سورة الضحى
Zuho surasi
Choshgoh · Зуҳо сураси
Zuho surasi — Qurʼoni Karimning 93-surasi. U 11 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Choshgoh» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَ ٱلضُّحَىٰ﴿١﴾
Choshtgoh bilan qasam.
وَ ٱلَّيۡلِ إِذَا سَجَىٰ﴿٢﴾
Sukunatga choʻmgan tun bilan qasam.
مَا وَدَّعَكَ رَبُّكَ وَ مَا قَلَىٰ﴿٣﴾
Robbing seni tark qilgani yoʻq, senga gʻazab ham qilgani yoʻq.
وَ لَلۡأٓخِرَةُ خَيۡرࣱ لَّكَ مِنَ ٱلۡأُولَىٰ﴿٤﴾
Va albatta, oxirat sen uchun bu dunyodan yaxshidir.
وَ لَسَوۡفَ يُعۡطِيكَ رَبُّكَ فَتَرۡضَىٰٓ﴿٥﴾
Va tezda Robbing senga ato qilur va sen rozi boʻlursan.
أَلَمۡ يَجِدۡكَ يَتِيمࣰا فَـَٔاوَىٰ﴿٦﴾
U seni yetim topib, joylab qoʻymadimi?
وَ وَجَدَكَ ضَآلࣰّا فَهَدَىٰ﴿٧﴾
Va U seni hayron holda topib, hidoyatga boshlamadimi?
وَ وَجَدَكَ عَآئِلࣰا فَأَغۡنَىٰ﴿٨﴾
Va U seni kambagʻal holda topib, boy qilmadimi?
فَأَمَّا ٱلۡيَتِيمَ فَلَا تَقۡهَرۡ﴿٩﴾
Ammo yetimga qahr qilmagin.
وَ أَمَّا ٱلسَّآئِلَ فَلَا تَنۡهَرۡ﴿١٠﴾
Va ammo, «soil»ga zajr qilma.
وَ أَمَّا بِنِعۡمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثۡ﴿١١﴾
Va ammo Robbingning bergan neʼmati haqida soʻzla.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Zuho. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — choshgoh.
Mazmuni: Sura Rasulullohga dalda berib, Alloh uni tark etmaganini eslatadi. Yetimlik, yo‘l topish va ehtiyoj holatidan keyingi ne’matlar yodga olinib, yetimni ranjitmaslik, so‘raganni qattiq qaytarmaslik va Robbining ne’matini shukr bilan so‘zlash buyuriladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.