سورة الزلزلة
Zalzala surasi
Zilzila · Залзала сураси
Zalzala surasi — Qurʼoni Karimning 99-surasi. U 8 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Zilzila» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
إِذَا زُلۡزِلَتِ ٱلۡأَرۡضُ زِلۡزَالَهَا﴿١﴾
Vaqtiki, yer oʻziga xos zilzilaga tushsa...
وَ أَخۡرَجَتِ ٱلۡأَرۡضُ أَثۡقَالَهَا﴿٢﴾
Va yer oʻz yuklarini otib chiqarsa...
وَ قَالَ ٱلۡإِنسَٰنُ مَا لَهَا﴿٣﴾
Va inson: «Unga nima boʻldi?!» – desa...
يَوۡمَئِذࣲ تُحَدِّثُ أَخۡبَارَهَا﴿٤﴾
Oʻsha kunda u (er) oʻz xabarini aytadir.
بِأَنَّ رَبَّكَ أَوۡحَىٰ لَهَا﴿٥﴾
Sening Robbing unga vahiy yuborgani uchundir.
يَوۡمَئِذࣲ يَصۡدُرُ ٱلنَّاسُ أَشۡتَاتࣰا لِّيُرَوۡاْ أَعۡمَٰلَهُمۡ﴿٦﴾
Oʻsha kunda odamlar amallarini koʻrish uchun joylaridan guruh-guruh boʻlib qoʻzgʻalurlar.
فَمَن يَعۡمَلۡ مِثۡقَالَ ذَرَّةٍ خَيۡرࣰا يَرَهُۥ﴿٧﴾
Bas, kim zarra ogʻirligida yaxshilik qilsa ham koʻradir.
وَ مَن يَعۡمَلۡ مِثۡقَالَ ذَرَّةࣲ شَرࣰّا يَرَهُۥ﴿٨﴾
Va kim zarra ogʻirligida yomonlik qilsa ham koʻradir.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Zalzala. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — zilzila.
Mazmuni: Sura yerning qiyomatda kuchli silkinishi va o‘z ichidagi yuklarni chiqarishini tasvirlaydi. Inson qilgan eng kichik yaxshilik yoki yomonlikni ham ko‘rishi, hech bir amal behuda ketmasligi va hisobning nozikligi yodga solinadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.