سورة المرسلات
Mursalot surasi
Yuborilganlar · Мурсалот сураси
Mursalot surasi — Qurʼoni Karimning 77-surasi. U 50 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Yuborilganlar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَ ٱلۡمُرۡسَلَٰتِ عُرۡفࣰا﴿١﴾
Ket-ket yuborilganlar bilan qasam.
فَٱلۡعَٰصِفَٰتِ عَصۡفࣰا﴿٢﴾
Qattiq esgan shamollar bilan qasam.
وَ ٱلنَّٰشِرَٰتِ نَشۡرࣰا﴿٣﴾
Va (shariatni) nashr qiluvchilar bilan qasam.
فَٱلۡفَٰرِقَٰتِ فَرۡقࣰا﴿٤﴾
Farqlovchilar bilan qasam.
فَٱلۡمُلۡقِيَٰتِ ذِكۡرًا﴿٥﴾
Vahiyni tashuvchilar bilan qasam.
عُذۡرًا أَوۡ نُذۡرًا﴿٦﴾
Uzrlarni yoki ogohlantirishlarni ham.
إِنَّمَا تُوعَدُونَ لَوَٰقِعࣱ﴿٧﴾
Albatta, sizga vaʼda qilinayotgan narsa voqeʼ boʻlguvchidir.
فَإِذَا ٱلنُّجُومُ طُمِسَتۡ﴿٨﴾
Bas, vaqtiki yulduzlar oʻchirilsa.
وَ إِذَا ٱلسَّمَآءُ فُرِجَتۡ﴿٩﴾
Va vaqtiki, osmon yorilsa.
وَ إِذَا ٱلۡجِبَالُ نُسِفَتۡ﴿١٠﴾
Va vaqtiki, togʻlar koʻchirilsa.
وَ إِذَا ٱلرُّسُلُ أُقِّتَتۡ﴿١١﴾
Va vaqtiki, Paygʻambarlarga vaqt belgilansa.
لِأَيِّ يَوۡمٍ أُجِّلَتۡ﴿١٢﴾
Qandoq kunga surilgan-a?
لِيَوۡمِ ٱلۡفَصۡلِ﴿١٣﴾
Ajratish kuniga.
وَ مَآ أَدۡرَىٰكَ مَا يَوۡمُ ٱلۡفَصۡلِ﴿١٤﴾
Ajratish kunini senga nima bildirdi?
وَيۡلࣱ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُكَذِّبِينَ﴿١٥﴾
Oʻshal kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!
أَلَمۡ نُهۡلِكِ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿١٦﴾
Avvalgilarni halok qilmadikmi?
ثُمَّ نُتۡبِعُهُمُ ٱلۡأٓخِرِينَ﴿١٧﴾
Soʻngra keyingilarini ularga ergashtirmadikmi?
كَذَٰلِكَ نَفۡعَلُ بِٱلۡمُجۡرِمِينَ﴿١٨﴾
Gunohkorlarni shundoq qilamiz.
وَيۡلࣱ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُكَذِّبِينَ﴿١٩﴾
Oʻshal kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!
أَلَمۡ نَخۡلُقكُّم مِّن مَّآءࣲ مَّهِينࣲ﴿٢٠﴾
Sizlarni haqir suvdan yaratmadikmi?
فَجَعَلۡنَٰهُ فِي قَرَارࣲ مَّكِينٍ﴿٢١﴾
Bas, uni mustahkam qarorgohga joylamadikmi?!
إِلَىٰ قَدَرࣲ مَّعۡلُومࣲ﴿٢٢﴾
Maʼlum vaqtgacha.
فَقَدَرۡنَا فَنِعۡمَ ٱلۡقَٰدِرُونَ﴿٢٣﴾
Bas, Biz qodir boʻldik va qandoq ham yaxshi qodir boʻluvchimiz.
وَيۡلࣱ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُكَذِّبِينَ﴿٢٤﴾
Oʻshal kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!
أَلَمۡ نَجۡعَلِ ٱلۡأَرۡضَ كِفَاتًا﴿٢٥﴾
Yerni oʻziga tortuvchi qilib qoʻymadikmi?!
أَحۡيَآءࣰ وَ أَمۡوَٰتࣰا﴿٢٦﴾
Tiriklarni va oʻliklarni.
وَ جَعَلۡنَا فِيهَا رَوَٰسِيَ شَٰمِخَٰتࣲ وَ أَسۡقَيۡنَٰكُم مَّآءࣰ فُرَاتࣰا﴿٢٧﴾
Va Biz unda yuksak togʻlar qildik va sizlarni zilol suv bilan sugʻordik.
