سورة الغاشية
G‘oshiya surasi
Qamrab oluvchi · Ғошия сураси
G‘oshiya surasi — Qurʼoni Karimning 88-surasi. U 26 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Qamrab oluvchi» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
هَلۡ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ٱلۡغَٰشِيَةِ﴿١﴾
Batahqiq, senga gʻoshiya xabari keldi.
وُجُوهࣱ يَوۡمَئِذٍ خَٰشِعَةٌ﴿٢﴾
Oʻshal kunda bir chehralar qoʻrqinch bilan toʻladir.
عَامِلَةࣱ نَّاصِبَةࣱ﴿٣﴾
Ular ish bajaruvchidir va nihoyatda charchagandir.
تَصۡلَىٰ نَارًا حَامِيَةࣰ﴿٤﴾
Oʻta qizib turgan olovga kiradir.
تُسۡقَىٰ مِنۡ عَيۡنٍ ءَانِيَةࣲ﴿٥﴾
Ular qaynab turgan buloqdan sugʻoriladir.
لَّيۡسَ لَهُمۡ طَعَامٌ إِلَّا مِن ضَرِيعࣲ﴿٦﴾
Ularga tikandan boshqa taom yoʻqdir.
لَّا يُسۡمِنُ وَ لَا يُغۡنِي مِن جُوعࣲ﴿٧﴾
U na semirtirmas va na ochlikni ketkazmasdir.
وُجُوهࣱ يَوۡمَئِذࣲ نَّاعِمَةࣱ﴿٨﴾
Oʻshal kunda bir chehralar neʼmat xursandligi bilan toʻladir.
لِّسَعۡيِهَا رَاضِيَةࣱ﴿٩﴾
Ular oʻz ishlaridan rozidir.
فِي جَنَّةٍ عَالِيَةࣲ﴿١٠﴾
Ular oliy darajali jannatdadir.
لَّا تَسۡمَعُ فِيهَا لَٰغِيَةࣰ﴿١١﴾
Unda bekorchi gaplarni eshitmaslar.
فِيهَا عَيۡنࣱ جَارِيَةࣱ﴿١٢﴾
Unda oqib turgan buloqlar bordir.
فِيهَا سُرُرࣱ مَّرۡفُوعَةࣱ﴿١٣﴾
Unda baland-baland soʻrilar bordir.
وَ أَكۡوَابࣱ مَّوۡضُوعَةࣱ﴿١٤﴾
Va tayyorlab qoʻyilgan qadahlar bordir.
وَ نَمَارِقُ مَصۡفُوفَةࣱ﴿١٥﴾
Va saf-saf qilib tizilgan yostiqlar bordir.
وَ زَرَابِيُّ مَبۡثُوثَةٌ﴿١٦﴾
Hamma yoqqa toʻshalgan gilamlar bordir.
أَفَلَا يَنظُرُونَ إِلَى ٱلۡإِبِلِ كَيۡفَ خُلِقَتۡ﴿١٧﴾
Ular nazar solmasmi: Tuyaning qanday yaratilganiga?
وَ إِلَى ٱلسَّمَآءِ كَيۡفَ رُفِعَتۡ﴿١٨﴾
Va osmonning qandoq koʻtarilganiga?
وَ إِلَى ٱلۡجِبَالِ كَيۡفَ نُصِبَتۡ﴿١٩﴾
Va togʻlarning qandoq oʻrnashtirilganiga?
وَ إِلَى ٱلۡأَرۡضِ كَيۡفَ سُطِحَتۡ﴿٢٠﴾
Va yerning qandoq tekislab qoʻyilganiga?
فَذَكِّرۡ إِنَّمَآ أَنتَ مُذَكِّرࣱ﴿٢١﴾
Bas, eslatgin, sen, albatta, eslatuvchidirsan.
لَّسۡتَ عَلَيۡهِم بِمُصَيۡطِرٍ﴿٢٢﴾
Sen ularning ustidan hukmingni oʻtkazuvchi emassan.
إِلَّا مَن تَوَلَّىٰ وَ كَفَرَ﴿٢٣﴾
Illo, kim yuz oʻgirsa va kofir boʻlsa...
فَيُعَذِّبُهُ ٱللَّهُ ٱلۡعَذَابَ ٱلۡأَكۡبَرَ﴿٢٤﴾
Bas, uni Alloh katta azob bilan azoblaydir.
إِنَّ إِلَيۡنَآ إِيَابَهُمۡ﴿٢٥﴾
Albatta, ularning qaytishi Bizgadir.
ثُمَّ إِنَّ عَلَيۡنَا حِسَابَهُم﴿٢٦﴾
Soʻngra, albatta, ularning hisob-kitobi ham Bizda boʻladir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: G‘oshiya. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — qoplovchi voqea.
Mazmuni: Sura qiyomat kuni yuzlarda aks etadigan holatlarni tasvirlaydi. Ba’zi yuzlar xor, ba’zilari esa ne’matda bo‘ladi. Tuya, osmon, tog‘ va yerga nazar solish orqali Allohning qudratini anglashga chaqiriladi; Rasulning vazifasi eslatish ekani aytiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.