سورة التغابن
Tag‘obun surasi
Aldanish kuni · Тағобун сураси
Tag‘obun surasi — Qurʼoni Karimning 64-surasi. U 18 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Aldanish kuni» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
يُسَبِّحُ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ۖ لَهُ ٱلۡمُلۡكُ وَ لَهُ ٱلۡحَمۡدُ ۖ وَ هُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءࣲ قَدِيرٌ﴿١﴾
Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Allohga tasbih ayturlar. Mulk Unga xosdir, maqtov ham Unga xosdir va U barcha narsaga qodirdir.
هُوَ ٱلَّذِي خَلَقَكُمۡ فَمِنكُمۡ كَافِرࣱ وَ مِنكُم مُّؤۡمِنࣱ ۚ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرٌ﴿٢﴾
U, sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, baʼzilaringiz kofir va baʼzilaringiz moʻmindir. Alloh nima qilayotganingizni koʻrib turuvchidir.
خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضَ بِٱلۡحَقِّ وَ صَوَّرَكُمۡ فَأَحۡسَنَ صُوَرَكُمۡ ۖ وَ إِلَيۡهِ ٱلۡمَصِيرُ﴿٣﴾
U, osmonlaru yerni haq bilan yaratdi. Va qiyofangizni chiroyli suvratda qildi. Va qaytib borish Uning Oʻzigadir.
يَعۡلَمُ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ يَعۡلَمُ مَا تُسِرُّونَ وَ مَا تُعۡلِنُونَ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ﴿٤﴾
U, osmonlaru yerdagi narsalarni biladir. Sizlar sir tutayotgan narsani ham va eʼlon qilayotgan narsani ham biladir. Alloh koʻkrakdagi narsalarni ham biluvchidir.
أَلَمۡ يَأۡتِكُمۡ نَبَؤُاْ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَبۡلُ فَذَاقُواْ وَبَالَ أَمۡرِهِمۡ وَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمࣱ﴿٥﴾
Sizlarga oldin kofir boʻlganlarning xabari kelmadimi? Bas, ular oʻz ishlarining azobini tatidilar va ularga alamli azoblar bor.
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُۥ كَانَت تَّأۡتِيهِمۡ رُسُلُهُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ فَقَالُوٓاْ أَبَشَرࣱ يَهۡدُونَنَا فَكَفَرُواْ وَ تَوَلَّواْ ۖ وَّ ٱسۡتَغۡنَى ٱللَّهُ ۚ وَ ٱللَّهُ غَنِيٌّ حَمِيدࣱ﴿٦﴾
Buning boisi shuki, ularga Paygʻambarlari oydin dalillar bilan kelardilar, ular boʻlsa, bizni bashar hidoyatga boshlarmi, deb kufrga ketardilar va (haqdan) yuz oʻgirardilar. Va Alloh behojat boʻldi. Alloh behojat va maqtalgandir.
زَعَمَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَن لَّن يُبۡعَثُواْ ۚ قُلۡ بَلَىٰ وَ رَبِّي لَتُبۡعَثُنَّ ثُمَّ لَتُنَبَّؤُنَّ بِمَا عَمِلۡتُمۡ ۚ وَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرࣱ﴿٧﴾
Kofirlar hech qayta tirilmasliklarini daʼvo qilurlar. Sen: «Undoq emas, Robbim bilan qasamki, albatta qayta tiriltirilasizlar, soʻngra qilgan ishlaringizdan xabardor qilinasizlar. Bu ish Alloh uchun osondir», deb ayt.
فَـَٔامِنُواْ بِٱللَّهِ وَ رَسُولِهِۦ وَ ٱلنُّورِ ٱلَّذِيٓ أَنزَلۡنَا ۚ وَ ٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرࣱ﴿٨﴾
Bas, Allohga, Uning Rasuliga va Biz tushirgan nurga iymon keltiringlar. Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.
يَوۡمَ يَجۡمَعُكُمۡ لِيَوۡمِ ٱلۡجَمۡعِ ۖ ذَٰلِكَ يَوۡمُ ٱلتَّغَابُنِ ۗ وَ مَن يُؤۡمِنۢ بِٱللَّهِ وَ يَعۡمَلۡ صَٰلِحࣰا يُكَفِّرۡ عَنۡهُ سَيِّـَٔاتِهِۦ وَ يُدۡخِلۡهُ جَنَّٰتࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدࣰا ۚ ذَٰلِكَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴿٩﴾
U sizlarni «Jamlash kuni»ga toʻplaydigan kunni eslang. U kun «tagʻobun» kunidir. Kim Allohga iymon keltirsa va solih amallar qilsa, uning gunohlarini kechirur va (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Unda abadul-abad qolurlar. Bu ulkan yutuqdir.
وَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۖ وَ بِئۡسَ ٱلۡمَصِيرُ﴿١٠﴾
Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar, ana oʻshalar otash egalaridir. Unda abadiy qolurlar. Qandoq ham yomon joy u!
مَآ أَصَابَ مِن مُّصِيبَةٍ إِلَّا بِإِذۡنِ ٱللَّهِ ۗ وَ مَن يُؤۡمِنۢ بِٱللَّهِ يَهۡدِ قَلۡبَهُۥ ۚ وَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمࣱ﴿١١﴾
Sizga Allohning iznisiz hech bir musiybat yetmas. Kim Allohga iymon keltirsa, U zot uning qalbini hidoyatga solur. Alloh har bir narsani biluvchidir.
وَ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَ أَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ ۚ فَإِن تَوَلَّيۡتُمۡ فَإِنَّمَا عَلَىٰ رَسُولِنَا ٱلۡبَلَٰغُ ٱلۡمُبِينُ﴿١٢﴾
Allohga itoat qiling va Rasulga itoat qiling. Agar yuz oʻgirib ketsangiz, bas, Bizning Rasulimizga (vazifa) ochiq-oydin yetkazish, xolos.
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ وَ عَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ﴿١٣﴾
Alloh, Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Bas, moʻminlar Allohning Oʻzigagina tavakkal qilsinlar.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّ مِنۡ أَزۡوَٰجِكُمۡ وَ أَوۡلَٰدِكُمۡ عَدُوࣰّا لَّكُمۡ فَٱحۡذَرُوهُمۡ ۚ وَ إِن تَعۡفُواْ وَ تَصۡفَحُواْ وَ تَغۡفِرُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورࣱ رَّحِيمٌ﴿١٤﴾
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, jufti halollaringizdan va bolalaringizdan sizga dushman bor, bas, ulardan hazir boʻling. Va agar afv etsangiz, koʻngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz... Bas, albatta, Alloh koʻp magʻfirat qiluvchi va rahimlidir.
إِنَّمَآ أَمۡوَٰلُكُمۡ وَ أَوۡلَٰدُكُمۡ فِتۡنَةࣱ ۚ وَ ٱللَّهُ عِندَهُۥٓ أَجۡرٌ عَظِيمࣱ﴿١٥﴾
Albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz sinovdan boshqa narsa emas. Va Allohning huzurida ulugʻ ajr bor.
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ مَا ٱسۡتَطَعۡتُمۡ وَ ٱسۡمَعُواْ وَ أَطِيعُواْ وَ أَنفِقُواْ خَيۡرࣰا لِّأَنفُسِكُمۡ ۗ وَ مَن يُوقَ شُحَّ نَفۡسِهِۦ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴿١٦﴾
Allohga qoʻlingizdan kelganicha taqvo qiling va (amrini) tinglang va itoat qiling va infoq qiling — oʻzingizga yaxshi boʻladir. Va kimki nafsining qizgʻanchiqligidan saqlansa, undaylar najot topuvchilardir.
إِن تُقۡرِضُواْ ٱللَّهَ قَرۡضًا حَسَنࣰا يُضَٰعِفۡهُ لَكُمۡ وَ يَغۡفِرۡ لَكُمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ شَكُورٌ حَلِيمٌ﴿١٧﴾
Agar Allohga yaxshi qarz bersangiz, U sizga koʻpaytirib berur va sizni kechirur. Alloh shakur va haliymdir.
عَٰلِمُ ٱلۡغَيۡبِ وَ ٱلشَّهَٰدَةِ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿١٨﴾
U gʻoyib va ochiqni biluvchi, aziyz va hakiym Zotdir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Tag‘obun. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — aldanish kuni / yutuq va zarar oshkor bo‘lishi.
Mazmuni: Sura haqiqiy yutqazish va haqiqiy foydani qiyomat mezonida tushuntiradi. Iymon, Allohning taqdiriga ishonish, oiladagi sinovlar, kechirish va mol-dunyoni haddan tashqari ustun qo‘ymaslik mavzulari bir-biri bilan bog‘lanadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.