سورة التين
Tin surasi
Anjir · Тин сураси
Tin surasi — Qurʼoni Karimning 95-surasi. U 8 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Anjir» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَ ٱلتِّينِ وَ ٱلزَّيۡتُونِ﴿١﴾
Anjir bilan qasam va zaytun bilan qasam.
وَ طُورِ سِينِينَ﴿٢﴾
Va Turi Siyno bilan qasam.
وَ هَٰذَا ٱلۡبَلَدِ ٱلۡأَمِينِ﴿٣﴾
Va mana bu eminlik yurti (Makka) bilan qasam.
لَقَدۡ خَلَقۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ فِيٓ أَحۡسَنِ تَقۡوِيمࣲ﴿٤﴾
Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suvratda yaratdik.
ثُمَّ رَدَدۡنَٰهُ أَسۡفَلَ سَٰفِلِينَ﴿٥﴾
Soʻngra uni asfala saafiliynga qaytardik.
إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَ عَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَلَهُمۡ أَجۡرٌ غَيۡرُ مَمۡنُونࣲ﴿٦﴾
Illo, iymon keltirganlar va yaxshi amallar qilganlarga minnatsiz va uzluksiz ajrlar bordir.
فَمَا يُكَذِّبُكَ بَعۡدُ بِٱلدِّينِ﴿٧﴾
Bas, seni oxiratni yolgʻonga chiqarishga nima olib kelur?!
أَلَيۡسَ ٱللَّهُ بِأَحۡكَمِ ٱلۡحَٰكِمِينَ﴿٨﴾
Alloh hukm qilguvchilarning eng hikmatlisi emasmi?!
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Tin. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — anjir.
Mazmuni: Sura insonning eng go‘zal shaklda yaratilganini va keyinchalik tubanlashishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iymon va yaxshi amal bilan insonning qadr-qimmati saqlanishi, Allohning hukmi eng adolatli hukm ekani ta’kidlanadi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.