Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Nabaʼ surasi

سورة النبأ

Nabaʼ surasi

Buyuk xabar · Набаъ сураси

78-sura40 oyatMakkiy30-pora

Nabaʼ surasi — Qurʼoni Karimning 78-surasi. U 40 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Buyuk xabar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 78:1Mushafda oʻqish ↗

    عَمَّ يَتَسَآءَلُونَ﴿١﴾

    Nima haqida soʻrashadi?

  2. 78:2Mushafda oʻqish ↗

    عَنِ ٱلنَّبَإِ ٱلۡعَظِيمِ﴿٢﴾

    Ulkan, muhim xabar haqida.

  3. 78:3Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِي هُمۡ فِيهِ مُخۡتَلِفُونَ﴿٣﴾

    Shunday xabarki, ular uning haqida ixtilofdadirlar.

  4. 78:4Mushafda oʻqish ↗

    كَلَّا سَيَعۡلَمُونَ﴿٤﴾

    Yoʻq! Ular tezda bilurlar.

  5. 78:5Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ كَلَّا سَيَعۡلَمُونَ﴿٥﴾

    Yana yoʻq! Ular tezda bilurlar!

  6. 78:6Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ نَجۡعَلِ ٱلۡأَرۡضَ مِهَٰدࣰا﴿٦﴾

    Yerni beshikdek moslab qoʻymadikmi?

  7. 78:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡجِبَالَ أَوۡتَادࣰا﴿٧﴾

    Va togʻlarni qoziq (qilib qoʻymadikmi?).

  8. 78:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ خَلَقۡنَٰكُمۡ أَزۡوَٰجࣰا﴿٨﴾

    Va sizlarni juft qilib yaratdik.

  9. 78:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلۡنَا نَوۡمَكُمۡ سُبَاتࣰا﴿٩﴾

    Va uyqularingizni rohat qilib qoʻydik.

  10. 78:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلۡنَا ٱلَّيۡلَ لِبَاسࣰا﴿١٠﴾

    Va kechasini libos qildik.

  11. 78:11Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلۡنَا ٱلنَّهَارَ مَعَاشࣰا﴿١١﴾

    Va kunduzni maosh (tirikchilik) vaqti qildik.

  12. 78:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ بَنَيۡنَا فَوۡقَكُمۡ سَبۡعࣰا شِدَادࣰا﴿١٢﴾

    Tepangizga yetti mustahkam(osmon)ni bino qildik.

  13. 78:13Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَعَلۡنَا سِرَاجࣰا وَهَّاجࣰا﴿١٣﴾

    Va shuʼla taratuvchi chiroq ham qildik.

  14. 78:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنزَلۡنَا مِنَ ٱلۡمُعۡصِرَٰتِ مَآءࣰ ثَجَّاجࣰا﴿١٤﴾

    Va siqilgan(bulut)lardan oquvchi suvlar tushirdik.

  15. 78:15Mushafda oʻqish ↗

    لِّنُخۡرِجَ بِهِۦ حَبࣰّا وَ نَبَاتࣰا﴿١٥﴾

    U(suv) bilan don va nabotot chiqarishimiz uchun.

  16. 78:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَنَّٰتٍ أَلۡفَافًا﴿١٦﴾

    Va daraxtlari bir-biriga kirishgan boʻstonlar.

  17. 78:17Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ يَوۡمَ ٱلۡفَصۡلِ كَانَ مِيقَٰتࣰا﴿١٧﴾

    Albatta, ajrim kuni vaqti belgilangan edi.

  18. 78:18Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ يُنفَخُ فِي ٱلصُّورِ فَتَأۡتُونَ أَفۡوَاجࣰا﴿١٨﴾

    U kunda surga puflanur va sizlar toʻp-toʻp boʻlib kelursiz.

  19. 78:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ فُتِحَتِ ٱلسَّمَآءُ فَكَانَتۡ أَبۡوَٰبࣰا﴿١٩﴾

    Osmon yorilib eshiklar ochilur.

  20. 78:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ سُيِّرَتِ ٱلۡجِبَالُ فَكَانَتۡ سَرَابًا﴿٢٠﴾

    Togʻlar oʻrnidan koʻchirilib, sarobga aylanur.

  21. 78:21Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ جَهَنَّمَ كَانَتۡ مِرۡصَادࣰا﴿٢١﴾

    Albatta, jahannam poylab turuvchidir.

  22. 78:22Mushafda oʻqish ↗

    لِّلطَّٰغِينَ مَـَٔابࣰا﴿٢٢﴾

    Tugʻyonga ketganlarning qaytar joyidir.

  23. 78:23Mushafda oʻqish ↗

    لَّٰبِثِينَ فِيهَآ أَحۡقَابࣰا﴿٢٣﴾

    Ular (unda) zamonlar boʻyi qolarlar.

  24. 78:24Mushafda oʻqish ↗

    لَّا يَذُوقُونَ فِيهَا بَرۡدࣰا وَ لَا شَرَابًا﴿٢٤﴾

    Ular (unda) sovuqni ham, sharobni ham tatiy olmaslar.

