سورة عبس
Abasa surasi
Qovoq uydi · Абаса сураси
Abasa surasi — Qurʼoni Karimning 80-surasi. U 42 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Qovoq uydi» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
عَبَسَ وَ تَوَلَّىٰٓ﴿١﴾
Aftini burishtirdi va yuz oʻgirdi.
أَن جَآءَهُ ٱلۡأَعۡمَىٰ﴿٢﴾
Koʻzi koʻr kishi huzuriga kelganda.
وَ مَا يُدۡرِيكَ لَعَلَّهُۥ يَزَّكَّىٰٓ﴿٣﴾
Qayerdan bilasan, ehtimol, u poklanar.
أَوۡ يَذَّكَّرُ فَتَنفَعَهُ ٱلذِّكۡرَىٰٓ﴿٤﴾
Yoki nasihat olar va mavʼiza unga manfaat berar.
أَمَّا مَنِ ٱسۡتَغۡنَىٰ﴿٥﴾
Ammo istigʻno qilganga boʻlsa...
فَأَنتَ لَهُۥ تَصَدَّىٰ﴿٦﴾
Sen u tomonga intilasan.
وَ مَا عَلَيۡكَ أَلَّا يَزَّكَّىٰ﴿٧﴾
U poklanmasa, seni hech kim malomat qilmas.
وَ أَمَّا مَن جَآءَكَ يَسۡعَىٰ﴿٨﴾
Ammo huzuringga shoshilib kelgan.
وَ هُوَ يَخۡشَىٰ﴿٩﴾
Va U zotdan qoʻrqqan holda boʻlgandan esa...
فَأَنتَ عَنۡهُ تَلَهَّىٰ﴿١٠﴾
Bas, Sen undan mashgʻul boʻlasan.
كَلَّآ إِنَّهَا تَذۡكِرَةࣱ﴿١١﴾
Yoʻq! Albatta ular (Qurʼon oyatlari) eslatmadir.
فَمَن شَآءَ ذَكَرَهُۥ﴿١٢﴾
Kim xohlasa, uni eslaydir.
فِي صُحُفࣲ مُّكَرَّمَةࣲ﴿١٣﴾
Hurmatlangan sahifalardadir.
مَّرۡفُوعَةࣲ مُّطَهَّرَةِۭ﴿١٤﴾
Oliy qadardirlar, poklangandirlar.
بِأَيۡدِي سَفَرَةࣲ﴿١٥﴾
Elchi(farishta)lar qoʻllaridadir.
كِرَامِۭ بَرَرَةࣲ﴿١٦﴾
Ular hurmatlangan va oʻta yaxshidirlar.
قُتِلَ ٱلۡإِنسَٰنُ مَآ أَكۡفَرَهُۥ﴿١٧﴾
Insonga laʼnat boʻlsin, uning kofirligi qandoq shiddatli boʻldi.
مِنۡ أَيِّ شَيۡءٍ خَلَقَهُۥ﴿١٨﴾
Uni qaysi narsadan yaratdi?
مِن نُّطۡفَةٍ خَلَقَهُۥ فَقَدَّرَهُۥ﴿١٩﴾
Nutfadan uni yaratdi va uni oʻlchovli qildi.
ثُمَّ ٱلسَّبِيلَ يَسَّرَهُۥ﴿٢٠﴾
Soʻngra, chiqish yoʻlini oson qildi.
ثُمَّ أَمَاتَهُۥ فَأَقۡبَرَهُۥ﴿٢١﴾
Soʻngra oʻldirdi va qabrga kirgazdi.
ثُمَّ إِذَا شَآءَ أَنشَرَهُۥ﴿٢٢﴾
Soʻngra (qachon) xohlasa, uni qayta tiriltiradi.
كَلَّا لَمَّا يَقۡضِ مَآ أَمَرَهُۥ﴿٢٣﴾
Yoʻq, undoq emas! U oʻziga U zot qilgan amrni bajarmadi.
فَلۡيَنظُرِ ٱلۡإِنسَٰنُ إِلَىٰ طَعَامِهِۦٓ﴿٢٤﴾
Inson oʻz taomiga nazar solsin.
أَنَّا صَبَبۡنَا ٱلۡمَآءَ صَبࣰّا﴿٢٥﴾
Albatta, Biz suvni rosa quyib qoʻyibmiz.
ثُمَّ شَقَقۡنَا ٱلۡأَرۡضَ شَقࣰّا﴿٢٦﴾
Soʻngra yerni oʻziga xos yordik.
فَأَنۢبَتۡنَا فِيهَا حَبࣰّا﴿٢٧﴾
Biz unda donni.
وَ عِنَبࣰا وَ قَضۡبࣰا﴿٢٨﴾
Va uzum va koʻklarni.
وَ زَيۡتُونࣰا وَ نَخۡلࣰا﴿٢٩﴾
Va zaytun va xurmolarni.
وَ حَدَآئِقَ غُلۡبࣰا﴿٣٠﴾
Va tigʻiz bogʻlarni.
وَ فَٰكِهَةࣰ وَ أَبࣰّا﴿٣١﴾
Va mevalaru oʻt-oʻlanlarni oʻstirib qoʻydik.
مَّتَٰعࣰا لَّكُمۡ وَ لِأَنۡعَٰمِكُمۡ﴿٣٢﴾
Sizlarga va chorvalaringizga manfaat va lazzat boʻlsin, deb.
فَإِذَا جَآءَتِ ٱلصَّآخَّةُ﴿٣٣﴾
Vaqtiki kar qiluvchi ovoz kelsa.
يَوۡمَ يَفِرُّ ٱلۡمَرۡءُ مِنۡ أَخِيهِ﴿٣٤﴾
U kunda kishi oʻz aka-ukasidan.
وَ أُمِّهِۦ وَ أَبِيهِ﴿٣٥﴾
Va onasi va otasidan.
وَ صَٰحِبَتِهِۦ وَ بَنِيهِ﴿٣٦﴾
Va xotini va bola-chaqasidan qochadi.
لِكُلِّ ٱمۡرِيࣲٕ مِّنۡهُمۡ يَوۡمَئِذࣲ شَأۡنࣱ يُغۡنِيهِ﴿٣٧﴾
U kunda ulardan har bir shaxsni ovora qiluvchi oʻz ishi bor.
وُجُوهࣱ يَوۡمَئِذࣲ مُّسۡفِرَةࣱ﴿٣٨﴾
U kunda porloq chehralar bor.
ضَاحِكَةࣱ مُّسۡتَبۡشِرَةࣱ﴿٣٩﴾
Ular kulgu bilan toʻla, yetgan xushxabardan xursand.
وَ وُجُوهࣱ يَوۡمَئِذٍ عَلَيۡهَا غَبَرَةࣱ﴿٤٠﴾
U kunda bir chehralar borki, ularni gʻubor bosgan.
تَرۡهَقُهَا قَتَرَةٌ﴿٤١﴾
Ustini zulmat qoplagan.
أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡكَفَرَةُ ٱلۡفَجَرَةُ﴿٤٢﴾
Ular, ana oʻshalar, kofirlar va fojirlardir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Abasa. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — qosh chimirdi.
Mazmuni: Sura bir insonning yuz o‘girish voqeasi orqali da’vatdagi ustuvorlikni tuzatadi va samimiy izlovchining qadri balandligini ko‘rsatadi. Insonning yaratilishi, rizq ne’matlari va qiyomatdagi yuzlar manzarasi bilan o‘zini ulug‘lashdan ogohlantiradi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.