Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Fajr surasi

سورة الفجر

Fajr surasi

Tong · Фажр сураси

89-sura30 oyatMakkiy30-pora

Fajr surasi — Qurʼoni Karimning 89-surasi. U 30 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Tong» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 89:1Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡفَجۡرِ﴿١﴾

    Fajr bilan qasam.

  2. 89:2Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَيَالٍ عَشۡرࣲ﴿٢﴾

    Va oʻn kecha bilan qasam.

  3. 89:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلشَّفۡعِ وَ ٱلۡوَتۡرِ﴿٣﴾

    Juftu toq bilan qasam.

  4. 89:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّيۡلِ إِذَا يَسۡرِ﴿٤﴾

    Va yurgan tun bilan qasam.

  5. 89:5Mushafda oʻqish ↗

    هَلۡ فِي ذَٰلِكَ قَسَمࣱ لِّذِي حِجۡرٍ﴿٥﴾

    Mana shularda aql egasi uchun (qanoatlantiruvchi) qasam bordir?!

  6. 89:6Mushafda oʻqish ↗

    أَلَمۡ تَرَ كَيۡفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِعَادٍ﴿٦﴾

    Sening Robbing Odga qanday (muomala) qilganini bilmadingmi?

  7. 89:7Mushafda oʻqish ↗

    إِرَمَ ذَاتِ ٱلۡعِمَادِ﴿٧﴾

    Baland ustunli «Iram»ga?

  8. 89:8Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّتِي لَمۡ يُخۡلَقۡ مِثۡلُهَا فِي ٱلۡبِلَٰدِ﴿٨﴾

    Uning misli boshqa diyorlarda xalq qilinmaganga?

  9. 89:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ ثَمُودَ ٱلَّذِينَ جَابُواْ ٱلصَّخۡرَ بِٱلۡوَادِ﴿٩﴾

    Va vodiyda xarsang toshlarni kesib (imorat yasagan) Samudni.

  10. 89:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ فِرۡعَوۡنَ ذِي ٱلۡأَوۡتَادِ﴿١٠﴾

    Va koʻp askarlari bor Firʼavnni.

  11. 89:11Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِينَ طَغَوۡاْ فِي ٱلۡبِلَٰدِ﴿١١﴾

    Ular turli oʻlkalarda tugʻyonga ketgan edilar.

  12. 89:12Mushafda oʻqish ↗

    فَأَكۡثَرُواْ فِيهَا ٱلۡفَسَادَ﴿١٢﴾

    Ular u(oʻlka)larda buzgʻunchilikni koʻpaytirgan edilar.

  13. 89:13Mushafda oʻqish ↗

    فَصَبَّ عَلَيۡهِمۡ رَبُّكَ سَوۡطَ عَذَابٍ﴿١٣﴾

    Bas, Robbing ularning boshiga turli azoblarni quydi.

  14. 89:14Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ رَبَّكَ لَبِٱلۡمِرۡصَادِ﴿١٤﴾

    Albatta, Robbing kuzatib turuvchidir.

  15. 89:15Mushafda oʻqish ↗

    فَأَمَّا ٱلۡإِنسَٰنُ إِذَا مَا ٱبۡتَلَىٰهُ رَبُّهُۥ فَأَكۡرَمَهُۥ وَ نَعَّمَهُۥ فَيَقُولُ رَبِّيٓ أَكۡرَمَنِ﴿١٥﴾

    Bas, qachon insonni Robbi sinash uchun ikrom qilsa va neʼmat bersa, «Meni Robbim ikrom qildi», deydir.

  16. 89:16Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمَّآ إِذَا مَا ٱبۡتَلَىٰهُ فَقَدَرَ عَلَيۡهِ رِزۡقَهُۥ فَيَقُولُ رَبِّيٓ أَهَٰنَنِ﴿١٦﴾

    Bas, qachon Robbi sinash uchun rizqini tor qilib qoʻysa, u: «Robbim meni xorladi», deydir.

  17. 89:17Mushafda oʻqish ↗

    كَلَّا ۖ بَل لَّا تُكۡرِمُونَ ٱلۡيَتِيمَ﴿١٧﴾

    Yoʻq! Balki sizlar yetimlarni ikrom qilmaysizlar.

