Noor
QurʼonHadisNoor AINoorni ochish
Bosh sahifa›Barcha suralar›Odiyot surasi

سورة العاديات

Odiyot surasi

Chopqir otlar · Одиёт сураси

100-sura11 oyatMakkiy30-pora

Odiyot surasi — Qurʼoni Karimning 100-surasi. U 11 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Chopqir otlar» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.

Mushafda oʻqishTilovatni tinglashBu sura haqida soʻrash

بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 100:1Mushafda oʻqish ↗

    وَ ٱلۡعَٰدِيَٰتِ ضَبۡحࣰا﴿١﴾

    Harsillab chopuvchi otlar bilan qasam.

  2. 100:2Mushafda oʻqish ↗

    فَٱلۡمُورِيَٰتِ قَدۡحࣰا﴿٢﴾

    Oʻt chaqnatib chopuvchi otlar bilan qasam.

  3. 100:3Mushafda oʻqish ↗

    فَٱلۡمُغِيرَٰتِ صُبۡحࣰا﴿٣﴾

    Tong chogʻida gʻorat qiluvchi otlar bilan qasam.

  4. 100:4Mushafda oʻqish ↗

    فَأَثَرۡنَ بِهِۦ نَقۡعࣰا﴿٤﴾

    Oʻsha ila chang qoʻzgʻatdilar.

  5. 100:5Mushafda oʻqish ↗

    فَوَسَطۡنَ بِهِۦ جَمۡعًا﴿٥﴾

    Va u ila jamoa oʻrtasiga (yorib) kirdilar.

  6. 100:6Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ ٱلۡإِنسَٰنَ لِرَبِّهِۦ لَكَنُودࣱ﴿٦﴾

    Albatta, inson oʻz Robbiga noshukrdir.

  7. 100:7Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهُۥ عَلَىٰ ذَٰلِكَ لَشَهِيدࣱ﴿٧﴾

    Va albatta, u ana shunga oʻzi guvohdir.

  8. 100:8Mushafda oʻqish ↗

    وَ إِنَّهُۥ لِحُبِّ ٱلۡخَيۡرِ لَشَدِيدٌ﴿٨﴾

    Albatta, u mol-dunyoga haddan tashqari oʻchdir.

  9. 100:9Mushafda oʻqish ↗

    أَفَلَا يَعۡلَمُ إِذَا بُعۡثِرَ مَا فِي ٱلۡقُبُورِ﴿٩﴾

    U bilmasmi?! Qabrdagilar qoʻzgʻatilganda.

  10. 100:10Mushafda oʻqish ↗

    وَ حُصِّلَ مَا فِي ٱلصُّدُورِ﴿١٠﴾

    Va koʻkraklaridagi oshkor boʻlganda.

  11. 100:11Mushafda oʻqish ↗

    إِنَّ رَبَّهُم بِهِمۡ يَوۡمَئِذࣲ لَّخَبِيرُۢ﴿١١﴾

    Oʻsha kunda Robbilari ulardan xabardor ekanini?!

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Sura haqida

Nomi: Adiyat. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — chopqir otlar.

Mazmuni: Sura insonning dunyo ortidan quvish va ne’matga noshukrlik qilish holatini qattiq tasvirlaydi. Tez yugurayotgan otlar qasamidan keyin qabrlar ochiladigan va qalblardagi sirlar ayon bo‘ladigan kun eslatilib, molga bo‘lgan muhabbat tanqid qilinadi.

Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.

← Oldingi suraZalzala surasiKeyingi sura →Qoria surasi

Koʻp oʻqiladigan suralar

  • Fotiha surasi
  • Baqara surasi
  • Kahf surasi
  • Yosin surasi
  • Rahmon surasi
  • Voqea surasi
  • Mulk surasi
  • Ixlos surasi
  • Falaq surasi
  • Nos surasi
  • Oyatal Kursi

Noor platformasi

  • Namoz vaqtlari
  • Mushaf
  • Tilovat pleyeri
  • Hadislar
  • Noor AI
  • Bayon

Tillar

  • English
  • Oʻzbekcha
  • العربية
  • Indonesia

© Noor Global 2026