سورة النازعات
Noziot surasi
Sug‘urib oluvchilar · Нозиот сураси
Noziot surasi — Qurʼoni Karimning 79-surasi. U 46 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Sug‘urib oluvchilar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَ ٱلنَّٰزِعَٰتِ غَرۡقࣰا﴿١﴾
Shiddat bilan (jonni) sugʻurib oluvchi(farishta)lar bilan qasam.
وَ ٱلنَّٰشِطَٰتِ نَشۡطࣰا﴿٢﴾
Yumshoqlik bilan jon oluvchi(farishta)lar bilan qasam.
وَ ٱلسَّٰبِحَٰتِ سَبۡحࣰا﴿٣﴾
Suzib yuruvchi(farishta)lar bilan qasam.
فَٱلسَّٰبِقَٰتِ سَبۡقࣰا﴿٤﴾
Oʻzishda musobaqa qiluvchi(farishta)lar bilan qasam.
فَٱلۡمُدَبِّرَٰتِ أَمۡرࣰا﴿٥﴾
Amrning tadbirini qiluvchi(farishta)lar bilan qasam.
يَوۡمَ تَرۡجُفُ ٱلرَّاجِفَةُ﴿٦﴾
Iztirobga tushuvchi iztirobga tushgan kunda.
تَتۡبَعُهَا ٱلرَّادِفَةُ﴿٧﴾
Unga ergashuvchi ergashganda.
قُلُوبࣱ يَوۡمَئِذࣲ وَاجِفَةٌ﴿٨﴾
Oʻsha kunda qalblar xavfga toʻladir.
أَبۡصَٰرُهَا خَٰشِعَةࣱ﴿٩﴾
Ularning koʻzlari qoʻrqinchga toʻladir.
يَقُولُونَ أَءِنَّا لَمَرۡدُودُونَ فِي ٱلۡحَافِرَةِ﴿١٠﴾
Ular: «Biz, albatta, ortga qaytarilamizmi?» – derlar.
أَءِذَا كُنَّا عِظَٰمࣰا نَّخِرَةࣰ﴿١١﴾
«Chirigan suyak boʻlganimizdan keyin ham-a?»
قَالُواْ تِلۡكَ إِذࣰا كَرَّةٌ خَاسِرَةࣱ﴿١٢﴾
Agar shundoq boʻlsa, bu hasratiy qaytish-ku!» – derlar.
فَإِنَّمَا هِيَ زَجۡرَةࣱ وَٰحِدَةࣱ﴿١٣﴾
Albatta, u(qiyomat) bir qichqiriqdan boshqa narsa emas.
فَإِذَا هُم بِٱلسَّاهِرَةِ﴿١٤﴾
Koʻribsizki, ular (qiyomat) maydonida turibdir.
هَلۡ أَتَىٰكَ حَدِيثُ مُوسَىٰٓ﴿١٥﴾
Senga Musoning xabari keldimi?
إِذۡ نَادَىٰهُ رَبُّهُۥ بِٱلۡوَادِ ٱلۡمُقَدَّسِ طُوًى﴿١٦﴾
Qachonki Robbisi unga Muqaddas Tuva vodiysida nido qildi.
ٱذۡهَبۡ إِلَىٰ فِرۡعَوۡنَ إِنَّهُۥ طَغَىٰ﴿١٧﴾
«Firʼavn huzuriga bor, albatta, u tugʻyonga ketdi.
فَقُلۡ هَل لَّكَ إِلَىٰٓ أَن تَزَكَّىٰ﴿١٨﴾
Bas unga ayt: «Senda poklanishga (ragʻbat) bormi?
وَ أَهۡدِيَكَ إِلَىٰ رَبِّكَ فَتَخۡشَىٰ﴿١٩﴾
Va seni Robbingga hidoyat qilsam, shoyadki (undan) qoʻrqsang», degin».
فَأَرَىٰهُ ٱلۡأٓيَةَ ٱلۡكُبۡرَىٰ﴿٢٠﴾
Va unga ulkan alomatni koʻrsatdi.
فَكَذَّبَ وَ عَصَىٰ﴿٢١﴾
Ul uni yolgʻonga chiqardi va osiy boʻldi.
ثُمَّ أَدۡبَرَ يَسۡعَىٰ﴿٢٢﴾
Soʻng ortiga oʻgirilib, tezlab ketdi.
فَحَشَرَ فَنَادَىٰ﴿٢٣﴾
Keyin (odamlarni) toʻpladi va nido qildi.
فَقَالَ أَنَا۠ رَبُّكُمُ ٱلۡأَعۡلَىٰ﴿٢٤﴾
Va, men sizlarning eng oliy Robbingizman, dedi.
فَأَخَذَهُ ٱللَّهُ نَكَالَ ٱلۡأٓخِرَةِ وَ ٱلۡأُولَىٰٓ﴿٢٥﴾
Bas, Alloh uni avvalgi va oxirgi gunohlari uchun azobga oldi.
إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَعِبۡرَةࣰ لِّمَن يَخۡشَىٰٓ﴿٢٦﴾
Albatta, bunda U zotdan qoʻrqqanlar uchun ibrat bordir.
ءَأَنتُمۡ أَشَدُّ خَلۡقًا أَمِ ٱلسَّمَآءُ ۚ بَنَىٰهَا﴿٢٧﴾
Sizlarni yaratish qiyinmi yoki U zot bino qilgan osmonnimi?
رَفَعَ سَمۡكَهَا فَسَوَّىٰهَا﴿٢٨﴾
Uning shiftini yuqori koʻtardi va bekami-koʻst, mustahkam qilib qoʻydi.
وَ أَغۡطَشَ لَيۡلَهَا وَ أَخۡرَجَ ضُحَىٰهَا﴿٢٩﴾
Kechasini qorongʻu va kunduzini yorugʻ qildi.
وَ ٱلۡأَرۡضَ بَعۡدَ ذَٰلِكَ دَحَىٰهَآ﴿٣٠﴾
Va undan soʻng yerni tuxum shaklida qildi.
أَخۡرَجَ مِنۡهَا مَآءَهَا وَ مَرۡعَىٰهَا﴿٣١﴾
Undan suvni, oʻt-oʻlanlarni chiqardi.
وَ ٱلۡجِبَالَ أَرۡسَىٰهَا﴿٣٢﴾
Va togʻlarni sobit qildi.
مَتَٰعࣰا لَّكُمۡ وَ لِأَنۡعَٰمِكُمۡ﴿٣٣﴾
Sizlarga va chorvalaringizga manfaat boʻlsin uchun.
فَإِذَا جَآءَتِ ٱلطَّآمَّةُ ٱلۡكُبۡرَىٰ﴿٣٤﴾
Vaqtiki katta gʻolib (qiyomat) kelsa.
يَوۡمَ يَتَذَكَّرُ ٱلۡإِنسَٰنُ مَا سَعَىٰ﴿٣٥﴾
U kuni inson qilgan ishlarini eslaydir.
وَ بُرِّزَتِ ٱلۡجَحِيمُ لِمَن يَرَىٰ﴿٣٦﴾
Va jahannam koʻradiganlarga zohir qilinadir.
فَأَمَّا مَن طَغَىٰ﴿٣٧﴾
Ammo kimiki tugʻyonga ketgan boʻlsa.
وَ ءَاثَرَ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا﴿٣٨﴾
Va bu dunyo hayotini ustun qoʻygan boʻlsa.
فَإِنَّ ٱلۡجَحِيمَ هِيَ ٱلۡمَأۡوَىٰ﴿٣٩﴾
Bas, albatta, Jahiym (unga) oʻrin boʻladir.
وَ أَمَّا مَنۡ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِۦ وَ نَهَى ٱلنَّفۡسَ عَنِ ٱلۡهَوَىٰ﴿٤٠﴾
Va ammo, kim Robbisining maqomidan qoʻrqqan va oʻz nafsini havolanib ketishidan qaytargan boʻlsa...
فَإِنَّ ٱلۡجَنَّةَ هِيَ ٱلۡمَأۡوَىٰ﴿٤١﴾
Bas, albatta, jannat (unga) oʻrin boʻladir.
يَسۡـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلسَّاعَةِ أَيَّانَ مُرۡسَىٰهَا﴿٤٢﴾
Sendan, qiyomat qachon boʻlur, deb soʻrashadir.
فِيمَ أَنتَ مِن ذِكۡرَىٰهَآ﴿٤٣﴾
U(qiyomat)ning zikrini sen qandoq bilarding.
إِلَىٰ رَبِّكَ مُنتَهَىٰهَآ﴿٤٤﴾
Uning intihosi Robbinggagina xos.
إِنَّمَآ أَنتَ مُنذِرُ مَن يَخۡشَىٰهَا﴿٤٥﴾
Albatta, sen u(qiyomat)dan qoʻrquvchilarga ogohlantiruvchisan, xolos.
كَأَنَّهُمۡ يَوۡمَ يَرَوۡنَهَا لَمۡ يَلۡبَثُوٓاْ إِلَّا عَشِيَّةً أَوۡ ضُحَىٰهَا﴿٤٦﴾
U(qiyomat)ni koʻrgan kunlari, xuddi, bu dunyoda bir kecha yoki kunduzdan boshqa turmaganga oʻxsharlar.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Nozi’ot. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — sug‘urib oluvchilar.
Mazmuni: Sura qiyomatning keskin manzaralari bilan insonni uyg‘otadi. Muso alayhissalom va Fir’avn voqeasi asosida kibrning oqibati ko‘rsatiladi; osmon va yerning yaratilishi qayta tirilishning dalili sifatida keltirilib, nafsini tiyganlarga jannat va’da qilinadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.