Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Shams surasi

سورة الشمس

Shams surasi

Quyosh · Шамс сураси

91-sura15 oyatMakkiy30-pora

Shams surasi — Qurʼoni Karimning 91-surasi. U 15 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Quyosh» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 91:1Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلشَّمۡسِ وَ ضُحَىٰهَا﴿١﴾

    Quyosh bilan va uning ziyosi bilan qasam.

  2. 91:2Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡقَمَرِ إِذَا تَلَىٰهَا﴿٢﴾

    Uning ortidan kelgan oy bilan qasam.

  3. 91:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلنَّهَارِ إِذَا جَلَّىٰهَا﴿٣﴾

    Va u(quyosh)ni ravshan koʻrsatgan nahor bilan qasam.

  4. 91:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّيۡلِ إِذَا يَغۡشَىٰهَا﴿٤﴾

    Va u(quyosh)ni qoplagan tun bilan qasam.

  5. 91:5Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلسَّمَآءِ وَ مَا بَنَىٰهَا﴿٥﴾

    Va osmon bilan va uning bino qilinishi bilan qasam.

  6. 91:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ مَا طَحَىٰهَا﴿٦﴾

    Va yer bilan va uning toʻshalishi bilan qasam.

  7. 91:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ نَفۡسࣲ وَ مَا سَوَّىٰهَا﴿٧﴾

    Va nafs bilan va uning mukammal qilinishi bilan qasam.

  8. 91:8Mushafda oʻqish ↗

    فَأَلۡهَمَهَا فُجُورَهَا وَ تَقۡوَىٰهَا﴿٨﴾

    Bas, unga fujurini va taqvosini bildirdi.

  9. 91:9Mushafda oʻqish ↗

    قَدۡ أَفۡلَحَ مَن زَكَّىٰهَا﴿٩﴾

    Batahqiq, kim u(nafs)ni poklasa, yutuqqa erishdi.

  10. 91:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ قَدۡ خَابَ مَن دَسَّىٰهَا﴿١٠﴾

    Va batahqiq, kim u(nafs)ni kirlasa, noumid boʻldi.

  11. 91:11Mushafda oʻqish ↗

    كَذَّبَتۡ ثَمُودُ بِطَغۡوَىٰهَآ﴿١١﴾

    Samud qavmi oʻz tugʻyoni ila yolgʻonga chiqardi.

  12. 91:12Mushafda oʻqish ↗

    إِذِ ٱنۢبَعَثَ أَشۡقَىٰهَا﴿١٢﴾

    Vaqtiki, uning eng badbaxti shoshilib turdi.

  13. 91:13Mushafda oʻqish ↗

    فَقَالَ لَهُمۡ رَسُولُ ٱللَّهِ نَاقَةَ ٱللَّهِ وَ سُقۡيَٰهَا﴿١٣﴾

    Bas, ularga Allohning Rasuli: «Allohning tuyasiga va uning suviga tegmanglar», dedi.

  14. 91:14Mushafda oʻqish ↗

    فَكَذَّبُوهُ فَعَقَرُوهَا فَدَمۡدَمَ عَلَيۡهِمۡ رَبُّهُم بِذَنۢبِهِمۡ فَسَوَّىٰهَا﴿١٤﴾

    Bas, (uni) yolgʻonchiga chiqarishdi va (tuyani) soʻyishdi. Bas, Robblari ularni gunohlari sababli yoʻq qilib yubordi va bunda barchani barobar qildi.

  15. 91:15Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَا يَخَافُ عُقۡبَٰهَا﴿١٥﴾

    Va U zot bu(ish)ning oqibatidan qoʻrqmas.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Shams. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — quyosh.

Mazmuni: Sura quyosh, oy, kun va tun kabi belgilar bilan qasam ichib, nafsni poklashning ahamiyatini bayon qiladi. Samud qavmining tuyani o‘ldirishi misolida ichki buzuqlikning tashqi jinoyatga aylanishi va poklangan insonning najoti ko‘rsatiladi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraBalad surasiKeyingi sura →Layl surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026