (jon) halqumga kelsa.
وَ قِيلَ مَنۡۜ رَاقࣲ﴿٢٧﴾
Va «Kim buni qutqarar?» deyilsa.
وَ ظَنَّ أَنَّهُ ٱلۡفِرَاقُ﴿٢٨﴾
Va, albatta, bu firoq ekanligiga ishonsa.
وَ ٱلۡتَفَّتِ ٱلسَّاقُ بِٱلسَّاقِ﴿٢٩﴾
Va boldirlar bir-biriga almashsa.
إِلَىٰ رَبِّكَ يَوۡمَئِذٍ ٱلۡمَسَاقُ﴿٣٠﴾
U kunda haydab borish joyi Robbing huzuridadir.
فَلَا صَدَّقَ وَ لَا صَلَّىٰ﴿٣١﴾
Bas, u tasdiqlamadi va namoz oʻqimadi.
وَ لَٰكِن كَذَّبَ وَ تَوَلَّىٰ﴿٣٢﴾
Va lekin yolgʻonga chiqardi va yuz oʻgirdi.
ثُمَّ ذَهَبَ إِلَىٰٓ أَهۡلِهِۦ يَتَمَطَّىٰٓ﴿٣٣﴾
Soʻng oʻz ahliga kerilib bordi.
أَوۡلَىٰ لَكَ فَأَوۡلَىٰ﴿٣٤﴾
Holingga voy boʻlsin sening, voy boʻlsin!
ثُمَّ أَوۡلَىٰ لَكَ فَأَوۡلَىٰٓ﴿٣٥﴾
Yana holingga voy boʻlsin sening, voy boʻlsin!
أَيَحۡسَبُ ٱلۡإِنسَٰنُ أَن يُتۡرَكَ سُدًى﴿٣٦﴾
Inson behuda tark qilinishlikning hisobini qilurmi?
أَلَمۡ يَكُ نُطۡفَةࣰ مِّن مَّنِيࣲّ يُمۡنَىٰ﴿٣٧﴾
U maniydan oqqan nutfa boʻlmaganmidi?
ثُمَّ كَانَ عَلَقَةࣰ فَخَلَقَ فَسَوَّىٰ﴿٣٨﴾
Soʻng alaqa boʻldi. Bas, bekami-koʻst etib yaratdi.
فَجَعَلَ مِنۡهُ ٱلزَّوۡجَيۡنِ ٱلذَّكَرَ وَ ٱلۡأُنثَىٰٓ﴿٣٩﴾
Bas, undan juftni — erkak va ayolni yaratdi.
أَلَيۡسَ ذَٰلِكَ بِقَٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يُحۡـِۧيَ ٱلۡمَوۡتَىٰ﴿٤٠﴾
Shunday Zot oʻliklarni tiriltirishga qodir emasmi?!
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Qiyomat. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — qiyomat.
Mazmuni: Sura qiyomatni inkor etish va insonning o‘zini oqlash istagini rad etadi. Qayta tirilish dalillari, o‘lim paytidagi holat, insonning dunyoga berilishi va oxiratdagi yuzlarning holati orqali hisob kunining muqarrarligi ko‘rsatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.