Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Bayyina surasi

سورة البينة

Bayyina surasi

Ochiq dalil · Баййина сураси

98-sura8 oyatMadaniy30-pora

Bayyina surasi — Qurʼoni Karimning 98-surasi. U 8 oyatdan iborat, Madinada nozil boʻlgan. Nomi «Ochiq dalil» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 98:1Mushafda oʻqish ↗

    لَمۡ يَكُنِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ وَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ مُنفَكِّينَ حَتَّىٰ تَأۡتِيَهُمُ ٱلۡبَيِّنَةُ﴿١﴾

    Ahli kitob va mushriklardan boʻlgan kufr keltirganlar «bayyina» kelmaguncha ajralmasdilar.

  2. 98:2Mushafda oʻqish ↗

    رَسُولࣱ مِّنَ ٱللَّهِ يَتۡلُواْ صُحُفࣰا مُّطَهَّرَةࣰ﴿٢﴾

    U (bayyina), Alloh tarafidan yuborilgan Rasul boʻlib, poklangan sahifalarni tilovat qiladur.

  3. 98:3Mushafda oʻqish ↗

    فِيهَا كُتُبࣱ قَيِّمَةࣱ﴿٣﴾

    Ularda ajoyib bitiklar bor.

  4. 98:4Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَا تَفَرَّقَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ إِلَّا مِنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَتۡهُمُ ٱلۡبَيِّنَةُ﴿٤﴾

    Kitob berilganlar ularga «bayyina» kelganidan soʻnggina boʻlinib ketishdi.

  5. 98:5Mushafda oʻqish ↗

    وَ مَآ أُمِرُوٓاْ إِلَّا لِيَعۡبُدُواْ ٱللَّهَ مُخۡلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ حُنَفَآءَ وَ يُقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَ يُؤۡتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ ۚ وَ ذَٰلِكَ دِينُ ٱلۡقَيِّمَةِ﴿٥﴾

    Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga, boshqa dinlarga moyil boʻlmaslikka, namozni toʻliq oʻqishga, zakot berishga buyurilgan edilar. Ana shu, toʻgʻri(millat)ning dinidir.

  6. 98:6Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ وَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَآ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمۡ شَرُّ ٱلۡبَرِيَّةِ﴿٦﴾

    Albatta, ahli kitob va mushriklardan boʻlgan kufr keltirganlar jahannam oʻtidadurlar, u yerda abadiy qolurlar. Undaylar xaloyiqning eng yomonidirlar.

  7. 98:7Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أُوْلَٰٓئِكَ هُمۡ خَيۡرُ ٱلۡبَرِيَّةِ﴿٧﴾

    Albatta, iymon keltirganlar va solih amallarni qilganlar, ana oʻshalar, xaloyiqning eng yaxshisidir.

  8. 98:8Mushafda oʻqish ↗

    جَزَآؤُهُمۡ عِندَ رَبِّهِمۡ جَنَّٰتُ عَدۡنࣲ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدࣰا ۖ رَّضِيَ ٱللَّهُ عَنۡهُمۡ وَ رَضُواْ عَنۡهُ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنۡ خَشِيَ رَبَّهُۥ﴿٨﴾

    Ularning mukofotlari Robbilari huzuridagi (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan «adn» jannatlaridir. U yerda abadul-abad qolurlar. Alloh ulardan rozi boʻldi, ular ham Undan rozi boʻldilar. Bu, Robbidan qoʻrqqanlar uchundir.

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Bayyina. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — ochiq dalil.

Mazmuni: Sura haqiqiy dalil kelganidan keyingi iymon mezonini ko‘rsatadi. Payg‘ambar yuborilishi, Kitob tilovati, namoz va zakotga rioya qilish, odamlarning imon va kufrga ajralishi hamda jannat va jahannamdagi abadiy oqibatlar bayon qilinadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraQadr surasiKeyingi sura →Zalzala surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026