وَيۡلࣱ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُكَذِّبِينَ﴿٢٨﴾
Oʻshal kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!
ٱنطَلِقُوٓاْ إِلَىٰ مَا كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ﴿٢٩﴾
Yuringiz! Oʻzingiz yolgʻonga chiqargan narsaga qarab.
ٱنطَلِقُوٓاْ إِلَىٰ ظِلࣲّ ذِي ثَلَٰثِ شُعَبࣲ﴿٣٠﴾
Yuringiz! Uch shoʻʼbasi bor «soya»ga qarab.
لَّا ظَلِيلࣲ وَ لَا يُغۡنِي مِنَ ٱللَّهَبِ﴿٣١﴾
U, salqin qiluvchimas va olovni ham qaytarmas.
إِنَّهَا تَرۡمِي بِشَرَرࣲ كَٱلۡقَصۡرِ﴿٣٢﴾
Albatta, u (jahannam) qasrdek uchqunlarni otadir.
كَأَنَّهُۥ جِمَٰلَتࣱ صُفۡرࣱ﴿٣٣﴾
U (uchqun) xuddi qoramtir-sargʻish tuyalarga oʻxshaydir.
وَيۡلࣱ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُكَذِّبِينَ﴿٣٤﴾
Oʻshal kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!
هَٰذَا يَوۡمُ لَا يَنطِقُونَ﴿٣٥﴾
Bu, ular gapira olmaydigan kundir.
وَ لَا يُؤۡذَنُ لَهُمۡ فَيَعۡتَذِرُونَ﴿٣٦﴾
Va ularga uzr aytishga izn berilmaydir.
وَيۡلࣱ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُكَذِّبِينَ﴿٣٧﴾
Oʻshal kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!
هَٰذَا يَوۡمُ ٱلۡفَصۡلِ ۖ جَمَعۡنَٰكُمۡ وَ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿٣٨﴾
Bu ajratish kuni sizlarni va avvalgilarni jamladik.
فَإِن كَانَ لَكُمۡ كَيۡدࣱ فَكِيدُونِ﴿٣٩﴾
Bas, sizlarning hiylangiz boʻlsa, Menga ishlatib koʻring-chi?
وَيۡلࣱ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُكَذِّبِينَ﴿٤٠﴾
Oʻshal kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!
إِنَّ ٱلۡمُتَّقِينَ فِي ظِلَٰلࣲ وَ عُيُونࣲ﴿٤١﴾
Albatta, taqvodorlar soyalar va buloqlardadir.
وَ فَوَٰكِهَ مِمَّا يَشۡتَهُونَ﴿٤٢﴾
Va oʻzlari xohlagan mevalardadir.
كُلُواْ وَ ٱشۡرَبُواْ هَنِيٓـَٔۢا بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٤٣﴾
Yenglar va ichinglar, osh boʻlsin. Qilgan amallaringiz sababidandir.
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُحۡسِنِينَ﴿٤٤﴾
Albatta, Biz muhsinlarni shunday mukofotlarmiz.
وَيۡلࣱ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُكَذِّبِينَ﴿٤٥﴾
Oʻshal kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!
كُلُواْ وَ تَمَتَّعُواْ قَلِيلًا إِنَّكُم مُّجۡرِمُونَ﴿٤٦﴾
Yenglar va mazza qilinglar, ozginagina. Albatta, sizlar gunohkorsizlar.
وَيۡلࣱ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُكَذِّبِينَ﴿٤٧﴾
Oʻshal kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!
وَ إِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱرۡكَعُواْ لَا يَرۡكَعُونَ﴿٤٨﴾
Va agar ularga rukuʼ qilinglar deyilsa, rukuʼ qilmaslar.
وَيۡلࣱ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُكَذِّبِينَ﴿٤٩﴾
Oʻshal kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!
فَبِأَيِّ حَدِيثِۭ بَعۡدَهُۥ يُؤۡمِنُونَ﴿٥٠﴾
Bas, undan keyin qaysi soʻzga ishonadilar?!
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Mursalat. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — yuborilganlar.
Mazmuni: Sura qiyomatning kelishi va inkor qiluvchilarning halokatini takroriy ogohlantirish bilan ta’kidlaydi. Shamol, bulut va tabiat hodisalari bilan qasamlar keltirilib, yaratish va qayta tirilish o‘rtasidagi bog‘liqlik yodga solinadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.