Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Buruj surasi

سورة البروج

Buruj surasi

Burjlar · Буруж сураси

85-sura22 oyatMakkiy30-pora

Buruj surasi — Qurʼoni Karimning 85-surasi. U 22 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Burjlar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 85:1Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلۡبُرُوجِ﴿١﴾

    Burjlar egasi boʻlgan osmon bilan qasam.

  2. 85:2Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡمَوۡعُودِ﴿٢﴾

    Va vaʼda qilingan kun bilan qasam.

  3. 85:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ شَاهِدࣲ وَ مَشۡهُودࣲ﴿٣﴾

    Guvohlik beruvchi va guvohlik berilgan bilan qasam.

  4. 85:4Mushafda oʻqish ↗

    قُتِلَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡأُخۡدُودِ﴿٤﴾

    «Uxdud» egalariga laʼnat boʻlsin.

  5. 85:5Mushafda oʻqish ↗

    ٱلنَّارِ ذَاتِ ٱلۡوَقُودِ﴿٥﴾

    U yoqilgʻisi koʻp, qattiq isigan olovdir.

  6. 85:6Mushafda oʻqish ↗

    إِذۡ هُمۡ عَلَيۡهَا قُعُودࣱ﴿٦﴾

    U(kofir)lar oʻsha(chuqur)lar atrofida oʻtiribdirlar.

  7. 85:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ هُمۡ عَلَىٰ مَا يَفۡعَلُونَ بِٱلۡمُؤۡمِنِينَ شُهُودࣱ﴿٧﴾

    Va ular moʻminlarga qilayotgan narsalariga oʻzlari guvohdirlar.

  8. 85:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا نَقَمُواْ مِنۡهُمۡ إِلَّآ أَن يُؤۡمِنُواْ بِٱللَّهِ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡحَمِيدِ﴿٨﴾

    Va (ular) moʻminlardan Aziyz, Hamiyd Allohga boʻlgan iymondan boshqa «ayb» topa olmadilar.

  9. 85:9Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِي لَهُۥ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ شَهِيدٌ﴿٩﴾

    U shunday zotki, osmonlaru yerning mulki Unga xosdir va Alloh har bir narsaga Oʻzi guvohdir.

  10. 85:10Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ فَتَنُواْ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ ثُمَّ لَمۡ يَتُوبُواْ فَلَهُمۡ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَ لَهُمۡ عَذَابُ ٱلۡحَرِيقِ﴿١٠﴾

    Albatta, moʻmin va moʻminalarni fitna qilib, soʻngra tavba qilmaganlarga, ana oʻshalarga jahannam azobi va kuydiruvchi azob bor.

  11. 85:11Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمۡ جَنَّٰتࣱ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡكَبِيرُ﴿١١﴾

    Albatta, iymon keltirgan va solih amal qilganlarga, ularga, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Bu esa nihoyatda ulkan yutuqdir.

  12. 85:12Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ بَطۡشَ رَبِّكَ لَشَدِيدٌ﴿١٢﴾

    Albatta, Robbingning changali juda ham shiddatli, qattiqdir.

  13. 85:13Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّهُۥ هُوَ يُبۡدِئُ وَ يُعِيدُ﴿١٣﴾

    Albatta, U Oʻzi boshlaydir va qaytaradir.

  14. 85:14Mushafda oʻqish ↗

    وَ هُوَ ٱلۡغَفُورُ ٱلۡوَدُودُ﴿١٤﴾

    Va U magʻfirat qiluvchi, barchaga yaxshilikni ravo koʻruvchi Zotdir.

  15. 85:15Mushafda oʻqish ↗

    ذُو ٱلۡعَرۡشِ ٱلۡمَجِيدُ﴿١٥﴾

    U, Arsh egasi hamda qadri ulugʻ Zotdir.

  16. 85:16Mushafda oʻqish ↗

    فَعَّالࣱ لِّمَا يُرِيدُ﴿١٦﴾

    U nimani xohlasa, qila oluvchi Zotdir.

  17. 85:17Mushafda oʻqish ↗

    هَلۡ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ٱلۡجُنُودِ﴿١٧﴾

    Senga askarlarning xabari keldimi?

  18. 85:18Mushafda oʻqish ↗

    فِرۡعَوۡنَ وَ ثَمُودَ﴿١٨﴾

    Firʼavn va Samudning.

  19. 85:19Mushafda oʻqish ↗

    بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فِي تَكۡذِيبࣲ﴿١٩﴾

    Balki, kofirlar yolgʻonga chiqarishadir?

  20. 85:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱللَّهُ مِن وَرَآئِهِم مُّحِيطُۢ﴿٢٠﴾

    Holbuki, Alloh ularning ortidan ihota qilib turuvchidir.

  21. 85:21Mushafda oʻqish ↗

    بَلۡ هُوَ قُرۡءَانࣱ مَّجِيدࣱ﴿٢١﴾

    Yoʻq!!! U Qurʼoni Majiyddur.

  22. 85:22Mushafda oʻqish ↗

    فِي لَوۡحࣲ مَّحۡفُوظِۭ﴿٢٢﴾

    U Lavhul Mahfuzdadir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Buruj. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — burjlar.

Mazmuni: Sura xandaq egalari deb zikr qilingan mo‘minlarni olov bilan qiynagan zolimlarni qoralaydi. Allohning hukmronligi, shohid va guvohning mavjudligi, iymonli kishining sabri hamda azob va mukofotning adolat bilan berilishi ta’kidlanadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraInshiqoq surasiKeyingi sura →Toriq surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026