Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Mutaffifin surasi

سورة المطففين

Mutaffifin surasi

O‘lchovdan urib qoluvchilar · Мутаффифин сураси

83-sura36 oyatMakkiy30-pora

Mutaffifin surasi — Qurʼoni Karimning 83-surasi. U 36 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «O‘lchovdan urib qoluvchilar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 83:1Mushafda oʻqish ↗

    وَيۡلࣱ لِّلۡمُطَفِّفِينَ﴿١﴾

    Vayl boʻlsin oʻlchovdan urib qoluvchilarga.

  2. 83:2Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ إِذَا ٱكۡتَالُواْ عَلَى ٱلنَّاسِ يَسۡتَوۡفُونَ﴿٢﴾

    Ular odamlardan narsa oʻlchab olsalar, toʻliq olarlar.

  3. 83:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا كَالُوهُمۡ أَو وَّزَنُوهُمۡ يُخۡسِرُونَ﴿٣﴾

    Va agar odamlarga oʻlchab yoki tortib bersalar, kamaytirarlar.

  4. 83:4Mushafda oʻqish ↗

    أَلَا يَظُنُّ أُوْلَٰٓئِكَ أَنَّهُم مَّبۡعُوثُونَ﴿٤﴾

    Ana shular, albatta, qayta tiriltirilishlarini oʻylamaydilarmi?

  5. 83:5Mushafda oʻqish ↗

    لِيَوۡمٍ عَظِيمࣲ﴿٥﴾

    Ulugʻ bir kunda.

  6. 83:6Mushafda oʻqish ↗

    يَوۡمَ يَقُومُ ٱلنَّاسُ لِرَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ﴿٦﴾

    U kunda odamlar olamlarning Robbi huzurida tik turarlar.

  7. 83:7Mushafda oʻqish ↗

    كَلَّآ إِنَّ كِتَٰبَ ٱلۡفُجَّارِ لَفِي سِجِّينࣲ﴿٧﴾

    Yoʻq! Albatta fojirlarlarning kitobi «sijjiyn»dadir.

  8. 83:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَدۡرَىٰكَ مَا سِجِّينࣱ﴿٨﴾

    «Sijjiyn» qanday narsa ekanini senga nima bildirdi?!

  9. 83:9Mushafda oʻqish ↗

    كِتَٰبࣱ مَّرۡقُومࣱ﴿٩﴾

    U(Sijjiyn) yozilgan kitobdur.

  10. 83:10Mushafda oʻqish ↗

    وَيۡلࣱ يَوۡمَئِذࣲ لِّلۡمُكَذِّبِينَ﴿١٠﴾

    Oʻsha kunda yolgʻonga chiqaruvchilarga vayl boʻlsin!

  11. 83:11Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ يُكَذِّبُونَ بِيَوۡمِ ٱلدِّينِ﴿١١﴾

    Ular jazo (qiyomat) kunini yolgʻonga chiqarurlar.

  12. 83:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا يُكَذِّبُ بِهِۦٓ إِلَّا كُلُّ مُعۡتَدٍ أَثِيمٍ﴿١٢﴾

    Uni haddan oshuvchi va oʻta gunohkorlardan boshqalar yolgʻonga chiqarmaslar.

  13. 83:13Mushafda oʻqish ↗

    إِذَا تُتۡلَىٰ عَلَيۡهِ ءَايَٰتُنَا قَالَ أَسَٰطِيرُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴿١٣﴾

    Qachon unga oyatlarimiz tilovat qilinsa, «avvalgilarning afsonalari», der.

  14. 83:14Mushafda oʻqish ↗

    كَلَّا ۖ بَلۡۜ رَانَ عَلَىٰ قُلُوبِهِم مَّا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴿١٤﴾

    Yoʻq! Ularning qilgan kasblari qalblariga mogʻor boʻlib oʻrnashib qolgandir.

  15. 83:15Mushafda oʻqish ↗

    كَلَّآ إِنَّهُمۡ عَن رَّبِّهِمۡ يَوۡمَئِذࣲ لَّمَحۡجُوبُونَ﴿١٥﴾

    Yoʻq!!! Albatta, ular oʻsha kunda oʻz Robbilarini koʻrishdan toʻsilurlar.

  16. 83:16Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ إِنَّهُمۡ لَصَالُواْ ٱلۡجَحِيمِ﴿١٦﴾

    Soʻngra, albatta, ular jahiymga kiruvchilardir.

  17. 83:17Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ يُقَالُ هَٰذَا ٱلَّذِي كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ﴿١٧﴾

    Soʻngra, mana bu, sizlar yolgʻonga chiqarib yurgan narsa, deyilur.

  18. 83:18Mushafda oʻqish ↗

    كَلَّآ إِنَّ كِتَٰبَ ٱلۡأَبۡرَارِ لَفِي عِلِّيِّينَ﴿١٨﴾

    Yoʻq!!! Albatta, abrorlarning kitobi «Illiyyiyn»dadur.

