Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Layl surasi

سورة الليل

Layl surasi

Tun · Лайл сураси

92-sura21 oyatMakkiy30-pora

Layl surasi — Qurʼoni Karimning 92-surasi. U 21 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Tun» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 92:1Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلَّيۡلِ إِذَا يَغۡشَىٰ﴿١﴾

    Tunning qoplab kelayotgan payti bilan qasam.

  2. 92:2Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلنَّهَارِ إِذَا تَجَلَّىٰ﴿٢﴾

    Nahorning tajalli payti bilan qasam.

  3. 92:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا خَلَقَ ٱلذَّكَرَ وَ ٱلۡأُنثَىٰٓ﴿٣﴾

    Erkak va urgʻochining yaratilishi bilan qasam.

  4. 92:4Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ سَعۡيَكُمۡ لَشَتَّىٰ﴿٤﴾

    Albatta, sizlarning ishlaringiz turlichadur.

  5. 92:5Mushafda oʻqish ↗

    فَأَمَّا مَنۡ أَعۡطَىٰ وَ ٱتَّقَىٰ﴿٥﴾

    Ammo kimki (ato) bersa va taqvo qilsa...

  6. 92:6Mushafda oʻqish ↗

    وَ صَدَّقَ بِٱلۡحُسۡنَىٰ﴿٦﴾

    Va goʻzalni tasdiq qilsa...

  7. 92:7Mushafda oʻqish ↗

    فَسَنُيَسِّرُهُۥ لِلۡيُسۡرَىٰ﴿٧﴾

    Bas, Biz uni osonga muyassar qilamiz.

  8. 92:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَمَّا مَنۢ بَخِلَ وَ ٱسۡتَغۡنَىٰ﴿٨﴾

    Va ammo, kimki baxillik va istigʻno qilsa...

  9. 92:9Mushafda oʻqish ↗

    وَ كَذَّبَ بِٱلۡحُسۡنَىٰ﴿٩﴾

    Va goʻzalni yolgʻonga chiqarsa...

  10. 92:10Mushafda oʻqish ↗

    فَسَنُيَسِّرُهُۥ لِلۡعُسۡرَىٰ﴿١٠﴾

    Bas, Biz uni qiyinga muyassar qilamiz.

  11. 92:11Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا يُغۡنِي عَنۡهُ مَالُهُۥٓ إِذَا تَرَدَّىٰٓ﴿١١﴾

    U qulagan vaqtda unga mol-mulki foyda bermas.

  12. 92:12Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ عَلَيۡنَا لَلۡهُدَىٰ﴿١٢﴾

    Albatta, hidoyatga boshlash Bizning zimmamizdadir.

  13. 92:13Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّ لَنَا لَلۡأٓخِرَةَ وَ ٱلۡأُولَىٰ﴿١٣﴾

    Albatta, ham oxirat va ham bu dunyo Biznikidir.

  14. 92:14Mushafda oʻqish ↗

    فَأَنذَرۡتُكُمۡ نَارࣰا تَلَظَّىٰ﴿١٤﴾

    Bas, Men sizlarni lovullagan oʻtdan ogohlantirdim.

  15. 92:15Mushafda oʻqish ↗

    لَا يَصۡلَىٰهَآ إِلَّا ٱلۡأَشۡقَى﴿١٥﴾

    Unga badbaxtdan boshqa kirmas.

  16. 92:16Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِي كَذَّبَ وَ تَوَلَّىٰ﴿١٦﴾

    Oʻsha yolgʻonga chiqargan va yuz oʻgirgan edi.

  17. 92:17Mushafda oʻqish ↗

    وَ سَيُجَنَّبُهَا ٱلۡأَتۡقَى﴿١٧﴾

    Va albatta, undan taqvodor banda chetda qoladir.

  18. 92:18Mushafda oʻqish ↗

    ٱلَّذِي يُؤۡتِي مَالَهُۥ يَتَزَكَّىٰ﴿١٨﴾

    U, boyligini sarflaydir va oʻzini poklaydir.

  19. 92:19Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا لِأَحَدٍ عِندَهُۥ مِن نِّعۡمَةࣲ تُجۡزَىٰٓ﴿١٩﴾

    Biror kishining unda qaytarilishi lozim yaxshiligi yoʻq edi.

  20. 92:20Mushafda oʻqish ↗

    إِلَّا ٱبۡتِغَآءَ وَجۡهِ رَبِّهِ ٱلۡأَعۡلَىٰ﴿٢٠﴾

    Faqat, oʻzining oliy maqom Robbining roziligini soʻrab qiladir.

  21. 92:21Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَسَوۡفَ يَرۡضَىٰ﴿٢١﴾

    Va albatta, tezda rozi boʻladir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Layl. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — kecha.

Mazmuni: Sura tun va kunduzga qasam bilan insonlarning yo‘llari turlicha ekanini tushuntiradi. Ehson va taqvo yo‘lini tanlagan kishiga yengillik, baxillik va o‘zini boylik bilan behojat deb bilgan kishiga esa qiyinchilik va og‘ir oqibat va’da qilinadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraShams surasiKeyingi sura →Zuho surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026