سورة الانفطار
Infitor surasi
Yorilish · Инфитор сураси
Infitor surasi — Qurʼoni Karimning 82-surasi. U 19 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Yorilish» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
إِذَا ٱلسَّمَآءُ ٱنفَطَرَتۡ﴿١﴾
Vaqtiki, osmon yorilsa.
وَ إِذَا ٱلۡكَوَاكِبُ ٱنتَثَرَتۡ﴿٢﴾
Va vaqtiki, yulduzlar sochilib ketsa.
وَ إِذَا ٱلۡبِحَارُ فُجِّرَتۡ﴿٣﴾
Va vaqtiki, dengizlar portlatilsa.
وَ إِذَا ٱلۡقُبُورُ بُعۡثِرَتۡ﴿٤﴾
Va vaqtiki, qabrlar ostin-ustin boʻlsa.
عَلِمَتۡ نَفۡسࣱ مَّا قَدَّمَتۡ وَ أَخَّرَتۡ﴿٥﴾
Har bir jon — nimani taqdim qildiyu nimani taʼxir qildi — biladir.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡإِنسَٰنُ مَا غَرَّكَ بِرَبِّكَ ٱلۡكَرِيمِ﴿٦﴾
Ey Inson! Seni nima Karamli Robbing haqida gʻururga ketkazdi?!
ٱلَّذِي خَلَقَكَ فَسَوَّىٰكَ فَعَدَلَكَ﴿٧﴾
U seni toʻla-toʻkis va moʻʼtadil qilib yaratgandi.
فِيٓ أَيِّ صُورَةࣲ مَّا شَآءَ رَكَّبَكَ﴿٨﴾
Oʻzi xohlagan suvratda seni tarkib qildi.
كَلَّا بَلۡ تُكَذِّبُونَ بِٱلدِّينِ﴿٩﴾
Yoʻq!!! Balki, siz jazoni yolgʻonga chiqarmoqdasiz!!!
وَ إِنَّ عَلَيۡكُمۡ لَحَٰفِظِينَ﴿١٠﴾
Holbuki, sizning ustingizdan kuzatib turuvchilar bordir.
كِرَامࣰا كَٰتِبِينَ﴿١١﴾
Ular hurmatli yozib turguvchilardir.
يَعۡلَمُونَ مَا تَفۡعَلُونَ﴿١٢﴾
Ular nima qilayotganingizni biladir.
إِنَّ ٱلۡأَبۡرَارَ لَفِي نَعِيمࣲ﴿١٣﴾
Albatta, yaxshilar jannatdadir.
وَ إِنَّ ٱلۡفُجَّارَ لَفِي جَحِيمࣲ﴿١٤﴾
Va, albatta, fojirlar jahannamdadir.
يَصۡلَوۡنَهَا يَوۡمَ ٱلدِّينِ﴿١٥﴾
Ular u yerga qiyomat kuni kiradir.
وَ مَا هُمۡ عَنۡهَا بِغَآئِبِينَ﴿١٦﴾
Va ular undan gʻoyib boʻla olmaslar.
وَ مَآ أَدۡرَىٰكَ مَا يَوۡمُ ٱلدِّينِ﴿١٧﴾
Va, jazo kuni nima ekanini senga nima bildirdi?
ثُمَّ مَآ أَدۡرَىٰكَ مَا يَوۡمُ ٱلدِّينِ﴿١٨﴾
Soʻng, jazo kuni nima ekanini senga nima bildirdi?
يَوۡمَ لَا تَمۡلِكُ نَفۡسࣱ لِّنَفۡسࣲ شَيۡـࣰٔا ۖ وَ ٱلۡأَمۡرُ يَوۡمَئِذࣲ لِّلَّهِ﴿١٩﴾
Oʻsha kunda hech bir jon boshqa bir jon uchun biror narsa qilish imkoniga molik emas. U kunda barcha ish Allohning Oʻziga xos.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Infitor. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — yorilish.
Mazmuni: Sura qiyomat kuni osmon va yerning o‘zgarishini tasvirlab, insonni ne’matga aldanishdan ogohlantiradi. Insonning ulug‘ Yaratuvchiga nisbatan beparvoligi tanqid qilinib, amallarni yozib boruvchi farishtalar va mukofot-jazo haqidagi haqiqat eslatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.