Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Tahrim surasi

سورة التحريم

Tahrim surasi

Ta’qiq · Таҳрим сураси

66-sura12 oyatMadaniy28-pora

Tahrim surasi — Qurʼoni Karimning 66-surasi. U 12 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Ta’qiq» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 66:1Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ لِمَ تُحَرِّمُ مَآ أَحَلَّ ٱللَّهُ لَكَ ۖ تَبۡتَغِي مَرۡضَاتَ أَزۡوَٰجِكَ ۚ وَ ٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِيمࣱ﴿١﴾

    Ey Nabiy! Nima uchun xotinlaring roziligini tilab, Alloh senga halol qilgan narsani harom qilursan! Alloh koʻp magʻfirat qiluvchi va rahimlidir.

  2. 66:2Mushafda oʻqish ↗

    قَدۡ فَرَضَ ٱللَّهُ لَكُمۡ تَحِلَّةَ أَيۡمَٰنِكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ مَوۡلَىٰكُمۡ ۖ وَ هُوَ ٱلۡعَلِيمُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٢﴾

    Batahqiq, Alloh sizlarga qasamlaringizni boʻshatishni shariatga kiritdi. Va Alloh sizning xojangizdir va U oʻta biluvchi va oʻta hikmatlidir.

  3. 66:3Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذۡ أَسَرَّ ٱلنَّبِيُّ إِلَىٰ بَعۡضِ أَزۡوَٰجِهِۦ حَدِيثࣰا فَلَمَّا نَبَّأَتۡ بِهِۦ وَ أَظۡهَرَهُ ٱللَّهُ عَلَيۡهِ عَرَّفَ بَعۡضَهُۥ وَ أَعۡرَضَ عَنۢ بَعۡضࣲ ۖ فَلَمَّا نَبَّأَهَا بِهِۦ قَالَتۡ مَنۡ أَنۢبَأَكَ هَٰذَا ۖ قَالَ نَبَّأَنِيَ ٱلۡعَلِيمُ ٱلۡخَبِيرُ﴿٣﴾

    Nabiy xotinlaridan baʼzisiga sir gap aytgan edi. Bas, u (sir)dan xabar berdi va Alloh u(ish)ni u(Nabiy)ga bildirdi. U baʼzisini bildirdi va baʼzisini eslamadi. Qachon u(Nabiy) ul(ayol)ga (ish) haqida xabar berganida, u: «Buni senga kim xabar qildi», dedi. U(Nabiy): «Menga hamma narsani biluvchi va hamma narsadan xabardor Alloh xabar berdi», dedi.

  4. 66:4Mushafda oʻqish ↗

    إِن تَتُوبَآ إِلَى ٱللَّهِ فَقَدۡ صَغَتۡ قُلُوبُكُمَا ۖ وَ إِن تَظَٰهَرَا عَلَيۡهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ مَوۡلَىٰهُ وَ جِبۡرِيلُ وَ صَٰلِحُ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ۖ وَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ بَعۡدَ ذَٰلِكَ ظَهِيرٌ﴿٤﴾

    Agar ikkovingiz Allohga tavba qilsangiz, batahqiq, qalblaringiz (haqqa) moyil boʻlur. Agar unga qarshi chiqsangiz, bas, albatta, Alloh uning yordamchisidir va Jabroil ham, solih moʻminlar ham. Undan soʻng farishtalar unga suyanchiqdir.

  5. 66:5Mushafda oʻqish ↗

    عَسَىٰ رَبُّهُۥٓ إِن طَلَّقَكُنَّ أَن يُبۡدِلَهُۥٓ أَزۡوَٰجًا خَيۡرࣰا مِّنكُنَّ مُسۡلِمَٰتࣲ مُّؤۡمِنَٰتࣲ قَٰنِتَٰتࣲ تَٰٓئِبَٰتٍ عَٰبِدَٰتࣲ سَٰٓئِحَٰتࣲ ثَيِّبَٰتࣲ وَ أَبۡكَارࣰا﴿٥﴾

    U sizlarni taloq qilsa, shoyadki, Robbi sizdan yaxshiroq, muslima, moʻmina, itoatli, tavbachi, ibodatli, roʻzador juvon va qizlarni oʻrningizga xotin qilib bersa.

  6. 66:6Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ قُوٓاْ أَنفُسَكُمۡ وَ أَهۡلِيكُمۡ نَارࣰا وَقُودُهَا ٱلنَّاسُ وَ ٱلۡحِجَارَةُ عَلَيۡهَا مَلَٰٓئِكَةٌ غِلَاظࣱ شِدَادࣱ لَّا يَعۡصُونَ ٱللَّهَ مَآ أَمَرَهُمۡ وَ يَفۡعَلُونَ مَا يُؤۡمَرُونَ﴿٦﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Oʻzingizni va ahli ayolingizni yoqilgʻisi odamlaru toshdan boʻlgan oʻtdan saqlang. Uning tepasida qoʻpol, dargʻazab farishtalar boʻlib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar.