  19. 83:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أَدۡرَىٰكَ مَا عِلِّيُّونَ﴿١٩﴾

    «Illiyyiyn» qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?!

  20. 83:20Mushafda oʻqish ↗

    كِتَٰبࣱ مَّرۡقُومࣱ﴿٢٠﴾

    U yozilgan kitobdur.

  21. 83:21Mushafda oʻqish ↗

    يَشۡهَدُهُ ٱلۡمُقَرَّبُونَ﴿٢١﴾

    Unga muqarrab(farishta)lar shohid boʻlurlar.

  22. 83:22Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلۡأَبۡرَارَ لَفِي نَعِيمٍ﴿٢٢﴾

    Albatta, abrorlar jannati naʼiymdadurlar.

  23. 83:23Mushafda oʻqish ↗

    عَلَى ٱلۡأَرَآئِكِ يَنظُرُونَ﴿٢٣﴾

    Pardali baland soʻrilar ustida nazar solib tururlar.

  24. 83:24Mushafda oʻqish ↗

    تَعۡرِفُ فِي وُجُوهِهِمۡ نَضۡرَةَ ٱلنَّعِيمِ﴿٢٤﴾

    Ularning chehralaridan jannat ravnaqini bilib olasan.

  25. 83:25Mushafda oʻqish ↗

    يُسۡقَوۡنَ مِن رَّحِيقࣲ مَّخۡتُومٍ﴿٢٥﴾

    Ular muhrlangan, nihoyatda pok sharobdan ichurlar.

  26. 83:26Mushafda oʻqish ↗

    خِتَٰمُهُۥ مِسۡكࣱ ۚ وَ فِي ذَٰلِكَ فَلۡيَتَنَافَسِ ٱلۡمُتَنَٰفِسُونَ﴿٢٦﴾

    U(sharob)ning xotimasi miskdandir. Va shu narsa uchun musobaqa qiluvchilar musobaqa qilsinlar.

  27. 83:27Mushafda oʻqish ↗

    وَ مِزَاجُهُۥ مِن تَسۡنِيمٍ﴿٢٧﴾

    U sharobning aralashmasi «Tasniym»dandir.

  28. 83:28Mushafda oʻqish ↗

    عَيۡنࣰا يَشۡرَبُ بِهَا ٱلۡمُقَرَّبُونَ﴿٢٨﴾

    U(Tasniym) bir buloqdirki, undan muqarrablar icharlar.

  29. 83:29Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ أَجۡرَمُواْ كَانُواْ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ يَضۡحَكُونَ﴿٢٩﴾

    Albatta, jinoyat qilganlar iymon keltirganlar ustidan kular edilar.

  30. 83:30Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا مَرُّواْ بِهِمۡ يَتَغَامَزُونَ﴿٣٠﴾

    Agar moʻminlar ularning yonidan oʻtsalar, masxaralab ishora qilar edilar.

  31. 83:31Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا ٱنقَلَبُوٓاْ إِلَىٰٓ أَهۡلِهِمُ ٱنقَلَبُواْ فَكِهِينَ﴿٣١﴾

    Agar (kofirlar) oʻz ahllari huzuriga qaytib borsalar, huzurlanib qaytib borar edilar.

  32. 83:32Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا رَأَوۡهُمۡ قَالُوٓاْ إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ لَضَآلُّونَ﴿٣٢﴾

    Va agar u(moʻmin)larni koʻrsalar, «Albatta, anavilar adashganlar», der edilar.

  33. 83:33Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أُرۡسِلُواْ عَلَيۡهِمۡ حَٰفِظِينَ﴿٣٣﴾

    Holbuki, ular moʻminlar ustidan kuzatuvchi qilib yuborilganlari yoʻq-ku!

  34. 83:34Mushafda oʻqish ↗

    فَٱلۡيَوۡمَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنَ ٱلۡكُفَّارِ يَضۡحَكُونَ﴿٣٤﴾

    Endi, bu Kunda iymon keltirganlar kofirlar ustidan kularlar.

  35. 83:35Mushafda oʻqish ↗

    عَلَى ٱلۡأَرَآئِكِ يَنظُرُونَ﴿٣٥﴾

    Pardali, baland soʻrilar ustida nazar solib turarlar.

  36. 83:36Mushafda oʻqish ↗

    هَلۡ ثُوِّبَ ٱلۡكُفَّارُ مَا كَانُواْ يَفۡعَلُونَ﴿٣٦﴾

    Kofirlar bu dunyoda qilgan ishlarining «savobini» olarmikanlar?!

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Mutaffifin. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — o‘lchovda aldovchilar.

Mazmuni: Sura o‘lchov va tarozida aldash kabi iqtisodiy insofsizlikni keskin qoralaydi. Fujjorlar va Abrorlar uchun alohida kitoblar, qalblarning zanglashi, jannat va do‘zax manzaralari hamda mo‘minlarni masxara qilganlarning oqibati bayon qilinadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraInfitor surasiKeyingi sura →Inshiqoq surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026