Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Aʼlo surasi

سورة الأعلى

Aʼlo surasi

Eng Oliy · Аъло сураси

87-sura19 oyatMakkiy30-pora

Aʼlo surasi — Qurʼoni Karimning 87-surasi. U 19 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Eng Oliy» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 87:1Mushafda oʻqish ↗

    سَبِّحِ ٱسۡمَ رَبِّكَ ٱلۡأَعۡلَى﴿١﴾

    Oliy qadar boʻlgan Robbing ismini poklab yod et.

  2. 87:2Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِي خَلَقَ فَسَوَّىٰ﴿٢﴾

    U yaratgan va mutanosib qilgan Zotdir.

  3. 87:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِي قَدَّرَ فَهَدَىٰ﴿٣﴾

    U, oʻlchov bilan qilgan va hidoyatga boshlagan Zotdir.

  4. 87:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّذِيٓ أَخۡرَجَ ٱلۡمَرۡعَىٰ﴿٤﴾

    U, oʻt-oʻlanni chiqargan Zotdir.

  5. 87:5Mushafda oʻqish ↗

    فَجَعَلَهُۥ غُثَآءً أَحۡوَىٰ﴿٥﴾

    Bas, uni qoraygan xashak qilgan Zotdir.

  6. 87:6Mushafda oʻqish ↗

    سَنُقۡرِئُكَ فَلَا تَنسَىٰٓ﴿٦﴾

    Biz senga (Qurʼonni) qiroat qildiramiz, bas, sen uni esdan chiqarmassan.

  7. 87:7Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّهُۥ يَعۡلَمُ ٱلۡجَهۡرَ وَ مَا يَخۡفَىٰ﴿٧﴾

    Illo, Alloh xohlaganini. Albatta, U oshkorni ham, maxfiy narsalarni ham biladir.

  8. 87:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ نُيَسِّرُكَ لِلۡيُسۡرَىٰ﴿٨﴾

    Va seni oson yoʻlga muyassar qilamiz.

  9. 87:9Mushafda oʻqish ↗

    فَذَكِّرۡ إِن نَّفَعَتِ ٱلذِّكۡرَىٰ﴿٩﴾

    Bas, agar eslatish manfaat bersa, eslatgin.

  10. 87:10Mushafda oʻqish ↗

    سَيَذَّكَّرُ مَن يَخۡشَىٰ﴿١٠﴾

    Albatta, U zotdan qoʻrqqan esga oladir.

  11. 87:11Mushafda oʻqish ↗

    وَ يَتَجَنَّبُهَا ٱلۡأَشۡقَى﴿١١﴾

    Va badbaxtgina undan chetda boʻladir.

  12. 87:12Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِي يَصۡلَى ٱلنَّارَ ٱلۡكُبۡرَىٰ﴿١٢﴾

    U katta olovga kiradir.

  13. 87:13Mushafda oʻqish ↗

    ثُمَّ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَ لَا يَحۡيَىٰ﴿١٣﴾

    Soʻngra, uning ichida oʻlmay ham, tirilmay ham qoladir.

  14. 87:14Mushafda oʻqish ↗

    قَدۡ أَفۡلَحَ مَن تَزَكَّىٰ﴿١٤﴾

    Haqiqatan, kim pok boʻlsa, yutuq topadir.

  15. 87:15Mushafda oʻqish ↗

    وَ ذَكَرَ ٱسۡمَ رَبِّهِۦ فَصَلَّىٰ﴿١٥﴾

    Va Robbi ismini zikr qilsa va namoz oʻqisa hamdir.

  16. 87:16Mushafda oʻqish ↗

    بَلۡ تُؤۡثِرُونَ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا﴿١٦﴾

    Balki, sizlar bu dunyo hayotini ustun qoʻyasizlar.

  17. 87:17Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡأٓخِرَةُ خَيۡرࣱ وَ أَبۡقَىٰٓ﴿١٧﴾

    Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir.

  18. 87:18Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ هَٰذَا لَفِي ٱلصُّحُفِ ٱلۡأُولَىٰ﴿١٨﴾

    Albatta, bu avvalgi sahifalarda bordir.

  19. 87:19Mushafda oʻqish ↗

    صُحُفِ إِبۡرَٰهِيمَ وَ مُوسَىٰ﴿١٩﴾

    Ibrohim va Muso sahifalaridadir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: A’lo. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — eng oliy.

Mazmuni: Sura Robbini poklash va eslashga, Qur’onni yodda tutishga hamda oxiratni dunyodan ustun qo‘yishga chaqiradi. Insonning yaratilishi, o‘tkinchi dunyo va avvalgi sahifalardagi hidoyat bir mavzu atrofida birlashtiriladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraToriq surasiKeyingi sura →G‘oshiya surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026