سورة الانشقاق
Inshiqoq surasi
Parchalanish · Иншиқоқ сураси
Inshiqoq surasi — Qurʼoni Karimning 84-surasi. U 25 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Parchalanish» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
إِذَا ٱلسَّمَآءُ ٱنشَقَّتۡ﴿١﴾
Vaqtiki, osmon yorilsa.
وَ أَذِنَتۡ لِرَبِّهَا وَ حُقَّتۡ﴿٢﴾
U(osmon) oʻz Robbisiga quloq osdi, boʻysundi va shundoq boʻlishi kerak edi.
وَ إِذَا ٱلۡأَرۡضُ مُدَّتۡ﴿٣﴾
Va vaqtiki, yer choʻzilsa.
وَ أَلۡقَتۡ مَا فِيهَا وَ تَخَلَّتۡ﴿٤﴾
Va oʻz ichidagi narsalarni otib chiqarib, xoli qolsa.
وَ أَذِنَتۡ لِرَبِّهَا وَ حُقَّتۡ﴿٥﴾
U(er) oʻz Robbisiga quloq osdi, boʻysundi va shundoq boʻlishi kerak edi.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡإِنسَٰنُ إِنَّكَ كَادِحٌ إِلَىٰ رَبِّكَ كَدۡحࣰا فَمُلَٰقِيهِ﴿٦﴾
Ey inson! Albatta, sen Robbingga yoʻliqquningcha, harakatu urinishda boʻlasan va oxiri unga yoʻliqasan ham.
فَأَمَّا مَنۡ أُوتِيَ كِتَٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ﴿٧﴾
Ammo kimning kitobi oʻng tarafdan berilsa.
فَسَوۡفَ يُحَاسَبُ حِسَابࣰا يَسِيرࣰا﴿٨﴾
Tezda, osongina hisob qilinur.
وَ يَنقَلِبُ إِلَىٰٓ أَهۡلِهِۦ مَسۡرُورࣰا﴿٩﴾
Va ahli huzuriga xursand holda qaytib borur.
وَ أَمَّا مَنۡ أُوتِيَ كِتَٰبَهُۥ وَرَآءَ ظَهۡرِهِۦ﴿١٠﴾
Va ammo kimning kitobi orqa tarafdan berilsa...
فَسَوۡفَ يَدۡعُواْ ثُبُورࣰا﴿١١﴾
U tezda oʻziga halokatni chaqirur.
وَ يَصۡلَىٰ سَعِيرًا﴿١٢﴾
Va qizib turgan doʻzaxga kirur.
إِنَّهُۥ كَانَ فِيٓ أَهۡلِهِۦ مَسۡرُورًا﴿١٣﴾
Chunki, u (bu dunyoda) oʻz ahli bilan xursand boʻlib oʻtgan edi.
إِنَّهُۥ ظَنَّ أَن لَّن يَحُورَ﴿١٤﴾
Chunki, u hech qachon orqaga qaytmaslikni oʻylagan edi.
بَلَىٰٓ ۚ إِنَّ رَبَّهُۥ كَانَ بِهِۦ بَصِيرࣰا﴿١٥﴾
Ha! Albatta, Robbi uni doim koʻrib turuvchi edi.
فَلَآ أُقۡسِمُ بِٱلشَّفَقِ﴿١٦﴾
Shafaq bilan qasamki.
وَ ٱلَّيۡلِ وَ مَا وَسَقَ﴿١٧﴾
Kechasi va u oʻrab olgan narsalar bilan qasamki.
وَ ٱلۡقَمَرِ إِذَا ٱتَّسَقَ﴿١٨﴾
Va toʻlin oy bilan qasamki.
لَتَرۡكَبُنَّ طَبَقًا عَن طَبَقࣲ﴿١٩﴾
Albatta, sizlar tabaqama-tabaqa minasizlar.
فَمَا لَهُمۡ لَا يُؤۡمِنُونَ﴿٢٠﴾
Nima boʻlgan ularga, iymon keltirmaslar?!
وَ إِذَا قُرِئَ عَلَيۡهِمُ ٱلۡقُرۡءَانُ لَا يَسۡجُدُونَۤ ۩﴿٢١﴾
Va agar ularga Qurʼon oʻqilsa, sajda qilmaslar.
بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُكَذِّبُونَ﴿٢٢﴾
Balki kofirlar yolgʻonga chiqarurlar.
وَ ٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِمَا يُوعُونَ﴿٢٣﴾
Ular (qalblarida) nimani saqlayotganlarini Allohning Oʻzi biladir.
فَبَشِّرۡهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ﴿٢٤﴾
Ularga alamli azobning «bashoratini» ber.
إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمۡ أَجۡرٌ غَيۡرُ مَمۡنُونِۭ﴿٢٥﴾
Illo, iymon keltirganlarga va yaxshi amallar qilganlarga minnatsiz, uzluksiz ajrlar bor.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Inshiqoq. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — yorilish.
Mazmuni: Sura osmonning yorilishi va yerning Rabbiga bo‘ysunishi haqidagi tasvirlar bilan boshlanadi. Insonning mehnati oxir-oqibat Alloh huzurida hisobga borishi, kitobning o‘ng yoki orqa tomondan berilishi va sajdadan yuz o‘girishning oqibati ko‘rsatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.