سورة العلق
Alaq surasi
Laxta qon · Алақ сураси
Alaq surasi — Qurʼoni Karimning 96-surasi. U 19 oyatdan iborat, Makkada nozil boʻlgan. Nomi «Laxta qon» maʼnosini anglatadi. Quyida suraning toʻliq arabcha matni va oʻzbekcha tarjimasi berilgan.
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
ٱقۡرَأۡ بِٱسۡمِ رَبِّكَ ٱلَّذِي خَلَقَ﴿١﴾
Yaratgan Robbing nomi bilan oʻqi.
خَلَقَ ٱلۡإِنسَٰنَ مِنۡ عَلَقٍ﴿٢﴾
U insonni alaqdan yaratdi.
ٱقۡرَأۡ وَ رَبُّكَ ٱلۡأَكۡرَمُ﴿٣﴾
Oʻqi! Robbing Karamlilarning karamlisidir.
ٱلَّذِي عَلَّمَ بِٱلۡقَلَمِ﴿٤﴾
U, qalam bilan ilm oʻrgatgandir.
عَلَّمَ ٱلۡإِنسَٰنَ مَا لَمۡ يَعۡلَمۡ﴿٥﴾
U, insonga bilmagan narsasini oʻrgatdi.
كَلَّآ إِنَّ ٱلۡإِنسَٰنَ لَيَطۡغَىٰٓ﴿٦﴾
Yoʻq! Inson, albatta, tugʻyonga ketur.
أَن رَّءَاهُ ٱسۡتَغۡنَىٰٓ﴿٧﴾
Gar oʻzini boy koʻrsa.
إِنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ ٱلرُّجۡعَىٰٓ﴿٨﴾
Albatta, qaytib borish Robbinggadir.
أَرَءَيۡتَ ٱلَّذِي يَنۡهَىٰ﴿٩﴾
Qaytarganni koʻrdingmi?!
عَبۡدًا إِذَا صَلَّىٰٓ﴿١٠﴾
Bandani namoz oʻqiyotganida?!
أَرَءَيۡتَ إِن كَانَ عَلَى ٱلۡهُدَىٰٓ﴿١١﴾
Ayting-chi, agar oʻsha hidoyatda boʻlsa.
أَوۡ أَمَرَ بِٱلتَّقۡوَىٰٓ﴿١٢﴾
Yoki taqvoga chaqirsa.
أَرَءَيۡتَ إِن كَذَّبَ وَ تَوَلَّىٰٓ﴿١٣﴾
Ayting-chi, agar u yolgʻonga chiqarsa va yuz oʻgirsa.
أَلَمۡ يَعۡلَم بِأَنَّ ٱللَّهَ يَرَىٰ﴿١٤﴾
Alloh uni koʻrib turishini bilmasmi?
كَلَّا لَئِن لَّمۡ يَنتَهِ لَنَسۡفَعَۢا بِٱلنَّاصِيَةِ﴿١٥﴾
Yoʻq! Agar qaytmasa, peshonasidan shiddat-la tutamiz!
نَاصِيَةࣲ كَٰذِبَةٍ خَاطِئَةࣲ﴿١٦﴾
Yolgʻonchi, xatokor peshonasidan!
فَلۡيَدۡعُ نَادِيَهُۥ﴿١٧﴾
Bas, u oʻz toʻpini chaqirsin.
سَنَدۡعُ ٱلزَّبَانِيَةَ﴿١٨﴾
Biz ham zaboniyalarni chaqirurmiz.
كَلَّا لَا تُطِعۡهُ وَ ٱسۡجُدۡۤ وَ ٱقۡتَرِب ۩﴿١٩﴾
Yoʻq! Sen unga itoat qilma! Sajda qil va qurbat hosil qil.
Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sura haqida
Nomi: Alaq. Bu nom surada tilga olingan asosiy so‘z, voqea yoki mazmunga bog‘liq bo‘lib, suraning mavzusini eslab qolishga yordam beradi. Nomining ma’nosi — laxta qon.
Mazmuni: Sura vahiy boshlanishining ilk buyruqlaridan biri bo‘lgan o‘qish va ilm mavzusini ochadi. Insonning yaratilishi, Allohning saxovati, boylikka suyanib haddidan oshish va namozdan qaytarishga urinish tanqid qilinib, sajda va yaqinlashishga chaqiriladi.
Sura insonni faqat ma’lumot olishga emas, balki iymonni mustahkamlash, Alloh bilan munosabatni to‘g‘rilash va amalda hidoyatga ergashishga chorlaydi. Undagi qissalar, buyruqlar, ogohlantirishlar va oxirat tasvirlari bir-birini to‘ldirib, mo‘minning qalbi, axloqi va kundalik hayotini tarbiyalashga xizmat qiladi.