  18. 89:18Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا تَحَٰٓضُّونَ عَلَىٰ طَعَامِ ٱلۡمِسۡكِينِ﴿١٨﴾

    Bir-biringizni miskinlarga taom berishga undamaysizlar.

  19. 89:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ تَأۡكُلُونَ ٱلتُّرَاثَ أَكۡلࣰا لَّمࣰّا﴿١٩﴾

    Va merosni shiddat-la yeysizlar.

  20. 89:20Mushafda oʻqish ↗

    وَ تُحِبُّونَ ٱلۡمَالَ حُبࣰّا جَمࣰّا﴿٢٠﴾

    Va molni koʻp yaxshi koʻrasizlar.

  21. 89:21Mushafda oʻqish ↗

    كَلَّآ ۖ إِذَا دُكَّتِ ٱلۡأَرۡضُ دَكࣰّا دَكࣰّا﴿٢١﴾

    Yoʻq! Vaqtiki, yer zilzilaga tushib, parcha-parcha boʻlib ketsa.

  22. 89:22Mushafda oʻqish ↗

    وَ جَآءَ رَبُّكَ وَ ٱلۡمَلَكُ صَفࣰّا صَفࣰّا﴿٢٢﴾

    Va Robbing va farishtalar saf-saf boʻlib kelsalar.

  23. 89:23Mushafda oʻqish ↗

    وَ جِاْيٓءَ يَوۡمَئِذِۭ بِجَهَنَّمَ ۚ يَوۡمَئِذࣲ يَتَذَكَّرُ ٱلۡإِنسَٰنُ وَ أَنَّىٰ لَهُ ٱلذِّكۡرَىٰ﴿٢٣﴾

    Va oʻsha kunda jahannamni keltirsa, oʻsha kunda inson eslaydir. Lekin bu eslashdan endi ne foyda.

  24. 89:24Mushafda oʻqish ↗

    يَقُولُ يَٰلَيۡتَنِي قَدَّمۡتُ لِحَيَاتِي﴿٢٤﴾

    U: «Afsuski, oxirat hayotimga ham biror narsa taqdim qilsam boʻlar ekan», deydir.

  25. 89:25Mushafda oʻqish ↗

    فَيَوۡمَئِذࣲ لَّا يُعَذِّبُ عَذَابَهُۥٓ أَحَدࣱ﴿٢٥﴾

    Bas, oʻsha kunda Allohning azobiga oʻxshash azob-la hech kim azoblamaydir.

  26. 89:26Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يُوثِقُ وَثَاقَهُۥٓ أَحَدࣱ﴿٢٦﴾

    Va Uning bogʻlashiga oʻxshash hech kim bogʻlamaydir.

  27. 89:27Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيَّتُهَا ٱلنَّفۡسُ ٱلۡمُطۡمَئِنَّةُ﴿٢٧﴾

    Ey, xotirjam nafs!

  28. 89:28Mushafda oʻqish ↗

    ٱرۡجِعِيٓ إِلَىٰ رَبِّكِ رَاضِيَةࣰ مَّرۡضِيَّةࣰ﴿٢٨﴾

    Robbingga sen Undan, U sendan rozi boʻlgan holda qayt!

  29. 89:29Mushafda oʻqish ↗

    فَٱدۡخُلِي فِي عِبَٰدِي﴿٢٩﴾

    Bas, bandalarim ichiga kirgin!

  30. 89:30Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱدۡخُلِي جَنَّتِي﴿٣٠﴾

    Va jannatimga kirgin!

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Fajr. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — tong.

Mazmuni: Sura Fajr, o‘n kecha va boshqa qasamlar bilan tarixdagi qudratli qavmlarning halokatini yodga soladi. Insonning boylik bilan sinalishi, yetimni hurmat qilmaslik, kambag‘alni taomlantirmaslik va molni haddan ortiq sevish qoralangan; sokin nafs esa Allohning roziligiga chaqiriladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraG‘oshiya surasiKeyingi sura →Balad surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026