  25. 78:25Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا حَمِيمࣰا وَ غَسَّاقࣰا﴿٢٥﴾

    Magar qaynoq suv va yiringni (tatirlar).

  26. 78:26Mushafda oʻqish ↗

    جَزَآءࣰ وِفَاقًا﴿٢٦﴾

    Muvofiq jazo oʻlaroq.

  27. 78:27Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّهُمۡ كَانُواْ لَا يَرۡجُونَ حِسَابࣰا﴿٢٧﴾

    Chunki, ular hisob-kitob boʻlishiga ishonmasdilar.

  28. 78:28Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا كِذَّابࣰا﴿٢٨﴾

    Va Bizning oyatlarimizni yolgʻon deyishgan edi, yolgʻon!

  29. 78:29Mushafda oʻqish ↗

    وَ كُلَّ شَيۡءٍ أَحۡصَيۡنَٰهُ كِتَٰبࣰا﴿٢٩﴾

    Biz har bir narsani kitobga jamlab qoʻyganmiz.

  30. 78:30Mushafda oʻqish ↗

    فَذُوقُواْ فَلَن نَّزِيدَكُمۡ إِلَّا عَذَابًا﴿٣٠﴾

    Bas, tatib koʻringlar, sizlarga azobdan boshqa hech narsani ziyoda qilmasmiz.

  31. 78:31Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ لِلۡمُتَّقِينَ مَفَازًا﴿٣١﴾

    Albatta, taqvodorlarga yutuq bordir.

  32. 78:32Mushafda oʻqish ↗

    حَدَآئِقَ وَ أَعۡنَٰبࣰا﴿٣٢﴾

    Bogʻ-rogʻlar, uzumzorlar bordir.

  33. 78:33Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَوَاعِبَ أَتۡرَابࣰا﴿٣٣﴾

    Va yangi boʻyi yetgan bir xil yoshdagi qizlar bordir.

  34. 78:34Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَأۡسࣰا دِهَاقࣰا﴿٣٤﴾

    Va toʻldirilgan qadahlar bordir.

  35. 78:35Mushafda oʻqish ↗

    لَّا يَسۡمَعُونَ فِيهَا لَغۡوࣰا وَ لَا كِذَّٰبࣰا﴿٣٥﴾

    U yerda bekorchi va yolgʻon gaplarni eshitmaslar.

  36. 78:36Mushafda oʻqish ↗

    جَزَآءࣰ مِّن رَّبِّكَ عَطَآءً حِسَابࣰا﴿٣٦﴾

    Robbingdan mukofot, sovgʻa hisobidandir.

  37. 78:37Mushafda oʻqish ↗

    رَّبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا بَيۡنَهُمَا ٱلرَّحۡمَٰنِ ۖ لَا يَمۡلِكُونَ مِنۡهُ خِطَابࣰا﴿٣٧﴾

    U, osmonlar, yer va ularning orasidagi barcha narsalarning Robbi, Rohmandir. Uning huzurida hech kim xitob qilishga qodir boʻlmas.

  38. 78:38Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ يَقُومُ ٱلرُّوحُ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ صَفࣰّا ۖ لَّا يَتَكَلَّمُونَ إِلَّا مَنۡ أَذِنَ لَهُ ٱلرَّحۡمَٰنُ وَ قَالَ صَوَابࣰا﴿٣٨﴾

    Oʻsha kunda Ruh va farishtalar saf boʻlib turar. Rohman izn berganlar va toʻgʻri soʻzlaganlardan oʻzgalar hech gapira olmaslar.

  39. 78:39Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ ٱلۡيَوۡمُ ٱلۡحَقُّ ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ مَـَٔابًا﴿٣٩﴾

    U haq kundir. Kim xohlasa, oʻz Robbiga qaytar yoʻl oladir.

  40. 78:40Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّآ أَنذَرۡنَٰكُمۡ عَذَابࣰا قَرِيبࣰا يَوۡمَ يَنظُرُ ٱلۡمَرۡءُ مَا قَدَّمَتۡ يَدَاهُ وَ يَقُولُ ٱلۡكَافِرُ يَٰلَيۡتَنِي كُنتُ تُرَٰبَۢا﴿٤٠﴾

    Albatta, Biz sizlarni yaqin kelajakdagi azobdan qoʻrqitdik. U kunda, har kishi qoʻli taqdim qilgan narsaga nazar soladir. Va kofir. «Koshki tuproq boʻlib ketsam», deydir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Naba. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — buyuk xabar.

Mazmuni: Sura insonlar bahslashayotgan ulkan xabar — qiyomat va qayta tirilish — haqida so‘z yuritadi. Yerning yoyilishi, tog‘larning o‘rnatilishi, tun va kunduz hamda yomg‘ir ne’matlari eslatilib, taqvodorlarning mukofoti bilan inkor qiluvchilarning jazosi qarama-qarshi qo‘yiladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraMursalot surasiKeyingi sura →Noziot surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026