سورة الطلاق
Taloq surasi
Taloq · Талоқ сураси
Taloq surasi — Qurʼoni Karimning 65-surasi. U 12 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ إِذَا طَلَّقۡتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَطَلِّقُوهُنَّ لِعِدَّتِهِنَّ وَ أَحۡصُواْ ٱلۡعِدَّةَ ۖ وَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ رَبَّكُمۡ ۖ لَا تُخۡرِجُوهُنَّ مِنۢ بُيُوتِهِنَّ وَ لَا يَخۡرُجۡنَ إِلَّآ أَن يَأۡتِينَ بِفَٰحِشَةࣲ مُّبَيِّنَةࣲ ۚ وَ تِلۡكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ۚ وَ مَن يَتَعَدَّ حُدُودَ ٱللَّهِ فَقَدۡ ظَلَمَ نَفۡسَهُۥ ۚ لَا تَدۡرِي لَعَلَّ ٱللَّهَ يُحۡدِثُ بَعۡدَ ذَٰلِكَ أَمۡرࣰا﴿١﴾
Ey Nabiy! Agar ayollarni taloq qiladigan boʻlsangiz, iddalari uchun qiling va iddani hisoblang va Allohga taqvo qiling. Ularni uylaridan chiqarmanglar va oʻzlari ham chiqmasinlar, illo, ochiq-oydin fohisha ish qilgan boʻlsalar (chiqarilurlar) va ana shular Allohning chegaralaridir. Kim Allohning chegarasidan chiqsa, haqiqatan, oʻziga oʻzi zulm qilibdi. Sen bilmassan, shoyadki, Alloh undan keyin biror ishni paydo qilsa.
فَإِذَا بَلَغۡنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمۡسِكُوهُنَّ بِمَعۡرُوفٍ أَوۡ فَارِقُوهُنَّ بِمَعۡرُوفࣲ وَ أَشۡهِدُواْ ذَوَيۡ عَدۡلࣲ مِّنكُمۡ وَ أَقِيمُواْ ٱلشَّهَٰدَةَ لِلَّهِ ۚ ذَٰلِكُمۡ يُوعَظُ بِهِۦ مَن كَانَ يُؤۡمِنُ بِٱللَّهِ وَ ٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ ۚ وَ مَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجۡعَل لَّهُۥ مَخۡرَجࣰا﴿٢﴾
Va ular muddatlariga yetsalar, yaxshilik bilan ushlanglar, yoki yaxshilik bilan ajralinglar va sizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar. Va guvohlikni Alloh uchun qilinglar. Bu ishingizdan, kimning Allohga va qiyomat kuniga iymoni boʻlsa, vaʼzlanur. Kim Allohga taqvo qilsa, uning yoʻlini ochib qoʻyadir.
وَ يَرۡزُقۡهُ مِنۡ حَيۡثُ لَا يَحۡتَسِبُ ۚ وَ مَن يَتَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسۡبُهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَٰلِغُ أَمۡرِهِۦ ۚ قَدۡ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَيۡءࣲ قَدۡرࣰا﴿٣﴾
Va unga oʻzi oʻylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning Oʻzi kifoyadir. Albatta, Alloh Oʻz ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga oʻlchov qilib qoʻygandir.
وَ ٱلَّٰٓـِٔي يَئِسۡنَ مِنَ ٱلۡمَحِيضِ مِن نِّسَآئِكُمۡ إِنِ ٱرۡتَبۡتُمۡ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَٰثَةُ أَشۡهُرࣲ وَ ٱلَّٰٓـِٔي لَمۡ يَحِضۡنَ ۚ وَ أُوْلَٰتُ ٱلۡأَحۡمَالِ أَجَلُهُنَّ أَن يَضَعۡنَ حَمۡلَهُنَّ ۚ وَ مَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجۡعَل لَّهُۥ مِنۡ أَمۡرِهِۦ يُسۡرࣰا﴿٤﴾
Ayollaringizdan hayzdan noumid boʻlganlarining iddasi, agar shubhangiz boʻlsa, uch oydir. Hayz koʻrmaganlariniki ham. Homiladorlarning iddasi homilalarini qoʻymoqlikdir. Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning ishida osonlik qilib beradir.
ذَٰلِكَ أَمۡرُ ٱللَّهِ أَنزَلَهُۥٓ إِلَيۡكُمۡ ۚ وَ مَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يُكَفِّرۡ عَنۡهُ سَيِّـَٔاتِهِۦ وَ يُعۡظِمۡ لَهُۥٓ أَجۡرًا﴿٥﴾
Bular Allohning sizga tushirgan amridir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechirur va ajrini koʻpaytirib berur.