  7. 66:7Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَا تَعۡتَذِرُواْ ٱلۡيَوۡمَ ۖ إِنَّمَا تُجۡزَوۡنَ مَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٧﴾

    Ey, kufr keltirganlar! Bugungi kunda uzr aytmanglar, siz oʻzingiz qilgan ishlarning jazosini olyapsiz, xolos.

  8. 66:8Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ تُوبُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ تَوۡبَةࣰ نَّصُوحًا عَسَىٰ رَبُّكُمۡ أَن يُكَفِّرَ عَنكُمۡ سَيِّـَٔاتِكُمۡ وَ يُدۡخِلَكُمۡ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ يَوۡمَ لَا يُخۡزِي ٱللَّهُ ٱلنَّبِيَّ وَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ ۖ نُورُهُمۡ يَسۡعَىٰ بَيۡنَ أَيۡدِيهِمۡ وَ بِأَيۡمَٰنِهِمۡ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَتۡمِمۡ لَنَا نُورَنَا وَ ٱغۡفِرۡ لَنَآ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ﴿٨﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar! Shoyadki, Robbingiz gunohlaringizni yuvsa va sizni (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritsa. Bir kundaki, unda Alloh Nabiyni va u bilan birga boʻlgan iymon keltirganlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va oʻng taraflarida yurib boradir. Ular esa: «Robbimiz, bizga nurimizni batamom qilib ber, gunohlarimizni kechir, albatta, Sen barcha narsaga qodirsan», derlar.

  9. 66:9Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ جَٰهِدِ ٱلۡكُفَّارَ وَ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ وَ ٱغۡلُظۡ عَلَيۡهِمۡ ۚ وَ مَأۡوَىٰهُمۡ جَهَنَّمُ ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡمَصِيرُ﴿٩﴾

    Ey Nabiy! Kofir va munofiqlarga qarshi jihod qil va ularga mahkam tur. Ularning joyi jahannamdir va u joy qandoq ham yomon manzil!

  10. 66:10Mushafda oʻqish ↗

    ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلࣰا لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱمۡرَأَتَ نُوحࣲ وَ ٱمۡرَأَتَ لُوطࣲ ۖ كَانَتَا تَحۡتَ عَبۡدَيۡنِ مِنۡ عِبَادِنَا صَٰلِحَيۡنِ فَخَانَتَاهُمَا فَلَمۡ يُغۡنِيَا عَنۡهُمَا مِنَ ٱللَّهِ شَيۡـࣰٔا وَ قِيلَ ٱدۡخُلَا ٱلنَّارَ مَعَ ٱلدَّٰخِلِينَ﴿١٠﴾

    Alloh kufr keltirganlarga Nuhning xotini va Lutning xotinini misol qilib keltirdi. Ular bandalarimizdan ikki solih bandaning tagida edilar. Bas, ularga xiyonat qildilar va (erlari) ulardan Allohning azobini qaytara olmadilar va ularga: «Doʻzaxga kiruvchilar bilan kiringlar», deyildi.

  11. 66:11Mushafda oʻqish ↗

    وَ ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلࣰا لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱمۡرَأَتَ فِرۡعَوۡنَ إِذۡ قَالَتۡ رَبِّ ٱبۡنِ لِي عِندَكَ بَيۡتࣰا فِي ٱلۡجَنَّةِ وَ نَجِّنِي مِن فِرۡعَوۡنَ وَ عَمَلِهِۦ وَ نَجِّنِي مِنَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿١١﴾

    Alloh iymon keltirganlarga Firʼavnning xotinini misol qilib koʻrsatdi. U (xotin): «Robbim, menga Oʻz huzuringda, jannatda bir uy bino qilgin. Menga Firʼavndan va uning ishidan najot bergin va zolim qavmlardan najot bergin», deb aytdi.

  12. 66:12Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَرۡيَمَ ٱبۡنَتَ عِمۡرَٰنَ ٱلَّتِيٓ أَحۡصَنَتۡ فَرۡجَهَا فَنَفَخۡنَا فِيهِ مِن رُّوحِنَا وَ صَدَّقَتۡ بِكَلِمَٰتِ رَبِّهَا وَ كُتُبِهِۦ وَ كَانَتۡ مِنَ ٱلۡقَٰنِتِينَ﴿١٢﴾

    Va Maryam Imron qizini (misol keltirdi), u farjini pok saqlagan edi, Biz unga Oʻz ruhimizdan pufladik va U Robbisining soʻzlarini hamda kitoblarini tasdiq qildi va itoatkorlardan boʻldi.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Tahrim. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — man qilish.

Mazmuni: Sura Payg‘ambar xonadonidagi bir voqea munosabati bilan halol-haromni belgilash, oilaviy mas’uliyat va tavbaga chaqirishni ko‘rsatadi. Nuh va Lut alayhimassalomning xotinlari hamda Fir’avn xotinining misoli orqali insonning najoti shaxsiy iymon va amaliga bog‘liqligi bayon qilinadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraTaloq surasiKeyingi sura →Mulk surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026