سورة الجمعة
Jumua surasi
Juma · Жумуа сураси
Jumua surasi — Qurʼoni Karimning 62-surasi. U 11 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Juma» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
يُسَبِّحُ لِلَّهِ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَ مَا فِي ٱلۡأَرۡضِ ٱلۡمَلِكِ ٱلۡقُدُّوسِ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡحَكِيمِ﴿١﴾
Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Malik, Quddus, Aziyz va Hakiym boʻlgan Allohga tasbih aytadir.
هُوَ ٱلَّذِي بَعَثَ فِي ٱلۡأُمِّيِّـۧنَ رَسُولࣰا مِّنۡهُمۡ يَتۡلُواْ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتِهِۦ وَ يُزَكِّيهِمۡ وَ يُعَلِّمُهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ وَ ٱلۡحِكۡمَةَ وَ إِن كَانُواْ مِن قَبۡلُ لَفِي ضَلَٰلࣲ مُّبِينࣲ﴿٢﴾
U zot savodsizlar ichidan, garchi ular bundan avval ochiq zalolatda boʻlsalar ham, ularga oyatlarini oʻqib beradigan va ularni poklaydigan hamda kitobni va hikmatni oʻrgatadigan Paygʻambarni yubordi.
وَ ءَاخَرِينَ مِنۡهُمۡ لَمَّا يَلۡحَقُواْ بِهِمۡ ۚ وَ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ﴿٣﴾
Va hozircha ularga qoʻshilmagan boshqalarga ham. Va U zot gʻolib va hikmat egasidir.
ذَٰلِكَ فَضۡلُ ٱللَّهِ يُؤۡتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَ ٱللَّهُ ذُو ٱلۡفَضۡلِ ٱلۡعَظِيمِ﴿٤﴾
Bu narsa Allohning fazlidir (va uni) xohlagan kishisiga beradir. Alloh ulugʻ fazl egasidir.
مَثَلُ ٱلَّذِينَ حُمِّلُواْ ٱلتَّوۡرَىٰةَ ثُمَّ لَمۡ يَحۡمِلُوهَا كَمَثَلِ ٱلۡحِمَارِ يَحۡمِلُ أَسۡفَارَۢا ۚ بِئۡسَ مَثَلُ ٱلۡقَوۡمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ ۚ وَ ٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴿٥﴾
Ustlariga Tavrot yuklatilgan, soʻngra uni koʻtarmaganlar misoli ustiga kitob yuklangan eshakka oʻxsharlar. Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqargan qavmning misoli qandoq ham yomon. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.
قُلۡ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ هَادُوٓاْ إِن زَعَمۡتُمۡ أَنَّكُمۡ أَوۡلِيَآءُ لِلَّهِ مِن دُونِ ٱلنَّاسِ فَتَمَنَّوُاْ ٱلۡمَوۡتَ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ﴿٦﴾
Sen: «Ey, yahudiy boʻlganlar, albatta, siz, boshqalardan farqli oʻlaroq, Allohning avliyolarimiz deb daʼvo qiladigan boʻlsangiz, bas, oʻlimni orzu qiling, agar rostgoʻy boʻlsangiz», deb ayt.
وَ لَا يَتَمَنَّوۡنَهُۥٓ أَبَدَۢا بِمَا قَدَّمَتۡ أَيۡدِيهِمۡ ۚ وَ ٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِٱلظَّٰلِمِينَ﴿٧﴾
Ular qoʻllari qilgan(gunoh)lari tufayli hech qachon u(oʻlim)ni orzu qilmaslar. Alloh zolimlarni biluvchidir.
قُلۡ إِنَّ ٱلۡمَوۡتَ ٱلَّذِي تَفِرُّونَ مِنۡهُ فَإِنَّهُۥ مُلَٰقِيكُمۡ ۖ ثُمَّ تُرَدُّونَ إِلَىٰ عَٰلِمِ ٱلۡغَيۡبِ وَ ٱلشَّهَٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ﴿٨﴾
Sen: «Albatta, siz undan qochayotgan oʻlim, taʼkid shulki, sizga baribir yoʻliquvchidir. Soʻngra maxfiy va oshkor narsalarni Biluvchining huzuriga qaytarilursizlar. Bas, U sizga nima qilib yurganingizning xabarini beradir», deb ayt.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا نُودِيَ لِلصَّلَوٰةِ مِن يَوۡمِ ٱلۡجُمُعَةِ فَٱسۡعَوۡاْ إِلَىٰ ذِكۡرِ ٱللَّهِ وَ ذَرُواْ ٱلۡبَيۡعَ ۚ ذَٰلِكُمۡ خَيۡرࣱ لَّكُمۡ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴿٩﴾
Ey, iymon keltirganlar! Juma kunida, namozga nido qilingan paytda, Allohning zikriga shoshiling va savdoni qoʻying. Agar bilsangiz, bu oʻzingiz uchun yaxshidir.
فَإِذَا قُضِيَتِ ٱلصَّلَوٰةُ فَٱنتَشِرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَ ٱبۡتَغُواْ مِن فَضۡلِ ٱللَّهِ وَ ٱذۡكُرُواْ ٱللَّهَ كَثِيرࣰا لَّعَلَّكُمۡ تُفۡلِحُونَ﴿١٠﴾
Bas, namoz tugagandan soʻng yer yuzi boʻylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling va Allohni koʻp eslang, shoyadki, yutuqqa erishsangiz.
وَ إِذَا رَأَوۡاْ تِجَٰرَةً أَوۡ لَهۡوًا ٱنفَضُّوٓاْ إِلَيۡهَا وَ تَرَكُوكَ قَآئِمࣰا ۚ قُلۡ مَا عِندَ ٱللَّهِ خَيۡرࣱ مِّنَ ٱللَّهۡوِ وَ مِنَ ٱلتِّجَٰرَةِ ۚ وَ ٱللَّهُ خَيۡرُ ٱلرَّٰزِقِينَ﴿١١﴾
Va ular tijorat yoki oʻyin-kulgu koʻrganlarida, unga tomon yopirildilar va seni tik holda tark etdilar. Sen: «Allohning huzuridagi narsa oʻyin-kulgudan va tijoratdan yaxshidir. Va Alloh eng yaxshi rizq beruvchidir», deb ayt.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Jumu’a. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — juma.
Mazmuni: Sura Rasulullohning vazifasi — oyatlarni tilovat qilish, poklash, Kitob va hikmatni o‘rgatish —ni eslatadi. Juma namoziga da’vat, savdoni tark etib zikrga shoshilish va diniy ilm bilan amal o‘rtasidagi muvozanat markaziy o‘rin tutadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.