سورة الإنسان
Inson surasi
Inson · Инсон сураси
Inson surasi — Qurʼoni Karimning 76-surasi. U 31 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
هَلۡ أَتَىٰ عَلَى ٱلۡإِنسَٰنِ حِينࣱ مِّنَ ٱلدَّهۡرِ لَمۡ يَكُن شَيۡـࣰٔا مَّذۡكُورًا﴿١﴾
Darhaqiqat, insonga u esga olinadigan narsa boʻlmagan bir zamon kelmadimi?
إِنَّا خَلَقۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ مِن نُّطۡفَةٍ أَمۡشَاجࣲ نَّبۡتَلِيهِ فَجَعَلۡنَٰهُ سَمِيعَۢا بَصِيرًا﴿٢﴾
Albatta, Biz insonni aralash nutfadan yaratdik. Sinash uchun, bas, uni eshitadigan, koʻradigan qildik.
إِنَّا هَدَيۡنَٰهُ ٱلسَّبِيلَ إِمَّا شَاكِرࣰا وَ إِمَّا كَفُورًا﴿٣﴾
Albatta, Biz unga yoʻl koʻrsatdik. (U esa) yoki shukr qiluvchi, yoki kufr keltiruvchi boʻldi.
إِنَّآ أَعۡتَدۡنَا لِلۡكَٰفِرِينَ سَلَٰسِلَاْ وَ أَغۡلَٰلࣰا وَ سَعِيرًا﴿٤﴾
Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va yonib turgan olovni tayyorlab qoʻyganmiz.
إِنَّ ٱلۡأَبۡرَارَ يَشۡرَبُونَ مِن كَأۡسࣲ كَانَ مِزَاجُهَا كَافُورًا﴿٥﴾
Albatta, yaxshilar kaafur aralashtirilgan qadahdan icharlar.
عَيۡنࣰا يَشۡرَبُ بِهَا عِبَادُ ٱللَّهِ يُفَجِّرُونَهَا تَفۡجِيرࣰا﴿٦﴾
Bir buloqdanki, undan Allohning bandalari otiltirib icharlar.
يُوفُونَ بِٱلنَّذۡرِ وَ يَخَافُونَ يَوۡمࣰا كَانَ شَرُّهُۥ مُسۡتَطِيرࣰا﴿٧﴾
Ular nazrga vafo qilarlar va yomonligi keng tarqaladigan kundan qoʻrqarlar.
وَ يُطۡعِمُونَ ٱلطَّعَامَ عَلَىٰ حُبِّهِۦ مِسۡكِينࣰا وَ يَتِيمࣰا وَ أَسِيرًا﴿٨﴾
Oʻzlari taomni yaxshi koʻrib tursalar ham, uni miskin, yetim va asirlarga berarlar.
إِنَّمَا نُطۡعِمُكُمۡ لِوَجۡهِ ٱللَّهِ لَا نُرِيدُ مِنكُمۡ جَزَآءࣰ وَ لَا شُكُورًا﴿٩﴾
«Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun ovqatlantiramiz. Buning evaziga sizlardan mukofot yoki tashakkur xohlamaymiz.
إِنَّا نَخَافُ مِن رَّبِّنَا يَوۡمًا عَبُوسࣰا قَمۡطَرِيرࣰا﴿١٠﴾
Albatta, biz qoʻrqinchli, shiddatli, uzun kunda oʻz Robbimizdan qoʻrqurmiz», derlar.
فَوَقَىٰهُمُ ٱللَّهُ شَرَّ ذَٰلِكَ ٱلۡيَوۡمِ وَ لَقَّىٰهُمۡ نَضۡرَةࣰ وَ سُرُورࣰا﴿١١﴾
Bas, ularni Robbilari oʻshal kun sharridan saqladi va ularga xushroʻylik hamda xursandchilik ato qildi.
وَ جَزَىٰهُم بِمَا صَبَرُواْ جَنَّةࣰ وَ حَرِيرࣰا﴿١٢﴾
Va sabr qilganliklari uchun, ularni bogʻu rogʻ va ipaklar bilan mukofotladi.
مُّتَّكِـِٔينَ فِيهَا عَلَى ٱلۡأَرَآئِكِ ۖ لَا يَرَوۡنَ فِيهَا شَمۡسࣰا وَ لَا زَمۡهَرِيرࣰا﴿١٣﴾
U yerda soʻrilarda suyangan holdalar. U yerda quyoshni ham, sovuqni ham koʻrmaslar.
وَ دَانِيَةً عَلَيۡهِمۡ ظِلَٰلُهَا وَ ذُلِّلَتۡ قُطُوفُهَا تَذۡلِيلࣰا﴿١٤﴾
Va ustilariga u(jannat)ning soyalari yaqindir hamda uning mevalari juda ham oson qilingandir.
وَ يُطَافُ عَلَيۡهِم بِـَٔانِيَةࣲ مِّن فِضَّةࣲ وَ أَكۡوَابࣲ كَانَتۡ قَوَارِيرَا۠﴿١٥﴾
Va ularga kumush idishlar va billurlardan boʻlgan qadahlar aylantirib turilur.
قَوَارِيرَاْ مِن فِضَّةࣲ قَدَّرُوهَا تَقۡدِيرࣰا﴿١٦﴾
Billurlar kumushdandir, (soqiylar) oʻlchovini keltirgandirlar.
