سورة الطارق
Toriq surasi
Tungi yulduz · Ториқ сураси
Toriq surasi — Qurʼoni Karimning 86-surasi. U 17 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Tungi yulduz» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَ ٱلسَّمَآءِ وَ ٱلطَّارِقِ﴿١﴾
Osmon bilan qasam va toriq bilan qasam.
وَ مَآ أَدۡرَىٰكَ مَا ٱلطَّارِقُ﴿٢﴾
Toriq nimaligini senga ne bildirdi?
ٱلنَّجۡمُ ٱلثَّاقِبُ﴿٣﴾
U, nur sochib turuvchi yulduzdir.
إِن كُلُّ نَفۡسࣲ لَّمَّا عَلَيۡهَا حَافِظࣱ﴿٤﴾
Hech bir jon yoʻqki, uning hifz qilib turuvchisi boʻlmasa.
فَلۡيَنظُرِ ٱلۡإِنسَٰنُ مِمَّ خُلِقَ﴿٥﴾
Inson nimadan yaralganiga nazar solsin.
خُلِقَ مِن مَّآءࣲ دَافِقࣲ﴿٦﴾
U otilib chiquvchi suvdan yaralgandir.
يَخۡرُجُ مِنۢ بَيۡنِ ٱلصُّلۡبِ وَ ٱلتَّرَآئِبِ﴿٧﴾
U (suv) sulb (orqa umurtqa) va taroib (koʻkrak suyagi) orasidan chiqadir.
إِنَّهُۥ عَلَىٰ رَجۡعِهِۦ لَقَادِرࣱ﴿٨﴾
Albatta, U zot uni qayta tiriltirishga qodirdir.
يَوۡمَ تُبۡلَى ٱلسَّرَآئِرُ﴿٩﴾
Sirlar fosh boʻladigan kundadir.
فَمَا لَهُۥ مِن قُوَّةࣲ وَ لَا نَاصِرࣲ﴿١٠﴾
Bas (oʻshanda) u(inson)da quvvat ham, nusrat beruvchi ham boʻlmaydir.
وَ ٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلرَّجۡعِ﴿١١﴾
Qaytuvchi sohibi boʻlgan osmon bilan qasam.
وَ ٱلۡأَرۡضِ ذَاتِ ٱلصَّدۡعِ﴿١٢﴾
Yorib chiquvchi egasi boʻlgan yer bilan qasam.
إِنَّهُۥ لَقَوۡلࣱ فَصۡلࣱ﴿١٣﴾
Albatta, u (Qurʼon) ajratuvchi soʻzdir.
وَ مَا هُوَ بِٱلۡهَزۡلِ﴿١٤﴾
Va u hazil emasdir.
إِنَّهُمۡ يَكِيدُونَ كَيۡدࣰا﴿١٥﴾
Albatta, ular hiyla qiladir.
وَ أَكِيدُ كَيۡدࣰا﴿١٦﴾
Va Men ham «hiyla» qilurman.
فَمَهِّلِ ٱلۡكَٰفِرِينَ أَمۡهِلۡهُمۡ رُوَيۡدَۢا﴿١٧﴾
Bas, kofirlarga muhlat ber. Ha, ularga ozgina muhlat ber.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Toriq. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — tungi keluvchi.
Mazmuni: Sura tungi yulduz misolida insonning yaratilishi va kuzatuv ostida ekanini eslatadi. Osmon va yerning yaratilishi bilan qasamlar keltirilib, yashirin amallar oshkor bo‘ladigan kun haqida ogohlantiriladi; Qur’onning haq bilan ajratuvchi so‘z ekani ta’kidlanadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.