Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Munofiqun surasi

سورة المنافقون

Munofiqun surasi

Munofiqlar · Мунофиқун сураси

63-sura11 oyatMadaniy28-pora

Munofiqun surasi — Qurʼoni Karimning 63-surasi. U 11 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Munofiqlar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 63:1Mushafda oʻqish ↗

    إِذَا جَآءَكَ ٱلۡمُنَٰفِقُونَ قَالُواْ نَشۡهَدُ إِنَّكَ لَرَسُولُ ٱللَّهِ ۗ وَ ٱللَّهُ يَعۡلَمُ إِنَّكَ لَرَسُولُهُۥ وَ ٱللَّهُ يَشۡهَدُ إِنَّ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ لَكَٰذِبُونَ﴿١﴾

    Munofiqlar huzuringga kelganlarida: «Guvohlik beramizki, sen, albatta, Allohning Rasulisan», derlar. Holbuki, Alloh, albatta, sen Uning Rasuli ekaningni biladir. Va Alloh guvohlik berurki, albatta, munofiqlar yolgʻonchidirlar.

  2. 63:2Mushafda oʻqish ↗

    ٱتَّخَذُوٓاْ أَيۡمَٰنَهُمۡ جُنَّةࣰ فَصَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّهُمۡ سَآءَ مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ﴿٢﴾

    Ular qasamlarini qalqon qilib oldilar va Allohning yoʻlidan toʻsdilar. Bas, ularning qilgan ishlari yomon boʻldi!

  3. 63:3Mushafda oʻqish ↗

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ ءَامَنُواْ ثُمَّ كَفَرُواْ فَطُبِعَ عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ فَهُمۡ لَا يَفۡقَهُونَ﴿٣﴾

    Bunga sabab shuki, ular iymon keltirdilar, soʻng kofir boʻldilar, bas, qalblariga muhr bosildi. Endi ular fahmlamaslar.

  4. 63:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا رَأَيۡتَهُمۡ تُعۡجِبُكَ أَجۡسَامُهُمۡ ۖ وَ إِن يَقُولُواْ تَسۡمَعۡ لِقَوۡلِهِمۡ ۖ كَأَنَّهُمۡ خُشُبࣱ مُّسَنَّدَةࣱ ۖ يَحۡسَبُونَ كُلَّ صَيۡحَةٍ عَلَيۡهِمۡ ۚ هُمُ ٱلۡعَدُوُّ فَٱحۡذَرۡهُمۡ ۚ قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُ ۖ أَنَّىٰ يُؤۡفَكُونَ﴿٤﴾

    Va agar ularni koʻrsang, jismlari seni ajablantirur va agar gapirsalar, gaplariga quloq osarsan. Ular xuddi suyab qoʻyilgan xodaga oʻxsharlar. Har qichqiriqni ziddilariga hisoblarlar. Ular dushmandirlar. Ulardan hazir boʻl. Alloh ularga urush ochsin, haqdan qandoq oʻgirilurlar?!

  5. 63:5Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِذَا قِيلَ لَهُمۡ تَعَالَوۡاْ يَسۡتَغۡفِرۡ لَكُمۡ رَسُولُ ٱللَّهِ لَوَّوۡاْ رُءُوسَهُمۡ وَ رَأَيۡتَهُمۡ يَصُدُّونَ وَ هُم مُّسۡتَكۡبِرُونَ﴿٥﴾

    Va agar ularga: «Kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istigʻfor aytur», deyilsa, ular boshlarini chayqarlar. Va ularning mutakabbirlik holida yuz oʻgirayotganlarini koʻrursan.

  6. 63:6Mushafda oʻqish ↗

    سَوَآءٌ عَلَيۡهِمۡ أَسۡتَغۡفَرۡتَ لَهُمۡ أَمۡ لَمۡ تَسۡتَغۡفِرۡ لَهُمۡ لَن يَغۡفِرَ ٱللَّهُ لَهُمۡ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡفَٰسِقِينَ﴿٦﴾

    Ular uchun istigʻfor aytasanmi yoki aytmaysanmi — bari bir. Alloh ularni hech magʻfirat qilmas. Zero, Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.

  7. 63:7Mushafda oʻqish ↗

    هُمُ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ لَا تُنفِقُواْ عَلَىٰ مَنۡ عِندَ رَسُولِ ٱللَّهِ حَتَّىٰ يَنفَضُّواْ ۗ وَ لِلَّهِ خَزَآئِنُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ ٱلۡأَرۡضِ وَ لَٰكِنَّ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ لَا يَفۡقَهُونَ﴿٧﴾

    Ular: «Rasulullohning huzuridagilarga nafaqa bermanglar, hattoki, tarqab ketsinlar», derlar. Holbuki, osmonlaru yerning xaziynalari Allohnikidur. Va lekin munofiqlar tushunmaslar.

  8. 63:8Mushafda oʻqish ↗

    يَقُولُونَ لَئِن رَّجَعۡنَآ إِلَى ٱلۡمَدِينَةِ لَيُخۡرِجَنَّ ٱلۡأَعَزُّ مِنۡهَا ٱلۡأَذَلَّ ۚ وَ لِلَّهِ ٱلۡعِزَّةُ وَ لِرَسُولِهِۦ وَ لِلۡمُؤۡمِنِينَ وَ لَٰكِنَّ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ لَا يَعۡلَمُونَ﴿٨﴾

    Ular: «Agar Madinaga qaytib borsak, albatta, aziz xorni undan chiqarur», derlar. Holbuki, azizlik Allohga, Uning Rasuliga va moʻminlariga xosdir. Ammo munofiqlar bilmaslar.

  9. 63:9Mushafda oʻqish ↗

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تُلۡهِكُمۡ أَمۡوَٰلُكُمۡ وَ لَآ أَوۡلَٰدُكُمۡ عَن ذِكۡرِ ٱللَّهِ ۚ وَ مَن يَفۡعَلۡ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡخَٰسِرُونَ﴿٩﴾

    Ey, iymon keltirganlar! Mollaringiz va bolalaringiz sizni Allohning zikridan chalgʻitmasin. Kim shunday qilsa, bas, ana oʻshalar yutqazganlardir.

  10. 63:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ أَنفِقُواْ مِن مَّا رَزَقۡنَٰكُم مِّن قَبۡلِ أَن يَأۡتِيَ أَحَدَكُمُ ٱلۡمَوۡتُ فَيَقُولَ رَبِّ لَوۡلَآ أَخَّرۡتَنِيٓ إِلَىٰٓ أَجَلࣲ قَرِيبࣲ فَأَصَّدَّقَ وَ أَكُن مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ﴿١٠﴾

    Va biringizga oʻlim kelib: «Ey Robbim, agar mening oʻlimimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan boʻlsam», demasdan avval, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling.

  11. 63:11Mushafda oʻqish ↗

    وَ لَن يُؤَخِّرَ ٱللَّهُ نَفۡسًا إِذَا جَآءَ أَجَلُهَا ۚ وَ ٱللَّهُ خَبِيرُۢ بِمَا تَعۡمَلُونَ﴿١١﴾

    Alloh ajali kelgan jonni hech-hech orqaga surmas. Va, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Munofiqun. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — munofiqlar.

Mazmuni: Sura munofiqlarning tashqi ko‘rinishi bilan ichki holati o‘rtasidagi farqni ochib beradi. Ularning qasamlariga aldanmaslik, Rasulullohdan yuz o‘girmaslik va molu farzandlar insonni Allohning zikridan chalg‘itmasligi haqida ogohlantiradi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraJumua surasiKeyingi sura →Tag‘obun surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026