Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Takvir surasi

سورة التكوير

Takvir surasi

O‘ralish · Таквир сураси

81-sura29 oyatMakkiy30-pora

Takvir surasi — Qurʼoni Karimning 81-surasi. U 29 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «O‘ralish» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 81:1Mushafda oʻqish ↗

    إِذَا ٱلشَّمۡسُ كُوِّرَتۡ﴿١﴾

    Vaqtiki, quyoshni buklab, oʻralsa.

  2. 81:2Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ٱلنُّجُومُ ٱنكَدَرَتۡ﴿٢﴾

    Va vaqtiki yulduzlar uzilib tushib, sochilib ketsa.

  3. 81:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ٱلۡجِبَالُ سُيِّرَتۡ﴿٣﴾

    Va vaqtiki, togʻlar joyidan koʻchirilsa.

  4. 81:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ٱلۡعِشَارُ عُطِّلَتۡ﴿٤﴾

    Va vaqtiki, homilasiga oʻn oy toʻlgan tuyalar qarovsiz qolsa.

  5. 81:5Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ٱلۡوُحُوشُ حُشِرَتۡ﴿٥﴾

    Va vaqtiki, vahshiy hayvonlar bir joyga toʻplansa.

  6. 81:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ٱلۡبِحَارُ سُجِّرَتۡ﴿٦﴾

    Va vaqtiki, dengizlar alanga olib yonsa.

  7. 81:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ٱلنُّفُوسُ زُوِّجَتۡ﴿٧﴾

    Va vaqtiki, nafslar juftlashtirilsa.

  8. 81:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ٱلۡمَوۡءُۥدَةُ سُئِلَتۡ﴿٨﴾

    Va vaqtiki, tiriklay koʻmilgan qizdan soʻralsa.

  9. 81:9Mushafda oʻqish ↗

    بِأَيِّ ذَنۢبࣲ قُتِلَتۡ﴿٩﴾

    U nima gunoh uchun oʻldirilgan?

  10. 81:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ٱلصُّحُفُ نُشِرَتۡ﴿١٠﴾

    Va vaqtiki, sahifalar nashr qilinsa.

  11. 81:11Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ٱلسَّمَآءُ كُشِطَتۡ﴿١١﴾

    Va vaqtiki, osmon qoʻporilsa.

  12. 81:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ٱلۡجَحِيمُ سُعِّرَتۡ﴿١٢﴾

    Va vaqtiki, jahannam qizdirilsa.

  13. 81:13Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ٱلۡجَنَّةُ أُزۡلِفَتۡ﴿١٣﴾

    Va vaqtiki, jannat yaqinlashtirilsa.

  14. 81:14Mushafda oʻqish ↗

    عَلِمَتۡ نَفۡسࣱ مَّآ أَحۡضَرَتۡ﴿١٤﴾

    Har bir jon nima hozirlaganini biladir.

  15. 81:15Mushafda oʻqish ↗

    فَلَآ أُقۡسِمُ بِٱلۡخُنَّسِ﴿١٥﴾

    (Kunduzi) maxfiy boʻluvchi(yulduz)lar bilan qasam.

  16. 81:16Mushafda oʻqish ↗

    ٱلۡجَوَارِ ٱلۡكُنَّسِ﴿١٦﴾

    (Kechalari) yuruvchi, berkinuvchi(yulduz)lar bilan qasam.

  17. 81:17Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّيۡلِ إِذَا عَسۡعَسَ﴿١٧﴾

    Qorongʻuligi ila kirib kelgan kecha bilan qasam.

  18. 81:18Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلصُّبۡحِ إِذَا تَنَفَّسَ﴿١٨﴾

    Nafas olib kirib kelgan tong bilan qasam.

  19. 81:19Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّهُۥ لَقَوۡلُ رَسُولࣲ كَرِيمࣲ﴿١٩﴾

    Albatta u(Qurʼon) karamli elchining soʻzidir.

  20. 81:20Mushafda oʻqish ↗

    ذِي قُوَّةٍ عِندَ ذِي ٱلۡعَرۡشِ مَكِينࣲ﴿٢٠﴾

    U quvvatli, arsh Egasi huzurida martabasi oliydir.

  21. 81:21Mushafda oʻqish ↗

    مُّطَاعࣲ ثَمَّ أَمِينࣲ﴿٢١﴾

    Itoat qilingan, omonatlidir.

  22. 81:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا صَاحِبُكُم بِمَجۡنُونࣲ﴿٢٢﴾

    Sizning sohibingiz majnun emasdir.

  23. 81:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَقَدۡ رَءَاهُ بِٱلۡأُفُقِ ٱلۡمُبِينِ﴿٢٣﴾

    Batahqiq, ul ani ochiq-oydin ufqda koʻrdi.

  24. 81:24Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا هُوَ عَلَى ٱلۡغَيۡبِ بِضَنِينࣲ﴿٢٤﴾

    Va u gʻaybga baxil emasdir.

  25. 81:25Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا هُوَ بِقَوۡلِ شَيۡطَٰنࣲ رَّجِيمࣲ﴿٢٥﴾

    Va u(Qurʼon) toshboʻron qilingan shaytonning soʻzi emasdir.

  26. 81:26Mushafda oʻqish ↗

    فَأَيۡنَ تَذۡهَبُونَ﴿٢٦﴾

    Bas, qayoqqa ketmoqdasiz?!

  27. 81:27Mushafda oʻqish ↗

    إِنۡ هُوَ إِلَّا ذِكۡرࣱ لِّلۡعَٰلَمِينَ﴿٢٧﴾

    U (Qurʼon) olamlarga eslatmadan boshqa narsa emasdir.

  28. 81:28Mushafda oʻqish ↗

    لِمَن شَآءَ مِنكُمۡ أَن يَسۡتَقِيمَ﴿٢٨﴾

    Sizlardan istiqomat(toʻgʻri yoʻl)da boʻlishni xohlovchilar uchundir.

  29. 81:29Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا تَشَآءُونَ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٢٩﴾

    Olamlarning Robbi Alloh xohlamasa, sizlar xohlay olmassizlar.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Takvir. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — o‘ralish.

Mazmuni: Sura qiyomatda koinot tartibining o‘zgarishini juda tezkor tasvirlar bilan beradi. Quyoshning o‘ralishi, yulduzlarning sochilishi va dengizlarning qo‘zg‘alishi orqali oxirat yaqinligi ko‘rsatiladi. Qur’onni olib kelgan farishta va Rasulning rostgo‘yligi ham tasdiqlanadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraAbasa surasiKeyingi sura →Infitor surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026