سورة البلد
Balad surasi
Shahar · Балад сураси
Balad surasi — Qurʼoni Karimning 90-surasi. U 20 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Shahar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
لَآ أُقۡسِمُ بِهَٰذَا ٱلۡبَلَدِ﴿١﴾
Mana shu shahar bilan qasam.
وَ أَنتَ حِلُّۢ بِهَٰذَا ٱلۡبَلَدِ﴿٢﴾
Sen muqim turgan bu shahar-la.
وَ وَالِدࣲ وَ مَا وَلَدَ﴿٣﴾
Va Volid va undan tarqagan valadlar bilan qasam.
لَقَدۡ خَلَقۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ فِي كَبَدٍ﴿٤﴾
Batahqiq, Biz insonni mashaqqatda yaratdik.
أَيَحۡسَبُ أَن لَّن يَقۡدِرَ عَلَيۡهِ أَحَدࣱ﴿٥﴾
U inson unga hech kimning kuchi yetmas, deb hisoblarmi?
يَقُولُ أَهۡلَكۡتُ مَالࣰا لُّبَدًا﴿٦﴾
U: «Koʻplab mol-dunyo nafaqa qildim», deydir.
أَيَحۡسَبُ أَن لَّمۡ يَرَهُۥٓ أَحَدٌ﴿٧﴾
U oʻzini birov koʻrmadi, deb hisoblaydirmi?
أَلَمۡ نَجۡعَل لَّهُۥ عَيۡنَيۡنِ﴿٨﴾
Biz unga ikki koʻzni.
وَ لِسَانࣰا وَ شَفَتَيۡنِ﴿٩﴾
Va tilni va ikki labni bermadikmi?
وَ هَدَيۡنَٰهُ ٱلنَّجۡدَيۡنِ﴿١٠﴾
Va Biz uni ikki yoʻlga yoʻllab qoʻymadikmi?
فَلَا ٱقۡتَحَمَ ٱلۡعَقَبَةَ﴿١١﴾
Bas, u dovon oshib oʻtmadi.
وَ مَآ أَدۡرَىٰكَ مَا ٱلۡعَقَبَةُ﴿١٢﴾
Dovon qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?
فَكُّ رَقَبَةٍ﴿١٣﴾
U qul ozod qilishdir.
أَوۡ إِطۡعَٰمࣱ فِي يَوۡمࣲ ذِي مَسۡغَبَةࣲ﴿١٤﴾
Yoki ocharchilik kunida taom berishdir.
يَتِيمࣰا ذَا مَقۡرَبَةٍ﴿١٥﴾
Qarindosh yetimga.
أَوۡ مِسۡكِينࣰا ذَا مَتۡرَبَةࣲ﴿١٦﴾
Yoki tuproqqa qorilgan miskinga.
ثُمَّ كَانَ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ تَوَاصَوۡاْ بِٱلصَّبۡرِ وَ تَوَاصَوۡاْ بِٱلۡمَرۡحَمَةِ﴿١٧﴾
Soʻngra, iymon keltirganlar va bir-birini sabrga, mehr-shafqatga chaqirganlar boʻlsa...
أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلۡمَيۡمَنَةِ﴿١٨﴾
Ana oʻshalar oʻng tomon egalaridir.
وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِنَا هُمۡ أَصۡحَٰبُ ٱلۡمَشۡـَٔمَةِ﴿١٩﴾
Oyatlarimizga kufr keltirganlar chap tomon egalaridir.
عَلَيۡهِمۡ نَارࣱ مُّؤۡصَدَةُۢ﴿٢٠﴾
Ularni chiqib boʻlmaydigan oʻt-olov oʻrab olgandir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Balad. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — shahar.
Mazmuni: Sura insonning mashaqqat ichida yaratilganini ta’kidlaydi. Boylik va kuch bilan maqtanish o‘rniga qulni ozod qilish, ochlik kunida taom berish, sabr va mehrni targ‘ib qiluvchi amallar haqiqiy yuksalish yo‘li sifatida ko‘rsatiladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.