وَ يُسۡقَوۡنَ فِيهَا كَأۡسࣰا كَانَ مِزَاجُهَا زَنجَبِيلًا﴿١٧﴾
Va ular u(er)da aralashmasi zanjabiyl boʻlgan qadahdan sugʻorilurlar.
عَيۡنࣰا فِيهَا تُسَمَّىٰ سَلۡسَبِيلࣰا﴿١٨﴾
U(er)dagi «salsabiyl» nomli buloqdan.
وَ يَطُوفُ عَلَيۡهِمۡ وِلۡدَٰنࣱ مُّخَلَّدُونَ إِذَا رَأَيۡتَهُمۡ حَسِبۡتَهُمۡ لُؤۡلُؤࣰا مَّنثُورࣰا﴿١٩﴾
Va ularning atrofida abadiy yosh bolalar aylanarlar, agar ularni koʻrsang, sochilgan marjon, deb oʻylarsan.
وَ إِذَا رَأَيۡتَ ثَمَّ رَأَيۡتَ نَعِيمࣰا وَ مُلۡكࣰا كَبِيرًا﴿٢٠﴾
Va agar koʻrsang, u yerda neʼmatni va ulkan mulkni koʻrursan.
عَٰلِيَهُمۡ ثِيَابُ سُندُسٍ خُضۡرࣱ وَ إِسۡتَبۡرَقࣱ ۖ وَ حُلُّوٓاْ أَسَاوِرَ مِن فِضَّةࣲ وَ سَقَىٰهُمۡ رَبُّهُمۡ شَرَابࣰا طَهُورًا﴿٢١﴾
Ularning ustilarida yashil sundusdan (yupqa ipakdan) va istabraqdan (qalin ipakdan) kiyimlar bor va kumush bilakuzuklar-la yasanganlar va Robbilari ularni pok sharob bilan sugʻorur.
إِنَّ هَٰذَا كَانَ لَكُمۡ جَزَآءࣰ وَ كَانَ سَعۡيُكُم مَّشۡكُورًا﴿٢٢﴾
Albatta, bu sizga mukofot boʻldi va sizning amalingiz qabul boʻldi.
إِنَّا نَحۡنُ نَزَّلۡنَا عَلَيۡكَ ٱلۡقُرۡءَانَ تَنزِيلࣰا﴿٢٣﴾
Albatta, Biz senga Qurʼonni boʻlak-boʻlak qilib tushirdik.
فَٱصۡبِرۡ لِحُكۡمِ رَبِّكَ وَ لَا تُطِعۡ مِنۡهُمۡ ءَاثِمًا أَوۡ كَفُورࣰا﴿٢٤﴾
Bas, Robbing hukmiga sabr qil va ulardan gunohkor yoki kofirlariga itoat qilma.
وَ ٱذۡكُرِ ٱسۡمَ رَبِّكَ بُكۡرَةࣰ وَ أَصِيلࣰا﴿٢٥﴾
Ertayu kech Robbing ismini zikr qil.
وَ مِنَ ٱلَّيۡلِ فَٱسۡجُدۡ لَهُۥ وَ سَبِّحۡهُ لَيۡلࣰا طَوِيلًا﴿٢٦﴾
Va kechasida ham Unga sajda qil va uzoq kechalarda Unga tasbih ayt.
إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ يُحِبُّونَ ٱلۡعَاجِلَةَ وَ يَذَرُونَ وَرَآءَهُمۡ يَوۡمࣰا ثَقِيلࣰا﴿٢٧﴾
Albatta, anavilar shoshgan(dunyo)ni yaxshi koʻrurlar va ogʻir kunni ortlarida qoldirurlar.
نَّحۡنُ خَلَقۡنَٰهُمۡ وَ شَدَدۡنَآ أَسۡرَهُمۡ ۖ وَ إِذَا شِئۡنَا بَدَّلۡنَآ أَمۡثَٰلَهُمۡ تَبۡدِيلًا﴿٢٨﴾
Biz ularni yaratdik va yaratilishlarini mahkam qildik. Va agar xohlasak, ularning oʻrinlariga oʻxshashlarini keltiramiz.
إِنَّ هَٰذِهِۦ تَذۡكِرَةࣱ ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلࣰا﴿٢٩﴾
Albatta, bu (sura) eslatmadur. Bas, kim xohlasa, oʻz Robbisiga yoʻl oladir.
وَ مَا تَشَآءُونَ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمࣰا﴿٣٠﴾
Va Alloh xohlasagina, sizlar ham xohlaysizlar. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
يُدۡخِلُ مَن يَشَآءُ فِي رَحۡمَتِهِۦ ۚ وَ ٱلظَّٰلِمِينَ أَعَدَّ لَهُمۡ عَذَابًا أَلِيمَۢا﴿٣١﴾
U kimni xohlasa, Oʻz rahmatiga kiritur va zolimlar uchun alamli azoblar tayyorlab qoʻygandir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Inson. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — inson.
Mazmuni: Sura insonning avvalgi holatini eslatib, unga berilgan tanlash imkoniyatini ko‘rsatadi. Taqvodorlarning jannatdagi mukofotlari, faqirlarni taomlantirishdagi ixlos va Qur’onni qabul qilish uchun sabrli bo‘lish haqida ta’sirli tavsiflar keltiriladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.