أَسۡكِنُوهُنَّ مِنۡ حَيۡثُ سَكَنتُم مِّن وُجۡدِكُمۡ وَ لَا تُضَآرُّوهُنَّ لِتُضَيِّقُواْ عَلَيۡهِنَّ ۚ وَ إِن كُنَّ أُوْلَٰتِ حَمۡلࣲ فَأَنفِقُواْ عَلَيۡهِنَّ حَتَّىٰ يَضَعۡنَ حَمۡلَهُنَّ ۚ فَإِنۡ أَرۡضَعۡنَ لَكُمۡ فَـَٔاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ وَ أۡتَمِرُواْ بَيۡنَكُم بِمَعۡرُوفࣲ ۖ وَ إِن تَعَاسَرۡتُمۡ فَسَتُرۡضِعُ لَهُۥٓ أُخۡرَىٰ﴿٦﴾
U(ayol)larga, imkoningiz boricha, oʻzingiz yashab turgan joydan joy bering. Ularga siqishtirish maqsadida zarar yetkazmang. Agar homilador boʻlsalar, to homilalarini qoʻygunlaricha ularga nafaqa beringlar. Agar sizga (farzandni) emizib bersalar, haqlarini beringlar, oʻzaro yaxshilik bilan maslahat qilinglar. Agar qiyinchilikka uchrasangiz, u(er)ga boshqa ayol emizib berur.
لِيُنفِقۡ ذُو سَعَةࣲ مِّن سَعَتِهِۦ ۖ وَ مَن قُدِرَ عَلَيۡهِ رِزۡقُهُۥ فَلۡيُنفِقۡ مِمَّآ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ۚ لَا يُكَلِّفُ ٱللَّهُ نَفۡسًا إِلَّا مَآ ءَاتَىٰهَا ۚ سَيَجۡعَلُ ٱللَّهُ بَعۡدَ عُسۡرࣲ يُسۡرࣰا﴿٧﴾
Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin. Kimning rizqi tor boʻlsa, unga Alloh berganidan nafaqa qilsin. Alloh har bir nafsni Oʻzi berganidan ortiqchaga taklif qilmas. Alloh qiyinchilikdan soʻng tezda osonlikni berur.
وَ كَأَيِّن مِّن قَرۡيَةٍ عَتَتۡ عَنۡ أَمۡرِ رَبِّهَا وَ رُسُلِهِۦ فَحَاسَبۡنَٰهَا حِسَابࣰا شَدِيدࣰا وَ عَذَّبۡنَٰهَا عَذَابࣰا نُّكۡرࣰا﴿٨﴾
Koʻpgina qishloqlar oʻz Robbisining va Uning Rasullarining amriga sarkashlik qildi. Bas, Biz ularni shiddatli hisobga oldik va qattiq azob ila azobladik.
فَذَاقَتۡ وَبَالَ أَمۡرِهَا وَ كَانَ عَٰقِبَةُ أَمۡرِهَا خُسۡرًا﴿٩﴾
Bas, ular oʻz ishlarining yomonligini totib koʻrdilar va ishlarining oqibati yutqiziq boʻldi.
أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمۡ عَذَابࣰا شَدِيدࣰا ۖ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ يَٰٓأُوْلِي ٱلۡأَلۡبَٰبِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ۚ قَدۡ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيۡكُمۡ ذِكۡرࣰا﴿١٠﴾
Alloh ularga qattiq azobni tayyorlab qoʻydi. Bas, Allohga taqvo qiling, ey, iymon keltirgan aql egalari. Haqiqatan, Alloh sizlarga zikrni tushirdi.
رَّسُولࣰا يَتۡلُواْ عَلَيۡكُمۡ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ مُبَيِّنَٰتࣲ لِّيُخۡرِجَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَ مَن يُؤۡمِنۢ بِٱللَّهِ وَ يَعۡمَلۡ صَٰلِحࣰا يُدۡخِلۡهُ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدࣰا ۖ قَدۡ أَحۡسَنَ ٱللَّهُ لَهُۥ رِزۡقًا﴿١١﴾
Paygʻambarki, iymon keltirib va yaxshi amallarni qilganlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun, sizlarga Allohning ravshan oyatlarini tilovat qilib berur. Va kim Allohga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, U zot uni (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. U yerda abadul-abad qolurlar. Haqiqatan, Alloh uning rizqini yaxshi qilgandir.
ٱللَّهُ ٱلَّذِي خَلَقَ سَبۡعَ سَمَٰوَٰتࣲ وَ مِنَ ٱلۡأَرۡضِ مِثۡلَهُنَّ ۖ يَتَنَزَّلُ ٱلۡأَمۡرُ بَيۡنَهُنَّ لِتَعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرࣱ وَ أَنَّ ٱللَّهَ قَدۡ أَحَاطَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عِلۡمَۢا﴿١٢﴾
Alloh yetti osmonni va ular mislidek yerni yaratgan Zotdir. Ularning orasidan U zotning amri tushadir. Alloh har bir narsaga qodir ekanini va, albatta, Alloh har bir narsani Oʻz ilmi ila oʻrab olganini bilishingiz uchundir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Taloq. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — ajralish.
Mazmuni: Sura taloqni shoshma-shosharlik bilan emas, tartib va adolat bilan amalga oshirishni o‘rgatadi. Idda, yashash va ta’minot, homiladorlik, emizish va Allohdan qo‘rqish kabi masalalar bayon qilinib, oilaviy ajralishda ham huquqlar saqlanishi ta’kidlanadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.